Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil sonlari

2019-yil 2-son

  • So‘z mulkining sohibqironi

    ...Garchi aqlim oldi ne-ne daholar,

    Nazm davlatida sizdek sulton yo‘q.

    Padari buzrukdek qilmish duolar,

    Sizdek menga aziz bir mehribon yo‘q.

     

    Yo‘qdir turk nazmida siz qadar daho,

    “Xamsa”dan buyukroq asar hamon yo‘q.

    Yo‘qdir “Xazoin ul-maoniy” – yakto!

    Sizsiz Xuroson-u buyuk Turon yo‘q.

     

    Ne baxt,

    ...
  • Ixtiyoriy obunaga yo‘l

    “Gulxan” jurnalini o‘qib ulg‘aygan aziz ustozlar, ota-onalar va jurnalning qadrli o‘quvchilari! Xabaringiz bor, 2019-yil uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Majburiy obuna”ga chek qo‘yildi. Bu bilan maktablarga kirib borayotgan uzundan-uzoq ro‘yxatlar barham topdi. Ya’ni, maktablar uchun zarur bo‘lgan gazeta-jurnallarga ustozlar va ota-onalardan yig‘ilgan pullar yengil-yelpi,

    ...
  • Ma’no ummonining javohirlari

    Dadam bergan besh so‘mni olib kitob do‘koniga kirdim. Qarasam, peshtaxtada “Xazoin ul-maoniy” turibdi. To‘rtta kitob, “Xamsa” ham bor. Beshovi bir bog‘lamda. “Chor devon” ham bormi? – so‘radim sotuvchi opadan, kitoblarga pul to‘layotib.

    – O‘g‘lim, qo‘lingizdagi “Xazoin ul-maoniy”ning nomi Sharqda “Chor devon” bo‘lib ketgan. “Chor” degani “to‘rt” degani, esingizdan chiqarmang. Buni har

    ...
  • Navoiyning muhri

    Alloma bobomiz Navoiy tavallud kuni munosabati bilan jurnalxonlar uchun u zot hayotidan qiziqarli ma’lumot berish maqsadida, kitob javonimdagi gazeta taxlamlarini ko‘rayotib, adabiyotshunos olim A’zamjon Azimovning Alisher Navoiyning muhri haqidagi ajoyib xotirasiga ko‘zim tushdi...

    Oltmishinchi yillarning boshlari, aspirantlik chog‘larim edi. O‘shanda Sankt-Peterburg shahridagi

    ...
  • Taraddud

    Zahiriddin Muhammad Boburning Samarqandni ikkinchi bor olganiga ikki oydan oshdi. Bobur hozirgi ahvoldan ancha mamnun. Qal’a devorlari ta’mirlandi. Kecha-yu kunduz soqchilar barcha darvozalarni bedor qo‘riqlashadi. Shahar aholisida bir oz tahlika bo‘lsa ham, lekin osoyishtalik hukm suradi. Hunarmandlar, savdogarlar shahar va qishloq ahli o‘z ishi bilan mashg‘ul.

    Bobur Mirzo yoniga

    ...
  • Kelajakni kemirayotgan og‘u

    “Kutilmaganda partadoshim Botirning rangi kokimtir tusga kirib, havo yetmay tipirchilab yiqildi. Barchamiz qo‘rquvdan karaxt bo‘lib qoldik. Ustoz chaqirgan hamshira birinchi yordamni ko‘rsatayotganda “Tez yordam” mashinasi yetib keldi. Bu paytda Botir hushini butunlay yo‘qotgan edi. Shifoxonada ma’lum bo‘lishicha, sinfdoshim allaqanday ta’qiqlangan dori iste’mol qilar ekan. So‘ng

    ...
  • “O‘zim bunyod qilgan bog‘...”

