Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

2016-yil 6-son

  • Toy bolam

    Toydek bo‘lib yurgin bolam,

                  toy-toy bolam, toy-toy bolam,

    Boshingda nur sochgan quyosh,

                  qalbingda topsin joy bolam.

     

    Kulsang qiqirlab qoldi

    ...
  • Yo‘li uzun manzillar

    Aziz mushtariylar, “Sog‘lom ona va bola yili”dagi eng katta ta’til kunlarini boshlab yuborganingiz bilan tabriklayman. Bilasizmi, ikki son oralig‘ida sizga aytadigan gaplarim ko‘payib, o‘rtoqlashmoqchi bo‘lgan fikrlarim yig‘ilib qoladi, sizlarni sog‘inib ketaman. U oydan bu oygacha qayerlarga bordik, kimlar bilan

    ...
  • Kitob – qalb kamoli

    An’anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinayotgan Respublika “Kitob bayrami” kitobxonlarning chinakam ma’nodagi o‘zaro do‘stlik shodiyonasiga aylanib bormoqda. 26–28-may kunlari poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan navbatdagi ijodiy bayram “Adabiyotga e’tibor

    ...
  • Eng yaxshi do‘st

    Sevimli nashringiz – “Gulxan” jurnali yillar davomida iste’dodli yoshlarni yuzaga chiqarib kelmoqda. Hozir xalqimizning sevimli ijodkoriga aylangan O‘zbekiston xalq shoiri, “Fidokorana xizmatlari uchun” ordeni sohibi Iqbol Mirzo ham “Gulxan”ning ana shunday kashfiyotlaridan. Chunki bag‘dodlik o‘quvchi Iqboljon

    ...
  • Yashil olamga sayohat

    Tabiat deganda ko‘z oldimizga yer, suv, dov-daraxtlar, azim tog‘lar-u hayvonot va nabototning ajoyib olami keladi. Dunyoga kelganimizdan boshlab tabiatda yashaymiz, nafas olamiz, uning ne’matlaridan bahramand bo‘lamiz. Ana shu go‘zal olamga zahmat yetkazmaslik uchun uni yaxshilab o‘rganishimiz kerak bo‘ladi. Ya’ni tabiatdagi har bir tirik

    ...
  • Dilshod Rajab. Bu guliston bizniki

    Yurt madhi

    Yurtimizni aylandik,

    Maqtovga so‘z sayladik:

    Toshkent asli bosh shahar,

    Bag‘ri nur-quyosh shahar.

     

    Sirdaryo – gulistonim,

    Jizzax – bog‘-u bo‘stonim,

    Maydonlarda mard kelgan

    Qashqadaryo,

    ...
  • Erkin Qambar. Do‘st bo‘l yaxshi so‘z bilan

    Sayohat – rohat

    Otam bilan ko‘p marta

    Sayohatga chiqqanman.

    G‘oyat go‘zal joylardan

    Esdaliklar yiqqanman.

     

    Qarab tursam ularni

    Yodga tushar tez shu on.

    Pekin, Dehli, Istanbul,

    Vena, Parij va London.

     

    Gavjum shahar,

    ...
  • Buyuk poliglot

    Dear children, do you speak in foreign languages?

    Menimcha, bu savolga “yo‘q”, deb javob beradigan o‘quvchi orangizda bo‘lmasa kerak.

    Aziz bolalar, ishonchimiz komilki, siz bir necha yildan beri, (ehtimol, birinchi sinfingizdan boshlab) xorijiy tillarni o‘rganmoqdasiz. Tengdoshlaringizdan kelayotgan maktublardan, qolaversa, joylarda

    ...
  • Orzular ostonasida

    Toshkentdagi 300-IDUM–ning iqtidorli o‘quvchisi Ozoda Bozorboyeva bugun maktabni bitirayapti. Mehr bilan qarab turgan ustozlariga bir-bir minnatdor boqadi. Nigohi ona-tili va adabiyot muallimi Dilorom opa Haydarova bilan to‘qnashganda entikib ketdi. Ko‘z oldidan yillar davomida erishgan yutuqlari o‘ta boshladi.

    Ozoda maktabda o‘tiladigan

    ...
  • Sog‘lom bolaning ikki qanoti

    Aykido sport turi bo‘yicha 2-DAN qora belbog‘ sohibi G‘ayrat aka To‘laganovdan sport sirlarini o‘rganyapman. Aykido bilan shug‘ullanishni boshlaganimda hammadan kuchli bo‘laman, kimki meni xafa qilsa, ta’zirini beraman, degan xayolda edim. Ammo mashg‘ulotlar jarayonida bu fikrim noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetdim. Ustozim

    ...
  • Yozgi ta’til

    Topshirib imtihonni,

    Chiqib oldik ta’tilga.

