Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2019-yil sonlari

2020-yil 7-son

  • Kezayotir yoz

    Keng oʻlkam boʻylab

    Kezayotir yoz.

    Oʻng-u soʻlimga

    Toʻshab poyondoz

    Kezayotir yoz,

    Bezayotir yoz.

    Daraxt shoxida

    Turfa xil meva.

    Men pishdim, deya,

    Qilmoqda jilva.

    Bogʻbonni eʼzoz

    Qilgandayin yoz

    Sochmoqda quyosh

    Nur-u harorat.

    Asli jon-tanga

    Huzur-halovat.

    Yayrab

    ...
  • Birlashgan oʻzar

    Aziz oʻquvchilar, bu yil yozgi taʼtil kunlari har doimgidek serzavq va taassurotlarga boy oʻtmadi. Ayniqsa, aholi zich yashaydigan poytaxtda karantin munosabati bilan uyda qolgan bolalar biroz zerikib qolishganidan xabarim bor. Ha, oromgohlar ishlamadi, suv havzalari, toʻgaraklar huvillab qoldi. Hatto sayrgohlarga chiqish, hayvonot bogʻi va boshqa dam olish maskanlariga borish ham taʼqiqlab

    ...
  • Taʼtildagi takliflar

    Hormanglar, bolalar! Taʼtil yaxshi oʻtyaptimi? Bilamiz, yaxshi bolalar soy va anhorda choʻmilib, bepoyon yaylovlarda, qoʻy-qoʻzi, echki-uloqlarni quvalab, tomorqasida yoki fermer dadasining dalasida mehnatda chiniqib, dov-daraxtlar, sabzavotlar bilan “tillashib”, aniqrogʻi dehqonchilik, bogʻdorchilik sohasida, mahoratini oshirib, sport bilan doʻstlashib dam olyapti. Karantin sabab “Barkamol

    ...
  • Koʻngilni yoritgan mehr giyohi

    Taniqli oʻzbek shoirasi, bolalar ijodkori, “Doʻstlik”, “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibasi, “Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibasi Zulfiya MOʻMINOVAni katta-yu kichik juda yaxshi taniydi. ShoiraningBolaga kitob bering nomli sheʼrini esa bugun respublikamizda yod olmagan bola boʻlmasa kerak.

    Zulfiya opaning “Vatan tashlab ketmaydi”,

    ...
  • Oʻrmondagi “armiya”

    Jonzotlarga bilsangiz,

    Oʻrmon – yagona Vatan.

    Qoʻriqlashar tun-u kun,

    Boʻlishar bir jon-u tan.

     

    Fillar “harbiylar” uchun

    Zoʻr binolar quradi.

    Lochin – “Havo hujumi”,

    Hamlaga shay turadi.

     

    Nazardan chetda qolmas,

    Hech ne. Suvda-chi, dema.

    “Hammasi nazoratda!”,

    Nahang – “Suv osti

    ...
  • Oqil sovringa loyiq

    Kitob oʻqib, “Spark” yuting,

    Kitob zardir – ziyodir.

    Oʻqiganlar kam boʻlmas,

    Tilsimga boy dunyodir.

     

    Kitob hayot mazmunin

    Chizib berar, bilib qoʻy!

    Anglamoqchun dunyoni

    Kitob oʻqi, surma oʻy.

     

    Kitob bilsang, yoʻl boʻlar,

    Hamma ishga qoʻl boʻlar.

    Yoʻqotganing topasan,

    Senda aql

    ...
  • Gʻildirak

    Bir vaqtlar gʻildirakni

    Dumalatib yurardim.

    Koʻchada gʻizillatib,

    Dadil javlon urardim.

     

    Goh oʻng qoʻl, goh chap qoʻlda

    Aylanardi gʻildirak,

    Qishloqni gir aylanib,

    Chiqar edim pildirab.

     

    Soʻng juftgʻildirakli – shayton

    Aravada xoʻp uchdim.

