Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Biz chempion bolalar

Zabt etarmiz marralar,

Chempion ming karralar,

Ovozamiz taralar,

Biz chempion bolalar.

 

Mashqlarda toblanamiz,

Sinovga chogʻlanamiz,

Quvnaymiz, shodlanamiz

Biz chempion bolalar.

Murabbiylar oʻrgatar,

Yuksaklarni koʻzlatar,

Tilim biyron soʻzlatar

Biz chempion bolalar.

 

Xalqimiz faxrlanar,

Dilimiz muhrlanar,

Ertakdek sehrlanar,

Biz chempion bolalar,

Zoʻr chempion bolalar.

 

Rustambek TUROPOV

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.