    Taniqli bolalar shoiri Habib Rahmat “Gulxan” jurnalining 50 yillik qadrdoni. Habib aka siz bolalarni juda yaxshi ko‘radi, o‘zi zavqlangan voqea, mavzularni she’rga soladi-da, jurnalimizga taqdim etadi. “Gulxan” muxlislariga ma’qul bo‘lgan she’rlarni esa to‘plab kitob qiladi.

    Habib Rahmatning 30 ga yaqin kitobi shu tariqa dunyo yuzini

    ...
  • Bolalik kunlarimda

    Aziz jurnalxonlar! Ba’zan kichkintoy uka va singillaringiz ertak aytib bering, deb xarxasha qilib qoladilarmi? Xursand bo‘ling, mushkulingiz oson bo‘ldi, xarxashaga javob topildi. Qanday qilib deysizmi? Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Bolalik kunlarimda” deb nomlangan loyiha asosida o‘zbek xalq ertaklaridan iborat audio disklarni

    ...
  • Gulistonning porloq maskani

    O‘quvchilik davrining o‘z gashti bor. Ayniqsa, bugungi zamonga mos, yangi texnik asbob-uskunalar bilan jihozlangan maktablarda bilim olishni aytmaysizmi? Mamlakatimizda o‘quvchi va o‘qituvchilari turli tanlov, musobaqa, fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktablar soni ortib bormoqda. Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi 11-maktab ana shunday ilg‘or maskanlardan sanaladi. Bu yerda qariyb

    ...
  • Qishning bir kuni

    Qish oxirlab olamga bahor iymanibgina mo‘ralayotgan bir paytda, sahargi shirin uyqusidan arang ko‘z ochayotgan kishi singari zamin uyg‘onmoqda. Qish ham hali hisobidagi kunlar oxiriga yetmagani va’jidan taxtda hokim kimligini bildirmoq uchun qovog‘ini soldi va bulutlarga amr etdi: “Qani yog‘ing, yog‘ganda ham oppoq qor elang. Aslo bo‘sh kelmang, hali bahor kelmog‘iga fursat bor. Dangasalik

    ...
  • Kichik kashfiyotlar

    Feruzaning ko‘p vaqti “Barkamol avlod” respublika bolalar ekologiya va o‘lkashunoslik markazida o‘tadi. U olti oydan buyon “Dizayn va to‘quvchilik” to‘garagiga qatnayapti. Qisqa vaqt ichida Feruza ustoz va tengdoshlaridan ko‘ylaklarga ajoyib, bejirim bezak berish sirlarini o‘rgandi. Yaqinda chevar bilan birgalikda oyisining ko‘ylagiga munchoqdan bezaklar tikib sovg‘a qildi. Qo‘l mehnati bilan

    ...
  • “Bo‘lmang bunchalar bebosh”

    Qaltis o‘yin

    Ko‘kda qora bulutlar

    O‘ynashar quvlashmachoq.

    Kalla solib bir-birin

    Burnini qilar pachoq.

     

    Chetdan boqib ohista,

    Nasihat qilar quyosh:

    – Bu axir qaltis o‘yin,

    Bo‘lmang bunchalar bebosh.

     

    Yig‘lasangiz, yomg‘irga

    To‘lib ketar hammayoq.

    Dehqonlarni

    ...
  • “Hozircha otim cho‘pdan...”

    Multik

     

    Ukam ko‘rar multikni

    Berilgancha juda ham.

    Ekranga lol tikilgan

    Chalg‘itib bo‘lmas hecham.

     

    – Uxla, – deya o‘rniga

    Yotqizaman chiranib.

    Ko‘zlarini yumadi

    Ko‘rpasiga o‘ranib.

     

    Der: – Uxlolmam akajon,

    So‘z bersam ham o‘zimga.

