Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2017-yil sonlari

2018-yil 4-son

  • Sohibqiron

    Sohibqiron boqadi xushhol

    Adolatni qalbga muhrlab.

    Qudratiga butun dunyo lol –

    Obidalar qo‘yar sehrlab.

     

    Shahd-shiddatli jahongir Temur

    Jasorati tillarda doston.

    Mag‘lubiyat bilmagan yovqur,

    Pir jilovdor bo‘lgandir har on.

     

    Maftun etdi dunyo nigohin

    Obod yurtda yashnagan

    ...
  • Chin muxlisga to‘rt savol

    Aziz o‘quvchilar, 2017–2018-o‘quv yilining so‘nggi choragini o‘qiyapsiz. O‘qishlar, uy vazifalari, turli to‘garaklardagi mashg‘ulotlar charchatib qo‘ymadimi? Siz charchash nimaligini bilmaydigan bolalarsiz. Biz sizlarga ishonamiz. “Gulxan”ning har bir sonini qunt bilan o‘qib borayotganlar hech qachon dangasalik qilmaydilar.

    Bugun siz muxlislarga bir kichik topshiriq bermoqchimiz.

    ...
  • O‘smirlik – o‘zlikni tanish

    O‘smir do‘stim, Sizni ko‘p muammolar qiynaydi. Ko‘plab savollaringizga javob topolmay, uzoq xayol surib qolasiz. Buni bizga yo‘llayotgan maktublaringizdan bilib olmoqdamiz. Izlanishga, fikrlashga chorlovchi savollaringizdan quvonsak, ayrim o‘ylamay yozilgan savol va murojaatlaringizdan salgina ranjiymiz ham. Buning sabablarini bilish, o‘rganish maqsadida biz bolalar yozuvchisi, psixolog,

    ...
  • “Hayot elementlari”

    Kimyo fani insoniyat uchun zarur bo‘lgan barcha ixtirolarning asosidir. Boshimiz yoki tishimiz og‘riganda ichadigan bitta dorining tarkibida necha xil kimyoviy element borligini bilasizmi?! Uni yaratguncha farmatsevt olimlarning qancha kimyoviy jarayonlar ustida bosh qotirishlarini-chi?!

    Faxr bilan aytishimiz mumkinki, bugun yurtimizda yetishib chiqayotgan yosh

    ...
  • Bolaligim ertaklari

    Aziz o‘quvchilar, yodingizda bo‘lsa, “Gulxan”ning 2017-yil 12-sonida taniqli adib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Erkin Malikovning tarjimai holi hamda foto-portretini bergan edik. Quyida adibning urush yillarida o‘tgan bolaligi haqida hikoya qiluvchi “Bolaligim ertaklari” qissasining 1-kitobidan parcha e’lon qilmoqdamiz. O‘ylaymizki, uni o‘qigach, bu asarning to‘liq variantini

    ...
  • Siznikidir kelajak, iqbol

    “O‘qing, uqing, olingiz ta’lim,

    Siznikidir kelajak, iqbol”.

    Jon kuydirar, bizga muallim

    Mushtoq, deya yorug‘ istiqbol.

     

    Qalbda tuydim sinoat-sehrin,

    Kelajakka chorlab bir ovoz.

    Qanot bo‘lib ustozlar mehri,

    Orzularim qilmoqda parvoz.

     

    Umid bilan yo‘lga chiqdim men,

    Sadoqatdir ko‘nglimning

    ...
  • Kitob olib kelsangiz

    Yurt tinchi

     

    Sabzi ekdim bog‘imga,

    Quyon sanab yesin deb.

    Donni ko‘klam chog‘inda

    Ekdim, qushlar kelsin deb.

     

    Jonivorlar kezib bog‘

    Bizni o‘yga toldirar.

    Ayniqsa, qarg‘a “qag‘-qag‘”

    Yong‘oq ko‘mib qoldirar.

     

    Qaldirg‘ochlar mehrimni,

    Bilib qoldi har

    ...
  • Salom – odobning boshi

    Maktabim

     

    Salom – odobning boshi,

    Odob – umr quyoshi.

    Ta’lim – xulqning yo‘ldoshi,

    Baxtga irmoq maktabim!

     

    Bilimlarning dunyosi,

    Dunyolarning a’losi,

    A’lochilar fidosi,

    Mehri qaynoq maktabim!

     

    Tafakkurning qaymog‘i,

    Ezgulikdir sabog‘i,

    Saodatning

    ...
  • Bahor

    Bahor keldi kulib noz bilan,

    Turfa gullar qo‘lda soz bilan,

    Kutdik uni zo‘r e’zoz bilan,

    Quvonchimsan, go‘zal bahorim.