    Chiniqtirib jon-tanni,

    Quvvat berdik ko‘ngilga.

    Kitobga bo‘lib oshno

    Bilimlardan boyidik.

    Endi quyosh bo‘ldik biz,

    Osmondagi oy edik.

    “O‘qiymiz doim a’lo”, –

    Sog‘lom bola

    ...
  • Gavriil Troyeprolskiy. Oq Bim qora buloq (qissadan parcha)

    Navbatdagi ov mavsumida Bim uch yoshga to‘ldi, Ivan Ivanich uni o‘rmon bilan tanishtirdi. Bu ikkalasi uchun ham qiziq kechdi.

    Ikki o‘rmon so‘qmog‘i tutashgan joyda yaylov yastanib yotardi, yo‘llar to‘rt tomonga ketgan. Ivan Ivanich yong‘oq shoxlari ichiga kirib oldi, atrofga va yuqoriga qaradi. Bim ham o‘sha tomonga tikildi,

    ...
  • Orzular

    Orzu qilgan odamning

    Oftob yashar dilida.

    Yengiladi to‘siqlar

    Baxt kutadi yo‘lida.

     

    Sodir bo‘lar mo‘jiza,

    Kurtak yozar tilaklar.

    Quvvat olib yurakdan

    Tolmay tursin bilaklar.

     

    Zulayho RAHMATOVA,

    Mirzo Ulug‘bek

    ...
  • Burch

    Otam-onam oldida

    A’lo o‘qishdir burchim.

    Harbiy bo‘laman men ham,

    Bunga yetadi kuchim.

     

    Otajon, onajonim,

    Orzum dilda saqlayman.

    Vatanga bo‘lib sodiq,

    Ishonchingiz oqlayman.

     

    Xudoyor QURBONBOYEV,

    Xorazm viloyati

    ...
  • Yurakka so‘zim

    Balki oq otlarga bo‘lgan jilovdor,

    Chavandozsan, balki maqsadsan o‘qdek.

    Yulduzlar porlagan oy-quyoshi bor,

    Bulutlar o‘ynagan bag‘ring keng ko‘kdek.

     

    Biz bir kun albatta g‘olib bo‘lamiz,

    Barcha g‘am-anduhlar uchib ketadi.

    Faqat chekinmasdan turib bersang,

    ...
  • Uyquchi

    Mirjalol juda “chaqqon”

    Darsga kechikib yurar.

    Uyi bir devor nari –

    Maktab yonida turar.

     

    Keyin bildik sirini

    Ko‘paygach “ikki”, “uch”i.

    Bizning “chaqqon” Mirjalol

    Ekan juda uyquchi.

     

    Dilafro‘z

    ...
  • Tutun va bulut

    Oyim olov yoqadi,

    O‘tin yonar qizarib.

    Tutun qora bulutday

    Ko‘kka uchar bo‘zarib.

     

    Shamol bilan bellashib,

    Vajohatga to‘ladi.

    Balki ko‘kda bulutlar

    Shunday paydo bo‘ladi?!

     

    Munojat SHERBEKOVA,

    Sirdaryo

    ...
  • Qora qozon

    Issiq ovqat yesin, deb

    O‘zing o‘tda yoqasan.

    Qora cho‘yan qozonim –

    Barchaga teng yoqasan.

     

    Kuyib-pishib o‘choqda

    Bizga xizmat qilasan.

    Qora, cho‘ltoq qulog‘ing

    Maylimi, bir silasam?

     

    Yulduz

    ...
  • Suvni asrang

    Necha asrkim bobolar,

    Suvni asrab kelishgan.

    Tomchisin ko‘zga surtib,

    Suv qadrini bilishgan.

     

    Jazirama yurtlarda,

    Hamon suvga zorlar bor.

    Kim suvni isrof qilar,

    Kimlar esa unga zor.

     

    Suv bu obi-hayotdir,

    Tiriklikning manbai.

    Suv bu tanga

    ...
  • Kapalak

    Uchasan ortingdan ergashar gullar,

    Asli sen rassom-u ijoding – ular,

    Uchsang qanotingda kamalak kular

    O, chaman ziynati, ko‘nglim o‘g‘risi.

     

    Libosing atlasdan, o‘zing ham gulsan,

    Qo‘limga qo‘nasan shodlikdan kulsam.

    Qaniydi, men bir zum kapalak

    ...
  • Qishlog‘im

    Qishlog‘imiz bog‘-u rog‘,

    Odamlari vaqti chog‘.

    Bolalari shirintoy,

    Jannatdir u hoynahoy?!

     

    Xiyobonlar so‘limdir,

    Ko‘kdagi oy to‘lindir.