    Axir joylashib

    ...
  • Eslashni istamagan xotiralarim

    Tinchlik naqadar ulkan ne’mat ekanligini buvi va bobolaringizdan ko‘p marta eshitgansiz. Televizor esa deyarli har kuni notinch mamlakatlardan xabar berib turibdi. Bundan qirq yil muqaddam urush o‘chog‘iga aylantirilgan davlatlardan biri bizga qo‘shni bo‘lgan Afg‘oniston edi. 1979–1989-yillarda tinchgina yashayotgan mamlakat hududi jahannamga aylandi. Mustabid tuzumning harbiy kuchlari

    ...
  • Tinchlik

    Tongda yorishdi osmon,

    Yasharib ketdi jahon.

    Oftob jilmayib boqdi,

    Tafti borliqqa yoqdi.

    Dov-daraxtlar yashnadi,

    Qushlar qo‘shiq boshladi.

    Jaranglar shunday nido:

    Musaffo bo‘lsin samo!

    Musaffo osmon – tinchlik,

    Tinchlik – baxt, to‘kinchilik.

     

    Adiba RAHMONOVA,

    Toshkent shahar

    ...
  • Qor

    Osmon bugun bag‘rini ochib,

    Kumush qorlar tashladi sekin.

    Hosilini yig‘gan dehqonlar

    Xotirjam va juda ham erkin.

     

    Qor yog‘gani qishdan bir darak,

    Ilk bor soldi qalblarga tuyg‘u.

    Derazamdan boqib men unga

    Bu tun sira kelmadi uyqu.

     

    Qor qopladi butun olamni,

    Libosi ham tovlanar oppoq.

    Uni

    ...
  • Orzuim

    Orzu qilib, osmonlarga uchsam, deyman,

    Quloch yoyib, bulutlarni quchsam, deyman.

    Shoir bo‘lish asli menga orzu emas,

    Bu hayotda o‘z o‘rnimni topsam, deyman.

     

    Kitob to‘la pastakkina uyim bo‘lsa,

    Bog‘ ichida yo‘lakchasi yo‘lim bo‘lsa.

    Yolg‘onlarga yetaklovchi xayol emas,

    Dard begona baxtga to‘la she’rim

    ...
  • Yangi umid

    Yetaklaydi qalbim umidni,

    Quchoq ochar bizga kelajak.

    Bulutlarni etganda makon,

    Sho‘x yulduzlar so‘ylaydi ertak.

     

    Muhabbat urug‘i qadalgan,

    Qalbim nurli shaharlarida.

    Orzularim pichirlab aytdim,

    Ko‘klamoyning saharlarida.

     

    Otar axir, yulduzli tongim,

    Gurkiraydi umid chechagi.

    Fazolarga

    ...
  • Qish kechalari

    Daraxtlar uxlashar orom fasli bu,

    Ammo mudom bedor yurt ko‘chalari.

    Manzilga shoshadi kimdir beuyqu,

    Bunchalar uzun-ay qish kechalari.

     

    Uxlagan daraxtning shoxiga chiqib,

    Sayraydi qushlarning bir nechalari.

    Jahon adiblarin asarin o‘qib,

    Ilhom olayapman qish kechalari.

     

    Tongda chorlab turar meni ham

    ...
  • Sichqon

    Yugurib o‘tdi sichqon,

    Cho‘chib ketdim nogahon.

    Aqlimga sig‘dirolmam,

    Nega bunchalar chaqqon?!

     

    Alanglab u yon-bu yon,

    Yurar biram shod-xandon.

    “Hap senimi, shoshmay tur”,

    Deya qo‘ydim men qopqon.

     

    Xunobim oshdi chunon,

    Dilimni qilib xufton.

    Voy, bunchalar ayyor-ey,

    Qopqondan

    ...
  • Ustoz dardi

    Qancha azob berdim, qancha qiynadim,

    Qalbingga nechog‘li yetkazdim tilim?

    Qalb o‘zi neligin endi angladim,

    Gar kechira olsang, kechir muallim!

