Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda

***

– Oyijon, bugun maktabda hammamizni emlashdi.

– Yaxshi-ku, qizim. Yig‘lamadingmi, ishqilib?

– Yo‘q, oyijon. Hamshira meni quvlab yetolmadi.

 

***

– Oyijon, aylanib kelsam bo‘ladimi?

– Shu kir quloqlaring bilanmi?

– Yo‘q, o‘rtoqlarim bilan.

 

***

Buvisi bilan paleontologiya muzeyiga kirgan bolakay so‘radi:

– Buvijon, yoshligingizda bu maxluqlardan qo‘rqarmidingiz?

 

***

– Oyijon, gaz plitamiz nega buncha kir bo‘ldi?

– Akang tuxum qovuribdi.

– Nima, u tovani topolmabdimi?

 

***

– Buvijon, buvijon, nega buncha ko‘zlaringiz katta?

– Seni yaxshi ko‘rish uchun.

– Quloqlaringiz buncha katta?

– Seni yaxshiroq eshitish uchun.

– Burningiz-chi, burningiz nima uchun katta?

– Axir biz fillarmiz, bolajonim.

 

***

O‘g‘il otasidan so‘radi:

– “Tosh asri” nima degani?

– U paytda hamma narsa toshdan yasalgan.

– Kompyuterlar hammi?

 

To‘plovchi: BARNO

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.