Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil sonlari

2016-yil 7-son

  • Nurlarini yig‘ib olar kun,

    Osmon yerga tashlar soyasin.

    Yulduzlarin yoqib qo‘yar tun,

    Kesib qo‘yar oyning poyasin...

     

    Shu’lalanib, sharqirab yotar

    Ko‘k suvlarda oy siniqlari.

    Yetib kelar muzday shabada –

    Baland tog‘ning

    ...
  • Xalqimiz azal-azaldan himmati va mehmondo‘stligi bilan nom chiqargan. Uyiga mehmon kelsa izzat-hurmatini joyiga qo‘yishga odatlangan. Shu yilning 23-24-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent sammitiga kelgan mehmonlar ham mezbon xalqimizning bu boradagi tantiligiga tan berishdi.

    Qadrli jurnalxonlar, jahon afkor ommasi

    ...
  • Erta tongdan bobo quyosh darvozasi peshtog‘iga o‘z nomi tushirilgan “Quyoshli” uzra nur taratayotganda bu yerdagi bolajonlar birin-ketin uyqudan uyg‘ona boshlagandi. Qushlarning yoqimli “chug‘ur-chug‘ur”i jajji yuraklarning shodon kulgulariga ulanib ketgan. Toza va musaffo havo, sharqiroq zilol suvlar, yam-yashil daraxtlar-u bir-biridan

    ...
  • Iste’dodli san’atkor, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘plab nufuzli tadbirlar boshlovchisi Dilnoza KUBAYEVAni hammangiz yaxshi bilasiz. Uning nafaqat teatr sahnalarida, balki turli kinofilmlarda ijro etgan rang-barang rollarini ko‘rib ta’sirlangansiz, unga qo‘shilib goh

    ...
  • Xalqimiz azaldan bunyodkor el. Jonajon O‘zbekistonimizning qay go‘shasiga bormang, bir-biridan chiroyli, ko‘rkam binolarga ko‘zingiz tushadi. Ularni ko‘rib quvonasiz, shodlikdan dilingizda beqiyos havas mavjlanadi. Siz ham tezroq katta bo‘lib bu kabi ulkan o‘zgarishlarga o‘z mehnatingiz bilan hissa qo‘shgingiz, Vatanimizga chin farzand

    ...
  • Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 165-maktabda tashkil qilingan “Qaldirg‘och” nomli sog‘lomlashtirish oromgohida 150 nafar o‘quvchi mazza qilib dam olmoqda. U yerda tashkil etilgan to‘garaklarda bolalar o‘zlari qiziqqan hunarlarni ham o‘rganishmoqda.

    – Sog‘lomlashtirish oromgohimizda o‘quvchilarni 5 ta guruhga

    ...
  • Keyingi yillarda bolalar uchun sermahsul ijod qilayotgan shoir Ochil Tohirning yana bir yangi kitobi – “Maqtanchoq mushuk” nomi bilan “O‘zbekiston” nashriyotida chop etildi. Unga siz bolalarni mulohazaga undab, ma’naviy olamingizni boyitadigan she’rlar qatorida ikki ertak-doston ham kiritilgan. Chiroyli, rangli rasmlar bilan bezatilgan bu

    ...
  • Bolg‘a

    Dangasa demang meni,

    Men har ishda chaqqonman.

    Bultur bir qop yong‘oqni

    Bitta o‘zim chaqqanman.

     

    Bir qop yong‘oqqa, e-he,

    Qancha odam to‘ymoqda.

    Mix deysizmi, boltavoy

    O‘zi qoqib

    ...
  • Jirafaga

    Dunyo kezib shahar, goh

    Qishlog‘-u, cho‘l, tog‘daman.

    Qulog‘ingga bir gapni

    Aytolmasdan dog‘daman.

