Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

2017-yil 4-son

  • Sir oshkor bo‘ldi

    Oxirgi dars tugab, tanaffusga qo‘ng‘iroq chalindi. Sinfda g‘ala-g‘ovur, shitir-shitir boshlandi. O‘quvchilar shosha-pisha narsalarini yig‘ishtirib, tashqariga oshiqdilar. Muallima Vazira opa jurnalni qo‘ltig‘iga qisib, endi o‘rnidan turgan ham ediki, orqa qatordan kimdir bor ovozda chinqirib yubordi.

    – Ha, nima bo‘ldi? Tinchlikmi? – muallima bo‘ynini cho‘zib, ovoz chiqqan tomonga

    ...
  • Ikki havaskor aka-singil

    Ikki havaskor aka-singil Ruslan va Rushana kitobxon oilaning farzandlari. Bu bolalarning bobo-buvisi va ota-onasi kitobga o‘zgacha mehr qo‘yishgan. Ana shu mehr kattalarning yuragidan kichiklarga ko‘chib, ijod mahsuli sifatida qog‘ozga tushmoqda. Ularning ijod namunalaridan sizga ham ilindik.

    Shodiyor TO‘RAYEV,

    Samarqand viloyati Qo‘shrabot

    ...
  • Iqbol-chi, bo‘lmoqchi furbolchi

    Taniqli bolalar shoiri Erkin Qambar Namanganda yashab ijod qiladi. U “Gulxan”ning eng faol targ‘ibotchisi, jonkuyar ijodkori. Shoirning “Tegirmonchi”, “Oftobjonning erkasi”, “Yig‘loqi bulut” kabi qator kitoblari allaqachon kitob javoningizdan joy olgan. Yaqindagina”Sharq” nashriyotida chop etilgan “Iqbol-chi, bo‘lmoqchi furbolchi” deb nomlangan ushbu kitobda ijodkorning yangi she’rlari

    ...
  • Kimning onasi chiroyli

    Bir kuni qizi oyisining yoniga kelib, “Oyijon, kimning onasi chiroyliroq?” – deb so‘radi. Onasi unga jilmayib: “Hammaning onasi chiroyli”, – deb aytdi.

    – Oyijon, ayting-chi gullar, hayvon-u hasharotlarning ham oyisi bormi? – deb so‘radi yana qizi.

    – Ha, qizim, ularning ham oyisi bor, – javob qaytardi ona.

    – Oyijon, gullarning oyisi sizdan chiroylimi?

    – Albatta,

    ...
  • “Gulxan”im

    Har sahifang mazmundor,

    Yashashni o‘rgatadi.

    Kelajak sari qadam

    Tashlashni o‘rgatadi.

     

    Sensan qadrdon do‘stim,

    Sensan sodiq hamdamim.

    “Gulxan”jon, sening bilan

    Quvnoq o‘tar har damim.

     

    Ruxshona XUDOYNAZAROVA,

    Xorazm viloyati Xiva tumani 49-maktab 6-sinf

  • Baliq

    Baliq suzib yuribdi,

    Yo‘lda qarmoq ko‘ribdi.

    Och edi uning qorni,

    Sezdi undagi nonni.

     

    Tiyolmasdan nafsini,

    Urdi xo‘rakka o‘zni.

    Qarang, tushdi qarmoqqa,

    Ovchi qo‘ygan tuzoqqa.

     

    Javohir OBIDOV,

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 40-maktab 4-sinf

  • Oftob

    Tog‘lar ortidan asta

    Mo‘ralaydi oftoboy,

    Nurin sochib bog‘imga

    Yo‘l oladi oftoboy.

    Salom berib oftobga,

    Tongni qarshi olaman.

    Bilsangiz, oftob bilan

    Yaqin do‘st-dugonaman.

     

    Zulfizar OCHILOVA,

    Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 61-maktab 7-sinf

  • Ko‘klam

    Yasharib ketdi olam,

    Yashillikka burkangan.

    Qarang, qandayin ko‘rkam,

    Tabiat qizi ko‘klam.

     

    Jilva qilar kamalak,

    Ko‘kda o‘ynaydi varrak.

    Shodlanib ketar yurak,

    Yurtimga kelsa ko‘klam.

     

    Zulfiya PARDABOYEVA,

    Sergeli tumani 6-maktab 4-sinf

  • Maqtanchoqlar

    Turli daraxtlar bog‘da

    Gaplashishdi choshgohda.

    Olma dedi kerilib,

    Saf oldiga surilib:

    – Qarang, qanday qirmizi

    Rangda tovlanar yuzim.

    Jilmayib debdi o‘rik:

    – Menman shu boqqa ko‘rik.

    – Ta’mi eng shirin o‘zim, –

    Kerilib debdi uzum.

    Suhbatni tinglab shamol,

    Yetib kelibdi darhol.

    Daraxtlarni

    ...
  • Mushugim

    Bir momiq mushugim bor,

    Mo‘ynasi naq oppoq qor.

    Sichqonga qiron solar,

    Bobosin o‘chin olar.

    Afsus, biroz dangasa,

    Oftobda uxlar, rosa.

    Laqabidir Mitti Mosh,

    Ko‘rsangiz, otmangiz tosh.

     

    Saidjahon ABDUJAMILXONOV,

    Jizzax viloyati G‘allaorol tumani 44-maktab 9-sinf

  • Onamga o‘xshaysan

    Seni ulug‘layman, onajon yurtim,

    Dovrug‘ing yoyaman butun olamga.