    Mevalari shirin, bol

    Yeb ko‘raver, bemalol.

     

    Shahzoda

    ...
  • Yurt egalari

    Shu yurtning ertasimiz,

    Bag‘rida erkasimiz,

    Iqbolimiz charog‘on,

    Tolening egasimiz.

     

    O‘ng-u so‘l to‘la imkon.

    Orzuimiz bir jahon,

    O‘zbekiston nomini

    Etmoq dunyoga doston.

     

    Nodira MAMASHARIPOVA,

    Toshkent

    ...
  • Tinchlik

    Shu yurtning ertasimiz,

    Bag‘rida erkasimiz,

    Iqbolimiz charog‘on,

    Tolening egasimiz.

     

    O‘ng-u so‘l to‘la imkon.

    Orzuimiz bir jahon,

    O‘zbekiston nomini

    Etmoq dunyoga doston.

     

    Nodira MAMASHARIPOVA,

    Toshkent

    ...
  • Vatan

    Vatan, cheksiz, go‘zal sarhadlaringda

    Yovqur, senga qalqon o‘g‘lonlaring bor.

    Minglab nihollarga dil mehrin tikkan,

    Bo‘stonlar yaratgan bog‘bonlaring bor.

     

    Osmoning musaffo, suvlaring zilol,

    Quchog‘ing bunchalar issiq va sokin.

    Munosib vorislar bo‘lmoqlik

    ...
  • Bir maqsad yo‘lida

    Sport barkamollik kaliti, kishi qalbini yorug‘ xayollarga yetaklovchi kuch. Har bir inson sport bilan shug‘ullanar ekan, uning qadrdon do‘sti, hamqadamiga aylanishi shubhasiz. Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlari orasida sportga oshno qalblarning kundan-kun oshib borishiga sabab ham aslida mana shu. Shu istak va maqsadlar rivoji, o‘zaro tug‘ilajak

    ...
  • Bedorlik imzosi bilan

    Mamlakatimizda mingdan ziyod ommaviy axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. O‘nlab teleradiokanallar, internet agentliklari va axborot xizmati, nodavlat radio va telekanallar, bosma nashrlar va agentliklar tarmog‘i kun sayin rivojlanmoqda.

    Orangizda jurnalist bo‘lishni orzu qilgan o‘quvchilar ko‘p bo‘lsa kerak. Jurnalist degani kamera

    ...
  • Xo‘roz mingan bola (ertak)

    Kech bo‘lib qoldi. Tovuqlar katakka kirishdi, lekin eshigi ochiq qoldi. Eshikni yopadigan onasi qo‘shninikida gaplashib qoldi. Bo‘rivoy deraza peshtaxtasida tik turganicha atrofni kuzata boshladi. Shu payt molxonaning orqa tarafida, daraxtlar orasida tulkining dumi ko‘rinibdi.

    – Obbo, endi nima bo‘ladi?

    Bola zo‘r berib

    ...
  • Mohir qo‘llar mo‘jizasi

    Har safar erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘quvchilarni uchratganimda, keng imkoniyatlar davrida yashayotgan yoshlarga havasim keladi.

    Tengdoshlaringiz Jonibek Shokirov va Zarnigor Yusufjonovalar maktabdagi darslar, to‘garaklar va qo‘shimcha mashg‘ulotlardan ortib, hunarmandchilik bilan

    ...
  • Shifokoning dadasi (kichik hikoya)

    O‘n yoshli Alisher oxirgi paytlarda tez-tez kasal bo‘lib qolaverdi. Natijada maktab darslarini o‘zlashtirishda sinfdoshlaridan orqada qola boshladi.

    Bir kuni ota-onasi o‘g‘lini shahardagi eng katta shifoxonaga olib bordi. Alisher har bir tibbiy ko‘rikdan o‘tar ekan, shifokorlarning sinchkov nigohlaridan, shirin so‘zlaridan ruhlanar

    ...
  • Qo‘ng‘ir ayiq qasosi (hikoya)

    Oyqor tog‘ining kun chiqish tarafida – Ko‘kqo‘ton archazorlarining quyuq qismidagi uyada ona ayiq Qo‘ng‘ir va Paxmoqoy laqabli bolalari bilan yashar edi.

