Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda (2017-yil 4-son)

***

O‘qituvchi:

– Muzeydan qanday taassurot oldingiz?

O‘quvchi:

– Eshik oldida o‘tirgan ayolning jahli juda yomon ekan. Xayriyat, u maktabda ishlamaydi. Agar ishlaganida hamma o‘quvchilarni oyoq uchida yurishga o‘rgatgan bo‘lar edi.

 

***

– Agar sehrgarni uchratsang nimani so‘ragan bo‘lar eding?

– Parij Germaniya poytaxti bo‘lib qolishini.

– Nega?

– Kecha shu javobim uchun “2” oldim-da.

 

***

O‘qituvchi:

– “Agar men rahbar bo‘lsam” mavzusidagi matnni nega yozmayapsan?

O‘quvchi:

– Kotibamni kutyapman.

 

***

– Bobong bilan dadang nima haqida bahslashishyapti?

– Fizikadan uyga berilgan masalam yuzasidan tortishishyapti.

 

***

– O‘rtoq, maktabda o‘qish yaxshi ekanmi yoki kollejda?

– Maktabda o‘qituvchim telefon qilgach gap eshitar edim, kollejda ota-onam telefoniga turniketdan kelgan SMS vaqtiga qarab gap eshityapman.

 

***

 

– Men ishdan kelguncha “Bolajon” kanalini tomosha qilinglar. Keyin “Sport” kanalini ko‘ramiz, kelishdikmi? – dedi ota bolalariga.

– Unda siz biz bilan emas, “Bolajon” kanalida ishlaydiganlar bilan kelishishingiz kerak, – dedi o‘g‘il otasiga.

 

Hilola HAMDAMOVA tayyorladi.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.