Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Iste’dod – millat mulki

Qorako‘llik bilimdonlar

Buxorolik o‘quvchilar “Bilimlar bellashuvi”ning respublika bosqichida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallashdi. Ushbu jamoa a’zosi, Qorako‘l tumanidagi 1-maktab o‘quvchisi Jalolbek Boboqulov chuqur tarixiy bilimi bilan talabchan hay’at a’zolarini qoyil qoldirib, oltin medal va 1-darajali diplom sohibi bo‘ldi.

Tarixni bilmasdan turib vatanni sevish…

To‘liq...

Yutuqlarning adog‘i yo‘q

– Sport tufayli o‘zimga bo‘lgan ishonch yana-da mustahkamlandi, – deydi buxorolik Gulnoza Aliyeva. – Har safar xalqaro musobaqalarga yo‘l olar ekanman, o‘z oldimga ulkan maqsadlarni qo‘yaman. Men albatta, g‘olib bo‘lishim, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib, xalqimiz ishonchini oqlashim shart, deya niyat qilaman. Har bir musobaqa oldidan ana…

To‘liq...

Ilk sambochi champion

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilib o‘sgan Jahonoy Turkmanova 9 yoshidan sport bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Hozirda Samarqand oliy sport mahorati maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Jahonoy o‘tgan yili Latviyaning Riga shahrida o‘tkazilgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi sambo bo‘yicha jahon chempionatida o‘z vazn toifasida…

To‘liq...

Bobosining bolasi

Behzod, Farhod, Sherzod uch og‘a-ini. Behzod 5-sinfda, Farhod 3-sinfda o‘qiydi. Sherzod hali maktabga bormagan. Lekin maktabda o‘qiganlar mehnati baho bilan belgilanishini biladi. Shuning uchun akalari maktabga ketayotganda “5 olib keling”, deb besh barmog‘ini ko‘rsatadi.

– Buvijon, o‘qish, o‘zbek tili, matematikadan “5” oldim, – suyunchiladi…

To‘liq...

Orzular e’tirofi

Shahodat qizaloqligidan qo‘g‘irchoqlarga taqinchoqlar yasab, ularga zeb berishni yaxshi ko‘rardi. Turli munchoqlar, keraksiz tugmalardan daraxt, gul yaproqlarini bezashga qiziqayotganini sezgan onasi uni “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyoti markazidagi “Munchoqli bezak” to‘garagiga yetaklab kelganiga ham ikki yil bo‘ldi.…

To‘liq...

Lobarim, dilbarim, chevarim, qizlar!...

Har yili ilk bahor – maysalar iliq tuproq bag‘rida nish otganda, “daraxtlar millionlab jajji fonuslar yoqqanda”, binafsha ming bir hadik bilan barglari orasidan mo‘ralab, nazokatli nargis quyoshdan rang olib, mayin yellar soziga raqs tushgan chog‘da zebolik va ezgulik ayyomi nishonlanadi. Nafosat bayrami sabab yurtimiz oqila, fozila, iste’dodli…

To‘liq...

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.