Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Iste’dod – millat mulki

Qatimlari tillodan

Mehrimni qoʻshib tikdim

Madaniy merosimiz boʻlgan xalq amaliy sanʼati uzoq oʻtmishga, betakror anʼanalariga ega. Zardoʻzlik ham ana shunday qadimiy sanʼat turlaridan biri hisoblanadi. Buxoro XVI asrda zardoʻzlik markaziga aylangan. Sababi, barcha zarur xom ashyolar shu yerning oʻzida tayyorlangan. Tilla suvi yuritilgan iplar, zar tikiladigan…

To‘liq...

Intizomning do‘sti

Sport o‘z nomi bilan intizomli, irodali, shijoatlilar do‘sti. U chidamni charxlaydi, sog‘lom va bilimli bo‘lib ulg‘ayishimizni ta’minlaydi. Ammo ba’zan jarohatlar, kutilmagan zarbalar sog‘lig‘imizga aks ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Sharq yakkakurashlari orasida Penchak silat nomli sport turi borki, u bilan shug‘ullanuvchilar xavfli jarohatlar…

To‘liq...

Sehrli barmoqlar

Asilaning oyisi Dilfuza opa bolalar bog‘chasida musiqa o‘qituvchisi. U har bayramda kichkintoylarga qo‘shiq va raqslar o‘rgatadi. Asila oyisi har gal pianino chalganda barmoqlarining sehrli harakatlariga mahliyo bo‘lib, kuy tugaganini sezmay qolardi. Jajji qo‘lchalari bilan pianinoni ushlab oyisi kabi quvnoq musiqalar chalishni juda-juda istardi.…

To‘liq...

Madinaning marralari

Agar o‘quvchilardan qaysi fanga ko‘proq qiziqasan, deb so‘ralsa aksariyat o‘g‘il bolalar jismoniy tarbiya yoki matematika, qizlar esa adabiyot fani, deydi. Tengdoshingiz Madina biologiya fanini yaxshi ko‘rar ekan. Tuproqda unayotgan har bir giyoh, niholning mo‘jizasi va turfa xilligiga bo‘lgan qiziqish uning izlanishlar olib borishiga turtki…

To‘liq...

Yutuqlar kaliti

Jurnalimizda e’lon qilingan “Yosh tarjimon” tanlovi sovrindori Durdona Xudoyberganova Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 7-maktab o‘quvchisi. G‘olibni taqdirlash uchun Bo‘kaga yo‘l oldik.

– 7-maktab tumanimizning eng chekkasida Tojikiston bilan chegaradosh O‘rtatepa qishlog‘ida joylashgan. Maktab kichkina, lekin yutuqlari katta. “Zamonaviy ta’lim…

To‘liq...

Vodiy nasimlari

“Yosh tarjimon” – “Young translator” tanlovimizning g‘oliblaridan biri Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 43-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Dinora Qurbonaliyeva. G‘olibimizga tanlov sovrinini topshirishda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Orifjon aka Dehqonov menga hamroh bo‘ldi. Maktab darvozasi oldiga yetib kelishimiz bilan viloyat…

To‘liq...

Mukofot muborak, qizlar

“... Bu mukofotning eng katta ahamiyati shundaki, unga sazovor bo‘lgan har bir qizimizga yuzlab, minglab yoshlar havas qilib, ularga ergashadi. Yoshlar uchun ibrat timsoli – yetakchilik, liderlik timsoli paydo bo‘ladi. Eng muhimi, bunday ibrat o‘z qizlarimiz orasidan, o‘zimizning ma’naviy muhitdan yetishib chiqmoqda. Ularni ko‘rib, yoshlarimizda…

To‘liq...

Issiq nondek tuyg‘ular

Tilak natijasi yaxshi niyatda, deyishadi. Bundan bir necha yil muqaddam o‘quvchilarim orasida Parizoda tortinibgina she’r yozishga ishtiyoqi borligini bildirdi. Avvaliga mashqlariga nisbatan ancha qattiqqo‘llik qildim. Orada biroz arazlab ham oldi. Tanqidiy fikrlar faqat uning foydasi uchun xizmat qilishini tushungach, maslahatlarimga astoydil…

To‘liq...

O‘zbekistondan Ispaniyaga

Ashixaro-karate turi bo‘yicha Xalqaro turnir g‘olibi Aziza Tursunova Toshkent shahrida sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni egallab, Ispaniyada bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. U Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 17-maktabning 9-sinfida a’lo baholarga o‘qiydi. Chempion…

To‘liq...

Kichik kashfiyotlar

Feruzaning ko‘p vaqti “Barkamol avlod” respublika bolalar ekologiya va o‘lkashunoslik markazida o‘tadi. U olti oydan buyon “Dizayn va to‘quvchilik” to‘garagiga qatnayapti. Qisqa vaqt ichida Feruza ustoz va tengdoshlaridan ko‘ylaklarga ajoyib, bejirim bezak berish sirlarini o‘rgandi. Yaqinda chevar bilan birgalikda oyisining ko‘ylagiga munchoqdan…

To‘liq...

Ixtirolar olamida

Jamshidning qishlog‘i qir-adirlar yonida joylashgan. Bahorda qirga chiqib varrak uchirish uning jon-u dili. Mustahkam, katta va hammanikidan baland uchadigan varrak yasaydigan Jamshid, tumanda iqtidorli bolalarga yo‘nalish beradigan markaz borligini eshitdi. O‘quvchilarni qiziqishlariga qarab turli to‘garaklarga jalb qiladigan u qanday dargoh ekan,…

To‘liq...

Aql gimnastikachilari

Sizdan aqlni charxlab, xotirani mustahkamlaydigan sport turi qaysi, deb so‘rashsa, hech ikkilanmay shaxmat, deysiz. Sportning bu turida aql va zehn kuchi bilan yo‘lga chiqqan piyoda o‘yin yakunida “shoh”ga aylanishi mumkin. Orangizda hali yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z iqtidorini namoyon qilib, xalqaro musobaqalarda yuksak shohsupalarga ko‘tarilgan…

To‘liq...

Mashhurlik mayog‘i

Olmazor tumanidagi 326-maktabni nafaqat Toshkent shahri yoki O‘zbekistonda, balki Turkiya, Rossiya kabi xorijiy davlatlarda ham tanishadi. Qanaqasiga, deysizmi?

