Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2019-yil sonlari

Qizlarjon

  • Orasta qiz

    Ismim Tursunoy. Maktab “Orasta qizlar” to‘garagi raisi yordamchisiman.

    Men aslida yaxshigina erkatoy, maktab formasini kiyishni xush ko‘rmaydigan, taqinchoqlar taqishni yoqtiradigan, arang “3” va “4” baholarga o‘qiydigan injiqqina qiz edim. Hammasi “Orasta qizlar” to‘garagiga sardor saylashdan boshlandi. Sinfimizdagi qancha qizlar sardor bo‘lishni orzu qilib turgan bir paytda sinf

    ...
  • Iqror

    Har kuni ertalab boshim qattiq og‘rib, o‘zimni lohas his qilaman. Buvim esa “Bu hammasi uyqudan kech turish va kam harakat qilishdan. Qiz bola epchil, chaqqon bo‘lishi lozim”, deya ta’kidlaydilar. Choyni xush ko‘ruvchi buvim har gal choynak ko‘tarib kirsam, meni maqtovlarga ko‘mib tashlaydilar...

    Bu gal ham hozir maqtov eshitaman, degan o‘yda choyni ohista quyib uzatdim. Buvim choyni

    ...
  • Yillar o‘tib…

    Manzura maktabdan kelgach, xonasiga kirib ketganicha hadeganda chiqavermadi. Ishdan kelib oshxonada kuymalanayotgan onasi qizidan xavotirlanib oldiga kirganida u kiyimlarini ham almashtirmay o‘rnida yig‘lab yotardi.

    – Nima bo‘ldi, nega yig‘layapsan? – dedi onasi qizining yelkasidan tutib.

    – Oyijon, men endi u maktabda o‘qimayman. Iltimos, meni boshqa maktabga o‘tkazing, – dedi

    ...
  • Oqila qiz yondaftariga

    Qadrli singiljonim! Endi siz kechagi arqon sakrab, qo‘g‘irchoq, “o‘rtaga tushar” o‘ynab yurgan, jajji qizaloq emassiz. Ilgari uyda barcha mas’uliyatni oyingiz o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, endi maktabdan qaytganingizda sizni bir talay yumushlar kutib turadi. Sezyapsizmi, bo‘yingiz cho‘zilib, ulg‘ayganingiz sari kayfiyatingiz tez-tez o‘zgaradigan, salga xafa bo‘ladigan odat chiqardingiz. Xavotir

    ...
  • Aldov

    Tohira opa ishga ketishga endi otlangan edi ham-ki telefon qo‘ng‘irog‘i jiringlab qoldi. Shoshib go‘shakni ko‘tarsa, to‘ng‘ich qizi Naimaning sinf rahbari Xolida opa ekan. Tohira opa “Tinchlikmikan”, degan xavotirda muallima bilan so‘rashdi:

    – Hoziroq maktabga kelishingizni iltimos qilaman. Ikki kun avval sinfimning uch nafar o‘quvchi qizi sababli maktab direktoriga tushuntirish xati

    ...
  • Qiz bolaning husni

    Mukarram aya mehmondan qaytganda nabirasi Malika unga peshvoz chiqdi.

    – Assalomu alaykum, yaxshi keldingizmi, – buvisining qo‘lidagi tugunni oldi Malika. – Buvijon, charchadingizmi yoki birov xafa qildimi, negadir xomush ko‘rinasiz? – so‘radi hovlidagi kursiga ohistagina o‘tirgan buvisining chehrasiga xavotirlanib qaragancha.

    – Baraka top, bolam, hammayoqni chinniday qilib

    ...
  • Qulog‘ingizga gapim bor

    Qizlarjon, mening asal qizlarim, rostini aytsam, sizga havasim keladi. Chiroyingizga, oyog‘ingizdan o‘t chaqnashiga, fikringiz teranligi-yu, hayotingiz hali oldinda ekaniga. Ko‘p pand-u nasihatlarni ota-onangiz, ustozlaringiz va uyingizdagi keksalardan eshitgansiz. Ularning gaplari oldida meniki biroz maydaroq tuyulishi mumkin. Lekin aytmoqchi bo‘lganlarim kundalik turmushning zarur

    ...
  • Foydli maslahatlar

    1. Chovgumning tagiga tuz yig‘ilmasligi uchun uni suv bilan to‘ldirib, 1 choy qoshiq iste’mol sodasi solib, qaynating. So‘ngra qaynoq suv bilan chaying.

