Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil sonlari

2017-yil 8-son

  • Vatan yoshlari

    Biz o‘zbek yoshlari, Vatan yoshlari,

    Vatan taqdiriga taqdirdosh nasl.

    Millatning bir jon-u bir tan yoshlari,

    Buyuk kelajakka daxldor, mas’ul!

     

    Mardona-mardona tashlaylik qadam,

    Ozod yurt, obod yurt bo‘lsin mukarram!

     

    Ota-bobolardan jasorat meros,

    Barhayot shonlari, ular

    ...
  • Yangilanish sari

    Orombaxsh yozgi ta’tilning so‘nggi kunlarini o‘tkazib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishni ham boshlab yubordingiz. Maktab, ustoz va sinfdoshlaringizni sog‘indingizmi? Ishoning, ular ham sizni juda sog‘inishgan. To‘g‘ri-da, hayhotdek maktab huvillab turibdi. 1-sinfga qabul uchun farzandlarining hujjatlarini olib kelayotgan ona-bolalarni aytmaganda, maktab binosida osudalik. Hechqisi

    ...
  • Qutlov

    Yaqin kunlarda o‘zbek bolalar adabiyotida katta bayram bo‘lishidan xabaringiz bormi?

    Qanaqa bayram deysizmi? Hoshimjon Ro‘ziyevning bobosi, bolalarning katta yozuvchisi, hammamiz sevgan adib – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev naq 85 yoshga to‘lyaptilar.

    To‘yimga quruq bormay deb, To‘ybobo tinmay ijod qilyaptilar. Nashriyotlar ham

    ...
  • Ali Qushchi

    Mamlakatni dunyoga tanitadigan birinchi vosita – ilm. Ilm-fan yuksak taraqqiy etgani tufayli, bugun Yaponiyani Yer yuzida hamma biladi. Yoki Germaniyani olaylik. Bu mamlakat o‘tgan asrning 45-yillariga qadar ko‘plab urushlarda qatnashgan, jangovar harakatlari bilan dunyoni zabt etishni ko‘zlagan edi. Ammo maqsadiga erisha olmadi, aksincha, tanazzulga yuz tutdi. Faqat ilm-fan rivojiga

    ...
  • Katta ishtiyoq bilan

    Abdumalikning (u haqida jurnalimizning may oyi sonida qisqacha ma’lumot berilgan) bobosi matematikadan o‘qituvchi bo‘lib ishlar, har kuni o‘quvchilarining uy vazifalarini sinchiklab tekshirib chiqardi. Abdumalik esa bobosi yonida o‘tirib, bu jarayonni kuzatishni yaxshi ko‘rardi. Bir kuni Abdumalik qator misollarni yechib o‘tirsa, bobosi, nabirasining nima bilan mashg‘ul ekanligini ko‘zdan

    ...
  • O‘zbekiston, sen azizsan hammadan

    Oftoblari o‘z taftini bildirar,

    Yoz-u kuzi dasturxonni to‘ldirar.

    Tug‘ilganman shu yurt – O‘zbekistonda,

    G‘ururimdan mening boshim osmonda.

    Ibn Sino, Navoiy-u Ulug‘bek,

    Amir Temur, shoh va shoir Boburdek

    Siymolari tillardagi dostonim,

    Bular bari – mening O‘zbekistonim!

    Gumbazlarning uchin yoritar quyosh,

    Shohi Zinda, Chor

    ...
  • Sayohatchi oymomo

    Tun chirog‘i oymomo,

    Go‘yo ko‘rgandek kino.

    Yerni qilar tomosha,

    Bog‘lar osha, qir osha.

    Chigirtka chalar g‘ijjak,

    Notada xato bordek.

    Tun qushi – ko‘rshapalak,

    Ko‘rgandek go‘zal malak.

    Oy tomonga uchadi,

    Soya ko‘rsa qochadi.

    Olmani ortib belga,

    Kirpi tushibdi yo‘lga.