Ta’lim sohasida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari, fidoyi o‘qituvchilari hamda bilimdon, chaqqon o‘quvchilarining mehnatlari tufayli, albatta.

O‘quv maskanidagi mavjud 14 ta fan, 4 ta mehnat,…

To‘liq...

Olimpiada qahramonlari

G‘alaba totli, zafar quvonchli. Ammo bu shodumonlik tojini yurt nomini himoya qilishdek yuksak sharaf bezab tursa, kuchingga kuch, g‘ayratingga yana g‘ayrat qo‘shiladi. Bilganing mingni, qadaming marrani ko‘zlaydi. Bizni xushnud qilgani, bu xursandchiliklar boshida siz kabi yoshlar, bobolariga munosib avlod vakillari turganidir.

Xabaringiz bor, shu…

To‘liq...

Buyuklarga munosib

Bokudan kelgan xushxabarni eshitib, O‘zbekiston iste’dodli, qobiliyatli yoshlar vatani ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik. So‘nggi paytlarda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida xalqaro miqyosda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar xalqimizni quvontirayotgan bir pallada – 10–13-dekabr kunlari Boku shahrida matematika, fizika va kimyo fanlari bo‘yicha 16…

To‘liq...

Orzular ko‘rsatgan yo‘l

Jasurlarning qishlog‘i tuman markazidan ancha uzoqda joylashgan. Ha deganda shaharga borib-kelaverish osonmas. Ayniqsa, qish oylarida qor tushib, yer yaxlaganda transport qatnovi qiyinlashadi. Shuning uchun Jasur va u kabi qishloq maktabining boshqa bolalari ham ijodiy ishlari, yasagan maketlari, chizgan rasmlarini yig‘ib, hech bo‘lmaganda ikki…

To‘liq...

Xorazmiyning zukko vorisi

Urganch shahrida ilk marta talabalar o‘rtasida matematika fanidan Muhammad al Xorazmiy nomidagi I Xalqaro olimpiada o‘tkazildi.

Unda dunyodagi 20 davlatning 56 universiteti talabalari o‘zaro kuch sinashdi. G‘oliblar orasida O‘zbekiston milliy universiteti matematika fakultetining 4-kurs talabasi, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi Sardor…

To‘liq...

O‘zimizning bolakay

Mashhur insonlar avlodi bo‘lish oson emas, albatta. Buning o‘ziga yarasha mas’uliyati va yuki bor. Bekzod o‘zbek teatr va kino san’ati darg‘alaridan biri (“O‘tgan kunlar” filmidagi Hasanalini eslang) Hamidulla Narimonovning evarasi. O‘g‘lining bobosidek mashhur san’atkor bo‘lishini orzu qilgan Lola opa Bekzodni uch yoshida O‘zbek milliy akademik…

To‘liq...

Eng yosh grossmeyter

Kuni kecha yurtimiz bo‘ylab yana bir xushxabar tarqaldi. Toshkentdagi 300-maktabning 7-sinf o‘quvchisi, Javohir Sindorov 12 yoshu 10 oylik bo‘lganida uchinchi bor xalqaro grossmeyster normasini bajardi. Bungacha u bir necha bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston, Osiyo, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

U birinchi xalqaro…

To‘liq...

Matonat malikalari

Ular kuchli, matonatli, chaqqon va chayir. Maqsadlari sari kamondan otilgan o‘q kabi shiddat bilan intiladilar. Ular siz o‘ylagan baquvvat, azamat yigitlar emas, bilaklari yuzlab kilogramlik toshlarni bo‘ysundira olgan To‘maris izdoshlari – polvon qizlar. Ehtimol polvon degan sifat qizlarni ta’riflaganda biroz erish tuyular. Biroq, hikoyamiz…

To‘liq...

Obod yurtda ungan nihollar

Bugun mustaqil diyorimizga jahon ahli havas bilan ko‘z tikkan. Prezidentimiz doim xalqimiz, yoshlar manfaatini o‘ylab cheksiz imkoniyatlar yaratmoqda. Bu islohotlar Sirdaryo viloyatida ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Ayni paytda bu yerda 297 ta maktab – 7 tasi maxsus maktab va maktab-internat, 12 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi va bitta…

To‘liq...

Yangilik yaratgan qiz

Nafosat Zaripboyeva Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi. U joriy yilda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi “Ixtirochi ayollar” bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston ixtirochi ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi…

To‘liq...

Siz ham sinab ko‘ring

Aziz tengdoshim! Bugun bot-bot quloqqa chalinayotgan innovatsiya atamasi haqida kengroq tushunchaga ega bo‘lishni, undan siz ham foydalanishni istaysizmi? To‘g‘ri, uning ma’no-mazmuni ancha keng. Ammo hayotimizdagi kichik bir holatga innovatsion yondashib, uni o‘zimizda sinab ko‘rishimiz, aytaylik, hatto biror yutuqqa-da erishishimiz mumkin.…

To‘liq...

Yigirma yillik orzu

1998-yil. Erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida hamyurtimiz Dilshod Mansurov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Dunyo sporti sahnasida yana bir chempion paydo bo‘ldi.

Oradan yigirma yil o‘tdi. Bu vaqt oralig‘ida dunyoning bir qator mamlakatlarida kurash bo‘yicha ko‘plab turnirlar, chempionatlar o‘tkazildi. Bizning polvonlar…

To‘liq...

Iste’dodlar maskani

Tahririyatimizga kelayotgan maktublar orqali yurtimiznining barcha viloyat, tuman va qishloqlaridagi o‘quvchilar hayoti, iqtidorli bolalarning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida muntazam xabardor bo‘lib turamiz. Yaqinda ana shunday bilimli, zukko tengdoshlaringiz haqida xabar topdim-u, ular bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatining Nurobod…

To‘liq...

Yuksak imkoniyatlar eshigi

Bu galgi xizmat safari poyezdimiz ko‘hna va afsonaviy Xorazm viloyatida to‘xtadi. Urganchning mahobatli amfiteatrlari, zamonaviy sport saroylari-yu so‘lim bog‘lari oralab Yoshlar markazini topdim. “Ta’til mavsumi bo‘lsa, hamma oromgohga dam olishga ketgandir!” deb o‘yladim. Ammo markaz foyesiga kirishim bilan dasta-dasta chizgan rasmlari, she’r…

To‘liq...

