Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda (2018-yil 4-son)

***

– Nega maktabdan kech kelding? – so‘radi ona o‘g‘lidan.

– Biz kimyo fanidan tajriba o‘tkazdik, – javob berdi o‘g‘il.

– Nima, tajribaga shuncha ko‘p vaqt ketdimi?

– Yo‘q, tajribadan keyin kimyo xonasini tozalashga majbur bo‘ldik.

 

***

– Nega tushlik puli olib kelmading? – so‘radi Javlon sinfdoshidan.

– Dadam DANga jarima to‘ladilar, – javob berdi u.

 

***

– Yur, mayizli kulcha olib yeymiz, – dedi Sarvar tanaffusda o‘rtog‘iga.

– E-e, kecha olgandim, kulchadan birorta ham mayiz chiqmadi, – dedi o‘rtog‘i.

– Ha-a, aytgancha, oshpaz opamiz to‘y qilyaptilar, mayizni uylariga olib ketgandir-da, – dedi Sarvar bilag‘onlik qilib.

 

***

– Ertalab uyqudan turging kelmasa, nima qilasan? – so‘radi Sherzod o‘rtog‘idan.

– Ko‘rpamni boshimgacha tortib olaman, o‘zing-chi?

– Oyim topib olmasinlar, deb taxmonning ustiga g‘ujanak bo‘lib yotib olaman, – dedi Sherzod.

 

***

O‘qituvchi darsda hamisha xayol surib o‘tiradigan o‘quvchisidan so‘radi:

– Saidov, hadeb nimalarni o‘ylab o‘tirasan?

– Tanaffusni, – deb yubordi beixtiyor Saidov.

 

***

– Dada, anavi chiroyli qushning bittasini uyimizga olib ketaylik, – dedi hayvonot bog‘ida aylanib yurgan jajji Ibrohim.

– Mumkin emas, ularning uyi shu yerda! – dedi dadasi.

– Unda anavi kiyikning bolasini olib ketaylik, – dedi Ibrohim.

– Mumkin emas, dedim-ku, o‘g‘lim.

– Unday bo‘lsa meni shu yerda qoldiring, – xarxasha qildi Ibrohim.

 

GULXANJON

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.