    “Ichak-chovogʻin” ochib –

    Yigʻib, suv

    ...
  • Alvon rang koʻylak siri

    Davomi. Boshlanishi bu yerda.

    Qalqon botir himoyasida

    – Ishingizga aralashmoqchi emasman-u, ammo qandaydir muammoga qoʻshilib qolganingiz aniq. Balki sizga yordam bera olarman? – debdi Kumushning xafaligini koʻrgan

    ...
  • Uyda qoling

    Qashqadaryo viloyat teri-tanosil kasalliklari shifoxonasida faoliyat yuritayotgan Asqar MAJIDOV qalbi sheʼriyatga, adabiyotga oshufta inson. Garchi shifokor boʻlsalar-da, shoirlik ham u kishiga begona emas. Asqar akaning “Ona”, “Yoshlik”, “Sabr”, “Oʻzbegim ayollari” kabi sheʼrlarida atrofdagi voqea-hodisalarga befarq emasligi, oʻziga xos fikri, qarashlari borligi sezilib

    ...
  • Shifo bagʻishlovchi neʼmatlar

    Togʻjambil

    Togʻjambil (ruschada chabrets) xushboʻy oʻsimlik, uning tarkibidagi efir moyida mikrobga qarshi moddalar – timol, shuningdek achchiq, boʻyovchi va oshlovchi moddalar, smolalar, mineral tuzlar bor. Togʻjambil oʻti mikroblarga qarshi va tinchlantiruvchi xususiyatga ega.

    Aziz bolajonlar, togʻjambil qaynatmasi va suyuq ekstraktini yuqori nafas yoʻllari

    ...
  • Sheʼriyat saboqlari

    Davomi. Boshi bu yerda.

     

    Ana endi sheʼrning tuzilishi haqida soʻzlashsak boʻladi. Sheʼr nimadan tuzilgan? U, eng avvalo, vazndan iborat. Ularni aruz vazni, barmoq vazni va erkin (sarbast)ga ajratamiz. Arablar istilosidan keyin turkiy xalqlar sheʼriyatiga ham aruz sheʼriy tizimi kirib keladi. 9-10-asrlarda esa arab va

    ...
  • “Mitti yulduz jilolari” toʻgaragi aʼzolarining mashqlaridan

    Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tashkil etilganiga uncha koʻp vaqt boʻlmagan esa-da, bu maktab oʻquvchilari allaqachon ulugʻ ustozga munosib voris ekanliklarini isbotlashga ulgurishdi. Ular respublika miqyosida ijodkor bolalar oʻrtasida tashkil etilgan “Hayot goʻzal, hayotga qoʻshil”, “Yilning eng yaxshi isteʼdodli shoiri” kabi bir qator

    ...
  • Oʻquvchim – faxrim

    “Bilagi zoʻr birni, bilimi zoʻr mingni yiqar” deb xalqimiz bejiz aytmagan. Bu soʻzlar hozirgi davrda ayniqsa, ahamiyatlidir. Chunki ilm insoniyatning eng katta doʻsti, hamkoriga aylandi. Yoshlarimiz bilimi, aql-u zakovati bilan nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda oʻzlarini namoyish qilishga erishmoqdalar. Buni yosh grossmeyster – maktabimizning eng faol jamoatchi oʻquvchisi Javohir Sindorov

    ...
  • Eh, qushlar, qushlar

    Bolajonlar, goh yoqimli ovoz bilan sayrab dilimizni zavqlantiradigan, goh biyron-biyron gapirib bizni hayron qoldiradigan, osmonda erkin-erkin qanot qoqib, suvda miriqib-miriqib shoʻngʻib, sahroda shamoldan tez yugurib mahoratini namoyish qiladigan qushlarni bejizga, qanotli doʻstlarimiz deb atamaymiz. Chunki ular bogʻ va polizlardagi, gʻallazor va dalalardagi hasharotlarni qirib bogʻbon va

