Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

2017-yil 2-son

  • Vatan hayratlari

    Yurtim tuprog‘ini o‘pib bir nafas,

    Basavlat tog‘lardek ko‘krak keraman.

    Vatan ne deb so‘rang mendan ash’ormas,

    Avval chap ko‘ksimni tutib beraman.

     

    Qaynoq yuragidek tandiri qaynoq,

    Dasturxonda gullar shirmoy nonlari.

    Hatto peshonada terlari ham oq,

    Husnidan tug‘ilgan gul rayhonlari.

     

    Halol mehnatidan ko‘ngil

    ...
  • Navoiy bo‘stonida

    Har safar o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiri, g‘azal mulkining sultoni asarlarini, buyuk daho haqida yozilgan kitoblarni varaqlaganimda, xayolan o‘tmishga sayohat qilgandek bo‘laman. Navoiy bobomizning millatimiz, o‘zbek mumtoz adabiyoti, tariximiz oldidagi benazir xizmatlarini xayolimdan o‘tkazaman. U haqida suratga olingan badiiy filmning ayrim lavhalari ko‘z oldimda jonlanadi.

    ...
  • Fan yulduzlari

    Abdumalikning dadasi Nizom aka farzandini go‘dakligidan ilmga do‘st qildi. Hali tili biyron bo‘lmasdan sanashni, maktabga chiqmasdan boshlang‘ich hisob-kitob mashqlarini o‘rgatdi. O‘g‘lining teran aqlli, zukko va tirishqoqligini o‘z vaqtida payqab uning har bir savoliga erinmasdan javob qaytarar, imkon qadar o‘g‘liga masalaning mantiqiy yechimini topishni o‘rgatardi. Bir so‘z bilan aytganda,

    ...
  • Bobur biologiyaga qiziqqanmi?

    Bolalar, siz tarix va adabiyot darslari orqali buyuk davlat arbobi, shoir va adib Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi bilan yaxshi tanishsiz. U zotning shoh asari hisoblanmish “Boburnoma”dan parchalar o‘qigansiz va o‘ylaymizki, bobokalonimizning biz uchun ibratli hayoti, oltinga teng mulohazalari sizda katta taassurot qoldirgan.

    “Boburnoma” keng qamrovli, qomusiy asar. Sportga

    ...
  • Mangulik madhiyasi

    Har tong bayram va tantanalarda davlatimiz madhiyasini eshitar ekansiz, so‘zi va musiqasining ajib bir sehri yuragingizni qamrab oladi. Qalbingiz orzu va umidlar sari oshiqadi... Ana shu madhiyamizning musiqa muallifi Mutal Burhonov ekanligi barchamizga ayon. “Maftuningman”, “Mahallada duv-duv gap” “Boy ila xizmatchi”, “Abu Ali ibn Sino”, “Istiqlol yo‘llari” kabi ko‘plab badiiy filmlar

    ...
  • Gurung

    Atoqli adabiyotshunos Safo Matjonning 70 yoshiga bag‘ishlayman

     

    – Oltmish yilkim she’r yozasiz,

    Bolalarga, jujuqlarga.

    Sho‘x-u shaddod, qaysar, qitmir,

    Burnin tortgan puchuqlarga.

     

    Safo Matjon shu asnoda,

    Suhbat boshlab savol tashlar.

    – Nazmda eng peshqadamlar,

    Ayting kimlar, qaysi

    ...
  • Sen quyoshni kuylab yashading

    Assalom

    Assalom, assalom!

    O‘zbekiston, aziz kalom, assalom,

    Toleingda qutlug‘ ayyom, assalom!

     

    Xush kelibsan, ne zamonlar kutaman

    Xush kel, erkim, gul bilan bol tutganim!

    Ijobatli duolar, xush kelibsiz,

    Dil ochuvchi sabolar, xush kelibsiz!

     

    Alpomishga ot mindirgan cho‘qqilar,

    Oltin tarix

    ...
  • Tariximiz ko‘zgusi

    Tarix. U – sirli olam. Zafar beshinchi sinfga o‘tganida dars mashg‘ulotiga bir nechta yangi fanlar qo‘shildi. Ular orasida “Qadimgi dunyo tarixi”, “O‘zbekiston tarixi” ham bor edi. Bu fanlar Zafarni sirli olamga yetakladi. Uni qadimda Yer yuzida yashagan turfa mavjudotlar, bahaybat sudralib yuruvchilar-u ulkan o‘txo‘r va go‘shtxo‘r jonzotlar, odamzodning paydo bo‘lishi va g‘orlarda yashab jon

    ...
  • Maqtar har kuni onam

    Majnuntol

    Sen betartib qiz bo‘psan,

    Hoy, majnuntol, majnuntol,

    Yo‘qmi, axir bog‘iching?