     

    Yodimda, maktabga ilk kelgan kunim,

    Deding: “Men bilan yur, aziz o‘quvchim.

    Ilmi komil bo‘lmoq bo‘lsa istaging,

    Sen qancha istasang o‘rgatay bilim”.

     

    Ertaga

    ...
  • Agarda

    Yo‘limni yoritmas ming bir shamchiroq,

    Huvillab qoladi har uy, har xonam.

    Torlar zavq berolmas kuyimga yangroq,

    Agarda yonimda bo‘lmasa onam.

     

    Bilmadim, bu qanday sinoat erur,

    Yer mendan baxtliroq, mendan-da ustun.

    Chunki u, chunki u aziz onamning,

    Qutlug‘ oyoqlarin o‘padi har kun.

     

    Malikaxon

    ...
  • Quyoshjon

    Tog‘ ortidan mo‘ralab

    Jilmayar bobo Quyosh.

    Har bir kun evaziga

    Ulg‘ayadi bir kun yosh.

     

    Hech qizg‘anmay, zar sepib,

    Yog‘du sochar olamga.

    Issiq mehri tufayli

    Do‘st tutingan odamga.

     

    Bobo quyosh, Quyoshjon,

    Saxiyliging yo‘qotma.

    Sen bilan dil nurafshon,

    Bizdan olislab

    ...
  • Diqqat, diqqat!

    “Gulxan”ga do‘st bo‘lganlar, ijod zavqin tuyganlar, eshitmadim, demanglar, bu yil “Gulxan” jurnali to‘qson yoshga to‘ladi!

    Shu munosabat bilan maxsus son chiqarish harakatidamiz. “Gulxan” jurnali, tahririyat va xodimlari bilan hayotingizda yuz bergan qiziqarli voqealar, xotiralar, noyob suratlar bo‘lsa, biz bilan o‘rtoqlashing. Maxsus sonning qiziqarli, o‘qishli chiqishiga hissa

    ...
  • Sir saqlashni bilasizmi?

    – Umida, nega ha deb “uff” tortaverasan, darsni ham eshitmayapsan, – dedi Sevara dugonasini turtib.

    – Bir narsadan qattiq xafaman. Iltimos, menga xalal berma.

    – Nimadan xafasan? Axir eng yaqin dugonangman-ku, aytaqol, balki muammoingni birgalashib yecharmiz.

    – Buni hech kimga aytolmayman. Bu – sir.

    – Menga ishonmaysanmi? Agar sir bo‘lsa, uni oshkor qilmaslikka

    ...
  • Rasmli hikoya

  • Toshdagi tarix

    Yaqinda o‘quvchilarimni viloyatimiz tabiati, tarixi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida G‘allaorol tumani hududida joylashgan G‘o‘bdin qishlog‘i va Qo‘ytosh qo‘rg‘oniga sayohatga olib chiqdim. Nurota tizma tog‘lari oralig‘ida joylashgan bu qishloqlar o‘ziga xos tarixga egaligi bilan ko‘pchilik e’tiborini tortgani bejiz emas ekan. Chunki biz ham sayohat davomida o‘lkamiz tarixidan yangi

    ...
  • “Gulxan” uchrashuvlari

    Fevral oyi tahririyatimiz uchun uchrashuvlarga boy bo‘ldi.

    Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 12-maktab, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 169-maktab, Olmazor tumanidagi 326-maktab o‘quvchilari bilan “Kitob – ma’naviyat quyoshi”, “G‘azal mulkining sultoni”, “Kitob – ulug‘ qadriyat” mavzusida o‘tkazilgan suhbatlarda bolalar inson hayotida kitobning o‘rni, buyuk mutafakkir

