Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda (2017-yil 3-son)

***

Jajji Nigora pul topib oldi. Uni hammaga bir-bir ko‘rsatib, maqtanib chiqdi. Ko‘p o‘tmay kayfiyati o‘zgardi. O‘tirib olib piq-piq yig‘lay boshladi.

– Ha, nima bo‘ldi? Biror yering og‘riyaptimi? – hayron bo‘lib so‘radi onasi.

– Yo‘q, uxlab qolsam, akam baribir pulimni olib qo‘yadi, shuni o‘ylab yig‘layapman.

***

Jajji Komiljonga onasi uqtirdi:

– Komiljon, sen o‘zingdan kattalarni hurmat qilishing, ularni “sen”siramay “Siz”lab gapirishing kerak.

– Ulug‘bek akamni hammi?

– Ha, u ham sendan katta.

– E, botinkasi oyog‘imga loyiq-ku.

***

Jajji Ulug‘bek xarxasha qilavergach, uni ham kinoga olib borishdi.

Kichkintoy kino boshlangandan tugaguncha uxladi.

– Ulug‘jon, kino ko‘raman deb borib, rosa uxlading-ku, – dedi onasi.

– Chiroqni o‘chirdilar-ku. Shunga uxladim-da.

 

Mahbuba XOLOVA,

Buxoro viloyati Kogon tumani

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.