    Qurullagan

    ...
  • Kashfiyotlar olamida

    “Ta’til faqat dam olish emas. O‘z kuchini, bilimini sinash, uni namoyish qilish uchun yaxshigina imkoniyat ekan”, deyishdi Respublika “Barkamol avlod” texnik ijodiyot markazida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov ishtirokchilari. Men yosh iqtidorlar – “Yilning eng yosh ixtirochisi” respublika ko‘rik-tanlovida bir-biridan antiqa ixtirolar kashf qilgan o‘quvchilar bilan tanishgach, ularning yuqoridagi

    ...
  • Umidvor maqsadlar

    Tanishing: Dilshodbek Shuhratov, Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani qurilish kasb-hunar kolleji bitiruvchisi. Havaskor ixtirochi. Turmushda og‘irimizni yengil qiladigan, bizga qulaylik yaratadigan o‘nga yaqin g‘oyalar muallifi. “Mening biznes g‘oyam” Respublika tanlovida o‘zining ko‘zi ojizlar uchun yasagan masofali hassasi bilan qatnashib, birinchi o‘rinni

    ...
  • Mother

    Mother! Your name is a patroness in souls,

    You are here, so I have no another dream.

    You are my dearest, priceless and flawless,

    Unique in the world, and so in this stream.

    Shining like the sun in the sky,

    Being always here, as a night butterfly.

    Sorrow and darkness, can’t cover my inside,

    Because you are here, and time stops to

    ...
  • Riddles

    This is the season

    When fruits are sweet.

    This is the season

    When school-friends meet.

     

    I’m big. I’m grey,

    My nose is long.

    My tail is short.

    I’m an...

     

    I’m little, I’m grey,

    My nose is short.

    My tail is long.

    I am a...

     

    Aziza

    ...
  • Rekordlar kitobini kim yaratgan

    Mashhur “Ginnes rekordlari kitobi” haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Ammo uning yaratilish tarixini barcha ham bilmasligi, tabiiy.

    1951-yili “Ginnes” kompaniyasi direktori Xyu Biver bir davrada dunyodagi eng tez uchadigan qush qaysi ekanligi bo‘yicha tortishib qoladi. Shundan so‘ng u bu kabi jumboq savollarga javob beradigan maxsus ma’lumotnoma bo‘lishi kerak, aks holda, odamlar

    ...
  • Dengizdagi oltinlar

    Dunyo olimlari okean, dengiz suvlari tarkibini o‘rganib, hayratlanarli shov-shuvlar bilan jahon hamjamiyatini lol qoldirishmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, iste’molga yaroqsiz bunday suvlarning har tonnasi tarkibida 50 milligramgacha oltin mavjud ekan. Dunyodagi sho‘r dengiz suvlari tarkibidagi bunday oltinlar bir joyga jamlansa bormi, 7 milliardga yaqin aholining har biri 35 tonnadan oltinga ega

    ...
  • Afsonaga yondosh manzillar

    Siz ta’tilda paytingizda bo‘sh o‘tirmaylik, deb biz tahririyat xodimlari ham olis viloyatlarga safarga otlandik. Birimiz Samarqand, birimiz Sirdaryo, yana birimiz Qashqadaryo sari... Men esa siz bilan afsonaviy Xiva haqidagi hayajonlarimni bo‘lishmoqchiman.

    Vo ajab, bu yerda bemalol ertak-kinofilm suratga olsa bo‘ladi. Bir necha yuz yillik “jonli dekoratsiyalar” xayol bilan haqiqatni

    ...
  • Yoz

    Dalada tovlanar oltin boshoqlar,

    Jilg‘alar bir-birin asta quvlashar.

    Kishiga ayni yoz barq urgan chog‘lar

    Daraxtlar qo‘l cho‘zib meva ulashar.

    Zarrin nur taratar ko‘kning xoqoni,

    Ezgulik taftida siylanadi yer.

    Pokiza tuproqni bezaydi shonli

    Kishi ziynatining ifodasi – ter.

    Har lahza musaffo osmonni bezab,

    Parvoz aylab

    ...
  • Kitob o‘qisam

    Kitob-la ravon yo‘lim,

    Bog‘ bo‘lar dasht-u cho‘lim,

    Ko‘rinar hayot so‘lim,

    Agar kitob o‘qisam...

