Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil sonlari

2019-yil 1-son

  • Yana kelding hadyaga to‘lib,

    Kutmoqdaydik seni intizor.

    Qadamingdan minnatdor bo‘lib

    Zarra-zarra to‘kiladi qor.

    Xafamasmiz bobo yildan ham,

    Quvontirdi u bizni, – qancha

    Konfetini ko‘rishdik baham

    Va qo‘shiqlar o‘rgandik ancha.

    Nihol o‘sdi, qurildi qasr,

    Fazolarga qildik safarlar,

    O‘sha yili tug‘ildi

    ...
  • Qadrli bolalar, bayramni, ayniqsa, Yangi yil bayramini hech kim sizlarchalik sog‘inib, hayajon bilan kutmaydi. Chunki Yangi yil – mo‘jizalar bayrami. Siz Yangi yil qahramonlari – Qorbobo va Qorqizdan o‘zingiz anchadan buyon kutib yurgan sovg‘alarni olasiz. To‘g‘risi, sovg‘a olish judayam yoqimli. Bu yilgi Yangi yil o‘zbekistonlik bolalar uchun chinakam mo‘jizalar yili bo‘ldi. Chunki ularga

    ...
  • Taniqli bolalar shoiri Tursunboy Adashboyev tavalludining 80 yilligiga

     

    O‘zbek va qirg‘iz xalqlarining ulkan shoiri, benazir inson Tursunboy Adashboyevning qo‘lini tutib, unga o‘ttiz yil shogird bo‘lganimdan, oz bo‘lsa-da bolalar she’riyati saboqlarini o‘rganganimdan quvonib yashayman. Agar uztoz hayot bo‘lganlarida bu yil

    ...
  • Xalqimiz asrlar davomida maqol, matal, hikmatli so‘zlar va iboralardan juda katta hayotiy tajriba to‘plagan. Shu tajriba bebaho meros sifatida turli vositalar bilan bizgacha yetib kelgan. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat nashriyotida chop etilgan “Ma’nolar maxzani” kitobi o‘quvchini asrlar osha sayqallanib kelgan so‘z durdonlalari bilan tanishtiradi. Kitobxon bu javohir so‘zlar

    ...
  • Jurnal mushtariylari bilan uchrashish, ularning o‘y-xayollari, xohish-istaklari bilan yaqindan tanishish biz ijodkorlarga doimo ilhom bag‘ishlaydi, qanot bo‘ladi. Kelgusi faoliyatimizni yanada kengaytirish barobarida, tahririyat va o‘quvchi o‘rtasida o‘zgacha iliqlik paydo bo‘ladi. Aytishadi-ku, mehr ko‘zda, deb.

    O‘tgan kuz oylarining so‘nggi, qish faslining dastlabki haftalari ana

    ...
  • Kitobni seving

    Butun borliq tabiat

    Sevgan kabi oftobni,

    Bolajonlar, sizlar ham

    Seving aziz kitobni.

     

    Kitob – sodiq do‘st erur,

    Xoh kunduz, xoh tundadir.

    Bor sir-u asrorlarning

    Yechimi ham undadir.

     

    Kitob bois qalbingiz

    Oy-yulduzdek porlagay.

    U sizni

    ...
  • Iqtidor

    Tilla baliqcha chizdi,

    O‘xshatib ko‘zin kunga.

    Ona tuyani chizdi,

    Saksovul yuklab unga.

    Mushuk chizdi mo‘ylovdor,

    Ko‘zi g‘amgin, gunohkor.

    Rassom do‘stim Akromning

    Qo‘llarida sehri bor.

     

     

    “Maymoq”

    Darsdan qochib yurganin

    ...
  • Dono va zukko bolajonlar! Eshitmadim, demanglar, tanlovga kech qolmanglar. O‘zingizdagi iqtidor va mahoratni namoyon qilishingiz uchun “Gulxan” jurnali ajoyib imkoniyat yaratdi. Bu qanday imkoniyat deysizmi?!

    Gulxanjon tinib-tinchimas muxlislari uchun “Yosh jurnalist” tanlovini e’lon qildi. Tanlovda faol qatnashib, tengqurlaringizdan yuqoriroq pog‘onani egallashni istaysizmi? Unda

    ...
  • Besh yoshimda biz besh farzand – opalarim – Rohatoy, Ra’no, akalarim Samandar, Saidbek va meni Andijon shahridagi Bolalar shaharchasiga olib kelishdi. Biz uyatdan, o‘kinchdan juda ezilgan edik.

