Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2019-yil sonlari

2020-yil 9-son

  • Mening vatanim

    Dunyoda eng nurli yurt – mening vatanim,

    Mevasi ming turli yurt – mening vatanim.

     

    Dunyoda eng shirin soʻz – mening vatanim,

    Bolalari mehmondoʻst mening vatanim.

     

    Dunyoda eng yashil bogʻ – mening vatanim,

    Tillodan ham asilroq – mening vatanim.

     

    Dunyoda eng gul diyor – mening vatanim,

    Baxt ulashib

    ...
  • Ozodlik uchun kurashganlar

    Aziz muxlislar, barchamizga maʼlumki 2001-yildan buyon 31-avgust sanasi mamlakatimizda Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadi. Shoʻro davrida yurtimizda minglab begunoh insonlarning umri xazon boʻlgani, qancha-qancha oilalar parokanda va xonavayron boʻlib, bolalar yetim qolganini tarix va kelajak avlod hech qachon unutmaydi.

    Xalqimizning fidoyi va matonatli

    ...
  • Bolalik – boylik

    Bugungi kunda mamlakatimizda “Sariq devni minib”, “Sariq devning oʻlimi” asarlari kirib bormagan birorta xonadon boʻlmasa kerak. Nafaqat bugungi maktab oʻquvchisi, balki ularning bobo-yu buvilari, ota-ona, aka-opalari uchun ham asar qahramoni Hoshimjon oʻz akasi, oʻz ukasi, oʻz doʻstiday qadrdon. Asar muallifi Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi TOʻXTABOYEV – har bir oʻzbekning

    ...
  • Bahouddin Naqshband

    Ravshan bobo toʻngʻich nabirasini ona yurti Buxoroga olib bordi. Lekin mashinasini uyda emas Kogon shahri yaqinidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohi yonida toʻxtatdi. Firdavs bu yerga tavobga kelayotgan gurra-gurra odamlarni koʻrib bobosidan hayrat bilan soʻradi:

    – Dodajon, odamlar nega buncha koʻp, ular hammasi Naqshband boboni taniydimi?

    – Ha bolam, bu ulugʻ avliyo zotni

    ...
  • Oddiylikka aylangan murakkablik

    Mart oyida yurtimizga kirib kelgan tojdor virus koʻpgina tashkilot va muassasalar ish faoliyatini vaqtincha toʻxtashiga sababchi boʻldi. Ammo shunday kasb egalari borki, ular pandemiya sharoitida ham faoliyatdan toʻxtashmayapti. Ana shunday kasb egalaridan biri – ustozlar siz aziz bolajonlarning bilim olishingiz, kelajakda har tomonlama komil inson boʻlib ulgʻayishingiz uchun tinim bilmay

    ...
  • Sevimlisiz, ardoqlisiz, suyuklisiz

    Ustozlar

    Nurli yoʻldan boshlab, qoʻldan yetaklab, siz,

    Ezgulikni sochmoqdasiz etaklab, siz,

    Koʻkka eltgan imkonlarsiz, parvozlarsiz,

    Najot bergan, hayot bergan ustozlarsiz.

     

    Sevimlisiz, ardoqlisiz, suyuklisiz,

    Begʻuborsiz, bezavolsiz, buyuklisiz,

    Yozilmagan qancha sheʼr-u bayozlarsiz.

    Ustozlarim,

    ...
  • Bir quchoq oʻt

    – Ayajon, gulzorni oʻt bosib ketibdi, – dedi Abduazim hovliga kira solib.

    – Ha, sen yoz boʻyi qishloqda boʻlding. Men esa... vaqt topib qarolmadim, – dedi ayasi.

    – Abdulhamid-chi?

    – Ukang hali yosh-da.

    – Mayli, ayajon. Hali quyosh ketib, soya tushsin, oʻzim oʻtab qoʻyaman, – dedi Abduazim.

    – Barakalla, oʻgʻlim, – dedi ayasi xursand boʻlib. – Egatlardagi

    ...
  • Parashyutchi mushuklar

    Tasavvur qiling, daraxtdan yoki narvonning tepasidan yiqilib tushgudek boʻlsak albatta, biror joyimiz shilinadi, qoʻpolroq tushsak oyoq yoki qoʻlimiz eti eziladi, xatto suyaklarimiz sinadi ham. Ammo mushuklarni tomdan yoki baland terakning tepasidan otib yuborishsa ham sakrab tushishadi-yu yana hech narsa koʻrmaganday, hech qanday jarohat olmay xotirjam yurib ketaverishadi. Siz esa bundan

    ...
  • Saidbekning yutuqlari

    36 yildan buyon boshlangʻich sinflarga dars beraman. Har gal birinchi sinfni qabul qilib olganimda avvalgilarga oʻxshamagan isteʼdodlarni kashf qilaman. Saidbek Rumxonov ham mening yangi topilmam. U oʻqishga kelgan dastlabki kunlaridanoq sersavolligi, har bir mavzuni sinchiklab soʻrashi, soʻz boyligining koʻpligi bilan eʼtiborimni tortdi. Buning sababini oilasi bilan tanishgach bilib

    ...
  • Oltinga teng xazina

    Gulhayoning buvisi juda bilimdon, ilmli ayol. Nabiralariga ham juda mehribon. Qaysi nevarasi nima soʻrasa, erinmay javob beradi.

