Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tengdoshlarim qatori

Vatanimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni ta’riflab yakuniga yetib bo‘lmaydi. Chunki yurtimiz kundan-kun chiroy ochib, obodonlashib bormoqda. Men ham barcha tengdoshlarim qatori Yurtboshimizning yoshlarga berayotgan e’tibor va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga harakat qilyapman. Maktabda matematika, ona tili va adabiyot, ingliz tili to‘garaklariga muntazam qatnashaman. “Yoshlar” sport markazida 6 yildan beri ustozim Ilhom Karimovdan sportning Karate turi sirlarini o‘rganyapman. Jigarrang belbog‘ sohibi bo‘ldim. Surxondaryo, Farg‘ona, Samarqand, Navoiy viloyatlarida bo‘lib o‘tgan tanlovlarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egalladim, tajriba orttirdim.

Niyatim, sportda ham, ilmda ham xalqaro musobaqalar g‘olibi bo‘lib Vatanim ishonchini oqlash, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga taratish.

 

Saidaziz SAMATOV,

Toshkent shahar Yunusobod tumani 313-maktab 6-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.