Ta’til tuhfalari

Iqtidorli bolalar yozgi dam olish mavsumida ham o‘qib-izlanishni davom ettirishdi. Qator nufuzli bellashuvlar, san’at, sport musobaqalarida, xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, O‘zbekiston farzandlari nimalarga qodirligini dunyoga namoyon etishdi.

 

* * *

Qoraqalpog‘iston respublikasi Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi davlat…

To‘liq...

Yosh bilimdonlar

Quyosh, oy va sayyoralarning harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatib, yulduzlar xaritasini aniq o‘lchagan buyuk olim kim?” deb so‘rashsa, hech ikkilanmay Mirzo Ulug‘bek nomini tilga olamiz. Orangizda olimning ilmiy izlanishlari, ixtirolarini o‘rganib, ajdodlariga munosib davomchi bo‘lish istagida o‘z ustida izlanayotgan tengdoshlaringiz ham…

To‘liq...

Oltin meros izidan

Xalqimizda hunar bilan bog‘liq yuzlab maqollar bor: Hunarli – elda aziz, hunardan rizqing unar, bir yigitga qirq hunar oz...

Yog‘ochga jon bag‘ishlab, temir bilan tillashib bobolardan meros bo‘lib kelayotgan milliy hunarmandchilik an’analarini davom ettirayotgan yoshlarni ko‘rib “otangga balli”, deysan kishi.

Chor atrofimizni turfa axborotlar,…

To‘liq...

Iqtidorlar markazi

E’zoza qizaloqligidayoq qo‘g‘irchog‘ini taqinchoqlar bilan bezashni o‘rgandi. Albatta, ularni o‘zi yasaydi. Turli munchoqlar va keraksiz tugmalarni yig‘ib, ulardan ajoyib gul, yaproqlar, naqshlar yaratadi. Tirishqoq nabirasining qunt bilan harakat qilayotganini ko‘rgan buvisi uni “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyoti markazidagi…

To‘liq...

Tasvirlarga rang bergan orzu

San’atni sevadigan bolalarning didi o‘tkir, qalbi nozik bo‘ladi. Buni ular yaratgan go‘zal tasvirlar, nafis chizgilar orqali ko‘rish mumkin. Barmoqlar tutgan mo‘yqalam tasavvur kashfiyotlarini ifodalasa, amaliy san’at ishlari mahoratli qo‘llar sehridan nishona. Yaqindagina Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida O‘zbekiston…

To‘liq...

Ijod zavqi

Ko‘kka yetgan minoralarning peshtoqlari ganj, ustunlari naqshinkor. Katta-kichik laganlar bejirim naqshlar bilan bezatilgan, miniatyuralar aks ettirilgan... Bu tasvirlar asrlar davomida meros bo‘lib kelayotgan xalq amaliy san’atining ajralmas qismi – hunarmandchilik namunalarini yodingizga solgan bo‘lsa ajab emas. Maktabdagi darslardan, qo‘shimcha…

To‘liq...

Parij galereyasida

Kichkinaligida multfilm qahramonlarining rasmini chizish Komilaning sevimli mashg‘uloti bo‘lgan. Qizaloq bog‘chada tarbiyachisi ko‘rsatgan gul, quyosh va bulut tasvirlarini qog‘ozga tushirdi. Ranglarni to‘g‘ri tanlab, tasavvurini aniq ifodalay olgan Komilaning chizgan rasmi o‘shanda bog‘cha opalarni ham hayron qoldirdi. Bayramlarda, “Yosh…

To‘liq...

Ajdodlarga munosibmiz

Buyuk Amir Temur saltanatni boshqarishda “Yetti o‘lchab bir kes” degan naqlga amal qilgani barchaga ayon. Ayniqsa, jang san’atida mohirligi, har tomonlama o‘ylab, aql bilan g‘alabaga erishgani olam ahlini lol qoldirgan. Buyuk davlat arbobi va sarkardaning Vatanga sadoqat, mardlik, fidoyilik, elparvar hamda adolatparvarligi yosh avlodlar uchun…

To‘liq...

“Hayot elementlari”

Kimyo fani insoniyat uchun zarur bo‘lgan barcha ixtirolarning asosidir. Boshimiz yoki tishimiz og‘riganda ichadigan bitta dorining tarkibida necha xil kimyoviy element borligini bilasizmi?! Uni yaratguncha farmatsevt olimlarning qancha kimyoviy jarayonlar ustida bosh qotirishlarini-chi?!

Faxr bilan aytishimiz mumkinki, bugun yurtimizda yetishib…

To‘liq...

Kitob o‘qib, mashina oldim

Mohinisoning onasi Aziza opa ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi. Bolalikdan kitobga mehr qo‘ygani uchunmi, kitob javonini o‘zbek va jahon adiblarining asarlari bilan boyitadi. Farzandlari, shogirdlarini kitob o‘qishga qiziqishini orttirish uchun “Kim ko‘p kitob o‘qidi”, “Men sevgan asar” kabi turli tanlovlar o‘tkazadi. G‘oliblarni sevimli…

To‘liq...

G‘alabaga ilk qadam

G‘alabaga shunchaki erishilmaydi. Unga yetishishda mashaqqatli mehnat, yuksak ishtiyoq va eng muhimi, qulay sharoitning o‘rni beqiyos. Mana shu pog‘onalarda qiyinchiliklarga dosh berib, vaqtini besamar o‘tkazmagan sportchigina “chempion” degan unvonga erishadi. Millati, oilasi faxriga aylanadi. Aka-uka Bobur va Jahongir Mo‘minqulovlar ana shunday…

To‘liq...

Andijonlik g‘oliblar

Andijon dovrug‘ini dunyoga taratish andijonliklarga bobomeros. Istiqlolimizning dastlabki yillaridayoq Olimpiada chempioni bo‘lib o‘zbekning mushti qudratini jahonga ko‘rsatib qo‘ygan bokschi Muhammadqodir Abdullayev ham Andijon o‘g‘loni. Bugun, O‘zbekiston boksi, deganda dunyo ahli qulog‘i ostida “Andijon boks maktabi”, degan sado yangraydi.

