Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

O‘zbekistondan Ispaniyaga

Ashixaro-karate turi bo‘yicha Xalqaro turnir g‘olibi Aziza Tursunova Toshkent shahrida sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni egallab, Ispaniyada bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. U Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 17-maktabning 9-sinfida a’lo baholarga o‘qiydi. Chempion qiz namunali xulqi, odobi, kamtar va ziyrakligi bilan nafaqat sinfdoshlari balki maktabdoshlarining ham hurmatini qozongan.

– Barcha muvaffaqiyatlarim uchun yoshlarga shunday imkoniyatlar yaratib bergan Prezidentimizga tashakkur aytaman. Bu yutuq nafaqat mening, balki ota-onamning, shaxmat sirlarini o‘rgatgan murabbiylarimning, meni hamisha qo‘llab-quvvatlab turgan ustozlarimning ham yutug‘i, deb bilaman. Orzuim, mamlakatimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarish. Buning uchun tinimsiz mehnat qilishga, irodamni toblashga tayyorman. Kichik g‘alabamni yuksak baholayotgan viloyat va tuman hokimlariga tashakkur bildiraman. Jahon chempionatidan ham g‘alaba bilan qaytib, ularning ishonchini oqlayman, – dedi Aziza.

Biz ham maktabimiz, tuman va viloyatimiz faxri bo‘lgan Aziza Tursunovaga hamisha zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

 

Mashrab ANOROV,

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 17-maktabning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.