Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil sonlari

2016-yil 3-son

  • Yerda shamol o‘rmalar,

    Ko‘kda uchar turnalar.

    Qir-adir-u, dala-dasht,

    Kamalakday turlanar,

    To‘ymaydi boqib ko‘zim,

    Xush kel, bahor, Navro‘zim!

     

    Qishni yengib chiqqan gul,

    Hayot darsin uqqan gul.

    Men bilaman, biz uchun

    Seni quyosh tuqqan, gul!

    Boychechagim – boy ro‘zim,

    Xush kel, bahor,

    ...
  • Bu yil qish fasli o‘z taxtini yengilgina – ortiqcha qahr-u g‘azab va injiqliklarsiz bahorga bo‘shatib berdi. Lekin biz har faslni o‘z xislati va fazilati bilan qabul qilishga o‘rganganmiz. Shuning uchun fevralning so‘nggi kunigacha qorga, qishga bo‘lgan tashna dillarimiz intiqlikdan tolmadi, qor yog‘ib berishini, yog‘ganda ham atrofni oq ko‘rpasiga o‘rab yog‘ishini kutdik. Nailoj, tabiatga

    ...
  • Har yili ilk bahor – maysalar iliq tuproq bag‘rida nish otganda, “daraxtlar millionlab jajji fonuslar yoqqanda”, binafsha ming bir hadik bilan barglari orasidan mo‘ralab, nazokatli nargis quyoshdan rang olib, mayin yellar soziga raqs tushgan chog‘da zebolik va ezgulik ayyomi nishonlanadi. Nafosat bayrami sabab yurtimiz oqila, fozila, iste’dodli qizlarining ko‘ksiga Zulfiyaxonim izdoshi,

    ...
  • 1394-yilning erta bahor kunlarining birida choparlar (xat-xabar yetkazuvchi maxsus otliq mulozimlar) Sohibqironga sevinchli xabar olib keladilar. Navro‘zning ikkinchi kuni, ya’ni 1394-yilning 22-martida Amir Temurning kenja o‘g‘li Shohruh Mirzo oilasida to‘ng‘ich farzand dunyoga kelgan edi.

    – Alloh nasib etsa, nevarangiz kelajakda ham olim, ham ulug‘ podshoh bo‘lgay, – deya duo

    ...
  • Shahodat qizaloqligidan qo‘g‘irchoqlarga taqinchoqlar yasab, ularga zeb berishni yaxshi ko‘rardi. Turli munchoqlar, keraksiz tugmalardan daraxt, gul yaproqlarini bezashga qiziqayotganini sezgan onasi uni “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyoti markazidagi “Munchoqli bezak” to‘garagiga yetaklab kelganiga ham ikki yil bo‘ldi. Munchoqlardan ayollar zeb-ziynati, turfa gullar yasab,

    ...
  • Sog‘lom ona go‘yoki quyosh,

    Nurlaridir mehr kokili.

    Qoyil qolar keksalar-u yosh –

    “Sog‘lom ona va bola yili!”

     

    Farzandlari sog‘ yurtdir baxtli,

    Shod bo‘lmoqda barchaning dili.

    Mard farzandlar bir so‘zli, ahdli –

    “Sog‘lom ona va bola yili!” –

     

    Yurtboshimdir xo‘p shijoatli,

    Oqil insonlarning

    ...
  • E’zozda har bir inson

    Onalar-u – bolajon.

    Qonunlar bizga qalqon

    Sog‘lom bola – boy bola.

     

    Bo‘lsin omon Yurtboshim,

    Nur sochib kul, quyoshim,

    To‘kilmasin ko‘z yoshim,

    Sog‘lom bola – boy bola.

     

    Gulbahor HAMZAYEVA,

    Buxoro viloyati Shofirkon tumani

    48-maktab 2-sinf

  • Ota-ona tilagi bu –

    Farzandlari kamoli.

    Shodon, quvnoq yurishlari

    Yurtning ko‘rki jamoli.

     

    Sog‘lom bola, sog‘lom ona,

    Kelajak poydevori.

    O‘zbekiston degan yurtda,

    Yorug‘ tole iqboli.