     

    Mingoyoqqa

    Butunlay xonavayron

    Bo‘larman, endi bilsam:

    Oyog‘ingga yetarli

    Botinka

    ...
  • Tanishing, tengdoshingiz – Barno Mamajonova.

    Toshkentdagi 59-maktabning 8-sinfida o‘qiydi. Ilk bora raqs maktabiga borganida 4 yoshda edi, hali “r” harfini to‘g‘ri talaffuz qilolmasdi. “Yulduz” folklor dastasida ustozi Malika Po‘latovadan ilk raqs harakatlarini o‘rgana boshladi. Keyinchalik O‘zbekistonda xizmat

    ...
  • Malika aslida telefonda gaplashishni unchalik xush ko‘rmaydi. Undagi o‘yinlarga ham ko‘p qiziqmaydi. Ammo qachon qarama, qulog‘ida naushnik – qo‘shiq eshitgani-eshitgan. Qo‘yib bersang, kun bo‘yi qulog‘idan uzmaydi. Kimdir u-bu narsa so‘rasa ham, eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlasa ham miq etmay o‘tiraveradi. Bu

    ...
  • (sarguzasht qissa)[1]

    Mening ismim Jahongir. Bu yil yettinchi sinfni tugatdim. Yozgi ta’til boshlanishi bilan ota-onam meni qishloqqa, xolamlarnikiga olib ketishdi. Qishloq ajoyib ekan: paxsa-devor va uylar, qo‘y-sigir haydagan bolalar-u turfa daraxtlar. Ajoyib manzara. Qiziq,

    ...
  • Madina endi 4-sinfda o‘qiydi. Lekin juda mahmadona. Hamma narsaga aralashaveradi. Mahalladagi ayollar, Karima opoqi nevarasini “qovurib” olgan, deb kulishadi. Bir kuni Hakima xola ko‘chasini supurayotgan ekan. Madina darvozalaridan chiqib bir zum unga qarab turdi-da, asta yoniga borib, salom berdi. Keyin:

    – Opoqi, nega o‘zingiz supurayapsiz?

    ...
  • Qalbim yoritguvchi shamdirsan, Vatan,

    Mening tanamdagi jondirsan, Vatan.

    Bobolarim mangu uyquda yotgan

    Yo‘llari nurafshon makonsan, Vatan.

     

    Dehqon otam kabi hotamtoydirsan,

    Munis onam yanglig‘ mehri boydirsan.

    Qalbimda hamisha sening hur noming,

    Men sajda qilguvchi qutlug‘

    ...
  • Sabzi mening ovqatim,

    Kamroq sabr-toqatim.

    Xavf-xatarni sezgan on

    Bo‘lib qolaman “quyon”.

    ***

    Samantoy mening nomim,

    Arpa, suli taomim.

    Dangasalik butkul yot,

    Men shunday bir oddiy ot.

     

    Shahzoda

    ...
  • Ko‘m-ko‘k adir, viqorli tog‘lar,

    Lolazorlar, mevali bog‘lar,

    Oyna misol tiniq suvlari –

    Irmoqlari ko‘ngilni chog‘lar.

     

    Osmon toza, ko‘m-ko‘k, beg‘ubor,

    Yellar mehrin etadi izhor.

    Oftob havas qilar husniga,

    Dunyoda yo‘q bunday gul

    ...
  • Yoz keldi. Tog‘larning viqori go‘zal,

    So‘qmoqda rayhonlar kulib turadi.

    Baland qoyalarni ko‘rganda qalbim,

    O‘zgacha bir zavqqa to‘lib turadi.

     

    Asrlardan ertak aytar xarsangtosh,

    Shodon qo‘shiq kuylar sharqiragan soy.

    Tog‘ning bu sehrli sadolarini

    Siz

    ...
  • Bulut yerga mo‘ralab,

    Hayratga ko‘miladi.

    Sharros yomg‘ir quysa gar

    Yaproqlar cho‘miladi.

     

    Bulutlar orasidan

    Quyosh cho‘chib mo‘ltirar.