    Sochlaringni yig‘ib ol.

     

     

    O‘zga yurt

    Barcha sharoit bor-ku,

    Ammo meni aqlim lol.

    – Nima uchun bananvoy,

    Boshing egik, qadding dol?

    – Sharoit yomon emas,

    Yo‘q kamchilik

    ...
  • Boshni toshlardan asrab

    “Ommaviy madaniyat” nima, bilasizmi? Eshitgansiz-u, ammo tushunchaga ega bo‘lmasangiz kerak. U sovuq havo oqimi singari sarhad bilmay eshiklarimizdan, derazalarimizdan, chegaralarimizdan kirib kelmoqda. Ehtimol, bu mavzu kattalar olamiga tegishli, bizga aloqasi yo‘q, deb o‘ylarsiz. Afsuski, bu “epidemiya” boshqalardan ko‘ra tezroq yoshlar qatlamiga ta’sir o‘tkazmoqda.

    Keling, bugun

    ...
  • Ma’rifatchi buvijonim

    Buvim Mashhura Normatova oliy ma’lumotli o‘qituvchi. Uyimizda juda katta kutubxonamiz bor. Hatto mahalladoshlarimiz ham oilaviy kutubxonamizdan foydalanishadi. Buvim o‘rganib chiqibdilar. Yil davomida “Ikki eshik orasi” romanini 110 ta qo‘shnimiz, “Yulduzli tunlar” va “Ulug‘bek xazinasi” kitoblarini 100 ta qo‘shnimiz o‘qib chiqibdi. Anvar Obidjon va Xudoyberdi To‘xtaboyev kitoblariga bolalar

    ...
  • Orzular ushaladi

    Adabiyot darsida “Mening orzuim”, degan mavzuda insho yozdik. Mening inshoimda “Kelajakda jurnalist bo‘lmoqchiman. Jamiyatdagi muammolarni ochiq-oydin yozib, ularning bartaraf qilinishiga hissa qo‘shmoqchiman”, degandim. Inshoim yaxshi baholandi. Ustoz yuqoridagi satrlarni ovoz chiqarib o‘qib berdi. Shunda guruhdoshim Jamshid, jurnalist bo‘lish oson ekanmi?! Jurnalist gapga chechan,

    ...
  • Eng yaqin do‘st

    Men 6-sinfda o‘qiyman. Mening eng yaqin do‘stim Inoyat. Maktabga borgach, dars boshlangunga qadar ikkimiz kutubxonamizda kitob o‘qiymiz. Kunlardan bir kuni maktabga borayotib, ikkita maktabdoshimizning ko‘chada yurganini ko‘rib qoldik. Ularni o‘zimiz bilan birga kutubxonaga olib kirdik. Kutubxonachimiz ularga “Robinzon Kruzo” kitobini tutqazdi. Asar bolalarga juda yoqdi. Ular kutubxonaga a’zo

    ...
  • Kitob yoki kompyuter

    Ustozimiz Sayyora opa Tursunboyeva maktab o‘quvchilari orasida yuqoridagi mavzuda so‘rovnoma o‘tkazdi. Bu savolga maktabning 64 foiz o‘quvchisi “Kompyuter”, deb javob berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning 20 foizi kompyuterdagi o‘yinlar, 44 foizi internet sahifalari qarshisida vaqt o‘tkazar ekan.

    26 foiz o‘quvchi kitobni yoqlab ovoz berdi. 10 foiz bola esa kompyuterdan kerakli

    ...
  • Yaxshi maslahatchi

    Tunov kuni dugonam Zulfiya bilan xafalashib qoldim. Shundanmi, kayfiyatim tushib ketdi. Qo‘lim ishga bormay qoldi. Bu haqda onamga aytay desam, o‘zimni koyib berishlaridan cho‘chidim. Nima qilishni bilmay turganimda ko‘zim javondagi kitoblarga tushdi. Beixtiyor ulardan biriga qo‘l cho‘zdim. Adiba Tursunoy Sodiqovaning kitobi ekan. Erinibgina sahifaga ko‘z yugurtirdim. O‘qidim-u, o‘zim izlagan

    ...
  • Kutubxonam bor

    Sinf rahbarimiz Nargiza opa Raimova shaxsiy kutubxonasi uchun kitoblar yig‘ishni yaxshi ko‘radi. Kitobni ko‘rganda bir sandiq oltin topganday quvonib ketadi. O‘qigan kitoblari haqida bizga so‘zlab beradi. Natijada biz ham bu kitoblarga qiziqib qolamiz. Nargiza opa kitoblaridan bizga ham ulashadi. Biror muammoga duch kelib qolsak, darrov ustozimizdan maslahat so‘raymiz. Chunki kitobxon,

    ...
  • Sadoqat

    Yurgin uka, seni olib ketaman,

    Ulkan shaharlarni kelasan ko‘rib.