    ...
  • Andishaning oti – qo‘rqoq

    Ba’zi odam sermulohaza bo‘lib, birov nafsoniyatiga tegadigan gap aytsa ham, unga munosib javob qaytarishning, qattiq-qurum gapirishning o‘rni kelgan bo‘lsa ham, yaqinni, orqa-o‘ngini o‘ylab indamaydi, o‘zini tiyadi yoki muloyimlik bilan javob qaytaradi, andisha qiladi. Ba’zi odamlar esa buning farqiga bormay, “mendan qo‘rqib, indamay turibdi” deb o‘ylab, haddidan oshadi. Ana shunday hollarda

    ...
  • Oltin-kumush tosh ekan

    Rivoyat qilishlaricha, bir savdogar xurjunning bir yog‘iga oltin, bir yog‘iga kumush to‘ldirib, shu boyligiga ishongan holda, hech qanday oziq-ovqat olmay safarga jo‘nabdi. Uning yo‘li kimsasiz cho‘l-u biyobonga tushibdi. Zog‘ uchmaydigan bu yerlarda na suv, na ovqat bor edi. Haligi boy bir necha kun och-nahor nihoyatda holdan toyib, nima qilarini bilmay ketayotsa, qarshisidan bir gado chiqib

    ...
  • Tushdan chiqarilgan xulosa

    Qadim-qadim zamonlarda emas, hozirgi zamonda Jasur ismli bola bor ekan. Lekin uni ko‘pchilik o‘z oti bilan emas, balki Chalavoy deb chaqirar ekan. Chunki u juda ham dangasa, boshlagan ishini hech qachon tugallamas ekan-da. Chalavoy qish kunlarining birida o‘rtoqlari bilan qorbobo yasamoqchi bo‘libdi. Ammo, qorbobo yasayotgan paytida oyisi chaqirib qolibdi. U uyga kirib, hayratga tushibdi.

    ...
  • Kitob va boylik

    O‘zini shaharning olli boyi hisoblaydigan katta bir ishbilarmon Hasan Dashtiyning dovrug‘ini eshitib uning kulbasiga kelibdi va debdi:

    – Men sizni bunchalar faqir deb o‘ylamagan edim. Boshingizga bir kulfat tushsa harjlashga hech vaqongiz yo‘q ekan-ku. Mening boyliklarim bitmas-tuganmas. Ular har qanday xatardan sog‘-omon chiqishimni kafolatlaydi. Sizning mana bu kitoblaringiz qadriga

    ...
  • Kimga nima aziz

    Kunlarning birida odamlar Hasan Dashtiyni sinash maqsadida undan so‘rashibdi:

    – Agar Alloh: “So‘ra, bandam, – desa, nimani so‘ragan bo‘lardingiz?

    – Ko‘zlarimga ko‘proq nur so‘ragan bo‘lardim, – javob qilibdi donishmand.

    – Faqat shunimi? Boshqa hech narsa so‘ramasmidingiz? – hayron bo‘lishibdi odamlar.

    – Baliqqa suv qanchalar kerak bo‘lsa, ilm qilish uchun menga

    ...
  • “Ненастоящее” день рождения

    Hurmatli bolajonlar! Yil davomida sizga tinib-tinchimas qahramonlarim Gulshoda va Akbarshoh haqidagi hikoyalarimni rus tilida taqdim qilmoqchiman. Ularni mutolaa qilish va vazifalarni bajarish jarayonida rus tilini yanada mukammalroq o‘zlashtirib olasiz, degan umiddaman. Yil so‘ngida esa javoblaringiz asosida rus tili bilimdonini aniqlaymiz! Demak, buning uchun sizdan

    ...
  • Eng asosiysi

    1. Zoshchenko

     

    Andryusha juda qo‘rqoq bola. U hamma narsadan – itdan, sigirdan, sichqondan, hatto o‘rgimchakdan, ayniqsa, ko‘chadagi begona bolalardan qo‘rqardi.