    Nutqim ravonlashadi,

    Tafakkurim oshadi,

    Ilmim to‘lib-toshadi,

    Agar kitob o‘qisam...

    Vaqtim bekor ketmaydi,

    Kunim bekor o‘tmaydi,

    Hech kim menga yetmaydi,

    Agar kitob o‘qisam...

    Shohidaxon

    ...
  • Sog‘ligimiz garovi

    Mevalar pishdi qarang,

    Yuring, yeymiz, bolalar.

    Biram totli, mazali,

    Shirasi tilni yorar.

    Ular vitaminga boy,

    Ham shirali bo‘ladi.

    Ishtahamizni ochib

    Bizni sog‘lom qiladi.

     

    Munisa BAHODIROVA,

    Toshkent shahar Uchtepa tumani

    236-maktab 5-sinf

  • Sport g‘oliblariga

    Ko‘ksini to‘ldirgan yalt-yult medalga

    Xalqim qalbidagi nomus orlari:

    El sha’nin asragan, nomin oqlagan

    Bor bo‘ling, yurtimning iftixorlari.

     

    Yurakda shijoat hamda hayajon,

    Ishonch va mardlikning zo‘r timsollari.

    O‘zbek bayrog‘ini ko‘kka ko‘targan,

    Bor bo‘ling yurtimning iftixorlari.

     

    Shahzoda

    ...
  • Orzularim

    Mushtdekkina yuragim,

    Torlik qilar orzumga.

    Tog‘ni talqon qilguday

    Tinch qo‘ymaydi bir zumga.

     

    Orzularim viqorli,

    Tog‘lar bilan bellashar.

    Orzularim behaddir,

    Osmon bilan bo‘ylashar.

     

    Narvon qo‘yib ko‘k toqiga

    Oy yoniga chiqquday.

    Kezib cheksiz fazoni

    Yulduzlarni

    ...
  • Daraxtlar

    Nega daraxtlar

    O‘sadi tikka,

    Jon-jahdi bilan

    Bo‘y cho‘zar ko‘kka?

     

    Momiq bulutni

    Suyib daraxtlar

    Muzqaymog‘im, der

    Azim teraklar.

     

    Hilolabegim YOQUBJONOVA,

    Toshkent shahar Shayxontohur tumani

    276-maktab 8-sinf

  • Yuklama

    Yuklama nima deya,

    Savol tashladi ustoz.

    Ko‘pchilik bilmas ekan,

    O‘ylanib qoldi biroz.

    Shunda ustoz Olimdan,

    Yuklamani so‘radi.

    To‘g‘ri javob aytmasa,

    Hali bizdan ko‘radi.

    O‘ylanib turib Olim,

    Shundayin javob berdi:

    “Yuklarni tez yukladim

    Hammaga foydam tegdi”.

    Yuklamani yukladik,

    Olimga

    ...
  • Bobur bobom

    Buyuk Bobur avlodi,

    Ekanimdan dilim shod,

    Shoir bobomning yodi,

    Qalbimizda umrbod.

     

    Shoirdan o‘rnak olib,

    Mehr qo‘ydim kitobga,

    Olam sirlarin o‘qib,

    Boqayapman hayotga.

     

    Munisa DILMURODOVA,

    Toshkent shahar Olmazor tumani

    1-maktab 7-sinf

  • Bo‘lmasin kam

    Mahallamda bir tup o‘rik

    Bir qarasam, gullab qoldi.

    Yoz boshida oltindayin

    Katta-katta meva soldi.

     

    Mevalari juda shirin,

    Novvot-u asaldan ham.

    Bobom tatib ko‘r, dedilar:

    “Ekkanlar bo‘lmasin kam”...

     

    Gulchiroy SULTONBEKOVA,

    Yakkasaroy tumani 48-maktab 7-sinf

  • Chumoli

    Bahor, yoz, kuz faslida –

    Tinim bilmay yuk tashir,

    Bir-biriga o‘giti:

    – Yiqqin, tashi va yashir.

     

    Mittigina jonida

    Bor bir olam jasorat.

    Qishning qanday kelishin

    Qilar hatto bashorat.