    Kunlarning birida ona ayiq ov qilishni o‘rgatish uchun bolalarini Burgutqoyaga boshladi. Yo‘lda odam hidini sezib to‘xtadi. Bolalarini archazor orasiga yashirib, o‘zi

    ...
  • G‘ijduvonning yosh kulollari

    Asqarjon ixtirochi bola. U besh yoshidan yog‘ochdan mashina, loy yoki plastilindan kema, odam, hayvon va turli-tuman buyumlar shaklini yasardi. Ikki yildirki, qo‘shnisi Bahrillo To‘yevga shogird tushgan. Bahrillo aka quruvchi – usta bo‘lib, kulolchilik bilan ham shug‘ullanadi. Asqarjon esa G‘ijduvon tumanidagi 18-maktabning 8-sinf o‘quvchisi,

    ...
  • “Hazrat Haziniy” to‘garagi a’zolari ijodidan

    Karimaxon Ashurova rahbarlik qilib kelayotgan “Hazrat Haziniy” to‘garagini nafaqat Bag‘dodda, balki butun Farg‘ona viloyatida yaxshi bilishadi.

    100 dan ortiq iqtidorli yoshlarni ijod qozonida qaynatib, qalamini charxlayotgan iste’dod maktabi mana 18 yildirki faoliyat yuritib kelmoqda. To‘garak bog‘ida “hosil

    ...
  • Uch ko‘zli nazoratchilar

    Qizil yonsa, qimirlamang...

    Sariq yonsa, sabr qiling...

    Yashil yonsa, yaxshi boring...

    Topdingiz, bu svetoforning buyrug‘i. Agar bir zumgina svetofor o‘chib qolsa bormi, yo‘llar tirband, mashinalar harakati to‘xtagan, odamlar ishga, o‘qishga kech qolgan... Ko‘rdingizmi yo‘llar chetida, chorrahalarda qishin-yozin

    ...
  • Oromgohga bormoqchimisiz

    yoxud yozgi oromgohlar haqida nimalarni bilasiz?

    Yozgi ta’tilga chiqib, uyidagilarni ikki kundan buyon so‘roqqa tutayotgan Dildorani ishdan qaytgan dadasi yoniga chaqirdi:

    – Qizim, seni qiziqtirgan ma’lumotlarni olib keldim. Avval mana bu raqamlarga quloq tut. Bu yil yurtimizda 1 ming 204 ta oromgoh faoliyat ko‘rsatar ekan. Bu

    ...
  • Oftobga oshno maskanlar…

    Multfilm qahramoni Kesha “O, yoz, sen kelsang bo‘lar juda soz, o yoz!...” deb kuylaganda ko‘z oldingizga poyonsiz bug‘doyzorlar, ta’til, muzqaymoq, mazza qilib cho‘milish, so‘lim oromgoh kelsa kerak-a?!

    Darvoqe, ta’tilning birinchi oyidanoq oyingiz sochiq, shippak, kiyim-kechagingizni joylab bergan jomadoningizni olasiz-u,

    ...
  • Matematika

    1. Yig‘indisi 2 raqamdan iborat amalni toping:

    A) (5: 5)+5 B) (5+5): 5 S) (5x5)x5 D) (5x5)-5

    2. Yo‘lda ketayotgan bola har 20 metrda 1 tangadan topib oldi. Tangalari 35 ta bo‘lganida necha metr yurgan bo‘ladi?

    A) 750 B) 200 S) 700 D) 350

    3. Shirin o‘rama (rulet)ni 10 bo‘lakka bo‘lish uchun necha marta

    ...
  • Muzdek go‘ja

    Go‘ja tayyorlashda ta’bga qarab bug‘doydan tashqari oq jo‘xori donlaridan ham qo‘shib yuborish mumkin. Odatda go‘jani qaynatishdan oldin bug‘doyni hovonchaga solib yaxshilab maydalashar edi, ammo hozir bozordagi don va don mahsulotlari sotiladigan rastalardan go‘ja uchun maxsus oqlangan bug‘doy xarid qilish

    ...
  • Kakaoli keks

    Masalliqlar:

    1 ta tuxum, 1 stakan shakar, 0, 5 stakan qatiq, 1 stakan+2 oshqoshiq un, 2 oshqoshiq kakao.

     

    Tayyorlanishi:

    Tuxum, shakar va qatiqni aralashtirgach, kakao qo‘shib atalaymiz. So‘ng unni oz-ozdan solib yaxshilab qorishtiramiz. Patnisni yog‘lab masalliqni quyamiz va qizigan

    ...
  • Mevali muzqaymoq

    Kerakli masalliqlar:10 gramm meva (olma, qulupnay, malina, olcha, gilos bo‘lishi mumkin), oz miqdorda vanilin, 0, 25 litr sut, 0, 5 choyqoshiq kraxmal, 1 ta tuxum sarig‘i, 1 choyqoshiq shakar, 1 oshqoshiq pista mag‘izi.

    Tayyorlanishi: Mevalarni mikserda maydalab, sirli idishdagi sutga solinadi va qaynab chiqquniga qadar olovga

    ...
  • Dangasaning ta’til kunlari

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.