    Bu yerlarga kelishimizga ota-onamiz aybdor. Ular yomon odamlarning gapiga kirib, yo‘ldan adashishdi, kechirilmas gunoh qilishdi. Ulardan, hatto biz bolalardan ham barcha qarindosh-urug‘larimiz

    ...
  • G‘ira-shira tong qorong‘isida g‘alati gap – so‘zlardan istar-istamas uyg‘onib ketdim. Onam ko‘cha kiyimlarini kiyib olibdi. Otam ham kiyingan. Boshida qalpoq. Shunda ular mendan yashirincha qayoqqadir ketmoqchi bo‘lishganini anglab injiqlandim:

    – Meniyam opketasiz!

    – Jim, – dedi onam past, ammo sirli va biroz vahimali ohangda. – U joyga bolalar bormaydi. Sen uxlayver.

    ...
  • Zangori ekranda Qunduz amakining qissalarini miriqib tinglab, ora-chora gap tashlab qo‘yadigan Qunduz qizni chiroyli ovozda gapirtirib, barchangizni ekranga mahliyo qilib qo‘ygan, suyukli san’at maskaningiz Respublika yosh tomoshabinlar teatri sahnasida yuzlab o‘g‘il va qiz bolalar, beozor jonivorlar obrazlarini yaratgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yodgora

    ...
  • O‘rmonlar, qirlar oshib,

    Kelding shoshib yangi yil.

    Dilga quvonch ulashib,

    Archaga o‘yinchoq il.

     

    Yangi yilim, yangi yil,

    Sevinchga to‘ldi ko‘ngil.

    Sovg‘a o‘rniga menga

    G‘ayrat, ilhom olib kel.

     

    Farangiz OTAQULOVA,

    Samarqand viloyati Ishtixon tumani

    1-son IDUM 8-sinf

  • Bizning qizlar maktabdagi

    Eng bilimdon qizlardir.

    O‘qishda-yu, odobda

    Chaqqon, yorug‘ yuzlardir.

     

    Qo‘llar doim ko‘ksida,

    Liboslari yarashgan.

    Ustozlari, o‘rtoqlari

    Havas bilan qarashgan.

     

    Gulsanam QARSHIBOYEVA,

    Toshkent shahar 244-maktab 7-sinf

  • Ayozda kichik quyon

    Qaradi u yon bu yon.

    Oh, kelyapti och bo‘ri,

    Quridi quyon sho‘ri.

     

    Ko‘zlariga yosh to‘ldi,

    Urra qochmoqchi bo‘ldi.

    Uyi tomon chopdi u,

    Eshigini yopdi u.

     

    Bo‘rining jahli chiqdi,

    Chunki och qoldi yana.

    Quyonvoy ichkarida

    Qilyapti zo‘r

    ...
  • Derazamni chertadi yomg‘ir,

    Tabassumin berkitdi osmon.

    Hozirgina kulgan tomchilar,

    Xayrlashar, shunisi yomon.

     

    Dardlaringni oladi yomg‘ir,

    Qalbingni-chi, og‘ritmas zinhor.

    Garchi shuncha kichik bo‘lsa ham,

    Tomchilarning yurakchasi bor.

     

    Azizjon XAYRULLAYEV,

    Navoiy viloyati

    ...
  • O‘ynab yog‘ar laylakqor,

    Qorparcha oq kapalak.

    Yelar izg‘irin shamol,

    Ko‘lmak yuzi yaxmalak.

     

    O‘z taxtida hokim qish,

    Dalalarga yoydi sep.

    Qor elar, bolajonlar

    Qorbo‘ron o‘ynasin deb.

     

    Nigina BOZOROVA,

    Buxoro shahar 12-maktab 11-sinf

  • Ajib ohang ichra raqs tushar jo‘shqin,

    Qahraton keltirdi qorparchasini.

    Ko‘kdan par bulutlar yog‘dirib uchqun,

    Oq po‘stinga burkar qish archasini.

     

    Yog‘di, yog‘averdi men uchun tinmay,

    Nam yedi oyoqlar, muzladi qo‘lim.

    Lekin muzlamagan qalam erinmay,

    Tasvirlay boshladi o‘lkani so‘lim.

     

    Sirli olam uzra

    ...
  • O‘zbekistonga mashhur

    Chust do‘ppisi, pichog‘i.

    Bilsangiz shahrim azal

    Hunarmandlar o‘chog‘i.

     

    Bunda hamma ijodkor,

    Dovrug‘i elda doston.

    Xalqi azal bunyodkor

    Chustiy kabi g‘azalxon.

     

    Bekzodbek NAZAROV,

    Namangan viloyati Chust tumani

    59-maktab 7-sinf

  • Kim uyg‘otadi har tong,

    Yopib issiq shirmoy non?

