Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil sonlari

2016-yil 10-son

  • Mehringizning bulog‘idan

    Yuksalmagan millat yo‘q.

    Zahmatingiz orqasida

    Tama yoki minnat yo‘q.

     

    Bedor o‘tgan tuningizga

    Jon ichra jon baxshida.

    Mehringizsiz hech bir giyoh

    Siyratida hikmat yo‘q.

     

    Bir harf birla qulf

    ...
  • Sevimli jurnalingizning navbatdagi sonini bosmaxonaga topshirish arafasida Surxondaryodan quvonchli xabar oldik. Viloyatning Boysun tumanidagi 4-maktab 3-4-sinf o‘quvchilari “Gulxan”ga 2017-yil uchun 100 dona obuna bo‘lishibdi.

    Biz bu qadrdon mushtariylarimizga minnatdorlik bildirgan holda boshqa o‘quvchilarni ham obuna jarayonlarida

    ...
  • Aziz jurnalxonlar, siz bilan yaqindagina O‘qituvchi va murabbiylar kunini bayram qildik. Ayni kunlarda esa O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sanani nishonlayapmiz. Shu munosabat bilan respublikamiz o‘quv maskanlarida an’anaga aylanib qolgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatimizda qanday muhim sanani o‘tkazmaylik, har safar bu ulug‘

    ...
  • “Boburnoma”ni mutolaa qilgan bo‘lsangiz, uning “To‘qqiz yuz o‘ttiz beshinchi (1528–1529) yil voqealari” bobida Zahiriddin Muhammad Bobur o‘g‘li Humoyun Mirzoga yozgan bir maktub bor. Xat o‘sha paytda farzand ko‘rgan o‘g‘ilga tabrik bilan boshlanadi.

    Shukr, bermish senga haq

    ...
  • Birgina harf o‘rgatishning ming mashaqqatini totib, bundan qalbi cheksiz g‘urur va faxrga to‘lib yurgan Muhabbat Sharapova tajribali ustozlardan biri. U Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi. Muhabbat opa hayotini yosh avlodga ilm o‘rgatishga bag‘ishladi. Sobiq sho‘ro davrida

    ...
  • Ravshan injiq, loqayd, qaysar bola bo‘lib qoldi. Sababi, u har kuni yarim tungacha televizor tomosha qiladi. Ertalab esa barvaqt uyg‘onishni istamaydi. Bazo‘r o‘rnidan turib, apil-tapil yuvinadi. Ba’zan nonushta qilishga ham ulgurmaydi, och-nahor maktabga jo‘naydi. Darslarda esnab, lanj holatda o‘tiradi. O‘qituvchisining aytgan gaplari

    ...
  • Yurt uchun – Vatan uchun,

    Gulzor-u chaman uchun,

    Qo‘shadi hissa-kuchin,

    Sog‘lom bola – boy bola.

     

    Sog‘ aql, sog‘lom tanda,

    Sportni qilmas kanda,

    O‘zbekiston vatanda,

    Sog‘lom bola – boy bola.

     

    Polvon bo‘ladi

    ...
  • Sog‘lom bola – boy bola,

    Misli ko‘kda oy bola.

    Sen yurtimiz ertasi,

    Iqbol senga, toy bola!

     

    Pahlavonsan, botirsan,

    Yuksalmoqqa qodirsan,

    Har hunarda mohirsan,

    Sog‘lom bola – boy bola!

     

    Otabek ISROILOV,

    Toshkent

    ...
  • Jurnalimizning qadrli muxlislari!

    Tahririyatimizga har kuni respublikamizning turli burchaklaridan o‘nlab maktublar keladi. Muxlislarimiz bu maktublar orqali nafaqat o‘z ijod namunalari, balki shaxsiy yutuq va natijalari haqida ham yozib biz bilan o‘rtoqlashadilar. Ana shulardan biri Qarshi tumanidagi 43-maktabning oliy toifali o‘qituvchisi

    ...
  • – deydi poytaxtimizdagi 206-maktab o‘qituvchisi Dilorom BOYMATOVA

    Men ustoz Dilorom Boymatova bilan, aniqrog‘i, uning o‘quvchilari bilan bahorda – “Gulxan” jurnali poytaxt maktablari o‘quvchilari bilan Botanika bog‘ida o‘tkazgan “Yashil olamga sayohat” tadbirida tanishdim. Ona tabiatimizni asrash,

    ...
  • Kurtaklar kim o‘zarga

    Bo‘ylarini cho‘zishdi.