     

    1. Go‘shtqiymalagichdan go‘sht chiqargandan keyin undan kartoshka yoki bir bo‘lak nonni ham o‘tkazib olsangiz yuvish oson
    ...
  • Sir saqlashni bilasizmi?

    – Umida, nega ha deb “uff” tortaverasan, darsni ham eshitmayapsan, – dedi Sevara dugonasini turtib.

    – Bir narsadan qattiq xafaman. Iltimos, menga xalal berma.

    – Nimadan xafasan? Axir eng yaqin dugonangman-ku, aytaqol, balki muammoingni birgalashib yecharmiz.

    – Buni hech kimga aytolmayman. Bu – sir.

    – Menga ishonmaysanmi? Agar sir bo‘lsa, uni oshkor qilmaslikka

    ...
  • Aʼlochi qiz – yaxshi qiz...mi?

    Sinfdoshim Dilbar bilan qoʻshniman. Maktabda ham, baʼzi qoʻshnilarimiz ham uni yaxshi, odobli qiz, deyishadi. Lekin men bu fikrga unchalik ham qoʻshilmayman. Tagʻin, oʻzi hamma qizlar shunaqa, bir-birini sirayam maqtamaydi, deb oʻylamang. Gap boshqa yoqda. Balki quyidagi voqelarni oʻqib, siz ham fikrimga qoʻshilarsiz.

    Sinfda Dilbar oʻrta partada oʻtiradi. Ustoz birortamizni doskaga

    ...
  • Koʻngilga ekilgan havas

    Gulnoza tabiatan shoʻx, shaddod qiz boʻlishiga qaramay, hamma fanlardan aʼlo bahoga oʻqiydi. Nogoh biror fandan toʻrt baho olib qolsa bormi?! Qovogʻini uyib, arzimagan gapga ham yigʻlab, uydagilarning koʻnglini xira qilib oʻtiradi.

    Tojdor virus sabab maktablarda yangi oʻquv yili oʻz vaqtida boshlanmadi. Boshlanganida koʻpchilik oʻquvchilar maktabda oʻqishni xohlashdi, ayrim bolalar

    ...
  • Egizaklar

    Arofat xola oshxonaga kirdi-yu, kechki ovqatdan so‘ng yig‘ishtirib olingan idish-tovoqlarning haligacha yuvilmaganini ko‘rib, jahli chiqdi.

    – Zuhra-yu, – deb chaqirdi nevara qi­zi­ni. Zuhra eshitmadi chog‘i, hadeganda kela­ver­madi.

    Arofat xola nevara qizlari – Fotima va Zuhraning xonasi tomon yurdi. Xona eshigini asta ochib, ichkariga razm tashladi. Fotima

    ...
  • Kamera yozuvidagi haqiqatlar

    Onalar majlisiga bordim. Namoyishlar zali to‘la onalarni ko‘rib ajib his qildim o‘zimni. Yuzlab lolani o‘stirgan mehri daryo bog‘bonlar to‘plangan edi go‘yo. Ammo direktor opa so‘z boshlagach... mening qizim tilga olinmasa-da, uyatdan noqulay holga tushdim. Chunki opa umumiy gap orasida kimligini aytmagan ba’zi yuqori sinfda o‘qiydigan qizlarning “kamerasi bor maktabda yigit bilan

    ...
  • Qulog‘imda qolgan o‘git

    To‘g‘risini aytaman,  unchalik a’lochi qiz emasman.  Maktabda  o‘zimni a’lochiday ko‘rsataman. Bilmaydigan savolim tushib qolsa,  gapni olib qochishga harakat qilaman, lekin o‘qituvchilarimiz darrov bilib olishadi. “Mayli,  harakating uchun” deb, “4” baho qo‘yib berishadi. Maktabda yaqin dugonam yo‘q, desa ham bo‘ladi, chunki dilimdagi doim tilimda. Bu xislatim

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.