Aka-uka…

To‘liq...

Sog‘ yurak – tog‘ yurak

Sportchi uchun eng yuksak marra – oltin medal. Bu sharafga yetgunga qadar qancha qor-qirovli, tosh-tikanli yo‘llarni bosib o‘tish kerak. G‘alaba ortidagi mashaqqatlarga dosh berolmaganlar – mag‘lub, shuning uchun ham sport iroda va chidam tantanasidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash, ruhiy yuksalish sifatini o‘zida jamlagan taekvondo sport turi koreyschada…

To‘liq...

Orzuimdagi robot

Ilhom kichkinaligidan mashina o‘ynashni, ularning rasmini chizishni yaxshi ko‘rardi. Kelajakda o‘zi ixtiro qilmoqchi bo‘lgan mashinalarni karton qog‘ozdan yasashga harakat qilardi. Keyinchalik daryo va dengizlarda suzadigan kema, o‘zi gapirib harakatlanadigan robotlar yasash ham uning orzusiga aylandi. Ilhomjon bu kashfiyotlarni amalga oshirishda…

To‘liq...

Mening ismim masxaraboz

Masxaraboz kim, bilasizmi? Sizni turli hajviya va latifalar aytib kuldiruvchi qiziqchilardan farqi nimada? Har yili yangi yil kunlari sirkka borishni juda yaxshi ko‘rasiz. Ana shu quvnoq va hayratlarga boy tomoshani masxarabozsiz tasavvur qilish mumkin emas.

Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Tutli qishlog‘ida bir bolakay bo‘lgan ekan. Shu qadar…

To‘liq...

Aqliy “yurish”lar san’ati

Oq va qora kataklar dunyosida hech sayohat qilganmisiz? Atrofingizda fil, vazir, to‘ra, farzin otli sipohlaringiz bo‘lsa. Aqliy sayohatga chiqqan “piyoda” zehn kuchi bilan yakunda “vazir”ga aylanishi mumkin. Xuddi biz namunali o‘qishimiz bilan “a’lochilar taxtasi”dan o‘rin olganimiz kabi. Ha, adashmadingiz, gap shaxmat sport turi haqida bormoqda.…

To‘liq...

Chempionning chempion shogirdlari

12-maktab Buxoro shahridagi eng namunali maskanlardan biri. Yaqinda to‘liq ta’mirdan chiqqan maktabda 1007 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Jurnalimizga ham shu maktabdan tez-tez xatlar kelib turadi. Buxorolik o‘quvchilar bilan uchrashuvga borgan Gulxanjon safarini shu maktab faoliyati bilan tanishishdan boshladi.

– Maqtanyapti demagin-u, maktabimiz,…

To‘liq...

“Zarb”da zarbdor javohir

Orangizda doira chalishga qiziqmaydigan, biror-bir cholg‘u asbobini havasga bo‘lsa ham chertib ko‘rmagan bola bo‘lmasa kerak-a?! Buxorolik tengdoshingiz Javohir ham 5-6 yoshidayoq qo‘liga taqsimchami, tog‘orachami, nima tushsa “baka-bum-bak” qilib, o‘zicha qandaydir sadolarni taratmoqchi bo‘lgan ekan. Uning havasi-yu qiziqishidan tashqari,…

To‘liq...

Akbarshohning maqsadi

Olti yoshidan san’atga qiziqa boshlagan Akbarshoh nafaqat qo‘shiq kuylashni, raqs tushishni ham sevadi. Avvaliga DVD disklar orqali turli raqslarni sekinlashtirgan holda kuzatib, o‘zicha shug‘ullana boshlagan. Bundan qanoat hosil qilmagach, tumandagi “Barkamol avlod” markazida Doniyor Mavlonov rahbarlik qilayotgan raqs to‘garagiga a’zo bo‘ldi. Ko‘p…

To‘liq...

Murabbiy daldasi

Har bir muvaffaqiyat ortida mashaqqatli mehnat yotadi. Ulkan marralarni zabt etishni istagan kishi harakat va mehnat pillapoyalaridan asta-sekinlik bilan chiqmog‘i zarur. Hafsalasizlik bilan amalga oshirilgan ishning samarasi esa kutilgan natijani bermaydi. Ushbu so‘zlar bugungi qahramonimizning kundalik shioriga aylanib ulgurgan. Shahzod Boysunov…

To‘liq...

Navoiyning nabirasi

– Oyijon, maktabimizda til bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tanlovda bizning “Zukko” jamoamiz g‘olib bo‘ldi, – xonaga quvonib kirib keldi Zamira.

– Zo‘r-ku, tabriklayman, qizim. O‘zi bayramga puxta tayyorlandingiz-da. Til haqida tanlagan maqol va hikmatlaringizning ko‘pchiligi men uchun ham yangilik bo‘ldi, – dedi oyisi qizini bag‘riga bosib.

–…

To‘liq...

Yangi ixtirolar

Mitti qurilma orqali antiqa robot yoki jajji avtomobilni boshqarayotgan, ko‘pqavatli uylar tomida bog‘ barpo etayotgan tengdoshlaringizni ko‘rganda ularga havasingiz kelishi tayin. Ayniqsa, bu texnikalarni bolalarning o‘zi yasagan bo‘lsa, qiziqishingiz yanayam ortadi.

Yaqinda yosh ixtirochilar o‘rtasida “Bolalarning texnik ijodkorligi” respublika…

To‘liq...

Katta umidlar ostonasida

Yurtimizda tirishqoq, intiluvchan, xalqimiz faxriga aylanib borayotgan tengdoshlaringiz juda ko‘p. O‘zbekistonlik karatechilar ham ayni paytda nafaqat Osiyo, balki jahon miqyosida ham eng kuchli jamoalardan hisoblanadi. Sportchilarimizning turli musobaqalardan olib kelayotgan ko‘plab medallari fikrimiz isbotidir.

Kuni kecha Toshkent shahar Den-To…

To‘liq...

