Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil sonlari

2019-yil 7-son

  • Shavkatingni shohsupaga olib chiqqan,

    Pahlavonlar saflarini yorib chiqqan,

    “Zoʻrlar ichra zoʻr boʻlay!”, deb gʻolib chiqqan,

    Oʻgʻlonlaring madh etmasam boʻlmas, Vatan!...

     

    ...Rustam, Rishod, Diyorbeklar diyorisan!

    Elmurodning koʻksidagi tumorisan!

    Muhammad-u, Murodjonning iqbolisan!

    Ixtiyordek ishonchlari soʻnmas,

    ...
  • Olimpiya nimaligini, unda qanday sport turlari boʻyicha bahs yuritilishini barchangiz yaxshi bilasiz. Shiddatli bahslariga boy bu sport bayrami haqidagi bir-biridan qiziq maʼlumotlarni ham istalgancha keltirish mumkin. Eng ahamiyatlisi esa dunyo miqyosida Xalqaro Olimpiya kunining taʼsis eʼtilganidir. Yaʼni 1894-yilning 23-iyun sanasida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ)ga asos solingach,

    ...
  • Yorqin tuygʻularga, ifodalarga boy, joʻshqin va jozibadorligi, goh shodon, goh mahzun ohanglarga yoʻgʻrilgan sheʼr va dostonlari bilan xalqimizning sevimli ijodkoriga aylangan Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon AZIM yurtimizning eng goʻzal goʻshalaridan biri Boysun oʻgʻloni.

    Shoirning xalq hayotini bunchalar teran anglashi boisini bilishni istasangiz, bolalik

    ...
  • Shu yilning 3-iyul kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida Zominning xushmanzara va bahavo goʻshasi boʻlmish “Oʻriklisoy” oromgohida anʼanaviy Yosh ijodkorlar respublika seminari oʻz ishini boshladi.

    Toshkent shahridan Zomin sari koʻrkam avtobuslarda yoʻl olgan mamlakatimizning atoqli adiblari va yosh ijodkorlari avval Jizzax shahriga kirib,

    ...
  • Maysalaring kuylardek mayin,

    Saharlaring tugamas kitob.

    Samolarda sayr etsa quyosh,

    Tunlaringda bor toʻlin mohtob.

     

    Dalalarda koʻklamning isi,

    Yosh-u qari birdek xursand, shod.

    Bolalarning begʻuborligi

    Koʻngillarni qiladi obod.

     

    Andijonim, yuksalgin mangu,

    Goʻzal boʻlgin har dam va har

    ...
  • Nomimdir boboyongʻoq,

    Senga boʻlayin oʻrtoq.

    Kuz faslida pishaman,

    Qoqma, oʻzim tushaman.

     

    Sen menga jahl qilib,

    Kaltaklasang gar yuzim.

    Yongʻoqchamdan otaman,

    Koʻkarib chiqar koʻzing.

     

    Shahlo TEMIROVA,

    Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqur oʻqitishga hamda

    ...
  • (Oʻzbekiston qahramoni Abdulia Oripov haykali poyida)

     

    Bir shoir yashadi har lahza yonib,

    Faqat el quvonchin, dardin oʻylagan.

    Oʻz qaygʻu, shodligi, tashvishi qolib,

    Onajonim, deya xalqin kuylagan.

     

    Bulbulga aylangan toʻtilar sarson,

    Topolmay arzirli biror qofiya.

    Eh, doʻstlar

    ...
  • Sahar ayyom bulbul alyor aytgan mahal,

    Madhing kuylab ashʼor bitsam, tutsam qalam.

    Olloh bergan jamolingga boʻlsam mahtal,

    Yuzlashmoqqa yuz topmadim, oltin vodiy,

    Husningga mos soʻz topmadim, oltin vodiy.

     

    Anor rangin koʻchirganda yanoqlarga,

    Gilam yozay dalang quchgan soʻqmoqlarga.

    Qamar izlab boqmagayman

    ...
  • Xalqimizning suyukli shoiri Tolib Yoldosh tavalludining 100 yilligiga

     

    Bilasizmi, bolalar?

    Zoʻravon kim, qoʻrqoq kim,

    Bilasizmi, bolalar?

    Bularning har ikkisi –

    Qoʻrqoq, koʻzi olalar.

    Zoʻravonlik nomiga,

    Asli qoʻrqoq oʻzlari

    Sagʻal gapga jiringlab,

    Ola-kula

    ...
  • Vatan

    Koʻp gapirma bu haqda, bolam

    Maqtayverish osonga oʻxshar.

