Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil sonlari

2019-yil 3-son

  • Sizga haykal qo‘ydik Qashqadaryoda

    Bizga hamroh “suhbat, saboq, qayd”ingiz,

    O‘qiyapmiz she’r-u doston, baytingiz.

    Madhiyasiz tong otarmi, ayting Siz?

    Nomingiz o‘chmagay, takrordir yodda –

    Sizga haykal qo‘ydik, Qashqadaryoda.

     

    “Jannatga yo‘l”, “Ranjkom” va “Sohibqiron”

    Yetti iqlim aro dovrug‘i doston.

    “Munojot”ni o‘qib yig‘lar olomon,

    Bahr-u bayt

    ...
  • Bahorim, xush kelibsan

    Quchog‘ini gul-u chechaklarga to‘l­di­rib Navro‘zi olam kirib keldi. Tabiat qisqa fursatda o‘zining sokin, o‘ychan libosini o‘z­gar­tirib, turfa ranglarga burkandi.

    Bahorning ilk kunlarida hovlimizdan ko‘­­chaga chiqqim kelmay qoladi. Chunki bahor kelishi bilan erta ochiladigan binafsha, chuchmoma, nargis kabi ko‘p yillik gullarim ifori butun hovlini tutib

    ...
  • Oltin medallilar

    Siz O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya ijodini yaxshi bilasiz.Uning bir-biridan haroratli, dilbar she’rlarini sevib o‘qigansiz. Qalbingizda ezgulik, go‘zallikka muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otgan otashnafas she’rlar muallifi hayotda qanday inson bo‘lganligini bilishni har biringiz istaysiz, albatta. Unday bo‘lsa uzoq yillar “Saodat” jurnalida Zulfiya opa bilan

    ...
  • Issiq nondek tuyg‘ular

    Tilak natijasi yaxshi niyatda, deyishadi. Bundan bir necha yil muqaddam o‘quvchilarim orasida Parizoda tortinibgina she’r yozishga ishtiyoqi borligini bildirdi. Avvaliga mashqlariga nisbatan ancha qattiqqo‘llik qildim. Orada biroz arazlab ham oldi. Tanqidiy fikrlar faqat uning foydasi uchun xizmat qilishini tushungach, maslahatlarimga astoydil quloq tutdi. So‘ng uni tahririyatlar, matbuot

    ...
  • Mukofot muborak, qizlar

    “... Bu mukofotning eng katta ahamiyati shundaki, unga sazovor bo‘lgan har bir qizimizga yuzlab, minglab yoshlar havas qilib, ularga ergashadi. Yoshlar uchun ibrat timsoli – yetakchilik, liderlik timsoli paydo bo‘ladi. Eng muhimi, bunday ibrat o‘z qizlarimiz orasidan, o‘zimizning ma’naviy muhitdan yetishib chiqmoqda. Ularni ko‘rib, yoshlarimizda o‘ziga, o‘z kuchi va salohiyatiga ishonch,

    ...
  • Vodiy nasimlari

    “Yosh tarjimon” – “Young translator” tanlovimizning g‘oliblaridan biri Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 43-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Dinora Qurbonaliyeva. G‘olibimizga tanlov sovrinini topshirishda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Orifjon aka Dehqonov menga hamroh bo‘ldi. Maktab darvozasi oldiga yetib kelishimiz bilan viloyat teleradiokompaniyasi operatori tasvirga olishni boshlab

    ...
  • Yutuqlar kaliti

    Jurnalimizda e’lon qilingan “Yosh tarjimon” tanlovi sovrindori Durdona Xudoyberganova Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 7-maktab o‘quvchisi. G‘olibni taqdirlash uchun Bo‘kaga yo‘l oldik.

    – 7-maktab tumanimizning eng chekkasida Tojikiston bilan chegaradosh O‘rtatepa qishlog‘ida joylashgan. Maktab kichkina, lekin yutuqlari katta. “Zamonaviy ta’lim samaradorligiga erishgan ta’lim

    ...
  • Jahon maktablari haqida qiziqarli ma’lumotlar

    1. Rossiyada birinchi maktabni Petr I tashkil qilgan. Unda faqat o‘g‘il bolalar o‘qishardi.
    2. Amerika o‘quvchilari birinchi sinfda dars boshlashdan oldin, vatanimga sodiqman, deb qasamyod qilishadi.
    3. Chexiyada eng yomon baho – “5”, a’lo baho – “1” ekan.
    4. Norvegiyada o‘quvchilar 8-sinfgacha baholanmas ekan.
    5. Hindistonda bolalar 4 yoshdan maktabga
    ...
  • “Asl vatanparvardir kitobni do‘st bilganlar”

    Navro‘zim

    Boychechakdan salom keldi,

    Yalpizdan xush kalom keldi.