    ...
  • Meni kichik Olim deyishadi

    Ertaklarni, sarguzasht-fantastik asarlarni oʻqishni yaxshi koʻradigan bolalar, eshitmadim demanglar, yozuvchi Otabek QUVVATOVning yaqinda nashrdan chiqqan “Olimjonning sarguzashtlari yoxud zamon va makon oraligʻida” nomli kitobi sizga yaxshi sovgʻa boʻldi. Kitob voqealarini oʻqir ekansiz asar qahramoni Olimjon bilan ajabtovur voqealarni boshingizdan

    ...
  • Mahobatli togʻlar

    Dunyo gʻaroyibotlaridan hayratlanuvchi aziz oʻquvchilar! Navbatdagi sahifamizda Sizlar uchun yer yuzining eng ulkan, maftunkor va viqorli togʻlari haqida yana Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 6-maktabning geografiya oʻqituvchisi Ziyodulla aka Astanaqulov maʼlumot beradilar. Oʻylaymizki, ushbu ruknda berib borilayotgan qiziqarli maʼlumotlar geografiya fanini mukammalroq

    ...
  • English time

    My dear friends, letʼs today talk about world poetry, children poetry. Hmmm, first of all do you interested in poetry? Write me about topics which you are interested in by t/me. dilnavoz_najimova. I hope you will love these poems.

     

    Who has seen the wind

     

    Christa Rosetti

     

    Who

    ...
  • “Gulxan” bilimdoni

    1-savol: Yaqin-yaqindan boshlab, Hindistonda ushbu moslamaga avtomatik ishlaydigan kichik musiqali mexanizm oʻrnatilà boshlandi. Bu mexanizmda faqat bitta musiqa, yaʼni anʼanaviy dafn marshi yangraydi. Diqqat savol, faqat dafn marshini chaladigan kichik mexanizm nimaga oʻrnatilmoqda?

     

    2-savol: Xitoy rivoyatiga koʻra, bir kuni xon oʻz

    ...
  • Foydali bitim

    Bir millioner uyga benihoya xursand boʻlib qaytdi: yoʻlda baxtli uchrashuv yuz beribdi, undan katta foydaning daragi kelib turganmish.

    – Shunday omad ham kelarkan-a? – dedi u uyidagilarga. – Pul pulni topadi, deganlari bejiz emas ekan. Mana mening pulim pul chaqirayotir. Oʻzi nima gap desalaring-chi! Yoʻlda notanish odamni uchratib qoldim. Men u bilan soʻzlashmoqchi ham emasdim, ammo

    ...
  • Ozon – hayot himoyachisi

    Ona sayyoramizni oʻrab turgan va bizni Quyoshning zararli nurlaridan himoya qilib kelayotgan Ozon qatlami haqida eshitgansiz. Biz ozon qatlamini koʻrmaymiz, qanday qilib u bizni himoya qilishi mumkin, deyapsizmi? Keling, bu haqida batafsilroq bilib olaylik.

     

    Ozon qatlami nima?

    Siz oftob uribdi, degan iborani bilasiz.

    ...
  • “Parvoz zavqin tuyasan...”

    Joʻjaxoʻrozning degani

    Mening dadamdir xoʻroz,

    U juda ham xushovoz.

    Lekin biroz jahldor

    Chunki masʼul ishi bor.

    Borliqqa sochib jarang,

    Qichqiradi erta tong.

    Titratib togʻ-u toshni

    Uygʻotadi quyoshni.

     

    “Ushalmagan orzu”

    Osmonlarda uchishni

    Orzu qilgandi

    ...
  • Erkin Aʼzam

    Erkin Aʼzam 1950-yili 10-avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1967–1972).

    Oʻzbekiston radiosida muharrir (1972–1976), “Guliston” jurnalida xodim, adabiy kotib, (1976–1981), “Yoshlik” jurnalida boʻlim mudiri (1981–1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.