     

    Azizbek RAHMATOV,

    Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani

    8-DIUO‘TM 7-sinf

  • Buvimga

    Sho‘xliklarim haddan oshadi ba’zan,

    Besabab injiqlik qilganimda ham,

    Beozor jilmayib qo‘yasiz har dam.

    Kechirib ketasiz, indamaysiz ham,

    Buvijonim, sizni yaxshi ko‘raman.

     

    Bag‘ringizga bosib erkalab doim,

    Hayotim shodligi, quvonchim deysiz,

    Kuchdan qolganimda, qariganimda,

    Belimning quvvati, suyanchim

    ...
  • Mushukka jazo

    Mushugimiz Baroqvoy

    Jo‘jamizni yeb qo‘ydi.

    Buni ko‘rib olapar

    Xap senimi, deb qo‘ydi.

     

    Kechga tomon jang bo‘ldi,

    Kuchik chiqdi inidan.

    Shaddodgina Baroqvoy

    Ayrildi-da dumidan.

     

    Marjona MANNONOVA,

    Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani 23-maktab 6-sinf

  • Tasvirlarga ko‘chgan olam

    Bolalar, men sizlardan “Qanday filmlarni tomosha qilishni yoqtirasiz?” deb so‘rasam, siz, albatta, “Sarguzasht, jangari, tarixiy va albatta, multiplikatsion...” deb javob berasiz, to‘g‘rimi?

    Men ham bolalaligimdan “Senimi, shoshmay tur!”, “Zumrad va Qimmat” multfilmlarini ko‘rib ulg‘ayganman. Qayta-qayta tomosha qilsak-da, yana ko‘rgimiz kelaverardi. Bo‘ri quyonni tutolmaganligini

    ...
  • Buyuk ajdodlar izidan

    Mustaqillik bayrami arafasida yana bir xushxabardan shodlandik. Bolgariyada bo‘lib o‘tgan, “Chegara bilmas matematika” xalqaro musobaqasida mamlakatimiz o‘quvchilari 36 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egalladi. Sovrindorlar orasida yurtimizdagi “Intellekt” xususiy maktabi o‘quvchilaridan Nigina Inoyatova oltin, Vladimir Koryatnikov kumush, Murat Mustafin, Ahad

    ...
  • Tog‘dagi hodisa

    May oyining oxirlari. Chimzordagi o‘yindan qaytgan Jamshid chorpoyada o‘tirgan bobosini ko‘rib, bag‘riga otildi:

    – Qalaysan, chirog‘im?

    – Yaxshi.

    Bola erkalanib bobosining pinjiga tiqildi. Cholning kiyimidan jiydaningmi, qalampirmunchoqningmi hidi kelardi. Bobosi uning boshini siladi:

    – Seni sog‘indim.

    – Men ham.

    Faqat bobosigina uni yaxshi

    ...
  • Vatanga talpinib urmoqda yurak

    Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Ilhom” ijodkorlar klubi 2005-yilda tashkil topgan. Unga iste’dodli pedagog shoir Nurali Jalil rahbarlik qiladi. Yuragida adabiyotga mehr, ijodga ishtiyoq bo‘lgan o‘nlab yoshlarni biriktirgan ushbu klub shu kungacha 500 ga yaqin havaskorlarga she’riyatdan saboq berdi. Ularning iqtidorini yuzaga chiqarishda ko‘makdosh bo‘ldi. Bugun ana shu klubning

    ...
  • Katta saboq

    Mahallamizdagi bolalar Azamat akamni yaxshi ko‘rishadi. Shuning uchun ularni mahalla noziri etib tayinlanganini eshitib juda xursand bo‘lishdi. Azamat akam harbiyga ketishlaridan oldin va harbiy bilim yurtidan ta’tilga kelgan vaqtlarida ham bizga qiziq-qiziq voqealarni aytib berardi. Ayniqsa, o‘z boshidan o‘tkazgan bir voqea menga qattiq ta’sir qilgan. O‘shanda Azamat akam oliygohdan ta’tilga

    ...
  • Eng yaxshi sovg‘a

    Yaqinda Dilnozaning tug‘ilgan kuni. Dadasi odatda tug‘ilgan kunidan bir necha kun oldin Dilnozadan qanday sovg‘a xohlashini so‘raydi. Dadasining bu galgi savoliga Dilnoza:

    – Rasmlari ko‘p ertak kitob, – dedi erkalanib.