Ustozga ehtirom

Shaxmatchilar oilasida tug‘ilgan Daler Vohidov Samarqand shahridagi 14-maktabning 9-sinfida o‘qiydi. Dadasi Tohir aka shaxmat bo‘yicha grossmeyster. U kishi shogirdlari qatori farzandlariga ham shaxmat o‘yini usullarini o‘rgatib kelmoqda. Katta o‘g‘li Jahongir shaxmat bo‘yicha respublikada o‘z o‘rniga ega. Har safar akasi musobaqalardan g‘alaba…

To‘liq...

Abdulaziz – elda aziz

Karate bo‘yicha ikki karra Osiyo chempioni Abdulaziz Otaboyev o‘quvchilar bilan uchrashuvdan qaytayotgandi. Maktab darvozasidan o‘n-o‘n besh qadam uzoqlashganda, ortidan kimdir chaqirdi. O‘girilib qaradi. Ikkita bolakay u tomonga yugurib kelardi.

– Aka, men bilan Dilshod mashg‘ulotda edik. Uchrashuvga qatnasholmadik. Lekin sizga savolimiz bor edi,…

To‘liq...

Robotlar olamida bir kun

XXI asr – olamshumul kashfiyotlar davri, deb atalmoqda. Chunki haydovchisiz o‘ziyurar avtomobillar, og‘zaki buyruqning o‘zidayoq yonib-o‘chuvchi maishiy texnika vositalari, masalan, “Ovozingni balandlat!” buyrug‘idan so‘ng baralla yangrab ketadigan televizorlar, “22 darajali haroratda ishla!” buyrug‘idan so‘ng ishga tushib ketadigan xona…

To‘liq...

Quralay quvonchlari

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida faoliyat yuritayotgan “Quralay” bolalar folklor-etnografik xalq jamoasi haqida eshitganmisiz? Bu jamoa ishtirok etgan tanlov yoki festival borki, g‘oliblar safida doimo “Quralay” bor. Shu bois raqib jamoalar bellashuv oldidan: “Bo‘ldi, “Quralay” qatnashyaptimi, g‘oliblikka da’vo qilolmaymiz”, deya tan olishadi.…

To‘liq...

Yengilmas Samandar

Jizzax elining norquvvat yigitlari, ular ko‘rsatgan mo‘jizaviy yutuqlar haqida necha yilki afsona yuradi: emishki, Temur o‘zining asl bahodirlarini aynan shu zamindan saralab olgan. So‘zi-yu ko‘zi chaqmoqdek yonib turgan alplarning bugungi avlodi ham ajdodlariga munosib – jasur va yengilmas.

Samandar viloyatning G‘allaorol tumanidan. To‘qqiz…

To‘liq...

Gol, gol, gol... Yashasin futbol!

Jasur futbolni juda yaxshi ko‘radi. Mahalladagi o‘zi tengi bolalarni yig‘ib jamoa tuzib olgan. Dadasi qachon ishdan kelsa, o‘g‘li bolalar bilan to‘p tepayotgan bo‘ladi. Dadasining qistovi bilan arang uyga kiradi. Dasturxon atrofida ham faqat futbol mavzusida so‘z ketadi. O‘g‘lining hali maktabga bormasdan turib futbol borasida bunchalik…

To‘liq...

Umidvor maqsadlar

Tanishing: Dilshodbek Shuhratov, Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani qurilish kasb-hunar kolleji bitiruvchisi. Havaskor ixtirochi. Turmushda og‘irimizni yengil qiladigan, bizga qulaylik yaratadigan o‘nga yaqin g‘oyalar muallifi. “Mening biznes g‘oyam” Respublika tanlovida o‘zining ko‘zi ojizlar uchun yasagan masofali hassasi bilan qatnashib,…

To‘liq...

Kashfiyotlar olamida

“Ta’til faqat dam olish emas. O‘z kuchini, bilimini sinash, uni namoyish qilish uchun yaxshigina imkoniyat ekan”, deyishdi Respublika “Barkamol avlod” texnik ijodiyot markazida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov ishtirokchilari. Men yosh iqtidorlar – “Yilning eng yosh ixtirochisi” respublika ko‘rik-tanlovida bir-biridan antiqa ixtirolar kashf qilgan…

To‘liq...

Katta ishtiyoq bilan

Abdumalikning (u haqida jurnalimizning may oyi sonida qisqacha ma’lumot berilgan) bobosi matematikadan o‘qituvchi bo‘lib ishlar, har kuni o‘quvchilarining uy vazifalarini sinchiklab tekshirib chiqardi. Abdumalik esa bobosi yonida o‘tirib, bu jarayonni kuzatishni yaxshi ko‘rardi. Bir kuni Abdumalik qator misollarni yechib o‘tirsa, bobosi,…

To‘liq...

Ezgulikka esh maskan

Toshkent shahrida tarixiy obidalar, madrasalar ko‘p. Mohir usta va me’morlar tomonidan yuz-uch yuz yil avval bunyod etilgan bu inshootlar hali ham o‘z ko‘rki va salobatini yo‘qotmagan. Eng muhimi, ular hanuz faoliyatini davom ettiryapti. Ana shunday nodir va tabarruk binolardan biri Milliy bog‘ to‘rida joylashgan Abulqosim madrasasi.

Uzoq tarix…

To‘liq...

Tuyg‘ular tasviri

Ahadjon Usmonaliyev Farg‘ona shahridagi 30-maktabning 9-sinf o‘quvchisi. U qo‘liga qalam olib rasm chiza boshlaganda hali yozishni ham bilmas edi. Ahadjon kichikligidan tabiat qo‘ynida sayr qilishni yoqtirgani uchun osmon, bulut va quyoshni, hovlisidagi gul, daraxtlarni tasvirlashga harakat qilardi. Ayniqsa, hovlidagi daraxtlarning har faslda turfa…

To‘liq...

Hunardan ungan zafarlar

O‘tgan yili andijonlik hunarmand qiz Havasoy haqida maqola yozgandim. Uning Chamandagul, Iroqi do‘ppilariga havasim oshib, bichimlaridan andoza ham olgandim. Kuni kecha Havasoyning buvisi Hajalxon aya tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib, do‘ppido‘z qiz bir necha yangi ishlarini yig‘ib, Toshkentga – Yosh hunarmandlar Respublika tanloviga yo‘l olganini…

To‘liq...

Jarang sochgan marjonlar

– Kutib oling, sahnada “Marvarid” bolalar guruhi!