    Ortda qolmasdan sira

    Ko‘kka qarab o‘sishdi.

    Tomchilar berib madad,

    Qo‘llaridan tortishdi.

    G‘olib pahlavonlarga

    Yangi yumush ortishdi.

    Birlashib baham bo‘lib,

    Mevaga berdilar bol...

    Kim

    ...
  • Ustozlik aslida ulug‘ martaba.

    Iltifot kerakmas ustoz zotiga.

    Ustozlik – erishsang buyuk daraja,

    Ziyo urug‘in separ bor bisotiga.

     

    Ustozdir beminnat nur sochgan quyosh,

    Ustoz – tiniq samoning yulduzi, oyi.

    Mashaqqat, zahmatga beruvchi bardosh,

    U suyuk, u buyuk –

    ...
  • Salom, jonajon maktab,

    Tabarruk makon, maktab!

    Qalbga ilm nurin sochgan,

    Bamisli oftob maktab!

     

    Chorlading quchog‘ingga,

    Keldik bilim bog‘ingga,

    Munis ona misoli

    Bizga mehribon, maktab.

     

    Nur taratgan shamsimon,

    Ilm bog‘iga

    ...
  • Qulog‘ingga gapim bor,

    Kelaqolgin qizgina.

    Keragin ol, boshqasin

    Unutaqol tezgina.

     

    Odob bilan so‘zlasang,

    Obro‘ying oshgay, albat.

    Ozoda bo‘l, chaqqon bo‘l,

    Taltaymagin-a hech vaqt.

     

    Mayda o‘rib sochingni,

    O‘sma

    ...
  • Hikoya

     

    Qo‘yvoring! Qoching! Tegmang!

    Shuhratjonning qichqirig‘iga itning angillashi qo‘shilib ketdi. Hovlida qiy-chuv, to‘polon ko‘tarildi.

    Shuhrat papkasini uloqtirib, o‘zini cho‘nqaygan odam ustiga otdi. U dadasi bilan bu kishining niyatini darrov angladi. Rahmat aka

    ...
  • Hikoya

     

    Ayasi Muborak opa kasalxonaga tushgandan beri Anvar xolasi bilan birga yashayapti. Xolasi Karima opa Anvarga xuddi onasi kabi mehribon. Ertalab uyg‘otadi. Nonushta tayyotlaydi, ichirib, maktabga kuzatadi. O‘zi esa kuniga kasalxonaga opasining yoniga qatnaydi.

    Anvar dars tugagach, ilgarigiday ko‘cha-ko‘yda

    ...
  • Ertalab onam sochlarimni silab, “Turaqol, qizim, bugun ustozlar kuni, birinchi o‘qituvchingni tabriklagani boramiz”, – dedilar. Sevinib ketdim. Birinchi ustozim Zulfiya opa Mahamedovani esladim. 270-maktabning 1-sinfiga ilk qadam qo‘yib, sinf xonaga kirganimda, yozuv taxtasi tepasida Islom Karimov bobomizning kulib turgan suratlariga ko‘zim tushgandi.

    ...
  • Tun o‘z o‘rnini kunga berar ekan, kunning ilk darakchisi oftob zaminga kulib boqadi.

    – Bu dunyoda yaxshi, qalbi toza, bag‘rikeng insonlar bor – ular hayotni mudom yoritib turguvchi ezgu kasb egalari – muallimlardir, – der ekan zavqlanib.

    Oftob chehrasidagi bu mehr va ishonchni ko‘rganimda, beixtiyor ko‘z oldimda

    ...
  • yoxud XV yozgi Paralimpiya o‘yinlariga bir nazar

    “Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zbek sportchilari uchun dasturulamal bo‘lgan mazkur iborani bejizga tez-tez ta’kidlab o‘tmaganligini bugun davrning o‘zi

    ...
  • Salom, “Gulxanjon”!

