Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Gimnastikachi qiz

Marg‘iyona Sotimboyeva Pop tumanidagi 25-maktabning 3-sinfida o‘qiydi. Bir necha yildan beri u tumandagi BO‘SMning badiiy gimnastika guruhida murabbiy Munisa Sultonovadan sportning ushbu eng nafis turi sirlarini chuqur o‘rganmoqda. Qiyinchiliklardan cho‘chimagan qizaloq salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Tuman miqyosidagi qator musobaqalar g‘olibasi bo‘lgan Marg‘iyona, kuni kecha Buxoroda bo‘lib o‘tgan Respublika chempionatida Namangan viloyat terma jamoasi tarkibida faxrli o‘rinni egallab mamlakatimiz Prezidenti sovg‘asini qo‘lga kiritdi.

 

Yulduz Alimova,

Namangan viloyati Pop tumanidagi

25-maktab o‘qituvchisi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.