     

    Varrak bo‘lib aylasin parvoz,

    Satrlarim tushgan oq qog‘oz,

    Madhing kuylay qo‘lga olib soz,

    Ilhomchimsan, o‘zing, bahorim.

     

    Daraxtlaring gullasin o‘lkam,

    Olam ichra o‘zingsan

    ...
  • Pazanda

    Avaz, Dono, Sayyora

    Qurdilar katta davra.

    Bir-biriga mehribon,

    O‘ynashar “mehmon-mehmon”.

     

    “Novvoy” bo‘lib Muqaddam

    Xamir qoradi ildam.

    Pishgach patir, shirmoy non,

    Ulashadi u shodon.

     

    Muqaddam kelajakda

    Bo‘lmoqchi zo‘r pazanda.

    Hozircha “yopgan” nonin

    Xamiri –

    ...
  • Bahodirning nihollari

    Bahodir do‘sti Olim bilan dars tayyorlab bo‘lib, uyiga xursand qaytib keldi-yu, mojaroning ustidan chiqib qoldi.

    – Yo‘q, boshimni qotirma, bolam. Shundoq jannatday joyimni tashlab, biyday sahroga ko‘chmayman. Na bir tup daraxt bor u yerda, na oqar suv, – derdi buvisi boshini sarak-sarak qilib, – hademay mana bu nihollar ham gulga kiradi, shig‘il hosil beradi.

    – Oyijon, birgina

    ...
  • Kitob o‘qimas bola

    Kitob o‘qimas bola

    Ko‘rdi qo‘rqinchli bir tush.

    Kitoblari do‘q qilar,

    Qo‘llari tugilgan musht.

     

    Der, bizni unutgansan,

    Har yonga irg‘itgansan.

    Senga telefon bo‘lsa,

    Tinmayin ishlab tursa.

     

    Vaqtning qadriga yetgan,

    Bolalarni topamiz.

    Ular bilan do‘stlashib,

    Fikrini

    ...
  • Kitob bayrami

     2-aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni yurtimizda katta shodiyonalar bilan o‘tdi. O‘quvchilarning kitobga bo‘lgan hurmati va mehri ifodasiga aylangan bayram Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 206-maktabda ham keng nishonlandi. Maktab axborot-resurs markazi rahbari Navbahor Qudratova tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ota-onalar, tuman axborot-resurs markazi vakillari, tuman

    ...
  • Ekobog‘ – vaqtingiz o‘tar chog‘

    Tabiat go‘zal, ayniqsa, bahorda. Maysalarning intiq nigohi quyoshni izlab ko‘kka o‘rmalasa, qushlarning yangi “xirgoyi”lari borliqni raqsga chorlaydi. Hayvonot, nabotot, odamzod, jamiki tiriklik bu rang-barang o‘zgarishlardan yangi ruh oladi, umrining yangi pallasini boshlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yer-u osmon o‘rtasi ham jisman, ham ruhan kamalak libosini kiyadi, tevarakni ajib hislar

    ...
  • Kitobjon

    Zehnimizni o‘tkirlab,

    Band qilasan qo‘limni.

    Sen do‘stimsan, kitobjon

    Yoritasan yo‘limni.

     

    Ertaklaringni o‘qib,

    Sira-sira to‘ymayman.

    Sen-la dunyoni anglab,

    Qo‘limdan hech qo‘ymayman.

     

    Durdona NABIYEVA,

    Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani

    4-maktab 3-sinf

  • Har yon lolazor

    Yana keldi gulbahor,

    Qir-adirlar lolazor.

    Ko‘kda vizillar varrak,

    Entikib ketar yurak.

     

    Buvimga ko‘mak berdim,

    Sumalakka tosh terdim.

    Tiladim yaxshi tilak,

    So‘ng tovlandi kamalak.

     

    Muzaffar MIRZAYOROV,

    Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 210-maktab 4-sinf

  • Gulchambar taqib…

    Kirib kelgach ko‘klamoy,

    Tabiat ochdi chiroy.

    Har yon gul-u lolalar,

    Quvonishar bolalar.

     

    Dugonajon, kelaqol,

    Gulchambarlar taqamiz.

    Qo‘lingni ber qo‘limga

    Yur, qirlarga chiqamiz.

     

    Barnoxon RO‘ZIYEVA,

    Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani

    28-maktab 5-sinf

  • Ko‘klam quvonchi

    Qaldirg‘och qanotida

    Orzu ko‘kka bo‘y cho‘zdi.

    Bog‘imda nargis gullar

    Quyoshga qarab o‘sdi.

     

    Sochga tolbargak taqib,

    Yalpiz terdik bir etak.

    Ko‘k somsalar yopamiz,

    Nasibamiz mo‘l, demak.