    Tuhfa aylab tolbargaklar,

    Navro‘zdan ehtirom keldi.

    Kel, gulyuzim, kel, sho‘x ko‘zim,

    Jon Navro‘zim, jon Navro‘zim.

     

    Yog‘ib berdi oq yomg‘irlar,

    Qizg‘aldoqzor bo‘ldi qirlar.

    Sayillarda yayradi dil,

    Yangrab ketdi

    ...
  • Prezident maktabida o‘qiyman

    Yurtimizda ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar, “Temurbeklar maktabi”, buyuk shoiralarimiz nomidagi Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyat olib bormoqdaki, u yerdagi iqtidorli, qobiliyatli, bilimga chanqoq o‘quvchi-yoshlar yuksak marralarni zabt etmoqdalar.

    Respublikamiz prezidenti

    ...
  • Maqtanchoq olmalar

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bog‘ qo‘ynida azim bir daraxt o‘sar ekan. Unda qirmiz tusli sersuv, shirin olmalar pishar ekan. Ularni ayniqsa bolalar xush ko‘risharkan. Qip-qizil, yirik olmalar ichida ikkitasi juda maqtanchoq ekan. Biri: “Men juda chiroyliman, xuddi yoqutdek tovlanaman” deb kerilsa, ikkinchisi: “Men juda mazaliman, yoqimli ifor tarataman” deb maqtanarkan.

    ...
  • O‘rtangan haqiqatlar

    Taniqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, jamoat arbobi, akademik, ustoz Naim KARIMOV o‘zbek adabiyoti tarixi va kelajagi uchun beqiyos mehnat qilgan va qilayotgan olim. Uning “Usmon Nosir”, “Usmon Nosirning so‘nggi kunlari”, “Hamid Olimjon”, “Hamid Olimjonning poetik

    ...
  • G‘aroyib fanlar bekati

    Siz maktabda qaysi fanni yoqtirasiz? Adabiyotnimi? Albatta, adabiyot bizning ruhiyatimizni tarbiyalab, yashirin ijodkorlik qobiliyatimizni yuzaga chiqaradigan fan. Matematika esa barcha fanlarning otasi. Biroq bu darslarni judayam zerikarli deydiganlar ham topiladi. Ammo dunyoda maktab o‘quv dasturiga kiritilgan shunday g‘aroyib fanlar bor ekanki, jadvaldagi ushbu dars soatlarini

    ...
  • Bahor ertagi

    Zumrad dalalarni bezatib maysa,

    Daraxt shoxlariga oppoq dur taqar.

    Go‘zal tabiatga oro, zeb berib,

    Xarsanglarni quchib daryolar oqar.

     

    Qushlar uchar tiniq samo qo‘ynida,

    Yalpizlar yashnaydi – bog‘larga bezak.

    Oftob sochar mehr zarralarini

    Zamin so‘ylar bahor atalmish

    ...
  • Qizg‘aldoq

    Ma’yus turma, lolaqizg‘aldoq,

    Bekor to‘kma ko‘zdan yoshingni.

    Mag‘rur turgin, sen mana bundoq,

    Gunohkordek egma boshingni.

    Qizg‘aldog‘im, ko‘p achinaman,

    Malol olma bu aytgan so‘zim.

    Tushunmadim, balki men nodon,

    Balki yerga qilarsan ta’zim.

    Tegib ketsam to‘kilar fusun,

    Buncha nafis, nozik yaproqsan.

    Kuylab o‘tdi

    ...
  • Temir yo‘llarda

    Temir bo‘lish kerak irodasi ham,

    Bizning temir yo‘lda ishlamoq uchun.

    Halollik qo‘lidan ushlamoq kerak,

    Temir yo‘l nonini tishlamoq uchun.

     

    Mening dadajonim temir yo‘lchidir,

    Mehnat qilmoqdalar ko‘p yildan buyon.

    Zahmatkash, fidoyi mehnatlari-chun,

    Qalbdan faxrlanib ketaman chunon.

     

    Charchamang, deyman

    ...
  • Ona mehri

    Ona mehri cheksizdir,

    Daryolarga tenglashar.

    Ona hurmati uchun

    Osmon yerga engashar.

     

    Tubsiz mehri tufayli

    O‘ynab, kulib o‘saman.

    Quyosh kabi nur sochib,

    Shamol bo‘lib esaman.

