Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda

O‘qituvchi doskaga ilingan suratni ko‘rsatib o‘quvchidan so‘radi:

– Aliyev, bu qanday hayvonning skeleti?

O‘quvchi:

– O‘lgan hayvonning.

 

***

Oyisi o‘g‘lini koyimoqda:

– Buncha dangasasan?! Haliyam geografiyadan olgan “ikki”ngni tuzatmabsan-ku!

– Allaqachon tuzatganman.

– Qanaqasiga?

– Nahotki, keyingi sahifadagi “bir”ni ko‘rmadingiz?!

 

***

Bola birinchi sinfga o‘qishga boribdi.

– Isming nima? – deb so‘rabdi o‘qituvchi.

Boladan sado chiqmabdi.

– Oying tushlikka, seni kim deb chaqiradi?

– Chaqirmaydi. Men u paytda allaqachon stol yonida o‘tirgan bo‘laman.

 

***

– O‘g‘lim doktor bo‘la oladimi? – deb so‘radi ota o‘qituvchidan.

– Menimcha, bo‘la olsa kerak. Chunki hozirdanoq xati doktorlarnikiga o‘xshaydi.

 

***

O‘qituvchi birinchi sinf o‘quvchisidan so‘radi:

– Nega dars vaqtida ovqat yeyapsan?

– Tanaffusda bemalol o‘ynay deyman-da.

 

***

O‘qituvchi:

– Aliyev, bir o‘zing shuncha xato qilgani uyalmaysanmi?

Aliyev:

– Bir o‘zim emas, dadam bilan birga yozganman.

 

To‘plovchi: Husnobod

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.