    – Yo‘q, opa, men ketsam mo‘rar sigirim,

    Qo‘ylarim g‘allani qo‘yishar “o‘rib”.

     

    – Axir qishloq bo‘lsa, sen yetti yoshsan,

    Eplashar sensiz ham, ketding-ku tolib.

    – Yo‘q, opa, men ketsam qo‘shni bolalar,

    Singlim xo‘rozqandin qo‘yishar

    ...
  • Odobsiz bola

    Juda hayron qolaman,

    Nabining ishlariga.

    Dam bermas danak chaqib,

    Bechora tishlariga.

     

    Ko‘cha-ko‘yda bolalar,

    Ko‘rsa qochar nariga.

    Chaqma-chaqar, jahldor,

    O‘xshatishar ariga.

     

    Nabining ishlaridan

    Do‘stlar, qiling xulosa.

    Bo‘lib odobsiz bola,

    Kulguga qolmang

    ...
  • Vatanim

    Mening ona yurtimning

    Go‘yo har kuni bayram.

    Xalqimiz ahil-inoq,

    Ishchan, mehnatkash biram.

     

    Duo uchun qo‘l ochgan

    Buvi, bobolari bor.

    Quyosh nurini sochgan

    Osmoni tinch, beg‘ubor.

     

    Ma’mura BO‘RONOVA,

    Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani 17-maktab 7-sinf

  • Qor yog‘ishi

    Qor yog‘ishin kuzatsam

    Uchyotganga o‘xshayman.

    Belkurakni tuzatsam,

    Qishga mehrim qo‘shgayman.

     

    Qor yog‘ishi chiroyli,

    Pag‘a-pag‘a tushadi.

    Sovuq bo‘lsa ham mayli

    Rizq-ro‘zimiz oshadi.

     

    Sobit JUMANOV,

    Jizzax viloyati Baxmal tumani 11–maktab 6-sinf

  • Qish so‘nggida

    Zarrin oppoq qorlari bilan,

    Qish bezaydi butun olamni.

    Ko‘kdan tushgan mitti qorparcha,

    Xushnud etar barcha odamni.

     

    Birdan quyosh charaqlab chiqib,

    Zamin yig‘ar oppoq ko‘rpasin.

    Chechaklarga burkanar atrof,

    Olam tuyar bahor nafasin...

     

    Mohira TOSHTEMIROVA,

    Qashqadaryo viloyati

    ...
  • Yurtim mening

    Tahsin aytib, tole kulgan fursatlarga,

    Vatan uchun tayyordirmiz xizmatlarga,

    Quchog‘ingni to‘ldiramiz ziynatlarga,

    Tuprog‘ini otam sevgan, yurtim mening.

     

    O‘zbekiston kelajagi buyuk bo‘lgay,

    Farzandlari dunyolarga suyuk bo‘lgay,

    G‘animlari xijolatdan kuyib o‘lgay,

    Tuprog‘ini bobom sevgan, yurtim

    ...
  • Onamga

    Onam sog‘ bo‘lsa gar

    Shuning o‘zi baxt,

    Yuribman tangridan

    Umrini so‘rab.

     

    Volidam g‘am chekib,

    Mashaqqat chekib,

    Ter to‘kar bizlarni

    Baxtlarga o‘rab.

     

    Sevara BOTIROVA,

    Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 26-maktab 7-sinf

  • Quyoshdek taftli

    Ona mehri quyoshdek taftli,

    Har yurakka iliqlik berar.

    Erkaliklar qilgan onimiz

    U ham bizdek shodlanib borar.

     

    Onajonim sizning mehringiz

    Yo‘llarimni yoritgan chiroq.

    Shu sababli yoningizdan hech

    Uzoqlashgim kelmaydi yiroq.

     

    Shahnoza INOMJONOVA,

    Toshkent viloyati Zangiota tumani

    ...
  • Musiqa

    Ovozimiz sozlovchi,

    Fanning nomi – musiqa

    So‘zlarga sehr qo‘shar

    Bamisoli tilsim-a!