    Iftixoring samimiyatdan

    Yiroq boʻlar yolgʻonga oʻxshar.

    Sevmak kerak uni onangday

    Tanda joning omon turguncha.

    Soʻnggi oning, soʻnggi nafasda

    Yurak soʻnggi marta urguncha.

     

    Dorboz

    ...
  • Yaqinda muzeyimizga oʻrta yoshlardagi bir ayol kirib keldi-da:

    – Maktabda adabiyot oʻqituvchisi boʻlib ishlayman, taʼtilda Toshkentga kelgandim. Muzeyni bir koʻrib ketay, dedim. Iltimos, iloji boʻlsa, bir ekskursavod biriktirib bersangiz, koʻrganlarimni yaxshilab tushunib olardim, – dedi.

    – Oʻquvchilaringizni ham olib kelganingizda ularga qiziqarli dars boʻlardi.

    ...
  • Oʻquvchilarning ayni taʼtil kunlarida qoʻshni Qozogʻiston Respublikasining Almati shahridan bir guruh oʻquvchi yoshlar “Gulxan” bilan yaqindan tanishish maqsadida tahririyatimizga kelishdi. Ularga Qozogʻistondagi “Turkiy tildagi jurnallar jamgʻarmasi”ning xodimi, jurnalist Naziya Joʻyamergen qizi yoʻlboshchilik qildi. Oʻzbekistondagi bolalar nashrlariga qiziqib qolgan Naziya xonim bundan olti

    ...
  • “Istirohat”lik bolalar boshlanadigan yangi oʻquv yilida eng faol, eng aʼlochi oʻquvchilar safida boʻlishlari aniq. Chunki ular oʻzlari oʻqiydigan Uchtepa tumanidagi 236-maktabda tashkil qilingan “Qaldirgʻoch” sogʻlomlashtirish oromgohida mazza qilib dam olishdi. Yaxshi dam esa mehnatga hamdam.

    Bolalar oromgohda jismonan chiniqish bilan birga maʼnaviy olamlarini, bilimlarini ham

    ...
  • Yozuvchi Yusuf FAYZULLOning nomi sizga tanish. Chunki Yusuf aka yangi hikoyalari bilan jurnalimizda tez-tez qatnashib turadi. Yaqinda “Niso poligraf” nashriyotida bolajon yozuvchining “Boyvachcha bolakayning sarguzashtlari” nomli kitobi nashr etildi. Bu kitob qahramonlari havas qilsa arziydigan intiluvchan, serharakat bolalar. Hikoyalarni oʻqir ekansiz mehnatkashligi,

    ...
  • Onamga yigʻladim: – Kiyimim eski,

    Bunaqa koʻylakni kiymayman hecham!

    Onam der: – Shukr qil! Qaysidir yurtda

    Senday bolalarning yoʻq ishtoni ham.

     

    Onamga oʻkindim: – Poyabzal kerak,

    Eskisi zahira boʻlib turibdi.

    Onam der: – Shukr qil! Qaysidir yurtda

    Sendayin bolalar yalang yuribdi.

     

    Onamning soʻzlari

    ...
  • Hovlimizdagi gullar,

    Rang-barang goʻzal ular.

    Nomlarin bir-bir aytsam,

    Salomlashar men bilan.

     

    Nafis va xushboʻy atrin

    Yon atrofga taratar.

    Mehmon kelsa uyimizga

    Havas bilan qarashar.

     

    Munavvar MUROTALIYEVA,

    Toshkent tumani 17-maktab 5-sinf

  • Vatanim, biz sening ishonch faxringmiz,

    Bagʻringda oʻsyapmiz erkin, bemalol.

    Tinmasdan kuylagim kelar madhingni,

    Taʼrifga til ojiz, qalam bemajol.

     

    Kitoblarni oʻqib boyitib fikrim

    Sodda haqiqatni bildim dafʼatan.

    Taʼzimda bosh egib, iqrorim degum: –

    Oddiydan yaralgan buyuksan, Vatan!

     

    Zarofat

    ...
  • Vatanim, biz sening ishonch faxringmiz,

    Bagʻringda oʻsyapmiz erkin, bemalol.

    Tinmasdan kuylagim kelar madhingni,

    Taʼrifga til ojiz, qalam bemajol.