    Sening har bir yangi soningni orziqib kutaman. Sahifalaringda tengdoshlarim erishayotgan muvaffaqiyatlarni o‘qib, ularga havasim keladi. Bu yil maktabni imtiyozli tamomladim va hozirda o‘zim orzu qilgan akademik litseyda o‘qishni davom ettiryapman. Senga o‘z yutuqlarim haqida yozmoqchiman. Men matematika fanidan viloyat

    ...
  • Mehnatkashlar tanlovi

     

    Bog‘ga chiqdim hayronman,

    Ayni bahor faslida.

    Eng ishyoqmas, dangasa

    Men ekanman aslida.

    Don-dun tashir chumoli,

    Ari bol yig‘ar viz-viz.

    Binafshaga chiqvolib

    Suratga olar qo‘ng‘iz.

    Qo‘shiq

    ...
  • Yomonlik ko‘rmaydi ustoz ko‘zlari,

    Chunki yaxshilikka yetaklar bizni.

    Bilimga chorlaydi munis so‘zlari,

    Anglatar dunyoni, anglatar o‘zni.

     

    Ustoz shamchiroqdir, tilagi nurli,

    Yog‘duga belangay u kirgan xona.

    Yonib, o‘zgalarning yo‘lin yoritgay,

    Mehnat,

    ...
  • Ulkan niyatlarni

    Qalbimga tuyib,

    Ustoz bo‘lmoqchiman

    Onamday suyuk.

     

    Shogirdlar ardoqlab,

    Hurmat qiladi.

    Volidam ularni

    Farzand biladi.

     

    Duolar ichida

    Yashaydi onam.

    Mehribon muallim

    Bo‘layin men

    ...
  • She’rim, sen samoning bag‘riga singib

    Yuksak orzularga tomon yo‘l yarat.

    Quyoshning qo‘lidan ohista tutib,

    Baxtning iforini zaminga tarat.

     

    Ixlosmand dillarga saodat tila,

    Zamin yarasiga o‘zing qo‘y malham.

    Yaxshisi, ummon bo‘l, tashnani qondir,

    Kamalak

    ...
  • Oltin fasl ziynati

    Kuz ilhomin baxsh etar.

    Daraxtlarning barglari

    Oltin bo‘lib naqsh etar.

     

    Ishkomdagi uzumlar

    Bol simirib pishadi.

    Anjir bilan bahslashib,

    So‘ng savatga tushadi.

     

    Yoqut olma, xurmolar

    Oltin fasl

    ...
  • Men yam-yashil turpman,

    Savatchada turibman.

    Kel, tanishib olaylik,

    O‘rtoq bo‘lib qolaylik.

    Meni shifobaxsh derlar,

    Palovga qo‘shib yerlar.

    Shamollaganda o‘pkang

    Asalga qo‘shib yesang.

    Sharbatim shifo bo‘lar.

    Yo‘tal ham to‘xtab

    ...
  • Onam meni erkalab,

    “Qo‘zichog‘im” deydilar.

    Qo‘zichoqlar ma’rashib,

    O‘t-o‘lanlar yeydilar...

     

    Savol bersam shu haqda

    Onam kulib boqadi.

    Lek baribir ularning

    Erkalashi yoqadi.

     

    O‘rol

    ...
  • Osmonda baxt qushlaring uchar,

    Oy kechasi tushlaring quchar,

    Olam senga keng eshik ochar,

    Oltinga teng tuprog‘im, Vatan!

     

    Sening sodiq o‘g‘loning o‘zim,

    Yov yo‘lolmas qo‘rg‘oning o‘zim,

    Faqat baxtdan porlasin ko‘zim

    G‘am ko‘rmasin

    ...
  • Qalbingizda gullar ochilgan qiyg‘os,

    Qancha ta’zim qilsak, bo‘lar shuncha oz.

    Hayot yo‘llarimni yoritgan oftob,

    Suyugim, buyugim, azizim ustoz!

     

    Otam, onam kabi etarman e’zoz,

    Mehnat, fidoyilik kasbingizga xos.

    Ilm dunyosining eshigin ochgan

    Suyugim, buyugim, azizim

    ...
  • Bir sichqoncha bor edi,

    G‘oyat baxtiyor edi.

    Nima ko‘rsa kemirar,

    Kundan-kunga semirar.

    Bir mahal ochdi qorni

    Sekin omborga bordi.

    Qopni teshdi uringach

    Quvondi don ko‘ringach.

    Qorni qappaydi rosa,

    Yorilardi sal qolsa.