     

    Yangrar yetti notasi

    Bir-biridan ajoyib.

    Do, re, mi, fa, so, lya, si,

    Eshitsangiz, g‘aroyib.

     

    Barcha birdek suyadi,

    Diltortar ushbu fanni.

    Qo‘shiq va sirli ohang

    Ko‘kka yetaklar

    ...
  • Matematika

    Matematika fani –

    Sanoq sonlar joylami.

    Algebraning nasli – u

    Natural son boylami.

     

    Eng kichkina son bu – bir,

    Eng kattasi esa sir.

    Matematik bo‘lsam der,

    Partadoshim Alisher.

     

    Sevarbek ELBOYEV,

    Toshkent shahri Yakkasaroy tumani 118-maktab 6-sinf

  • Tovug‘im

    Olachipor tovug‘im

    Har kun beradi tuxum.

    Don-dun berib boqaman,

    Men ham unga yoqaman.

     

    Xonzodabegim BAHODIROVA,

    Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 19-maktab o‘quvchisi

  • Shuningdek... (2017-yil 2-son)

    Shuningdek, sahifamizga Buxoro viloyati Kogon shahridagi 17-IDUMning 7-sinf o‘quvchisi Feruzabonu Muhsinova, Jizzax tumanidagi 17-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Kumushbibi G‘oyibnazarova, Farg‘ona tumanidagi 8-maktab o‘quvchisi Sojida Abdukarimova, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 44-maktab 6-sinf o‘quvchisi Munisa

    ...
  • Dorboz bolalar

    Gulnora Yerjanova rahbarlik qilayotgan 54-maktab nomi nafaqat Beruniy tumanida, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mashhur.

    Chunki bu maktabda mohir sportchi bolalar, Qoraqalpog‘istonning eng kichik dorbozlari – Hasan-Husan To‘liyevlar ta’lim olishadi.

    Ular hali maktabga bormasdanoq, televizorda namoyish qilinadigan karate mashqlarini mustaqil o‘rganib olishdi.

    ...
  • Muhabbatga to‘ldirar dilni

    Ustozlar

    Tafakkurga yetaklab bizni

    Ongimizga sochadi ziyo.

    Ravon qilib yo‘llarimizni

    Har so‘zida o‘zgacha ma’no.

     

    Quyosh kabi issiq kaft ila

    Ezgulikka chorlaydi bizni.

    Madaniyat, ma’rifat deya,

    Muhabbatga to‘ldirar dilni.

     

    Mehr-shafqat unda mujassam,

    Oq bulutdek sofdil,

    ...
  • “Qaqnus” adabiyot va jurnalistika to‘garagi a’zolari ijodidan

    Mana bir necha yildirki, Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi qoshidagi “Qaqnus” adabiyot va jurnalistika to‘garagi a’zolari yozgan she’r, hikoya, maqolalar jurnalimizda e’lon qilib borilyapti. Havaskorlar mashqlarida yangi bir fikr aytishga, yangi tashbehlar va o‘xshatishlar topishga intilmoqda. Mavzu va fikrlar boyib bormoqda. Bu albatta, to‘garak

    ...
  • Qirq yamoq haqi

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, biz ko‘rmagan, biz bo‘lmagan zamonlarning birida ikki qo‘shni bo‘lgan ekan. Biri o‘ta boy, bo‘g‘zigacha moy, ikkinchisi uning xizmatida sochi oqargan, ammo kosasi oqarmagan kambag‘al ekan.

    Kunlarning birida kambag‘alning xotini qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ibdi. Otasi bizdan ham bir boy chiqsin, deb yaxshi niyat bilan otini Bolqiboy qo‘yibdi. Bola ulg‘ayib, aqli

    ...
  • Saboq

    Qishning izg‘irin kunlaridan biri edi. Ertalab onam:

    – Lola qizim, tur, hovliga chiq, rosa qor yog‘ibdi, – deb uyg‘otdilar. Onamning ovozidagi zavqdan o‘rnimdan sakrab turdim. Qarasam, hammayoq oppoq qor. Unga tikilib ko‘zlarim qamashib ketdi. Nonushta

    ...
  • Partadosh qanday tanlanadi?