     

    Kitoblarni oʻqib boyitib fikrim

    Sodda haqiqatni bildim dafʼatan.

    Taʼzimda bosh egib, iqrorim degum: –

    Oddiydan yaralgan buyuksan, Vatan!

     

    Zarofat

    ...
  • Hali ancha ishlarim chala,

    Xayolda ne oʻtadi ilkis.

    Kim yurt deya yonib yashasa,

    Baxti boʻlsin iloho toʻkis.

     

    Havasim yoʻq Amerikaga,

    Qiziqmayman Yevropaga ham.

    Oʻz yurtimning ostonasini

    Ehromlardan aslo past koʻrmam.

     

    Tushda kezdim bir goʻzal jannat,

    Loyiq boʻlay shunday

    ...
  • Biz odobli bolamiz,

    Hatto bogʻcha yoshida.

    Odob saqlab turamiz,

    Dasturxonning boshida.

     

    Qoʻlni yuvmasdan turib,

    Ovqat yeyish mumkinmas.

    Duo qilinmay turib,

    Ketdim, deyish mumkinmas.

     

    Eng avval bobojonlar,

    Taomga qoʻl uzatsin.

    Shoshqaloq bolajonlar,

    Xatolarin

    ...
  • Maroqlidir bolalik chogʻi,

    Maktabdagi shoʻxliklar bisyor.

    Muallimlar qalb bogʻbonlari,

    Uqtiradi ilmni takror.

     

    Goh qolamiz darsda bahslashib,

    Sinfdoshlar, oʻrtoqlar bilan.

    Koptok quvlab yuramiz goho

    Zerikmaymiz, chekmaymiz hech gʻam.

     

    Ulgʻayamiz yetuk shaxs boʻlib

    Vatanimiz koriga

    ...
  • Muqaddassiz hamisha,

    Sizga borim baxshida,

    Borligingiz yaxshi-da,

    Onajonim, onajon.

     

    Mehribonsiz, duogoʻy:

    – Boʻyingga qoʻshilsin boʻy! –

    Deysiz, – faqat koʻrgin toʻy, –

    Onajonim, onajon.

     

    Humoyun ASROROV,

    Qarshi shahar 4-maktab 7-sinf

  • Pagʻa-pagʻa bulutlar

    Oq koʻrpaga oʻxshaydi.

    Pishadi totli tutlar,

    Mevalarin toʻshaydi.

     

    Quyoshni bulut toʻsib,

    Chaqmoq koʻkni yondirar.

    Koʻnglim boradi oʻsib,

    Zavqli izlar qoldirar.

     

    Yomgʻir yogʻar chelaklab,

    Bir yonda shamol halak.

    Rizq unadi elaklab,

    Gulga qoʻnar

    ...
  • Chizish, boʻyashdir ishim,

    Men qalamman, qalamman.

    Ayni rasm darsida

    Rang-barang bir olamman.

     

    Ilhom berib tolmasman,

    Yosh rassomning quroli.

    Oʻquvchi papkasida

    Anjomlarning qiroli.

     

    Jasur ELBOBOYEV,

    Toshkent shahar Yashnobod tumani

    244-maktab 5-sinf

  • Fantastik qissa

     

    “Bu bolalar nega bunchalik qoʻpol, dagʻal? – oʻzicha oʻylardi Akbar. – Bir-birlarini hurmat qilishni bilishmaydi. Maysalarni payhon qilib, daraxtlarni sindirishdan zavqlanishadi. Duch kelgan jonivorlar-u maxluqlarni yeyishdan tap tortishmaydi. Bu ketishda oʻrmonga qiron kelishi hech gapmas-ku! Savodlari ham joyida emas. Oddiy

    ...
  • Ilk bor onam bilan kutubxonaga bordim. Kutubxona peshtoqidagi “Kitob – mening doʻstimsan” degan yozuvni koʻrib, “Kitob insonga qanday doʻst boʻlishi mumkin, axir, u jonsiz-ku?!” degan savol tugʻildi. Oʻsha kuni birinchi marta qoʻlimga uch jildli “Oʻzbek xalq ertaklari” kitobini oldim.

