Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda

***

– Ota, siz yumuq ko‘z bilan imzo qo‘ya olasizmi?

– Ha, nimaga so‘rayapsan?

– Unda ko‘zlaringizni yumib, kundaligimga imzo qo‘yib bering.

 

***

– Jim bo‘linglar, pashsha uchsa, ovozi eshitilsin! – dedi yangi dars boshlagan o‘qituvchi.

Hamma jim bo‘ldi. Bir necha daqiqadan keyin Petya chidolmay, sekingina so‘radi:

– Ustoz, pashshani qachon uchirasiz?

 

***

– Petrov, agar 1 kilogramm olma 20 rubl tursa, 2 kilogramm olma uchun necha pul to‘laysan?

– Bilmadim ustoz, savdolashaman.

 

***

O‘qituvchi:

– Andropov, o‘ylamasdan tez javob ber, 5 ga 8 ni qo‘shsak nechchi bo‘ladi?

– 23.

– Uyalmaysanmi?! Axir 23 emas, 13 bo‘ladi-ku.

– Biroq siz menga to‘g‘ri, aniq emas, balki tez ayt dedingiz-ku.

 

***

– Allo, bu 5-”B” sinf rahbarimi? Mening o‘g‘lim bugun maktabga borolmaydi.

– Ha, yaxshi. Ayting-chi, men kim bilan gaplashyapman?

– Otam bilan.

 

***

 

Vova otasiga kundalik daftarini ko‘rsatyapti.

– Matematika – 2, fizika – 2, biologiya – 2, kimyo – 2, musiqa – 3.

Ota: – Onasi, qara, o‘g‘ling, shu holiga ashula ham aytarkan!

 

 

Ruschadan: B. LUTFULLAYEVA tarjimasi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.