    Yomg‘ir yuvgan yon-atrof

    Chinnidayin yaltirar.

     

    Abdusamat

    ...
  • Kitob – fayzli bilim bog‘i,

    Yashnar unda dil yaprog‘i.

    Oftobday nur taratar u,

    Ilmdan bog‘ yaratar u.

    Baxt-omading undan qidir,

    U ko‘p jumboq kalitidir.

     

    Bahora MAMIROVA,

    Jizzax viloyati Paxtakor tumani

    6-maktab 9-sinf

  • Aytgan har bir so‘zida zo‘r sehr bor,

    Hikmatlarin eshitaman qonib-qonib.

    Qadoq-qadoq qo‘llarida taft, mehr bor,

    Nur bulog‘im – buvijonim, bobojonim.

     

    Vatan uchun she’rlar yozsam faxrlangan,

    A’lo baho olsam mendan xursand bo‘lgan,

    Nabiralar qurshovida

    ...
  • Onajon, hayotbaxsh mehringiz

    Dunyoni nurlarga to‘ldirar.

    Erkalab har aytgan so‘zingiz

    Ko‘nglimni osmondek bo‘ldirar.

     

    Zahmatli mehnatlar tufayli

    Uyimiz burkaysiz shodlikka.

    Onajon, o‘xshaysiz shubhasiz,

    Quvonchning egizi –

    ...
  • Bilimdon, dono, zukko,

    Chaqnab turar ko‘zlari.

    Bir so‘zli, matonatli,

    O‘zbekiston yoshlari.

     

    Sportda kuchli, qo‘rqmas,

    Mag‘rur, baland boshlari.

    Doim olg‘a intilar

    O‘zbekiston yoshlari.

     

    Fayoz

    ...
  • Ahil yashaylik har on,

    Yuraylik baxtli, shodon,

    Gulga to‘lsin shu makon,

    Tinchlik bo‘lsin barqaror.

     

    Yo‘limiz oydin, ravon,

    Yashaylik sog‘, farovon,

    Ko‘rmaylik g‘ussa, armon,

    Tinchlik bo‘lsin barqaror.

     

    Shahzoda

    ...
  • Kitobim, jon kitobim,

    Sen tufayli ijodim.

    Bir zum qo‘ldan qo‘yishga

    Sira yo‘qdir ilojim.

     

    Kitobim, hoy kitobim,

    Shunday mening xitobim:

    Seni o‘qimay qo‘ysam,

    Bo‘lmay qoladi tobim.

     

    Aziza

    ...
  • Shuningdek, sahifamizga Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 20-maktab 4-sinf o‘quvchisi Dildora Niyozova, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 39-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-sinf o‘quvchisi Jahongir Ne’matillayev, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri 107-maktab 7-sinf o‘quvchisi Sarvarbek Komiljonov,

    ...
  • Dunyoda antiqa hayvonot bog‘lari ko‘plab uchraydi. Ajablanarlisi, siz u yerda kutilmagan manzaralarga duch kelasiz: sher va mushukning bir qafasda yashashi, “uchar” maymunlar, qo‘rqinchli o‘rmon...

    Sizga aytib o‘tmoqchi bo‘lgan mazkur hayvonot bog‘imiz esa barchasidan ajabtovur. Chilining Rankagua shahrida joylashgan Safari

    ...
  • Yurtimizda ajoyib go‘shalar, maskanlar talaygina. Xususan, bir-biridan chiroyli oshxonalarimizning ta’rifi hatto xorijiy mehmonlarimizni ham o‘ziga jalb qilmoqda.