    Baxt urug‘in kim ekkan,

    Ko‘ylagimni kim tikkan?

    Yorug‘ o‘ylarim bilar,

    Erkalab sochim silar?

    Dunyoda u yagona,

    Menga ham do‘st, dugona –

    Bu onamdir, bu onam,

    Bu onamdir, bu onam!

     

    Gulzoda BOYZOQOVA,

    Toshkent viloyati Ohangaron

    ...
  • Tish og‘rig‘i boshlandi,

    Ikki ko‘zim yoshlandi.

    Og‘ritadi, yaramas,

    Ahvolimga qaramas.

     

    Ovqat yeyolmay qoldim,

    Rosa charchadim, toldim.

    Chopib dorixonaga

    Oxiri dori oldim.

     

    Keyin yuvdim tishimni,

    Qo‘yib hamma ishimni.

    Og‘riq qoldi, ko‘ngil tinch,

    Endi ko‘r

    ...
  • Qishni kumush fasl deb,

    Aytishadi bobolar.

    Bizga sovg‘a ulashar,

    Qorqizlar, Qorbobolar.

     

    Archaning atrofida

    Aylanamiz zavqlanib.

    Yangi yilning kelishin

    Ko‘rmoq uchun shaylanib.

     

    Qo‘zichoqday sakraymiz,

    O‘ynaymiz “tulki”, “quyon”.

    So‘ng charchoqning zo‘ridan,

    Uxlab qolamiz shu

    ...
  • Siz – millatning faxri,

    Elning g‘ururi.

    Yuksakda hilpirar,

    O‘zbegim tug‘i.

     

    Sohibqiron qoni,

    Tomirda oqar.

    Momolar duosi,

    “Oltinlar taqar”.

     

    Buyuk kelajakka,

    Qadamlar shahdam.

    Marra siznikidir,

    Bo‘lingiz o‘ktam!

     

    Sizga singil bo‘lib,

    Tilayman

    ...
  • – Davron, daftaringni berib tur, uy vazifasini tayyorlash esimdan chiqibdi, – dedi Ilhom partadoshini turtib.

    – Yanami? – dedi Davron do‘stining gapi yoqmaganini sezdirib. – Axir darsni hammadan yaxshi tushunganding-ku.

    – Televizorda rosa qiziq kino bo‘layotgan ekan, ko‘rib olay, keyin tayyorlayman, deb uxlab qolibman.

    – Mayli, – dedi Davron daftarini uzatarkan. –

    ...
  • Bizning bolalar musiqa va san’at maktabimiz 1976-yilda tashkil qilingan. Dastlab faqat musiqa yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda tarkibiga An’anaviy xonandalik, Xalq cholg‘ulari, Rassomlik, Milliy raqs va Milliy hunarmandchilik san’ati yo‘nalishlari ham qo‘shilgan. Unda Qarnab ota qishlog‘ida yashaydigan 125 nafar iqtidorli, iste’dodli bolalar tahsil oladi. Har oyda bir marta

    ...
  • Maktabdan hovliqib kelgan Sardor ko‘cha eshigidan kirishi bilan onasini chaqirdi.

    – Tinchlikmi? – ayvonning orqa tomonidan kelgan Saodat opa ichkariga kirmay betoqat bo‘lib turgan o‘g‘liga hayron qaradi. Sardor ko‘zlari chaqnab onasiga salom berdi-da, ikki kafti orasiga zo‘rg‘a yashirayotgan narsaga ishora qilib:

    – Qo‘limda nima borligini toping-chi, oyijon, – dedi kulib.

    ...
  • Har bitta odamning organizmi alohida bir mamlakat. Uning o‘ziga xos tuzilishi, ichki qoidalari, ish tartibi bor. Ba’zan uning chegaralarini buzib o‘tadigan, sarhadlariga tahdid soladigan “dushmanlari” bo‘ladi. Eng yomoni bu “yovlar” ko‘pincha ko‘zga ko‘rinmas, maxfiy tarzda hujumga o‘tishadi. G‘aflatda “uxlab yotgan” yoki kamchilikni tashkil qiluvchi “askarlarimiz” ya’ni immunitetimiz

    ...
  • Узбекская народная сказка

     

    Жил когда-то на свете злой волк.

    Волк часто нападал на овец. Пожаловались тогда пастухи охотнику.