     

    Madinabonu NOZIMQULOVA,

    Navoiy viloyati Qiziltepa tumani

    3-maktab 4-sinf

  • Osmonda pag‘a-pag‘a bo‘lib suzayotgan bulutlar asta-sekin quyuqlashdi, ohistagina yomg‘ir tomchilay boshladi. Ozodbek osmonga qarab xo‘rsinib qo‘ydi. Go‘yoki samo ham unga hamdardlik bildirayotgandek edi. Oyisi xomush o‘tirgan o‘g‘lining boshini silab:

    – O‘g‘lim, ertadan maktabga chiqsang ham bo‘ladi. Tengdoshlaringdan ancha orqada qolib ketding. Darslarni o‘zlashtirishga qiynalib

    ...
  • Behzod, Farhod, Sherzod uch og‘a-ini. Behzod 5-sinfda, Farhod 3-sinfda o‘qiydi. Sherzod hali maktabga bormagan. Lekin maktabda o‘qiganlar mehnati baho bilan belgilanishini biladi. Shuning uchun akalari maktabga ketayotganda “5 olib keling”, deb besh barmog‘ini ko‘rsatadi.

    – Buvijon, o‘qish, o‘zbek tili, matematikadan “5” oldim, – suyunchiladi maktabdan qaytib hali papkasini yelkasidan

    ...
  • Buni aniqlashni istasangiz, quyidagi savollarga “ha” yoki “yo‘q” deb javob bering.

    1. Yozuv stolingizda eski, siyohi qurigan ruchka topiladimi?
    2. Kitob javoningizda o‘tgan asr so‘ngidagi jurnallar bormi?
    3. Eskirgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan o‘yinchoqlaringizni tashlab yubormaganmisiz?
    4. Balki, tortmangizda o‘tgan yillarning
    ...
  • Bilamizki, har qanday bayram yoki biror sanaga bag‘ishlangan tadbir badiiy qismsiz o‘tmaydi. Ana shunday musiqiy chiqishlarni tomosha qilib, qalbingiz zavqqa to‘ladi. O‘quvchilarda, ommaning aksariyat qismida musiqa madaniyati va tarbiyasi haqida yangicha qarash va tasavvur paydo bo‘lmoqda. O‘sib kelayotgan siz kabi navqiron yoshlarni sadoqat, jasorat, insoniylik, vatanparvarlik ruhidagi ezgu

    ...
  • Ertalab Dilshod ayvonchada bobosi bilan nonushta qilib o‘tirgandi. Shu payt ochiq turgan derazadan ikkita qaldirg‘och uchib kirdi-da, tepalarida charx urib, aylana boshladi.

    – Vo-oy, qaldirg‘och, – dedi Dilshod ularni qo‘li bilan ko‘rsatib.

    – Qaldirg‘och bu – baxt timsoli. U kirgan xonadonda hamisha tinchlik, xotirjamlik bo‘ladi, – tushuntirdi bobosi.

    – Janjal ham

    ...
  • Nonushtaga chiqqan Jamshid ota-onasining avzoyini ko‘rib hayron bo‘ldi. Ko‘rpachaga o‘tirar ekan ko‘zi bir dasta pulga tushdi.

    Ertalab Norbibi opa o‘g‘lining o‘rin-ko‘rpasini yig‘ishtirayotib, yostiq tagidan anchagina pul topib olgan edi... Ayni vaqtda boshlanayotgan tergov shuning vajidan.

    – Bu pullarni qayerdan olding? – so‘radi otasi unga g‘azab bilan

    ...
  • Bog‘im bezar misli kamalak

    Nozik-nihol, mayin gullarim.

    Chiroy ochib borar yanada,

    Kunlar o‘tgan sayin gullarim.

     

    Libosingiz biram bejirim,

    Tikilishni qo‘ymas ko‘zlarim.

    Husningizdan dil olar bahra,

    Boqib sira to‘ymas ko‘zlarim.

     

    Mohira NOSIROVA,

    Olmazor tumani 261-maktab 8-sinf

  • Osmon – moviy, dalalar – zumrad,

    Ko‘zin ochdi mudroq g‘unchalar.

    Ariq bo‘yi xushbo‘y rayhonlar,

    Navro‘z, dilbarmisan shunchalar?!

     

    Yangilanar har safar hislar,

    Kamalakda aks etar borliq.

    Poyon bilmas quvonchlarimga

    Mitti yurak qilmoqda torlik.

     

    Syuzanna XOLMURODOVA,

    Surxondaryo viloyati

    ...
  • Ildamlab boramiz soat ikkimiz,

    Yalangoyoq kezdik bog‘larimizni.

    Ba’zan zirapchalar kirdi tovonga,

    Shabnamda yuvdik dil dog‘larimizni.

     

    Ortga qayrilmoqqa yurak chidamay,

    Xayol ikkimiz siz tomon yugurdik.

    Tashnalikda yongan bir lahcha cho‘g‘day,

    Tun rasmini joylab tongga ilindik.