Boshlovchining jarangli xitobidan so‘ng sahnada bir xilda burmali ko‘ylakcha kiyib, sochpopuk taqqan qizaloqlar-u bayramona libosda bo‘yniga kapalaknusxa bo‘yinbog‘ qo‘ndirib olgan bolakaylar yugurib chiqib, sho‘x qo‘shiq kuylab, shodon raqs tusha boshlashadi...

Ana, jurnalning navbatdagi soni uchun…

To‘liq...

Shijoat bayrog‘in tutib

Tug‘ilganimizdan to yashayotgan lahzamizgacha hayotimiz qator raqamlar bilan bog‘liq ekanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Asr, yil, oy, hafta, kun, soat, daqiqa va soniya... Barchasi raqam va hisob-kitoblardan iborat. Bugun sizlarga ana shunday algoritmik funksiya va informatika dasturlariga qiziquvchi, bu borada yaxshigina yutuqlarga erishgan…

To‘liq...

Gimnastikachi qiz

Marg‘iyona Sotimboyeva Pop tumanidagi 25-maktabning 3-sinfida o‘qiydi. Bir necha yildan beri u tumandagi BO‘SMning badiiy gimnastika guruhida murabbiy Munisa Sultonovadan sportning ushbu eng nafis turi sirlarini chuqur o‘rganmoqda. Qiyinchiliklardan cho‘chimagan qizaloq salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Tuman miqyosidagi qator musobaqalar…

To‘liq...

Dilda istak so‘nmasa

E’zoza Baxtiyorova Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida o‘qiydi. Pianinoda kuy chalish sirlarini diqqat bilan o‘rganmoqda.

– Chalayotgan musiqangni yaxshi, toza chiqishini istasang, notalarni sinchiklab o‘rgan. Pianino chalishda oyoq, qo‘l, ko‘z birdek harakatlanadi va sendan tezkorlik talab qilinadi, – ustozi Jamila…

To‘liq...

Ulug‘bek avlodlari

...Navbatdagi katta muhoraba (jang)dan oldin Sohibqiron Ulug‘bekni huzuriga chorladi. Bobosi yonida mudom jang-u jadallar guvohiga aylangan bo‘lajak hukmdor Temurning odatini bilardi. Bilgani sabab uning so‘roviga tayyor turar, shatranj taxtasida kechar bo‘lmish bugungi bahs rejalarini xayolan puxtalardi.

– Mirzo!!! – Bobosi – dunyoning yarmini o‘z…

To‘liq...

“Aqlli” do‘ppi

Dunyoda yon-atrofidagi yordamga muhtoj insonlar taqdiriga befarq qaray olmaydigan tengqurlaringiz ko‘p. Ular imkon qadar imkoniyati cheklangan odamlar og‘irini yengil qilish uchun izlanishadi. Turmush tarzida foydalanadigan yordamchi qurilmalar ixtiro qilishga harakat qilishadi.

Sattigali Jo‘ldasboy ana shunday izlanuvchan tengdoshlaringizdan biri.…

To‘liq...

Sumalakguzar – har nedan o‘zar

Sumalakguzar nafaqat Namangan shahri, balki butun viloyatning ko‘zga ko‘ringan mahallalaridan. Bu zaminning kuragi yerga tegmagan polvonlari-yu el olqishiga sazovor sportchilari azaldan qo‘shni davlat hududlariga qadar dovrug‘ qozonib kelgan. Mahallaning bugungi qat’iyatli va bir so‘zli yoshlari ham ota-bobolarining ana shu mashhurligini yanada…

To‘liq...

Dorboz bolalar

Gulnora Yerjanova rahbarlik qilayotgan 54-maktab nomi nafaqat Beruniy tumanida, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mashhur.

Chunki bu maktabda mohir sportchi bolalar, Qoraqalpog‘istonning eng kichik dorbozlari – Hasan-Husan To‘liyevlar ta’lim olishadi.

Ular hali maktabga bormasdanoq, televizorda namoyish qilinadigan karate mashqlarini…

To‘liq...

Fan yulduzlari

Abdumalikning dadasi Nizom aka farzandini go‘dakligidan ilmga do‘st qildi. Hali tili biyron bo‘lmasdan sanashni, maktabga chiqmasdan boshlang‘ich hisob-kitob mashqlarini o‘rgatdi. O‘g‘lining teran aqlli, zukko va tirishqoqligini o‘z vaqtida payqab uning har bir savoliga erinmasdan javob qaytarar, imkon qadar o‘g‘liga masalaning mantiqiy yechimini…

To‘liq...

O‘n yoshli champion

Nafisa kichkinaligidan sportga havas qilib ulg‘aydi. Yon qo‘shnisi – Feruza opasining xalqaro musobaqalar, respublika chempionatlarida 3 marotaba 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani haqidagi xabar uning mitti yuragida ham sportga qiziqish uyg‘otdi. Chempion opasining shoda-shoda medallarini qo‘liga olib ko‘rarkan, ich-ichidan “Men ham sport bilan…

To‘liq...

G‘oliblik yarashgan qiz

Qizaloqlik paytlarida radio, televideniye orqali yangraydigan qo‘shiqlar ohangiga monand tebranib, o‘z holicha nimalarnidir xirgoyi qilib yuradigan Mohichehradagi san’atga bo‘lgan ishtiyoqni, eng avvalo, buvisi payqadi. Nabirasi biroz ulg‘aygach, uning maqom yo‘nalishidagi qo‘shiqlarga qiziqishini sezib quvondi. “Nasib bo‘lsa, qizalog‘im xonanda…

To‘liq...

Namanganning polvoni

Adhamjon bolaligidan bir so‘zli va dovyurak bo‘lib o‘sdi. Aytganidan qaytmas, oldiga qo‘ygan maqsadi uchun jon-jahdi bilan harakat qiladigan o‘g‘lidagi bu ishtiyoqni ota-onasi o‘z vaqtida payqab, uni sportga oshno qildi. Aniqrog‘i, bo‘lajak polvonni og‘ir atlet qilish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi sport maktabiga berdi. Bu yerda unga o‘z…

To‘liq...