    Yaqinda internet sahifalarida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan oshxona ham o‘z betakrorligi bilan hammani hayratga soldi. Qizig‘i, bu maskan haqiqiy samolyot ostida qad rostlab

    ...
  • Yaqinda amerikalik olimlar yuz nafar ko‘ngilli bolalar ishtirokida antiqa tadqiqot o‘tkazishdi. Maqsad, kimga qanday taom yoqishini aniqlash. Buning uchun tayyor maxsus taomlarni avvaliga suratga olib ishtirokchilarga tarqatishdi. O‘z qo‘lidagi rasmlarni obdan tomosha qilib bo‘lgan bolalarni haqiqiy taomlar yoniga olib borishdi. Keyin-chi, keyin nima

    ...
  • Kompyuter klaviaturasiga qarab boshqa “do‘st”laridan sezilmas farqi bilan ajralib turadigan tugmalarni topib ko‘ring-chi. Ha, barakalla, zukko bolajonlar bu jumboqni bir zumda to‘g‘ri topdingiz: farq F va J tugmalari va ularda bo‘rtiq chiziqchalarning borligida.

    Xo‘sh, nega shunday ekanligiga va aynan nima uchun mazkur tugmalarda

    ...
  • Ha, adashmadingiz. Dunyoda gapiruvchi qush, gapiruvchi hayvonlar ko‘p. Bu hozir hech kimni hayratga solmay ham qo‘ygan. Lekin gapiruvchi kutubxona borligiga ishonasizmi? Eng ajablanarlisi, bunday noyob maskan allaqaysi dong‘i ketgan chet davlatining “sehrli” shahrida emas, o‘zimizning yurtimizda joylashgan.

    Sirdaryo viloyatidagi Ko‘zi

    ...
  • Hozirda biz uchun qadrli bo‘lgan, hatto ajralmas do‘stimiz, beminnat dastyorimizga aylangan kompyuterning tug‘ilgan kuni qachon ekanligini bilasizmi? Albatta, kompyuterning ham tug‘ilgan kuni bor. Elektron texnika, umuman informatika sohasida faoliyat yurituvchi ko‘plab soha vakillari har yili bu kunni alohida e’zoz bilan

    ...
  • Bor ekan-u yo‘q ekan, och ekan-u to‘q ekan, obod dasht qishlog‘ida tomorqasi kattagina ahil oila yashar ekan. Uy bekasining buyurtmasiga ko‘ra ota-o‘g‘il shu tomorqalari chetida qurgan yangi qo‘noq – tovuqkatak binoyidek chiqibdi. Mo‘jaz hovlisi sim to‘r bilan o‘ralgan. Erta-indin tovuqlar shu joyga ko‘chiriladi.

    ...
  • Ra’no Jamolova mening eng yaqin dugonam. Toshkentdagi 324-maktabda o‘qiydi. U juda chiroyli – ismi jismiga mos qiz. Sochlari uzun. Tunov kuni biznikiga kelib mehmon bo‘lib ketgandan so‘ng, onam, do‘st tanlashda adashmabsan, qizim, dedilar. Chunki Ra’no juda xushmuomala, bilimdon, chaqqon qiz. U zukko kitobxon ham. Yangi kitob olib o‘qishi

    ...
  • Avlodlarga mayoq, yurtimga qalqon,

    Doimo bo‘laylik jasur, pahlavon,

    Xalqimiz baxtiga o‘sib sog‘-omon,

    Yurtning ertasini yorug‘ qilaylik.

     

    Aziz Yurtboshimiz ishonchi bizlar,

    O‘ktam o‘g‘lonlar-u ham zukko qizlar.

    Vatan egasimiz biz – qaro

    ...
  • Uchtepa tumani 283-maktab qoshida ijodkor o‘qituvchi Muhiba Rajabova rahbarligida tashkil etilgan “She’riyat gulshani” adabiy to‘garagi bugungi sahifamiz mehmoni. Yosh qalamkashlarning eng sara she’rlaridan e’tiboringizga havola qilamiz.