    – Qo‘rqoqlik qanchalik yomonligini bilasanmi? Unutma, dunyoda faqat botirlargina baxtli yashaydi. Ular dushmanlariga qarshi chiqa oladi, samolyotni boshqaradi, yong‘in bilan

    ...
  • Kechikkan qaror

    Shukrullo boboga bog‘bonlik ota meros edi. U nafaqat o‘z bog‘i yoki tomorqasida, balki qo‘ni-qo‘shni hovlisida, ko‘cha-ko‘yda bo‘sh yer ko‘rsa, darhol o‘sha yerga ham nihol ekardi. Bobo tomorqasidagi o‘rik daraxti tagidan chiqqan niholni erta bahor ko‘cha yuzidagi ariq bo‘yiga ekdi. Mehr bilan parvarishladi. Chunki bobo, men olamdan o‘tib ketganimdan so‘ng ham odamlar bu daraxt mevalaridan

    ...
  • Yolg‘on gapirishni istamagan bola

    O‘n yoshli Tolibning ko‘cha tomondan yugurib kirib kelgani oyisining e’tiborini tortib so‘radi:

    – Nima bo‘ldi?

    – Sanjarlarga arra kerak ekan. – Tolib shunday dedi-da, shoshganicha asbob-uskunalar saqlanadigan ombor tomon yurdi. Oyisi jaxl bilan to‘xtatdi.

    – Hoy. Tolib, arra yo‘q, orqaga qayt.

    – Bor edi-ku, oyi.

    Oyisi darvoza oldida turgan Sanjarga bir

    ...
  • O‘zbekistondan Ispaniyaga

    Ashixaro-karate turi bo‘yicha Xalqaro turnir g‘olibi Aziza Tursunova Toshkent shahrida sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni egallab, Ispaniyada bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. U Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 17-maktabning 9-sinfida a’lo baholarga o‘qiydi. Chempion qiz namunali xulqi, odobi, kamtar va

    ...
  • “To‘yib nafas olaman...”

    Toshkent oqshomi

    Har qancha kech bo‘lsa ham

    Ko‘chada qaynar hayot.

    Toshkent oqshomi shudir,

    Doim yorug‘ va obod.

    Betakror bu go‘zallik

    Aks etar har ko‘chada.

    Havas-la unga boqib,

    Kayfiyat zo‘r barchada.

    Osmondagi yulduzlar

    O‘zaro shivirlashar.

    Sokin, o‘ychan tabiat

    Samo bilan

    ...
  • Vaqtimiz – baxtimiz

    “Dangasalik kasallikmi?” maqolasini o‘qib

    Do‘stlarim ichida Ilhombek kabi dangasalik kasaliga uchraganlari ham talaygina. Uy vazifalarini bizdan osongina ko‘chirib, yaxshi baho olishni istagan o‘quvchilar vaqtida dars qilmaslik dangasalik, o‘z-o‘zini aldash ekanligini bilisharmikin, deb o‘ylab qolaman. Men ham maktabga borgan kezlarimda dars

    ...
  • “Shoh va shoir” boshqotirmasi

    CHAYNVORD 1.Qomusiy avtobiografik asar. 2. Bobur Hindistonda poytaxt shaharga aylantirib, obod etgan maskan. 3. “Bobur” videofilmida bosh qahramon obrazini yaratgan aktyor. 4. Bobur muqaddas va aziz deb bilgan ona diyor. 5. She’riyat janri majmui. 6. Ijod sohibining she’riy

    ...
  • O‘lmas Umarbekov

    Shunday iste’dod egalari borki, tengdoshlari va zamondoshlarining hurmat-e’tiborini qozonish baxtiga muyassar bo‘ladilar. Buning ustiga o‘z zamondosh ustozlari e’zozidan bahra topadilar. Ijoddagi bunday holat faqat o‘sha iste’dodning baxtigina bo‘lib qolmay, balki u mansub bo‘lgan adabiyotning ham omadi, ravnaqidan bir dalolatdir.

    Ana shunday iste’dod sohiblaridan biri, xalqimizning

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.