Nufuzli tanlovlarda

Buxorolik yoshlarning musiqa san’ati bo‘yicha qo‘lga kiritgan yutuqlari haqidagi xushxabardan darak topdig-u, safarga otlandik. Maqsadimizni anglagan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi xodimi Jo‘raqul aka Jumaqulov Buxoro yoshlarining qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida to‘lqinlanib gapirib berdi. Va bizni shahardagi 1-son Bolalar musiqa va san’at…

To‘liq...

Metin iroda bilan

Yaqinda “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik-ijodiyot markazida imkoniyati cheklangan maxsus maktab-internatlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning “Mo‘jizalar olami” deb nomlangan ko‘rgazmasi bo‘ldi. O‘quvchilar texnik ijodkorlik yo‘nalishidagi “Boshlang‘ich texnik modellashtirish” mashg‘ulotlarida qog‘ozdan tayyorlangan eng sodda…

To‘liq...

Mukammallik sari

Diyorimizning har bir go‘shasida nodir iste’dodga ega bolalar voyaga yetmoqda. “Kimyogarlar shahri”, deb ataluvchi Chirchiq shahrida ana shunday qobiliyatli bolalar bilan yuzlashdik. Shulardan biri Muhammadjon Rofiyevdir. U ushbu mo‘jaz shahardagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinfida tahsil olmoqda. Bizni o‘ziga tortgan jihati uning…

To‘liq...

“Oyqiz” haqida bilganlarim

Tengdoshingiz Feruza Yusupovani teleekran orqali ko‘p bora ko‘rgansiz. U bilan bir necha yillar oldin “Xazon” filmini suratga olish jarayonida tanishib qolganmiz. Avvaliga uni erkatoy, tantiq qiz deb o‘ylaganman. Ammo yaqindan bilgach, jasoratli, sabrli, tirishqoq qiz ekanligiga amin bo‘ldim. Ayniqsa, “Oyqiz ertagi” filmi ikkimizning ham…

To‘liq...

Orzular izidan

Eldorning matematikaga mehr qo‘yishida oiladagi muhitning o‘rni katta. Ota-onasi matematika o‘qituvchisi bo‘lgani bois, uyda fanga doir qiziqarli kitoblar, ko‘rgazmali qurollar ko‘p. O‘zidan katta opasi maktabga borganda, unga qo‘shilib kitob o‘qishni, yozishni o‘rgangan Eldor yuzgacha…

To‘liq...

Qat’iy maqsad sari

O‘z bilim va iqtidoriga ishongan bugungi yoshlar mustaqil yurtimizda munosib farzand bo‘lib kamol topayapti. Ularning ilmga chanqoq, bilimdon, zukko va tirishqoqligini ko‘rib chin dildan havasing keladi, mehring ortadi.

Yaqinda Tailand Qirolligining Chiang Mai shahrida bo‘lib o‘tgan matematika bo‘yicha xalqaro…

To‘liq...

Ixtirolar olamiga sayohat

Texnik ixtirolar tarixi bilan hech qiziqib ko‘rganmisiz? Ularning dastlabki sodda ko‘rinishi ko‘pincha bolalikdan qiziquvchan, xayolparast, tinib-tinchimas insonlar tomonidan yaratilgan. Kashfiyotchilar ilk bor 1783-yilda ko‘kda parvoz qilish uchun havo shari, salkam (1882) bir asrdan so‘ng esa samolyotni yaratishdi.…

To‘liq...

Marrani yuksak olib...

Dinora Umarqulova hur O‘zbekistonimizning umidli yoshlaridan biri. Buxoro muhandislik texnologiya instituti qoshidagi 1-son akademik litseyda a’lo baholarga o‘qimoqda. O‘tgan yillar davomida “Yurt kelajagi”, “Yuksak ma’naviyatli avlod”, “Orasta qizlar” respublika…

To‘liq...

Tafakkur qanotlari

Olimlarning olib borgan so‘nggi tadqiqotlariga ko‘ra, XXI asrda yashayotgan odamlarning miyasiga ilgari taxmin qilingan hajmdan 10 barobar ko‘p miqdorda ma’lumot sig‘ar ekan. Ularning ta’kidlashicha, miyamiz 1 petobayt, ya’ni 1 mln gigobayt ma’lumotni joylashtira olishi mumkin. Bu degani, eng…

To‘liq...

Bundan ortiq iftixor bormi?!

2016-yil 23-avgust. Toshkent xalqaro aeroporti. Atrofni tun pardasi qoplagan bo‘lsa-da, terminal va samolyot yo‘laklari yuzlab chiroqlar nuridan charog‘onlashgan. Bu yerda O‘zbekiston iftixorlari – Olimpiya chempion va sovrindorlarini kutib olish uchun yuzlab yurtdoshlarimiz to‘planishgan. Nihoyat,…

To‘liq...

Barakalla singlim

Singlim Qodirqulova Madina 6-sinfda o‘qiydi. U 2014-yil “Kamalak yulduzlari” festivalining tuman bosqichida sertifikat bilan taqdirlangan bo‘lsa, 2015-yil diplom olib, viloyat bosqichi ishtirokchisiga aylandi.

Madina yaqinda “Bolalar qo‘shiqlari, she’rlar va hisob she’rlari”ni yaratish…

To‘liq...

Bilimlar bellashuvining bilimdoni

Mustaqilligimiz sharofati bilan yoshlarga qaratilayotgan e’tiborni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z iste’dodini yuzaga chiqarayotgan tengdoshlarimizdan biri Boyovut tumanidagi 15-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Ominabonu Ibodullayeva joriy yilda bo‘lib…

To‘liq...

Har sohada yetakchi

“Bugun har bir yosh yigit-qizning ko‘zlarida kelajakka ishonch, dilida quvonch, shuurida esa butun bir olamga sig‘maydigan sevinch bor. Mustaqil Vatan quchog‘ida yayrab, unib o‘sayotgan kelajak avlod yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z iste’dodining rang-barang qirralarini bor…

To‘liq...

Isfandiyorning qat’iy maqsadi

Isfandiyor ikkinchi sinfga o‘tganida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga qabul qilindi.

Bu yerda u gitara sinfining tayyorlov guruhida mashg‘ulot o‘tay boshladi. Undagi iqtidorni sezgan muallim Igor Budnokov bolakayga notalar joylashuvi, kuy chalish sirlarini…

To‘liq...