     

    Bolalik

    Lolalardan

    ...
  • Komil maktabda “Tabiatning yosh do‘stlari” guruhi sardori. U yozgi ta’tilda o‘rtoqlari bilan qishloqlari etagidan oqib o‘tadigan daryo sohiliga tez-tez chiqib, u yerdagi jonivorlarni o‘rganadi. Suratga oladi. Uning bobosi Turg‘un amaki usta ovchi. Hayvonlar, suv jonivorlari haqida juda ko‘p ma’lumotlarga ega. Komil o‘zi

    ...
  • Sakrashda eng birinchi,

    Tunda ham yo‘qdir tinchi.

    Yeb to‘ymas, xo‘p ochofat,

    Bedana suygan “ovqat”.

     

    ***

    Qizil ko‘ylagi xol-xol,

    Suygani gul va nihol.

    Gul bargida jon saqlar,

    Issiq kunlarni yoqlar.

    Qo‘ng‘izlarning

    ...
  • Bordir to‘rtta oyog‘i,

    Lekin sira yurolmas.

    Bitta oyog‘i sinsa,

    U o‘rnida turolmas.

     

    ***

    Mixning boshiga urar,

    Yana kekkayib turar.

     

    ***

    Bitta g‘orda beshta yo‘lak,

    U bo‘ladi qishda

    ...
  • Aqlli himoya

    Yoshi ulg‘ayib qolgan jang san’ati ustasi qaytib maydonga tushmaslikka qaror qildi. Biroq bir kuni yosh, manman polvon uni olishuvga chorladi. Usta bunga e’tibor bermay, jim o‘tiraverdi. Yosh jangchi endi uni masxaralashga, ajdodlarini haqoratlashga tushdi. Ammo bu ham natija bermadi.

    Oxir-oqibat yosh polvonning

    ...
  • Dadam mashinani darvozadan yo‘lakka olib kirar ekanlar, gapirib qoldilar:

    – Ko‘chamizga buriladigan joy o‘yilib chuqurcha bo‘lib qolibdi, har safar mashina shu chuqurga tushib ketyapti.

    – Ha, ehtiyot bo‘lib o‘ting-da, – dedilar ayam oshxonadan chiqib.

    – Ehtiyot-ku bo‘lyapman, – dedilar

    ...
  • 1. Amir Temur hukmronligi davrida mamlakatning asosiy bosh qonuni nimaga asoslangan?

    A) Temur tuzuklariga B) Maslahat kengashi qarorlariga D) Shariat ahkomlariga E) Qadimgi qonunlarga

     

    2. 1127-yilda Buxoroda qoraxoniylar xoqoni qurdirgan minoraning nomi:

    A) Arslonxon minorasi B) Payg‘ambar shahri D) Kalta minor E)

    ...
  • O‘tgan yili yozgi ta’tilning ilk kunlari edi.

    – Xo‘sh, o‘g‘lim, ta’tilda nima qilmoqchisan? – so‘radi nonushta paytida otasi Rustamjondan.

    – Qo‘ylarga qarayman, – dedi Rustam.

    – Bu kam, – dedi norozi ohangda otasi.

    – Kitob o‘qiyman, televizor

    ...
  • Ayrim so‘zlar ta’rifi shakl aylanalaridagi shartli tasvirlarda berilgan.

    1. Xalqaro olimpiada o‘yinlari vatani. 3. Olimpiada o‘yinlari chempioni, o‘zbek bokschisi. 5. Olimpiada o‘yinlari eng ko‘p bor o‘tkazilgan poytaxt. 6. Terma

    ...
  • Bolalar o‘qituvchining oldiga yugurib kelishdi.

    – Ustoz, Jamol suvga tushib ketdi.

    – Uni qutqargandirsiz?!

    – Ha.

    – Sun’iy nafas oldirdingizmi?

    – Ancha urindik, ammo u qo‘limizdan chiqib, qochib ketdi.

     

    ***

    Doniyor: – Dada, qilmagan ishi uchun

    ...

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.