    Vazni oshib kuniga,

    Sig‘may

    ...
  • Biz o‘zbek yoshlari, so‘z naqqoshlari,

    Bu qadim o‘lkaning tillaqoshlari.

    Ilm-kashfiyotning chin yo‘ldoshlari

    Vatan, sen deb urgan yurak bo‘lamiz,

    Yorug‘ ertang uchun tirgak bo‘lamiz.

     

    Mehrdan nur to‘shab ko‘chalaringga,

    Shabnamdek qo‘namiz

    ...
  • Jozibangdan lol dilim,

    Mehr bulog‘im – bilim.

    Qarshingda ta’zim qildim,

    Ey, mening ona tilim!

     

    Sen bilan rangin dunyo,

    Shevalar irmoq, daryo,

    Sen bir ummonsan go‘yo,

    Tengsiz, yagona tilim!

     

    E’zoza

    ...
  • Bog‘imizdan atirgullar

    Uzib sizga tutgayman.

    Har kun ishdan kelishingiz

    Intiq bo‘lib kutgayman.

     

    Onajonim, siz baxtimiz,

    Tolemizga egamiz.

    Hayotingiz yo‘llariga

    Bizga deb, gul ekasiz.

     

    Ozodbek HAYITMURODOV,

    Jizzax tumani

    ...
  • Ona tilimizning jarangi, jozibasi onamizning bizga o‘rgatgan ilk so‘zlari orqali qulog‘imizga singgan, yuragimizga yetib borgan. Shuning uchun ham uni onaga qiyoslaymiz. Tilimizning boyligi, imkoniyatlari haqida so‘z borganda, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini e’tirof etmay ilojimiz yo‘q. Bugun dunyoda o‘zbek madaniyati, san’ati,

    ...
  • (Jurnal varianti)

    Assalomu alaykum, men uchun aziz va qadrdon bo‘lib qoladigan o‘quvchi do‘stlarim! Ushbu dil maktubini sizlarga juda qadimiy maskan – To‘raqishloqda yashovchi jo‘rangiz Jo‘rabek yozmoqda. Men kechagina To‘raqishloqdagi o‘rta maktabning bilag‘onlar sinfi (7-“b”)ni bitkazib,

    ...
  • Jurnalni varaqlayotgan qadrdonlarim. Bilaman, “Gulxan”ni qo‘lingizga olar ekansiz, eng avval sahifalardagi rang-barang rasmlarni ko‘zdan kechirasiz. So‘ng qayta varaqlab mutolaa qilishni boshlaysiz. Sizni jalb qilgan o‘sha jilvakor rasmlar mahoratli rassomlarning ijod mahsulidir. Har bir sahifadagi sermazmun va qiziqarli she’r, hikoya, ertag-u qissalarga yorqin bo‘yoqlarda chizilgan g‘aroyib

    ...
  • Tengdoshingiz Feruza Yusupovani teleekran orqali ko‘p bora ko‘rgansiz. U bilan bir necha yillar oldin “Xazon” filmini suratga olish jarayonida tanishib qolganmiz. Avvaliga uni erkatoy, tantiq qiz deb o‘ylaganman. Ammo yaqindan bilgach, jasoratli, sabrli, tirishqoq qiz ekanligiga amin bo‘ldim. Ayniqsa, “Oyqiz ertagi” filmi ikkimizning ham matonatimizni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda sal keyinroq

    ...
  • Qatra

    Kuz – barglar turfa rangga kiradigan fasl. Hayrat bilan atrofdagi daraxtlarga razm solaman. Olovrang yaproqlar birin-ketin uzilib yerning kaftiga qo‘nmoqda. Go‘yo ular o‘z joyiga endi qaytmaydigandek. Shox-u novdalar boshqa barg chiqarmaydigandek.

    Kuz fasli boshlanishi bilan o‘quvchilar maktabga oshiqadilar. Shular qatori men ham aziz dargohga

    ...
  • Javoblarni chizmada belgilangan xonadan so‘zlar ta’rifi atrofiga yozish bilan skanvordni hal eting. So‘ngra chizmaning o‘rta qismidagi raqamlarni javoblar yozilgan raqamli xonalardagi harflar bilan almashtirsangiz, buyuk mutafakkir shoir ismi va uning so‘z qudrati madh etilgan hikmatini bilib olasiz.