     

    Nozima NORMATOVA,

    Surxondaryo viloyati Sherobod tumani

    42-maktab 6-sinf

  • Yurtimda bahor

    Nur sochar ko‘kda quyosh,

    Xursanddir keksa-yu yosh.

    Dehqonlar boshlar ishni,

    O‘tkazib olib qishni.

     

    Yana yurtimda bahor,

    Suvga to‘liqdir anhor.

    Go‘zal bahor, davom et,

    Dilga quvonch solib ket.

     

    Gavharbegim XOLMATJONOVA,

    Jizzax viloyati Zomin tumani

    3-maktab 4-sinf

  • Yuragimga yo‘l

    Asta yuragimga yo‘l ochilmoqda,

    Bahor sochim silab, erkalab kulsa.

    Tog‘larning qo‘ynidan shovqin solar soy,

    Ariqlar labida yam-yashil maysa.

     

    Uning chiroyidan mastligim bilib,

    Hislarimni o‘ynab har yonga sochar.

    Bahorning jannatiy gullari unib,

    Borliqqa birdayin bag‘rini ochar.

     

    Xushro‘y

    ...
  • Iftixorim – Vatan

    O‘zbekiston – mening Vatanim,

    Bebahosan ona tuprog‘im.

    Gullar ungan lolazorimsan,

    Iftixorim, dilda ardog‘im.

     

    Nurga to‘lgan ravon ko‘chalar,

    Ko‘zlaganim – yuksak marradir.

    Senga bo‘lgan mehrim oldida

    Hatto ummon kichik zarradir.

     

    Sabina ODINAYEVA,

    Toshkent Yuridik

    ...
  • Bahor yomg‘iri

    Tomchi xuddi ko‘z yoshdek

    So‘zsizgina yog‘ar jim.

    Qalbga go‘zal hislar ek,

    To‘lib borar yuragim.

     

    Bahordan berib darak

    Yog‘yapsanmi, yomg‘irim?

    Senga ilhaq boychechak,

    Sensiz qancha og‘rindim.

     

    Mayin tebrangan maysa

    Tushunadi tilingni.

    Menga ham ochaqolgin

    Sirlar pinhon

    ...
  • Yoshlik

    Bahor gullaridek tarovating bor,

    Hech kim bilmas sir-u sinoating bor,

    Asqar tog‘i misol shijoating bor,

    Umrning bahori, ko‘klami yoshlik.

     

    Ko‘nglimda beqiyos o‘rning bo‘lakcha,

    Sening yoshlikka xos davring bo‘lakcha,

    Dilda tug‘yon urgan zavqing bo‘lakcha,

    Umrning bahori, ko‘klami

    ...
  • Yashil tog‘lar

    Bahor kelib o‘lkamga

    Qisqardi uzun tunlar.

    Quyosh kulib olamga

    Charog‘on bo‘ldi kunlar.

     

    Dov-daraxtlar gullagan,

    Chamanzor kabi bog‘lar.

    O‘t-o‘lanlar nish urib,

    Yam-yashil bo‘ldi tog‘lar.

     

    Bulutlar to‘planar goh

    Quyoshga joy bermayin.

    Kurtaklarni savalab,

    Yomg‘ir yog‘ar

    ...
  • Tishlar

    Og‘iz degan bir g‘orda

    Tizilishib turamiz,

    Bizlarni asrasangiz,

    Xizmat qilib yuramiz.

     

    Dahshatli tish og‘rig‘in

    Sezmay desangiz agar,

    Sovuq suv, shirinlikdan

    Tiyiling imkon qadar.

     

    Munisa DILMURODOVA,

    Toshkent tumani 9-maktab 7-sinf

  • Posbon

    Vatanga sodiq posbon,

    Sheryurak jasur, polvon,

    Yurtini sevar jondan,

    Bahodir askar o‘g‘lon.

     

    Sarhadlarni qo‘riqlar,

    Ichgan ontini oqlar,

    Xalqi tinchligin saqlar,

    Bahodir askar o‘g‘lon.

     

    Zulayho RASULOVA,

    Buxoro viloyati Olot tumani

    10-maktab 8-sinf

  • Ajdodlarga munosibmiz

    Buyuk Amir Temur saltanatni boshqarishda “Yetti o‘lchab bir kes” degan naqlga amal qilgani barchaga ayon. Ayniqsa, jang san’atida mohirligi, har tomonlama o‘ylab, aql bilan g‘alabaga erishgani olam ahlini lol qoldirgan. Buyuk davlat arbobi va sarkardaning Vatanga sadoqat, mardlik, fidoyilik, elparvar hamda adolatparvarligi yosh avlodlar uchun o‘rnakdir. Uning tutgan yo‘li har bir bolaga qiziq