     

    Rohilabonu

    ...
  • Ilhom qanotiga aylanding, bahor,

    Men qush bo‘lib uchdim she’r bo‘stonida.

    Osmon tun pardasin ochganda sahar,

    Quyosh bo‘lgim keldi baxt ummonida.

     

    Maysalar imladi, kel, bag‘rimga kel,

    Shamol shivirladi, ketdik yuksakka.

    Ruhimga yengillik kiritib bulbul,

    Qanotida uchdim osmon-falakka.

     

    Dilnoza

    ...
  • Dadajonim opasi –

    Ammajonim keldilar.

    Mehmon bo‘lib shu kecha

    Uyimizda qoldilar.

     

    Rosa ertak eshitib,

    Ukam bilan shodlandik.

    Tongda ammamnikiga

    Uchalamiz otlandik.

     

    Bibisora TOSHBOTIROVA,

    Andijon viloyati Buloqboshi tumani

    13-maktab 5-sinf

  • “Ona” desam ko‘z o‘ngimda

    Nurlanadi yuzingiz.

    Qo‘shiq aytsam jarangimda

    Ham she’rimda so‘zingiz.

     

    Ona madhin keng jahonga

    Ohang bo‘lib yo‘llagum.

    Nomingizni sharaf-shonga

    Burkamoqdir tilagim.

     

    Farangiz OTAQULOVA,

    Samarqand viloyati Ishtixon shahri

    1-IDIM o‘quvchisi

  • Buvijonim hali yosh,

    Ko‘zida porlar quyosh.

    Paypoq to‘qib beradi,

    Ertak o‘qib beradi.

     

    Bizni erkalar shodon,

    Ishga otlanar tongdan.

    Kuni bo‘yi kutamiz,

    Yo‘liga ko‘z tutamiz.

     

    Madina ABDUMO‘MINOVA,

    Toshkent shahar Yashnobod tumani

    282-maktab 4-sinf

  • Bog‘lar gul tutar sizga,

    Tog‘lar qiladi ta’zim.

    Siz bor uyda g‘ussa yo‘q,

    Siz bor davralar bazm.

     

    Yashnar hayot bog‘imiz,

    Kecha-kunduz charog‘on.

    Ko‘nglimiz obod, butun,

    Siz tufayli, onajon.

     

    Mahbuba AYTJONOVA,

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Xo‘jayli tumani 14-maktab 8-sinf

  • Qish ham o‘tdi sog‘inib qorni,

    Bahor keldi binafsha taqib.

    Javondagi qo‘ng‘ir ayiqcham

    Turar menga mo‘ltirab boqib.

     

    Maydonchada qolgan halinchak,

    Ba’zan seni qo‘msab qolaman.

    Buvijonim aytgan ertakni

    Takror-takror yodga olaman.

     

    Husnora JALGASHOVA,

    Toshkent shahri 179-maktab 6-sinf

  • Deraza ortidan pinhon mo‘ralab,

    Hovliga qaradim sokinlik bilan.

    Gulzor ichra yurdim sekin oralab,

    Quyosh nurdan to‘shar yo‘limga gilam.

     

    Ko‘zim qamashadi, gullar rang-barang,

    Mayin, nafosatli qo‘ng‘iroq gullar.

    Sariq, pushti, alvon – ko‘zlarim maftun,

    Yashnaydi tovlanib chamandek dillar.

     

    Munisa

    ...
  • Tabassum qilsa onam,

    Yorishadi bu olam.

    Oy uyalar ko‘rkidan,

    Tong uyg‘onar uyqudan.

    Onajonim bor bo‘ling,

    Doim baxtiyor yuring!

     

    Madina TOSHPO‘LATOVA,

    Navoiy viloyati Qiziltepa tumani

    26-maktab 8-sinf

  • Shuningdek, sahifamizga Jizzax tumanidagi 45-maktab 8-sinf o‘quvchisi Gulasal Dovidboyeva,Farg‘ona viloyati Quva tumani 64-maktab 4-sinf o‘quvchisi Ma’sumaxon Abdulahatova, Xorazm viloyati Hazorasp tumani 9-maktab 4-sinf o‘quvchi Sevara Shexnazarova, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 7-maktab 4-sinf o‘quvchisi Sevinch

    ...
  • Ergash ikkalamiz sakkizinchi sinfda o‘qiymiz. Yoshimiz teng. Ergash asli qishloqdan. U amakisinikidan maktabga qatnaydi. Amakisining hovlisi bizning hovlimizga yaqin. Ergashning otasi tog‘oldi Padang qishlog‘idagi maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Padang Boysun shahar markazidan piyoda yurganda bir soatlik masofadagi qishloq. Tog‘lar orasida joylashgan barcha qishloqlarga yo‘l soy va