     

    Foziljon

    ...
    1. Bog‘imda… bor. Gullaydi har ilk bahor (qo‘shiqdan).
    2. Milliy taom.
    3. “Tepsa tebranmas”gaz.
    4. Milliy latifalar qahramoni.
    5. Boksdagi holat.
    6. Yosh, o‘spirin.
    7. Farg‘ona vodiysidagi qishloq.
    8. Arab harfi.
    9. Molekuladan ham kichik modda.
    10. To‘pponcha
    ...
  • Bolaligimda ota-onam meni juda yaxshi ko‘rar, doim sovg‘alar bilan siylardi. Balki bunga ko‘p kasal bo‘lganim sababdir. Chunki tomog‘im og‘risa, tepki bo‘lganimda, shamollasam ota-onam dori bilan birga darrov sovg‘a ham ko‘tarib kelardi.

    Opam Lelya esa aksincha, deyarli kasal bo‘lmasdi. Shuning uchunmi unga uydagilar uncha e’tibor bermasdi. Sho‘rlik opamning ko‘p kasal bo‘lishimga

    ...
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi va YUNISEF hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamkorlikda 2008-yil 15-oktabr kunini “Xalqaro toza qo‘llar kuni” – “Global Handwashing Day” deb e’lon qildi. Chunki notoza qo‘llar va tirnoqlar turli kasalliklar ichburug‘ (dizenteriya), gepatit (sariq), gijjalar, O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar), ko‘z kasalliklari, pnevmoniya

    ...
  • Bilag‘onlar uchun mantiqiy jumboqlar

     

    Mantiqiy masala va jumboqlarni yechish aqlingizni charxlaydi, fikrlash qobiliyatingizni rivojlantiradi, e’tiborli bo‘lishga o‘rgatadi. Ko‘pincha bunday masalalarda ahamiyatsiz ko‘ringan biror detal yoki ma’lumot kalit vazifasini o‘taydi. Ba’zida esa jiddiy boshqotirish, yaxshilab o‘ylab ko‘rish talab etiladi.

    ...
  • Buyuk Britaniyaning London shahrida “Svetofor-daraxt” o‘tqazilganiga 10 yildan oshdi. Bu ajoyib daraxt o‘z shoxlaridan 75 ta svetoforga joy bergan. Har bir svetofor mutlaqo bexato ishlaydi, ularning chiroqlari navbati bilan almashinib, yonib-o‘chadi. “Svetofor-daraxt” shaharning gavjum chorrahalaridan birida joylashgan bo‘lib, haydovchi-yu yo‘lovchilarni yo‘l harakati qoidalariga amal

    ...
  • Dunyoning mo‘jizaviy daraxtlaridan yana biri Baobab haqida ko‘p eshitgansiz. Bu daraxtning bo‘yi 30 metr, eni esa 11 metrgacha yetishi mumkin. Uning shishib turuvchi tanasi ulkan meshkobni eslatadi va o‘z bag‘rida 120 000 litr suvni saqlay oladi. Shu bois u kutilmaganda sodir bo‘ladigan har qanday qurg‘oqchilikdan aslo qo‘rqmaydi. Baobablar navlarga qarab o‘sish jarayonida semiz tanasida

    ...
  • Kanadalik biolog va seleksioner olim Aksel Erlandson umrining qirq yilini ilmiy tajribalarga tayanib, o‘zi yashab turgan hududda “Daraxtlar sirki” deb nomlangan antiqa bog‘ barpo etishga sarflagan. 1884-yilda tug‘ilgan Aksel aslida qachonlardir Kanadaga ko‘chib kelgan shvedlar avlodidan. Uning oilasi ham turli daraxt va o‘simliklarni madaniylashtirish ishlari bilan shug‘ullanganlar. Bu

    ...
  • O‘qituvchi doskaga ilingan suratni ko‘rsatib o‘quvchidan so‘radi:

    – Aliyev, bu qanday hayvonning skeleti?

    O‘quvchi:

    – O‘lgan hayvonning.

     

    ***

    Oyisi o‘g‘lini koyimoqda:

    – Buncha dangasasan?! Haliyam geografiyadan olgan “ikki”ngni tuzatmabsan-ku!

    – Allaqachon tuzatganman.

    – Qanaqasiga?

    – Nahotki, keyingi sahifadagi

    ...

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.