     

    Shamsinurxon TOLIBJONOVA,

    Sirdaryo viloyati Guliston shahar

    16-maktab 5-sinf

  • Ukamning varragi

    Muzlar erib, suvlar oqib,

    Bahordan berdi darak.

    Daraxtlar kurtak yozib,

    Ukam uchirdi varrak.

     

    Quloch ochib varragi

    Keng samoni quchardi.

    Ukam quvonib, chopib

    Varrak bilan uchardi.

     

    Sevinch MUSURMONOVA,

    Qashqadaryo viloyati

    Yakkabog‘ tumani

    54-maktab 8-sinf

  • Yurtimda Navro‘z

    Osmonni to‘ldirib uchar varraklar,

    Bolalar shodligi dunyolarga teng.

    Barchaning qalbida ezgu tilaklar,

    Yosh-qari, hashar, deb shimarishgan yeng.

     

    Ko‘klam nafasidan tuyib nahorda,

    Boychechak noz bilan ko‘taradi bosh.

    Yetishdik ming shukr, gulga, bahorga,

    O‘smalar qo‘yishgan qizlar qalamqosh.

     

    Moviy

    ...
  • Gul ekdim

    Mayin shamollar yeldi,

    Loladan ifor keldi.

    Qorlar quyoshga taslim,

    Bahorim, ko‘rkam faslim.

     

    Qaldirg‘ochlar uchganda,

    Ko‘kni qushlar quchganda.

    Gulga qo‘nsa kapalak,

    Yaproqlar chalar qarsak.

     

    Bahorda gullar ekdim,

    Xo‘p ishladim, ter to‘kdim.

    Rahmat, dedi chamamda,

    O‘sib chiqdi

    ...
  • Tong otadi

    Tong otadi ko‘hna zaminda

    Ko‘zlarimda porlaydi bir nur.

    Ona diyor quchoqlarida

    Tashna yurak topadi huzur.

     

    Tong ko‘zlarin ohista ochib,

    Dilga joylar ajib bir tuyg‘u.

    Uni qarshi olgan qaroqlar

    Olam aro taratar yog‘du.

     

    Tong ishqalab uyquli ko‘zin

    Dilxonamdan simirar ifor.

    Go‘zal yurtim

    ...
  • Lahzasi tarix

    Teran falsafaga boydir tarixi,

    Dunyosi, o‘tmishi mashaqqatga boy.

    Har bitta lahzasi, har bitta kuni

    Tarix kitobiga kirar hoynahoy.

    Ko‘zlarda qalqiydi quvonchli yoshlar

    Bizlarni kelajak yo‘liga boshlar.

    Ozod, hur Vatanni barpo etay deb

    Jonin fido qilgan qancha dildoshlar.

     

    Sumayya

    ...
  • Sichqonlar suhbati

    Sichqonboy ajablanib

    Gap qotadi do‘stiga.

    Quloqlari qiyshaygan,

    Dumi ham yo‘q, ustiga.

     

    – Qo‘shni dumingiz qani,

    Katta o‘lja topganda?!

    – Shu o‘ljani deb mening,

    Dumim qoldi qopqonda.

     

    Ilyosbek DONOBOYEV,

    Toshkent viloyati Angren shahar 6-maktab 6-sinf

  • Umrim guli

    Mayli, yuzingizga ajinlar tushsin,

    Mayli sochingizda oq ranglar uchsin,

    Umr sizni bag‘riga mahkamroq quchsin,

    Baxtimga bor bo‘ling, onajonginam.

     

    Mudom tojlar kiying hayot qo‘lidan,

    Joy oling, onajon Makka yo‘lidan,

    Sizga tuhfa tutdim umrim gulidan,

    Baxtimga bor bo‘ling, onajonginam.

     

    Charos

    ...
  • Yomg‘irdan so‘ng

    Tun yarmidan oshgan mahalda

    Uyqu bermay shitirlar yomg‘ir.

    Shunday go‘zal, shod lahzalarda,

    Xayol olib qochadi g‘ir-g‘ir.

     

    Chopqir o‘ylar ketdi chopqillab,

    Maktab, fanlar, do‘stlarim tomon.

    Orzu belanchagi uxlatib

    Qo‘yganini bilmabman shu on.

     

    Niginabonu NURILLAYEVA,

    Buxoro

    ...
  • O‘zganing haqi

    Katta tanaffusga qo‘ng‘iroq chalinishi bilan bolalar “duv” etib tashqariga otilishdi. “Hozir hammasi maktab oshxonasiga borib, mazza qilib ovqatlanishadi, – o‘yladi Hamid partasiga qaytib o‘tirarkan. – Buvimning pensiyasi cho‘zilib ketmaganda, menga pul berardilar. Men ham bufetdan issiqqina somsa olib yerdim”.