    ...
  • Parij galereyasida

    Kichkinaligida multfilm qahramonlarining rasmini chizish Komilaning sevimli mashg‘uloti bo‘lgan. Qizaloq bog‘chada tarbiyachisi ko‘rsatgan gul, quyosh va bulut tasvirlarini qog‘ozga tushirdi. Ranglarni to‘g‘ri tanlab, tasavvurini aniq ifodalay olgan Komilaning chizgan rasmi o‘shanda bog‘cha opalarni ham hayron qoldirdi. Bayramlarda, “Yosh musavvirlar” tanlovlarida faol qatnashgani uchun unga

    ...
  • Bulbul

    (tatar xalq ertagi)

     

    Qadim zamonda boy savdogar bo‘lib, uning turli mamlakatlardan keltirgan qimmatbaho buyumlari juda ko‘p edi. U qayerga bormasin, esdalik uchun biror yaxshi narsa olib qaytardi-da.

    Savdogarning uyida bir bulbul bor edi. U kumushdan yasalgan katta va chiroyli qafasda yashardi. Savdogar undan hech narsani

    ...
  • Uyimizda bayram bo‘lib ketdi

    Opam Marjona 8-sinfda, ukam Mashhurbek 4-sinfda o‘qiydi. Ota-onamiz bizga Lolaxon ammam Tojikistonda yashashini, ularning Zokirjon, Zohidjon, Zafarjon degan o‘g‘illari, Zulfiya ismli qizlari borligini aytishgan. Biroq ikki davlat o‘rtasidagi chegaralar yopiqligi bois, ulardan xabar ololmayotganlaridan xafa bo‘lishardi. Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan ikki davlat – O‘zbekiston va

    ...
  • Tengdoshlarim qatori

    Vatanimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni ta’riflab yakuniga yetib bo‘lmaydi. Chunki yurtimiz kundan-kun chiroy ochib, obodonlashib bormoqda. Men ham barcha tengdoshlarim qatori Yurtboshimizning yoshlarga berayotgan e’tibor va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga harakat qilyapman. Maktabda matematika, ona tili va adabiyot, ingliz tili to‘garaklariga muntazam qatnashaman. “Yoshlar” sport

    ...
  • Изучаем русский язык (2018-yil 4-son)

    000

  • Legend about Temur

    Temur was defeated in the initial battle for Samarkand and retreated to a mountain. Old woman named Darxan lived there. Soldiers wanted to sleep here because of being tired. The old woman greeted them with a good mood. In habit, she should show hospitality them. She was poor. So she cooked only Atala. She put it on the table. Temur had eaten nothing for a long time. So he gobbled it up in a

    ...
  • Baklajka varrak

    000

  • Qaysi qush baxtli?

    (ingliz xalq ertagi)

     

    Qadim o‘tgan zamonda, uzoq o‘lkalardagi qalin o‘rmon ichida bir qarg‘a yashagan ekan. U o‘z umridan juda mamnun, baxtli hayot kechirar ekan. Biroq bir kuni ko‘kda viqor bilan uchib ketayotgan oqqushni ko‘ribdi-yu, o‘ylab qolibdi: “U juda ham oppoq qush ekan. Shuning uchun juda chiroyli. Men esa qop-qoraman.

    ...
  • Oddiy, ammo, a’lo

    G‘ildirak

     

    Miloddan avvalgi ushinchi ming yillik o‘rtalarida yashab o‘tgan shumerlar hayotini aks ettiruvchi belgilarda ilk marta aravaga o‘xshash g‘ildirakli chana tasvirlangan. Disk ko‘rinishidagi bunday g‘ildiraklar yog‘ochdan yasalgan. Keyinchalik g‘ildiraklar Kichik Osiyo (Osiyoning eng g‘arbiy yarim oroli, hozirda

    ...
  • “Gulxan”da xanda (2018-yil 4-son)

    ***

    – Nega maktabdan kech kelding? – so‘radi ona o‘g‘lidan.

    – Biz kimyo fanidan tajriba o‘tkazdik, – javob berdi o‘g‘il.

    – Nima, tajribaga shuncha ko‘p vaqt ketdimi?

    – Yo‘q, tajribadan keyin kimyo xonasini tozalashga majbur bo‘ldik.

     

    ***

    – Nega tushlik puli olib kelmading? – so‘radi Javlon sinfdoshidan.

    – Dadam DANga jarima

    ...
  • “Qushlar dunyosi” chaynvordi

    000

     

    Chaynvord: 1. Ko‘klam elchisi. 2. Yer yuzining barcha qit’alarida tarqalgan, uyasini qoya yoriqlarida quruvchi sayroqi parranda. 3. Tustovuqning ikkinchi nomi. 4. Yoz darakchisi. 5.Markaziy Osiyo tog‘liklarida

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.