    ...
  • Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilib o‘sgan Jahonoy Turkmanova 9 yoshidan sport bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Hozirda Samarqand oliy sport mahorati maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Jahonoy o‘tgan yili Latviyaning Riga shahrida o‘tkazilgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi sambo bo‘yicha jahon chempionatida o‘z vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, oltin medalni

    ...
  • – Sport tufayli o‘zimga bo‘lgan ishonch yana-da mustahkamlandi, – deydi buxorolik Gulnoza Aliyeva. – Har safar xalqaro musobaqalarga yo‘l olar ekanman, o‘z oldimga ulkan maqsadlarni qo‘yaman. Men albatta, g‘olib bo‘lishim, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib, xalqimiz ishonchini oqlashim shart, deya niyat qilaman. Har bir musobaqa oldidan ana shu o‘ylar og‘ushida maydonga

    ...
  • Biror kesilgan daraxtni ko‘rganingizda uning tanasidagi xalqalarga ko‘zingiz tushganmi? Mutaxassislar fikricha, bu xalqalar soniga qarab daraxt yoshini aytib berish mumkin ekan. Shuningdek, bu xalqalar biz uchun boshqa muhim ma’lumotlar ham bera oladi. Masalan, kesilgan daraxt tanasi orqali u yashab o‘tgan davr mobaynida ob-havo qanday bo‘lganini aniqlash mumkin. Qanday, deysizmi? Misol

    ...
  • Istaymizmi, yo‘qmi, ovqat bilan yoki ovqatdan so‘ng deyarli hamma choy ichadi. Natijada, choyning tarkibidagi tanin moddasi iste’mol qilgan oziq mahsulotlarimizda mavjud, biz uchun muhim vitamin va moddalarni parchalab yuboradi. Natijada organizmimizda vitaminlar yetishmasligi yuzaga keladi. Buni ko‘pchiligimiz bilamiz. Ammo...

    Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, choy bilan birga

    ...
  • Do‘stlaringiz, sinfdoshlaringiz orasida chapaqaylar bo‘lsa kerak, a? Balki o‘zingiz chapaqaydirsiz? Unda siz kichkinaligingizda ota-onangizning “qoshiqni o‘ng qo‘lingda ushla, o‘ng qo‘ling bilan yoz” kabi tanbehlariga unchalik ham quloq tutavermagansiz. Chapaqaylikning nimasi yomon, deyishingiz mumkin. To‘g‘ri, chapaqaylik ayb yoki nuqson sanalmaydi. Shu bilan birga alohida fazilat ham

    ...
  • Buning sababini bilasizmi? Yoki ilk qo‘lsoatlar bezak sifatida faqat ayollar tomonidan taqilganini-chi?

    1904-yilda braziliyalik harbiy uchuvchi Alberto Santos Dyumont soatsoz do‘sti Luis Karterdan urush va janglarda ham yechmay taqib yurish imkoniyatiga ega qo‘lsoat yasab berishni iltimos qiladi. Do‘stining iltimosiga ko‘ra, Karter har taraflama qulay bo‘lgan qo‘lsoat yaratadi. Ammo

    ...
  • Sizga Feruza Jalilova nomi yaxshi tanish. Feruza opa faqat bolalar uchun ijod qiladi. Chunki u sizlarni juda-juda yaxshi ko‘radi. Bu mehr adibaning “O‘zbekiston” NMIUda chop etilgan “Mehr daraxti” kitobida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Feruza opangiz qiziqarli ertak va hikoyalar orqali sizning murg‘ak qalbingizga ezgulik, saxiylik, mehnatsevarlik va rostgo‘ylik xislatlarini singdirishga

    ...
  • Angren shahar “Barkamol avlod” yoshlar ijodiyot markazidagi “Yosh jurnalist va notiq” to‘garagi a’zolari ijodidan

     

    Tabiat bazmi

    Moviy osmon qo‘ynida

    Turna sayr etar.

    Shabboda qo‘shig‘iga

    Yaproq raqs etar.