    Пошёл охотник в лес. Волк перепугался и бросился бежать. Охотник погнался за ним. Долго гнался охотник за волком. Волк обессилел. В это время встретился ему старик с мешком в

    ...
  • Hello, my dear friends! How are you? As you know, we advertised about the competition that called “Young translator” last year. We have received a lot of letters for a year! We defined our winners! We congratulate all of them and wish good luck! Are you interested in them? Of course, we inform about our winners! My friends, do you want to be such kind of competitions again? What do you want

    ...
  • Jamshidning qishlog‘i qir-adirlar yonida joylashgan. Bahorda qirga chiqib varrak uchirish uning jon-u dili. Mustahkam, katta va hammanikidan baland uchadigan varrak yasaydigan Jamshid, tumanda iqtidorli bolalarga yo‘nalish beradigan markaz borligini eshitdi. O‘quvchilarni qiziqishlariga qarab turli to‘garaklarga jalb qiladigan u qanday dargoh ekan, deb yo‘lga tushgan Jamshidni “Barkamol

    ...
  • “Gulxan”ga do‘st bo‘lganlar, ijod zavqin tuyganlar, eshitmadim, demanglar, bu yil “Gulxan” jurnali to‘qson yoshga to‘ladi!

    Shu munosabat bilan maxsus son chiqarish harakatidamiz. “Gulxan” jurnali, tahririyat va xodimlari bilan hayotingizda yuz bergan qiziqarli voqealar, xotiralar, noyob suratlar bo‘lsa, biz bilan o‘rtoqlashing. Maxsus sonning qiziqarli, o‘qishli chiqishiga hissa

    ...
  • Nima bo‘ldi-yu, muhim ish bilan yo‘lda ketayotib harbiy liboslari o‘zlariga yarashgan o‘quvchilarni uchratib qoldim. Ular Yashnobod tumanidagi 153-maktabda o‘qishar ekan. Bolalarga ergashib maktab binosiga kirdim.

    “Gulxan” jurnalidan ekanimni bilgan maktab direktori Sabohat opa Sultonova darhol harbiy kursant kiyimidagi bolalar davrasiga boshladi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini

    ...
  • Bilag‘onlar uchun mantiqiy jumbog‘lar

    Qadrli topqirtoylar, e’tiboringizga qiziqarli masalalar, jumboqli savollarni havola etyapmiz. Javoblarni tahririyat manziliga yoki E-mail spam-botlardan himoyalangan. Uni ko‘rish uchun brauzeringizda JavaScript yoqilgan bo‘lishi kerak.

    ...
  • Tong

    Borliq zarrin nurga burkanar,

    Qorong‘ulik bo‘ladi g‘oyib.

    Uni hamma intiqib kutar,

    Tong otishi qanday ajoyib!

     

    Mayin shamol yelib-yugurib,

    Ariqda suv shoshib oqadi.

    Olam xushbo‘y iforga to‘lsa,

    Tong otishi menga yoqadi.

     

    Maysalarda titraydi shudring,

    Daraxtlarning

    ...
  • Keyingi vaqtlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda spam (yolg‘on xabar) lar ko‘p uchramoqda. Buni barchangiz o‘z hayotingizda kuzatganligingiz ham bor gap. Sizni yanada hushyor va aql bilan ish tutishingiz uchun tahririyatimiz elektron pochtasiga kelib tushgan bir maktubni havola qilmoqdamiz. Zero, Munisaning bu “sarguzashtlari” sizni ham bir kuni yo‘qlab qolishi mumkin.

    “Bir kuni

    ...
    1. Qaynatilgan makaron bo‘laklari yopishib qolmasligi uchun ularni germetik paketlarga solib, sovutkichga qo‘ying. Keragida ularni isitish uchun qaynab turgan suvga bir necha soniyaga solish kifoya qiladi.
    2. Rediska, selder yoki sabzi barraligini yo‘qotsa, ularga xom kartoshka bo‘lagini qo‘shib muz va suv solingan idishga solib qo‘ysangiz sabzavotlar ko‘z oldingizda asl holiga
    ...
  • Topshiriqli skanvord

     

    Shaklda keltirilgan ijod sohiblarining to‘liq ism-shariflarini topib, yozish bilan mashqni hal eting. Endi javoblar yozilgan raqamli xonalardagi harflar bilan shakl atrofidagi raqamlarni almashtirish orqali topshiriqni yeching va yana to‘rtta ijodkor nomini bilib

    ...
  • Tarixiy mavzudagi asarlari bilan mashhur bo‘lgan Mirkarim Osim 1907-yili Toshkentda ziyoli oilasida dunyoga kelgan. 1917–1920-yillarda boshlang‘ich maktabda, 1921–1924-yillarda esa Narimonov nomidagi ta’lim va tarbiya texnikumida tahsil ko‘rgan.

    1926–1930-yillarda Moskva Davlat pedagogika institutining tarix-iqtisod fakultetida o‘qigan. Mirkarim Osim o‘z ijodiy faoliyatini she’rlar

    ...

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.