Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Xandalar

***

O‘qituvchi:

– Jamshid, nega sen maktabga har kuni kechikib kelasan?

Jamshid:

– Men vaqtida yetib kelishga harakat qilaman, lekin har gal muyulishdagi “Maktab! Tezlikni sekinlat!” degan yozuvga ko‘zim tushib qoladi-da.

 

***

Xola:

– Begzod tarix fanidan imtihonni yaxshi topshirib oldimi?

Ona:

– Koshki edi... Lekin bu uning aybi emas. Bolamdan o‘zi tug‘ilmasdan oldin bo‘lib o‘tgan voqealar haqida so‘rashibdi.

 

***

Avtomaktab oldida ogohlantiruvchi plakat osib qo‘yilgan:

“Maktab o‘quvchilarini urib ketmang!”

Pastida esa bolalar qo‘li bilan o‘yib yozilgan yozuv:

“Yaxshisi, o‘quvchilarni uy-uyiga olib borib qo‘ying”.

 

***

Oyisi o‘g‘lining “Kundalik daftar”ini ko‘rib urishyapti:

Buncha dangasasan?! Geografiyadan olgan “ikki”ngni tuzatmapsan-ku, hali.

– Allaqachon tuzatganman...

– Qanaqasiga?

– Nahotki, keyingi sahifasidagi “bir”ni ko‘rmadingiz?!

 

***

O‘qituvchi:

– Bizning oxirgi tishlarimiz qanday nomlanadi?

O‘quvchi:

– Sun’iy.

 

***

O‘qituvchi:

– Sardor, qani ayt-chi, olma yeyish uchun qachon eng yaxshi payt hisoblanadi?

– Bog‘da hech kim bo‘lmasa, it ham bog‘langan, qorovul uxlagan bo‘lsa, mazza qilib olma yeyish mumkin.

 

To‘plovchi: Husnobod

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.