    Bir kuni Gulhayo buvisining yoniga kelib soʻradi:

    – Shuncha narsani qayerdan oʻrgangansiz, buvijon?

    – Savolingning javobi oltinga teng xazinamda, – dedi buvisi.

    – Qani oʻsha oltinga teng xazinangiz? Menga ham koʻrsating.

    ...
  • Qutlugʻ ostona

    Olmos mening yuragim,

    Tolmas mening yuragim.

    Kim aytadi sheʼrimda

    Qolmas mening yuragim.

    Qudrat HIKMAT

     

    Sheʼriyat olami – qutlugʻ olam. Sheʼriyat olamini, jumladan, bolalar sheʼriyatini ham yuzlab, oʻn minglab ijodkorlar yaratadilar. Bu olam

    ...
  • Oʻzbek

    Tomirida oqar Temurning qoni,

    Iymon-eʼtiqodga sodiqdir oʻzbek.

    Mehr-muruvvatga chulgʻangan bori,

    Oʻzini anglagan millatdir oʻzbek.

     

    Bugʻdoy boshoqlari tinchlik ramzidir,

    Oppoq paxtalarda oppoq orzular.

    Tinchlikni tilaydi, tinchlik istaydi,

    Oʻzini anglagan millatdir oʻzbek.

     

    Navoiy hikmatin diliga

    ...
  • Mehr

    Bahorimda otgan kurtaksan,

    Chamanlarga chiroy qoʻshguvchi.

    Tonggi nafis, sof hislarimni

    Quchogʻingga olib suyguvchi.

     

    Ilk bor ochib yumuq koʻzimni,

    Seni tuydim onam bagʻrida.

    Erkalatib, oʻpib yuzimni,

    Qoʻllarimdan tutganlarida.

     

    Oʻzingdirsan eng yaxshi darmon,

    Madadkorsan betob

    ...
  • Azim Buxoro

    Yurtim jamolining bir boʻlagidir,

    Koʻhna va boqiydir bu azim shahar.

    Qadim binolar-u minor, qalʼalar

    Soʻzlaydi tarixni, quloq tutsang gar.

    Asrlar zarbiga soʻnmay dosh bergan

    Togʻday buyukliging qayda yashirin?!

    Koʻm-koʻk samodami yo shu tuproqda?

    Loldirman, izlayman bilolmay sirin.

    Balki Ibn Sino tergan giyohda,

    Balki

    ...
  • Oppoq bulut

    Erta tongdan osmonda

    Oppoq bulut suzmoqda.

    Bulutga tikilgancha

    Ukam savol bermoqda:

     

    – Osmondagi paxtaqand,

    Qachon yerga tusharkan?

    Shirin boʻlsa kerak-a?!

    Taʼtib koʻrsam boʻlarkan...

     

    – Ukajonim, bulutlar

    Shamollarda oʻynaydi.

    Senga aytsam ularni

    Sira ham yeb

    ...
  • “Orzu” adabiy toʻgaragi aʼzolari mashqlaridan

    Yangiyoʻl tuman gazetasi qoshidagiOrzu adabiy toʻgaragiga Oʻzbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tamal toshini qoʻygan. Mana yarim asrdirki, bu toʻgarak yangiyoʻllik isteʼdodlarga ustozlik qilmoqda. Bolalar adabiyoti rivojiga munosib hissa qoʻshgan Abdurahmon Akbar, Muhayyo Toʻlaganova, Obid Rasullar ham shu toʻgarakda kamol topishgan. Bugungi kunda toʻgarakka isteʼdodli

    ...
  • Dalada bir kun

    Kecha kech yotganimdan ertalab dadamning gaplarini zoʻrgʻa ilgʻadim. “Bugun dalaga bormaysan. Qoʻqondan buving keladi. Ayang bilan kutib olinglar, men kechroq kelaman. Omon qassobdan goʻsht olib kel. Dadam aytdi, berasiz ekan, suyagi boʻlsa kerakmas, degin”. Bu gaplarni eshitdim-u, xoʻp dedimmi yo deyishga ulgurmadimmi, uxlab qoldim. Tursam, soat allamahal boʻlibdi. Uxlayverib, qovoqlarim ham

    ...
  • Online dars kerakmi?

    Aziz oʻquvchilar! Bilasiz, yurtimizda pandemiya tufayli hozirgi kunda koʻpgina muassasalar oʻz ishini toʻxtatdi, jumladan maktablar ham. Darslar masofaviy oʻqitildi. Shu bois koʻpchilikni bir savol qiynayapti – maktablar ochilishi kerakmi yoki darslar onlayn tarzda oʻtilavergani maʼqulmi? Keling, bu haqida tengdoshlaringizning fikr va mulohazalariga quloq tutaylik. Onlayn darslarning

    ...
  • Useful mobile apps

    Hi my dear friends... We are studying online due to quarantine time. Today we want to introduce useful mobile apps. Whether you want to teach your preschooler the ABCs or read a great interactive story, yes, thereʼs an app for that.