    Maysalar qarsak chalib

    Tolish bilmaydi,

    Qushlar yoqimli sayrab

    Horish

    ...
  • Qadim zamonlarda Baliqko‘l tomonlarda bir Jin bo‘lgan ekan. Kunlarning birida uning xojasi olamdan o‘tib, Jin ozodlikka chiqibdi. U hech qachon mustaqil, ozod yashab ko‘rmagan ekan. Endi nima qilsam ekan, yo o‘zimga boshqa xo‘jayin topsammikan, deb ketayotib dalada mehnat qilayotgan dehqonga duch kelibdi. U terlab-pishib yer chopayotgan ekan. Jinning dehqonga rahmi kelib:

    – Odamlarga

    ...
    1. Vaqtning 10 asrga teng davri:

    A) yangi asr B) yuz yillik S) asr D) ming yillik

     

    1. Kesishdan avval necha marta o‘lchash kerak?

    A) 5 B) 2 S) 7 D) 3

     

    1. “Sirk” so‘zining lotin tilidan tarjimasi:

    A) tomosha B) dumaloq S) teatr D) aylana

     

    1. Bir
    ...
  • Elnoraning ukasi Umarjon birinchi sinfni tugatyapti. Hamma fanlardan o‘qishi yaxshi-yu, ammo matematikadan hisob-kitobga zo‘r bo‘lsa ham masala tuzishga hech uquvi yo‘q-da. Mana, ta’til paytida berilgan o‘nta masaladan bittasini ham tuza olmadi. Ertaga esa o‘qituvchi hammadan uy vazifasini so‘raydi.

    – Opajon, jon opajon, masalalarni tuzib bering, qarang, rosa ko‘p!

    Opasi

    ...
  • Sobir maktabdan qaytayotib o‘rtog‘i Zokir bilan aytishib qoldi. “Endi Zokir bilan o‘ynamayman”, o‘yladi Sobir uyda yolg‘iz choy ichib o‘tirib.

    Shu choq oyisi chaqirib qoldi: – Sobir, choyingni ichib bo‘ldingmi, chelakka axlat solib qo‘ydim, to‘kib kel!

    – Oyi, axlatni o‘sha tepalikka olib borishim shartmi, ariqqa to‘ksam bo‘lmaydimi? – so‘radi Sobir ichkaridan chiqib

    ...
  • Chuchmoma

    Binafshaning ortidan

    Yo‘lga chiqqan chuchmoma.

    Qizg‘aldoq va loladan

    Keltiribdi bir noma.

     

    Osilgandek qo‘ng‘iroq,

    Bo‘ynida oltin munchoq.

    Ko‘ylagi och siyohrang,

    Go‘zalligiga qarang.

     

    Sarvdek qomati adl,

    Ko‘rganda yashnaydi dil.

    Turibdi yelda

    ...
  • Hikoya

    Erta bahor edi. Biz suzib yurgan muz bo‘laklarini tomosha qilish uchun Aglaya bilan daryo bo‘yiga keldik. Suv yuzasida negadir mayda muz bo‘laklari ko‘p-u, kattalari kam edi.

    Biz qirg‘oqdagi xoda ustiga o‘tirib olgancha ermak uchun pista chaqib, daryoni tomosha qila boshladik.

    – Bugun negadir ulkan muz

    ...
  • Dilnoza 8-sinfda, Komila esa 7-sinfda o‘qiydi. Ular yaqin dugona, maktabning a’lochi o‘quvchilari. Dilnoza mehnat fanini juda yaxshi ko‘radi. Har xil kiyimlar tikish, to‘qishni, taqinchoqlar yasashni yoqtiradi. Komila esa bu fanni unchalik xushlamaydi. Chunki kiyim tikish yoki to‘qishga uquvi yo‘qroq. Bu yil 7-sinfga mehnat fanidan yangi o‘qituvchi dars beryapti. Navbatdagi darsda ustozi

    ...
  • Geografiya darsida

    O‘qitivchi:

    Ahmedov, bizga Oy yaqinmi yoki Xitoy?

    O‘quvchi:

    – Albatta Oy. Chunki Oyni har kuni ko‘ramiz, Xitoyni esa yo‘q.

     

    O‘qituvchi:

    – Latipov, chizgan xaritangda bitta nuqtadan boshqa hech narsa

    ...
  • Bahor chuchvarasi

    Kerakli masalliqlar:

    3 stakan un va tuzli suv.

    Qiymasi uchun jami 1 kilogramm ko‘k (otquloq, jag‘-jag‘ sho‘ra, yalpiz, ismaloq), 2 ta piyoz, yarim bog‘ ko‘k piyoz, 150 gramm dumba yog‘i, yarimta qalampir, ta’bga ko‘ra tuz, murch va 50 gramm sariyog‘ kerak bo‘ladi.

    Tayyorlanishi: Xamir

    ...

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.