    Ertaklarga qiziqib ketganimdan, birinchi jildni bir haftadayoq oʻqib tugatdim. Qolganlarini ham xuddi

    ...
  • BEKOR TURGUNCHA BEKOR ISHLA

    Xalqimiz asrlar davomida yaratgan son-sanoqsiz maqollar orasida mehnatsevarlik mavzuiga oidlari salmoqli oʻrin tutadi. Ularda xalq turli misollar, oʻxshatishlar vositasida mehnatni sevishga daʼvat etadi. Buning boisi shundaki, mehnat – inson hayotining maʼnaviy boyligi, moddiy manbai va salomatlik garovidir. Bunda: “Tek turguncha tekin

    ...
  • Yoz – quvnoq oromgoh, totli muzqaymoq va zavqli favvoralar fasli. Uch oy taʼtilda miriqib dam olish, sayohatlarga chiqish, istalgan toʻgarakka qatnashish bir olam taassurotlar qoldiradi. Afsuski, serquyosh oʻlkamizning tarovatli, qaynoqqina yozi maroqli hordiq va qiziq oʻyinlar orasida salomatligingizga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ayrim kasalliklarni chetlab oʻtolmaydi. Bunday

    ...
  • Любимая игра Гульшоды и Акбаршоха “А ну-ка, угадай!”. А сегодня бабушка загадала такую загадку, что им пришлось долго ломать голову. “Раньше это у меня было, а сейчас нет”, – сказала бабушка.

    – Это что-то съедобное?

    – Нет!

    – Тогда это ваше золотошвейное платье, – с уверенностью протараторил Акбаршох, – раньше оно у вас было, а сейчас нет.

    – Не угадал! –

    ...
  • King Minos was very sick. His condition was getting worse. He had three sons. He loved them all. He had to announce who would become king. Two of the princes stood waiting outside the kingʻs room. Theseus was the oldest and strongest. He thought his father would make him king. Pelias, the second son, thought differently. He was an expert with weapons. He thought, the king would choose him.

    ...
  • Nilufar tushga yaqin maktabdan qaytdi. Onasi Farida opa tayyorlagan tushlikni chala-chulpa yeb, likopchadagi olmaday qizarib turgan yumshoqqina ikkita shaftolini koʻtargancha dam olgani xonasiga kirdi. Birini ishtaha bilan yedi, ammo ikkinchisining poʻchogʻini archishga erinib toʻshakka choʻzildi. Uyqusi kelmadi...

    – Shu issiqda qayoqqa yoʻl olding? – Hovli darvozasidan chiqib

    ...
  • Kitob va asarlar insonga eng yaqin doʻst va maslahatgoʻy, deb eshitganman. Ammo bu gaplarga aslo ahamiyat bermasdim. Toʻgʻrirogʻi, ishonmasdim. Hozir tengdoshlarimga bir sirimni ochmoqchiman. Men juda erinchoq va dangasa edim. Ish qilgim kelmas, koʻp zerikardim. Ayniqsa, uyda bir oʻzim qolsam, xayolimni allaqanday qoʻrquv egallab olib, vahimaga tushib qolardim. Shunday paytlarda dadam bilan

    ...
  • Kichikligimdan oʻzim yoqtirgan qahramonlarning qiyofasini yaratish, ichki dunyosi va sarguzashtlarini aks ettirishni orzu qilardim. Badiiy adabiyotga qiziqishim ertaklardagi turli qahramonlarni yaqindan tanish imkonini berdi. Maktabimizda tashkil etilgan “Yosh qalamkashlar” toʻgaragiga qatnab, yozgan ertak va hikoyalarim bilan avval ilm maskanimizda, soʻngra tuman hamda viloyat tanlovlarida

    ...
  • Zabt etarmiz marralar,

    Chempion ming karralar,

    Ovozamiz taralar,

    Biz chempion bolalar.

     

    Mashqlarda toblanamiz,

    Sinovga chogʻlanamiz,

    Quvnaymiz, shodlanamiz

    Biz chempion bolalar.

    Murabbiylar oʻrgatar,

    Yuksaklarni koʻzlatar,

    Tilim biyron soʻzlatar

    Biz chempion

    ...
  • Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Rahmat Fayziyning “Hazrati inson” romanining bosh qahramoni. 2. “Hozir ham u nimagadir yosh boladay ayasining... larini qoʻmsaydi”. Oʻ. Hoshimov. Qalbingga quloq sol. 3. “Oʻzbek xalqi... larga nisbatan

    ...
  • Usmon Azim 1950-yil 13-avgustda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi Gaza qishlogʻida tugʻildi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)da tahsil oldi.

    Oʻzbekiston radiosi adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh muharririyatida (1976–1988), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1988–1989), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida (1991–1994), “Savdogar” gazetasida

    ...

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.