     

    Khan Academy Kids After providing and confirming an email address, parents create a user

    ...
  • “Gulxan” bilimdoni

    1-savol: Bitmay qolgan ish; inson tanasining bir qismi; peshona teri bilan topilgan pokiza neʼmat; qilgan nojoʻya ishlar uchun koyish va oʻyinga yolgʻon aralashtirib nohaq oʻynash. Bu tushunchalarning umumiyligi nimada?

     

    2-savol: Har birimiz yoshligimizda juda koʻp ertaklar, fantastik asarlar oʻqiganmiz. Yalmogʻiz kampir, uch boshli

    ...
  • Allergiya – yot taʼsir

    Sobirjon ertalab uyqudan turib, bilaklaridagi kichik qizil nuqtalarni qashlarkan, “kechasi bilan chivinlar mazza qipti-da” deb oʻyladi. Lekin bu “chivin chaqishlari”ga beparvo yuraverdi. Bora-bora uning tanasining har yerida qichishish, qizarish alomatlari kuchaya boshladi. Sobirjon esa televizor tomosha qilayotganda ham, dasturxon boshida ham qornini, bilaklarini beixtiyor qashlab yuraverdi.

    ...
  • Shifo bagʻishlovchi neʼmatlar

    Bolajonlar, vujudingiz sogʻlom va baquvvat boʻlishi uchun, avvalo, u vitaminlarga toʻyingan boʻlishi kerak. Shunda immun tizimingiz mustahkam, turli xastaliklarni yengishingiz oson boʻladi. Bunda sizga turli dorilardan koʻra koʻproq sabzavotlar yaqin koʻmakchi boʻla oladi. Sholgʻom, sabzi va turp kabi shunday shifobaxsh sabzavotlar tarkibidagi bir necha vitaminlar salomatligingiz uchun koni

    ...
  • Opa-singil sportchilar

    – Onajon, Zarina opamga oʻxshab chaqqon boʻlgim keladi, biroq uddalay olmayapman. Nima qilsam ekan?! – dedi Mohira maktabdan qaytgach. – Hali jismoniy tarbiya oʻqituvchisi opamni maqtadi.

    – Dadang kelsin, gaplashamiz, – qizini bagʻriga oldi, Manzura opa. Kechki ovqat paytida Manzura opa Mohiraning gapini Rahmatilla akaga yetkazdi.

    – Boʻldi, buning chorasini topamiz, – jilmaydi

    ...
  • Gullarimiz uchun “uycha”

    Yangilikka ishtiyoqmand, mohir qoʻlli tengdoshlar, salomatmisiz? Bugun siz bilan uyimizdagi yashil doʻstlarimiz – gullar va oʻsimliklar uchun ajoyib “uycha” yasashni oʻrganamiz. Uyingizdagi gultuvakning koʻrinishidan qoniqmayapsizmi? Balki, siz ajoyib gullar ekmoqchisiz-u lekin ularga munosib idish topolmayotgandirsiz. Gullarni yaxshi koʻradigan doʻstingiz yoki dugonangizga original

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    Ota oʻgʻlidan soʻradi:

    – Bino besh qavatdan iborat. Har qavatdagi zinaning 22 tadan pogʻonasi bor. Beshinchi qavatga chiqish uchun qancha pogʻona bosish kerak?

    – Hammasini-da!

     

    ***

    – Tipratikan nima bilan oziqlanadi?

    – Kaktus yesa kerak-da.

     

    ***

    – Oʻzidan tok oʻtkazuvchi qanday buyumlarni

    ...
  • “Oltin fasl” boshqotirmasi

    Zanjir holida: 1. Qovun sayillarida oʻtkaziladigan bahs. 2. Mayizbop uzum navi. 3.Yerni kelgusi yil ekin ekishga tayyorlash jarayoni. 17. Kuzda ham ekiladigan piyozlar turkumiga mansub sabzavot. 18. Kuzda pishadigan, qishga saqlanadigan qovun navi.

    Boʻyiga: 4.

    ...
  • “Matematika” topqirlik mashqlarining javoblari

    “Matematika” boshqotirmasi

    CHAYNKROSSVORD 1. Shar. 2. Romb. 3. Bir. 4. Radikal. 5.Logarifm. 6. Mediana. 7. Algoritm. 8.Minimum. 9. Miqdor.

    ...
  • Husniddin Sharipov

    Husniddin Sharipov 1933-yil 10-fevralda Namangan viloyatining Pop shahrida tugʻildi. Toshkent qishloq xoʻjalik instituti oʻrmon-melioratsiya fakultetida tahsil oldi.

    Namangan oʻrmon xoʻjalik idorasida injener (1954–1956), “Namangan haqiqati” gazetasida adabiy xodim va masʼul kotib (1956–1960), “Oʻzbekiston madaniyati” gazetasida adabiy xodim (1960–1962), “Sharq yulduzi” jurnalida

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.