    Hamid beixtiyor parta tagida turgan Ergashning tarix kitobini varaqladi.

    ...
  • Gullar suhbati

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Yurgan yo‘lida tabiatga zarar yetkazadigan Jahongir ismli sho‘x bola bo‘lgan ekan. U ko‘cha-ko‘yda ko‘zi tushgan gullarni uzib, daraxtlarning shoxlarini sindirarkan. Kattalar, “unday qilma”, deb nasihat qilsa ham sira quloq solmas ekan. Bir kuni Jahongir ariq bo‘yida uchib yurgan kapalakning ortidan quvlab, mahalladagi katta bog‘ga yetib kelganini ham bilmay

    ...
  • Madinaning marralari

    Agar o‘quvchilardan qaysi fanga ko‘proq qiziqasan, deb so‘ralsa aksariyat o‘g‘il bolalar jismoniy tarbiya yoki matematika, qizlar esa adabiyot fani, deydi. Tengdoshingiz Madina biologiya fanini yaxshi ko‘rar ekan. Tuproqda unayotgan har bir giyoh, niholning mo‘jizasi va turfa xilligiga bo‘lgan qiziqish uning izlanishlar olib borishiga turtki bo‘ldi. O‘smir qiz ilmiy ixtirolari bilan iqtidorli

    ...
  • Do‘stlik g‘olib

    Odatda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari “Kimning sinfi kuchli?”, “Kim zo‘r?” deb tortishishadi. Afsuski bunday tortishuvlar ba’zan janjallashishgacha yetib boradi.

    Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 193-maktab bolalari bu muammoni hal qilishning juda antiqa, juda zavqli yo‘lini topishibdi. Bu qanaqa usul ekan, deysizmi?

    Mard maydonda sinaladi, degan xalq maqoliga amal

    ...
  • Oqibat ildizi

    Bir qishloqda boy bilan kambag‘al yigit qo‘shni ekan. Boy ziqna, badfe’l, yigit esa ochiq yuzli, hammaga birdek nafi tegadigan, oqko‘ngil ekan. Boyning adirlarga tutashib ketgan serhosil yerlari o‘rtasidan oqqan ariq yigitning bir parchagina tomorqasi chetidan o‘tib qishloqqa kirarkan. Boy qishloq ahlining shodliklari, tashvishlarigayam aralashmas ekan. Bog‘laridagi daraxtlarning shoxlari

    ...
  • Безупречная доброта

    Гулшода и Акбаршох – удивителные ребята. Они не устают напоминат друг другу все свои добрые деяния и при этом доводит упрёками.

    – А помниш, я позавчера перевела тебе английский, даже спасибо не сказал, – вспоминает Гулшода.

    – А я полчаса учил с тобой хором стихотворение, – не уступает Акбаршох.

    – Я тоже полчаса прижимала монету к твоему лбу, когда ты ударился об

    ...
  • A box full of care

    The story goes that some time ago, a man punished his 3-year-old daughter for wasting a roll of gold wrapping paper. Money was tight and he became infuriated when the child tried to decorate a box to put under the Christmas tree. Nevertheless, the little girl brought the gift to her father the next morning and said, “This is for you, Daddy”.

    The man was embarrassed by his earlier

    ...
  • Alexander Fleming

    His name was Fleming, and he was a poor Scottish farmer. One day, while trying to eke out a living for his family, he heard a cry for help coming from a nearby bog. He dropped his tools and ran to the bog. There, mired to his waist in black muck, was a terrified boy, screaming and struggling to free himself. Farmer Fleming saved the lad from what could have been a slowand terrifying

    ...
  • Yaxshilikning bahosi

    Umidjon maktabidan qaytayotib qo‘llaridagi yukning og‘irligidan qadamini zo‘rg‘a sudrab bosayotgan cholga yetib olibdi. Otaxonga salom bergach:

    – Bobojon, qo‘lingizdagi xaltalardan birini menga bering, ko‘tarishib yuboray, – deb cholning o‘ng qo‘lidagi kattakon xaltani olibdi...