Termizlik chempionlar

– Shahrimizdagi 13-maktabda o‘nlab sport chempionlari o‘qiydi. Maktabdagi salkam 2000 ta o‘quvchining barchasi sportning bir necha turi bilan shug‘ullanadi, – dedi Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi xodimi Ochiloy opa Xudoynazarova g‘urur bilan.

– Sportga ixtisoslashgan maktabmi? –…

To‘liq...

Zukko bolalar davrasida

Aziz bolajonlar! Sevimli nashringizning iyul oyi sonida Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Quyoshli” oromgohida hordiq chiqarayotgan tengdoshlaringiz va u yerda yaratib berilgan qulay shart-sharoitlar haqida so‘z yuritgandik. Albatta, oromgoh tarbiyalanuvchilariga chinakamiga havas qilish mumkin. So‘lim bog‘…

To‘liq...

Iste’dodning turfa jarangi

Tanishing, tengdoshingiz – Barno Mamajonova.

Toshkentdagi 59-maktabning 8-sinfida o‘qiydi. Ilk bora raqs maktabiga borganida 4 yoshda edi, hali “r” harfini to‘g‘ri talaffuz qilolmasdi. “Yulduz” folklor dastasida ustozi Malika Po‘latovadan ilk raqs harakatlarini o‘rgana boshladi.…

To‘liq...

G‘ijduvonning yosh kulollari

Asqarjon ixtirochi bola. U besh yoshidan yog‘ochdan mashina, loy yoki plastilindan kema, odam, hayvon va turli-tuman buyumlar shaklini yasardi. Ikki yildirki, qo‘shnisi Bahrillo To‘yevga shogird tushgan. Bahrillo aka quruvchi – usta bo‘lib, kulolchilik bilan ham shug‘ullanadi. Asqarjon esa G‘ijduvon…

To‘liq...

Mohir qo‘llar mo‘jizasi

Har safar erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘quvchilarni uchratganimda, keng imkoniyatlar davrida yashayotgan yoshlarga havasim keladi.

Tengdoshlaringiz Jonibek Shokirov va Zarnigor Yusufjonovalar maktabdagi darslar, to‘garaklar va qo‘shimcha mashg‘ulotlardan ortib,…

To‘liq...

Orzular ostonasida

Toshkentdagi 300-IDUM–ning iqtidorli o‘quvchisi Ozoda Bozorboyeva bugun maktabni bitirayapti. Mehr bilan qarab turgan ustozlariga bir-bir minnatdor boqadi. Nigohi ona-tili va adabiyot muallimi Dilorom opa Haydarova bilan to‘qnashganda entikib ketdi. Ko‘z oldidan yillar davomida erishgan yutuqlari o‘ta boshladi.

Ozoda…

To‘liq...

Tafakkur elementi

Kasbimiz shunaqa, qayerda milt etgan uchqun ko‘rinsa, ibrat qilib ko‘rsatgimiz, yutuqlarini yozib, maqtangimiz keladi. Chunki biz e’tirof etayotgan iste’dodlar yana yangi “buloqlar ko‘z ochishi”ga turtki bo‘ladi.

 

“Mangu yoshli moddasi”

Farrux fanlardan yaxshi o‘qirdi,…

To‘liq...

Istiqlolning iste’dodli farzandlari

Xorazm – osmonida ma’naviyat yulduzlari porlagan diyorimizning ko‘hna maskanlaridan biri. Bu zamindan Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud az-Zamaxshariy, Munis, Ogahiy, Jaloliddin Manguberdi singari buyuk ajdodlarimiz yetishib chiqqan. Birgina “algoritm” nomi bilan dunyo tamadduniga abadiy muhrlangan olim, algebra fani asoschisi…

To‘liq...

Bir onning bahosi

yoxud vaqtni qadrlaydign yigit

Toshket shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 279-maktabning fizika fani o‘qituvchisi Farida opa uzoq yillik pedagogik faoliyati davomida ko‘plab iqtidorli bolalarga saboq bergan edi. Ularning aksariyati bir-biriga o‘xshardi: fizika, matematika fanlarini yaxshi o‘zlashtirgani, negadir, ona tili, adabiyot, tarixga unchalik…

To‘liq...

Orzular izidan

Jurnalni varaqlayotgan aziz o‘quvchim, ushbu sahifadagi kichik aktyor suratini ko‘riboq darrov tanidingiz-a? Ha, u – “Opa-singillar” teleserialining eng kichik qahramoni – Ozodbek. Yana “Zarb” nomli badiiy filmda bosh qahramon – doira cholg‘usi ustasi Sharif akaning shogirdi – Ilhomjon rolining ijrochisi Muhammad Ali Ibrohimov bo‘ladi.

Muhammad Ali…

To‘liq...

Yurtimizning ikki faxri

Shamsiddin shaxmatga qachon qiziqib qolganini eslay olmaydi. Balki ota-onasining atrofida tetapoya qilib yurganida ularning shaxmat bo‘yicha o‘zaro bahslarini go‘dak shuuri bilan his qila boshlagandir. Balki endi-endi teleekran lavhalarini anglay boshlaganida chempion aka-opalarining g‘urur bilan so‘zlashlaridan, ularning shaxmat taxtasi qoshida…

To‘liq...

Tengdoshlari ichra tengsiz

“Kamalak yulduzlari” Respublika tanlovi Mirzo Ulug‘bek tumani bosqichi. Zal tomoshabinlar bilan liq to‘lgan. Boshlovchi navbatdagi ishtirokchi nomini e’lon qildi. “Xorazm lazgisi” yangradi. Sahnada o‘ynayotgan jajji raqqosa qizning kuyga mos harakatlari yig‘ilganlarni hayratga soldi. Raqs davomida zalda qarsak tinmadi.

Iste’dodli qahramonimiz…

To‘liq...

Qat’iy maqsad ortidan

Rustambek Temirboyev va Ilhomjon Umarboyevlar Zangiota tumanidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining eng iqtidorli va izlanuvchan o‘quvchilaridan. Yillar davomidagi tinimsiz mashqlar, ustozlar sabog‘i bu bolalarni maktabning faxriga aylantirdi.

Rustambek kichikligidan tog‘asinikiga borishni, uning do‘mbirasida kuy chalishni yaxshi…

To‘liq...

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.