    Qadrli o‘quvchilar! Ko‘pchiligingiz maktabda eng yaqin do‘stingiz bilan partada yonma-yon o‘tirasiz. Partadosh sinfdoshingiz bir kungina maktabga kelmay qolsa, dars jarayonida o‘zingizni ancha noqulay his qilasiz. Ammo ba’zida o‘qituvchilaringiz sinfdagi vaziyatdan, o‘quvchilarning fe’l-atvoridan kelib chiqib joylaringizni

    ...
  • Bobolar yodi

    Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 294-maktabda buyuk bobolarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar mumtoz shoirlarning hayoti va ijodi haqida sahna ko‘rinishlarini namoyish qilishdi. G‘azallaridan namunalar o‘qib berishdi. Maktabning 3-”A” va 3-”V” sinf

    ...
  • Javohir – g‘olib

    Yanvar oyi sonida “Sog‘lom ona va bola” yiliga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Sog‘lom bola – boy bola” tanlovi g‘oliblarini e’lon qilgan edik.

    Yaqinda Toshkent shahridagi 59-maktabda bo‘lib, g‘oliblardan biri – Javohir Azizovga sovg‘alarni topshirdik.

    ...
  • Endi dars tayyorlayman

    V. Dragunskiy

     

    Yoshim to‘qqizdan oshib, 3-sinfni tugatayotgan bo‘lsam ham dars qilishning qanchalik muhimligini kechagina tushunib yetdim. O‘qishni

    ...
  • Ochko‘z bo‘ri

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ulkan o‘rmonda bir ayyor tulki bo‘lgan ekan. Bir kuni u yo‘lda, bo‘rini uchratibdi. Bo‘ri semizgina quyonni tishlab ketayotgan ekan. Tulki bo‘riga:

    – Assalomu alaykum, bo‘ri tog‘a, o‘lja muborak. Men sizga yangi yilga semiz qo‘chqor olib qo‘ygandim. Endi uni o‘zim yeya qolaman, – debdi.

    Bo‘rini quvonchi ichiga sig‘may shoshib-pishib

    ...
  • Sumalakguzar – har nedan o‘zar

    Sumalakguzar nafaqat Namangan shahri, balki butun viloyatning ko‘zga ko‘ringan mahallalaridan. Bu zaminning kuragi yerga tegmagan polvonlari-yu el olqishiga sazovor sportchilari azaldan qo‘shni davlat hududlariga qadar dovrug‘ qozonib kelgan. Mahallaning bugungi qat’iyatli va bir so‘zli yoshlari ham ota-bobolarining ana shu mashhurligini yanada ko‘tarish harakatida. Eng quvonarlisi,

    ...
  • Til – qalb oynasi

    Bir kuni avtobusga chiqqan o‘quvchilarning suhbati diqqatimni tortdi.

    – Bugun futbol o‘ynagani borasanmi? – dedi o‘quvchilardan biri sherigiga.

    – Yo‘q, borolmasam kerak, bugun “paxan”ning navbatchilik kuni emas. Uydan chiqib ketolmayman. Qolaversa, qishloqdan bobom kelganlar. Otam, “boboy”ga yaxshi qara, deb tayinlaganlar.

    O‘quvchi men unga ajablanib qarab turganimni

    ...
  • Sabr daraxtining mevasi

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Katta bir shahar bo‘lgan ekan. U yerning aholisi judayam mehnatkash ekan. Bu shaharda bir etikdo‘z yashar ekan. Uning Ko‘sa ismli o‘g‘li bor ekan. Etikdo‘z har kuni charchab ishdan qaytganda Ko‘sa bilan suhbatlashar, bolasining biyron javoblaridan yayragan etikdo‘z birpasda charchog‘ini unutib yuborarkan. Kunlar o‘taveribdi. Ko‘sa ham ancha ulg‘ayibdi.

    ...
  • Boshqotirma

    Savollar

     

    Bo‘yiga:

    1. Sport turi
    2. Sitrus meva
    3. Daraxt turi
    4. Davlat ramzi
    5. Meva
    6. Sabzavot
    7. Daraxtning yer osti qismi
    8. Meva
    9. Tomning zinasi
    10. Ming yillik daraxt

     

    Eniga:

    1. Sayroqi qush
    2. Ilm
    ...
  • Jumboqli qatralar

    ***

    Uyning ko‘chaga qaragan derazalari ochiq edi. Deraza tokchasiga ikkita jajji bolakay o‘tirib olib o‘tgan-ketganga salom berardi.

    Kimdir to‘g‘ridan-to‘g‘ri alik olar, kimdir, barakalla, azamatlar, deb o‘tar, yana birov, voy buncha aqlli bolalar ekan, deb qo‘yardi.

    Biroq men bu fikrga qo‘shilmadim.

     

    ***

    Yurib ketayotgan avtobusga qo‘lida

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.