Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bilimlar bellashuvining bilimdoni

Mustaqilligimiz sharofati bilan yoshlarga qaratilayotgan e’tiborni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z iste’dodini yuzaga chiqarayotgan tengdoshlarimizdan biri Boyovut tumanidagi 15-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Ominabonu Ibodullayeva joriy yilda bo‘lib o‘tgan “Bilimlar bellashuvi”ning bilimdoniga aylandi. U shu yilning mart oyida o‘tkazilgan tanlovning tuman bosqichida biologiya fani bo‘yicha qatnashib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. O‘qish va izlanishdan tolmaydigan Ominabonu may oyida bo‘lib o‘tgan viloyat bosqichida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. U bellashuvning so‘nggi bosqichida faol ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlandi. Bunday yutuqlarga erishgan bilimdon qizimiz Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Quyoshli” oromgohida mazmunli dam olib qaytdi. U katta natijalarga erishib ustozi Dilorom opa Fayzullayevaning mehnatlarini oqladi.

Iste’dodli tengdoshimizga ulkan zafarlar tilab, uning yutuqlarini o‘rnak sifatida ko‘rsatishni istardim. O‘zbekiston kelajagi Ominabonu kabi salohiyatli yoshlar qo‘lida ekan, uning ertangi kuni bundan-da porloq bo‘lishi aniq.

 

Zarinabonu IBODULLAYEVA, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani

15-maktab 7-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.