    – Qizalog‘im, sen kitob so‘rasang, kutubxona qurib berishim mumkin, faqat bu safar emas. Chunki tug‘ilgan kuningga hamkorlarim ham kelishadi. Ularning yonida

    ...
  • Gol, gol, gol... Yashasin futbol!

    Jasur futbolni juda yaxshi ko‘radi. Mahalladagi o‘zi tengi bolalarni yig‘ib jamoa tuzib olgan. Dadasi qachon ishdan kelsa, o‘g‘li bolalar bilan to‘p tepayotgan bo‘ladi. Dadasining qistovi bilan arang uyga kiradi. Dasturxon atrofida ham faqat futbol mavzusida so‘z ketadi. O‘g‘lining hali maktabga bormasdan turib futbol borasida bunchalik bilimdonligini ko‘rgan ota o‘ylab yurgan maqsadini unga

    ...
  • Ajralmas uch og‘ayni

    Qadim o‘tgan zamonda, baland tog‘lardagi qalin o‘rmonda soch-soqoli oqargan Kecha, o‘rta yoshdagi Bugun va yosh o‘spirin Erta yashagan ekan. Uchovlon otlariga minib safarga otlanishibdi. Yo‘lda g‘oyibdan qora qarg‘a paydo bo‘libdi va Bugunning yelkasiga qo‘nibdi.

    – Sen zabardast ekansan-u, nima qilib keksa chol va yigitcha bilan yetaklashib yuribsan. O‘ng tomondagi yo‘lga yur. U yerda

    ...
  • Hayvonot bog‘idagi hikoya

    Sardor jonivorlarni juda yaxshi ko‘radi. Shuning uchun bobosi uni tez-tez hayvonot bog‘iga olib boradi.

    – Bobojon, Toshkent hayvonot bog‘i dunyodagi eng zo‘r hayvonot bog‘i bo‘lsa kerak-a? – so‘raydi Sardor ulkan ilonlar, dengiz mushugi, bahaybat fil, yalqov ayiqni miriqib tomosha qilarkan. – Hatto maymunlar ham bor-a? Yana ularning meni masxara qilishini qarang. Bobo, o‘zi hayvonot

    ...
  • Yengilmas Samandar

    Jizzax elining norquvvat yigitlari, ular ko‘rsatgan mo‘jizaviy yutuqlar haqida necha yilki afsona yuradi: emishki, Temur o‘zining asl bahodirlarini aynan shu zamindan saralab olgan. So‘zi-yu ko‘zi chaqmoqdek yonib turgan alplarning bugungi avlodi ham ajdodlariga munosib – jasur va yengilmas.

    Samandar viloyatning G‘allaorol tumanidan. To‘qqiz yoshidan boks sport turi bilan muntazam

    ...
  • To‘ti buvining tavsiyasi

    O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova Vakila buvijonimning yaqin dugonasi. Buvijonim bilan tez-tez ular xonadoniga borib turamiz. To‘ti ayam judayam samimiy, mehribon. Meni ham o‘z nabiralaridek yaxshi ko‘radilar, miriqib suhbatlashamiz.

    Mehmonga qo‘limda kitob-jurnallar bilan kirib borganim uchun bu galgi suhbatimiz kitob haqida, uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida

    ...
  • Kitob – oftob

    KROSSVORD

    Bo‘yiga:1. Anvar Obidjonning “Oltin yurakli Avtobola” qissasi asosida suratga olingan filmdagi bosh qahramon. 2. Yoshligi Hindistonda o‘tgan ingliz yozuvchisi Kiplingning multfilm suratga olingan mashhur asari. 3. Alisher Navoiy ustoz deb bilgan mumtoz shoir. 4. Taniqli baxshi, “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlar ijrochisi. 5. Badiiy ijod

    ...
  • Ta’tildagi tabassum

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.