    Manzilga yetib borishgach, Umidjon xaltani darvozaxonaga asta qo‘yib chol bilan

    ...
  • Yaqinlaringizga guldasta tuting

    Poytaxtimizning T. Shevchenko nomli ko‘chasidan o‘tayotib zamonaviy ko‘rinishdagi oynavand do‘konda noan’anaviy dastalangan gullarga ko‘zim tushdi. Guldastani go‘yo o‘zga sayyoradan kelgan sehrgar yasaganga o‘xshar edi. Yaqindan tikilib qaradim. “Rostdan ham tabiiy gullarmi yoki sun’iymi?” deb savol berdim o‘zimga. Bu savollar meni “Infinity” deb nomlangan do‘kon ichkarisiga

    ...
  • Cho‘pon tayog‘i

    Tayoq tog‘li joylarda sayohatchiga eng yaqin yordamchi. Qiya, sirpanchiq, ko‘pincha bir tomoni jarlik bo‘lgan tog‘ so‘qmoqlarida tayoq yo‘lovchiga tirgak bo‘ladi. Tik va nishabliklarda biroz engashib yurishga to‘g‘ri keladi. Bunday paytda og‘irlikning bir qismi tayoqqa tushib, oyoqqa yordam beradi. To‘satdan oyoq ostidan chiqib qoladigan ilonlar ham tayoqdan qo‘rqadi.

    Yomg‘irli tunda

    ...
  • Ismaloqli salat

    Kerakli mahsulotlar: 1 dona sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq kunjut yog‘i, 1 bog‘ ismaloq, 1 osh qoshiq soya sousi.

    Tayyorlanishi: Ismaloqni tozalab yuvib, qaynab turgan suvga solib 1 daqiqa qaynatiladi. Qozondan olib oqib turgan sovuq suvda chayiladi. So‘ng yaxshilab kaft bilan siqib idishga solinadi. Soya sousi, kunjut yog‘i, sarimsoq solib

    ...
  • Karam salati

    Kerakli mahsulotlar: 1 dona sabzi, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 1 choy qoshiq shakar, 1 choy qoshiq tuz, ta’bga ko‘ra ko‘kat, 200 gramm karam, 200 gramm qizil karam, bir chimdim kunjut.

    Tayyorlanishi: Ikkala karam mayda qilib to‘g‘raladi. Sabzi ham somoncha shaklida to‘g‘raladi. Shakarga tuz qo‘shib aralashtiriladi. 1 soatdan keyin suvi chiqqan

    ...
  • Bahoriy salat

    Kerakli mahsulotlar: 200 gramm smetana, 1 bog‘ ismaloq, rediska va ko‘kpiyoz, ukrop, 3 dona tuxum, 3 dona bodring, salat bargi, tuz, murch.

    Tayyorlanishi: Ko‘kpiyoz va shivit(ukrop) maydalab to‘g‘raladi. Ismaloqni yuvgach maydalangan ko‘katlar bilan aralashtiriladi. Bodring va rediska yarim oy shaklida to‘g‘raladi. Piyozni avval halqa shaklida

    ...
  • Kartoshka va ko‘katli kotlet

    Kerakli mahsulotlar:1 kilogramm kartoshka, 1 choy qoshiq tuz, 2 dona tuxum, yarim choy qoshiq murch va ko‘katlar.

    Tayyorlanishi: Kartoshkani qirg‘ichdan chiqarib, suvidan siqib olinib tuz, tuxum, murch va ko‘katlar solib aralashtiriladi. Keyin kotletga o‘xshatib shakl beriladi. Tovaga yog‘ solib qizdiriladi. O‘rta olovda bir tomoni 10 daqiqa, orqa

    ...
  • Yilnoma

    1. Toshkentda I Xalqaro kinofestival ochilgan yil. 2. Qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan yil. 3.O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib metropoliten qurilgan yil. 4. Osiyo va Afrika yozuvchilarining “Toshkent ruhi” konferensiyasi o‘tkazilgan yil. 5. “Kerak bo‘lsa qalam miltiq bo‘lur!” degan
    ...
  • Kim biladi-yo shuginani-yo

    (1-sonda e’lon qilingan mantiqiy jumboqlarga javoblar)

     

    1-javob: U kishi 50 yoshda, nabirasi 1 oylik chaqaloq. Nabirasining yoshi oylar bilan hisoblangani uchun 600 barobar katta bo‘la oladi.

    2-javob: Bemor birinchi dorisini ichgan vaqt 6:00 bo‘lsa, ikkinchi dorisini 06:30 da,

    ...
  • Halima Xudoyberdiyeva

    O‘zbek adabiyoti, she’riyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan hassos shoira Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dehqon oilasida dunyoga keldi. O‘rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universitetiga kirib o‘qidi. 1975–1977-yillarda Moskvadagi oliy adabiyot institutida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini Yoshlar nashriyotida boshlagan shoira 1972-yilda

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.