    Bizlar quchog‘ingda ungan avlodmiz,

    Vatanim, o‘xshaysan mening onamga.

     

    Madhiyangni tinglab g‘urur tuyaman,

    Qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib salomga.

    Senga sodiq farzand bo‘lmoq orzuim,

    Vatanim, o‘xshaysan mening onamga.

     

    Go‘zal

    ...
  • Yomg‘ir

    Tunda tinglab shamolning

    G‘iybat shivir-shivirin.

    Tongda bulut alamdan

    To‘kdi shitir-shitirin.

     

    G‘iybatni xush ko‘rmaydi,

    Bulut uyib qovog‘in.

    Arazladi tun-u kun,

    To‘xtatolmay adog‘in.

     

    O‘t-o‘lanning rahmatin,

    Tinglab har yon sochildi.

    Quyosh ko‘kda charaqlab,

    Bahri dili

    ...
  • Kapalak

    Guldan gulga qo‘nadi

    Nozik qanot kapalak.

    Bilmam qanday iforni

    Topolmay joni halak.

     

    Mittigina jon do‘stim,

    Sen-la go‘zal bu olam.

    Bu dunyoning bor sehri

    Qanotingda mujassam.

     

    Durdona AHMADJONOVA,

    Toshkent shahar 289-maktab 8-sinf

  • Boychechak

    Bahor keldi, tonglar oq,

    Tiniq, feruza osmon.

    Boychechaklar teraylik,

    Qirga yur, dugonajon.

     

    Bizga hamroh qushlarning,

    Tinmaydi quvnoq sasi.

    Boychechaklar bahorning,

    Bizlarga ilk tuhfasi.

     

    Lobar JUMANIYOZOVA,

    Xorazm viloyati Xiva tumani 35-maktab 6-sinf

  • Bahor keldi

    To‘lqinlanar yuraging –

    Maysalarga boqqan dam.

    Shodligini kuylaydi

    Osmondagi qushlar ham.

     

    Uzoqdan moviy rangda

    Nur tarar tog‘-u toshlar.

    Dehqon chigit ekay deb

    G‘ayrat bilan ish boshlar.

     

    Bahor keldi, zavq-shavq –

    Ko‘kni tut, deb, yelkada,

    Davom etar yil bo‘yi

    Biz yashagan

    ...
  • Shuningdek... (2017-yil 4-son)

    Shuningdek, “Nishona” sahifamizga Xorazm viloyati Yangiariq tumani 12-maktab 6-sinf o‘quvchisi Feruzbek Xusinov, Surxondaryo viloyati Angor tumani 1-maktab 8–sinf o‘quvchisi Feruza Qurbonova, Jizzax viloyati Forish tumani 29-maktab 6-sinf o‘quvchisi Sayyora Eshboyeva, Navoiy viloyati Nurota tumani 43-maktab 6-sinf o‘quvchisi Anisa

    ...
  • “Xatar”dan kelgan xatlar

    Jurnalimizning o‘tgan sonida “Siniy kit – elektron ofat” sarlavhali maqolada bu xavfli o‘yin haqida ma’lumotga ega bo‘lgan edingiz. Galdagi maqolamizda o‘yin guruhlariga a’zo bo‘lishning fojiali oqibatlari va undan himoyalanish choralari haqida to‘xtalamiz.

     

    Yaqinda Dog‘istonning Maxachqal’a shahrida 15 yoshli o‘spirin har kuni birga o‘ynab, birga dars

    ...
  • Endi yolg‘on gapirmayman

    Soatga qaragan Anvar, bugun ham darsga kech qolganini tushundi. Kechagina sinf rahbariga boshqa darsga kechikmaslikka so‘z bergandi. Aksiga olib, birinchi dars matematika. Ustozning o‘zi o‘tadi. Agar uxlab qolganini aytsa, ota-onasiga telefon qiladi yoki sinfdoshlarining oldida uyaltiradi. Bu vaziyatdan qutulish yo‘lini o‘ylagan Anvar, xayoliga kelgan fikrdan quvonib ketdi:

    – Ustoz,

    ...
  • Dilda istak so‘nmasa

    E’zoza Baxtiyorova Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida o‘qiydi. Pianinoda kuy chalish sirlarini diqqat bilan o‘rganmoqda.

    – Chalayotgan musiqangni yaxshi, toza chiqishini istasang, notalarni sinchiklab o‘rgan. Pianino chalishda oyoq, qo‘l, ko‘z birdek harakatlanadi va sendan tezkorlik talab qilinadi, – ustozi Jamila Aliboyevaning bu o‘gitlariga quloq

    ...
  • Qaldirg‘ochlar qaytadi

    Tongda qushlarning yoqimli chug‘ur-chug‘uri quloqqa chalindi. Akmal: – Voy uyimizga qushlar kirib qoptimi?! Shoshma, hozir senlarga ko‘rsatib qo‘yaman, – deb yostig‘i tagidan cho‘zma (rogatka)-sini olib, shoshib ayvonga chiqdi. Qarasa, shiftda bir juft qaldirg‘och tinmay parvoz qilardi. Biri qo‘yib biri tumshug‘ida loy tashib, uy qurishardi. Akmal qaldirg‘ochlarni ko‘rib, quvonib ketdi.

    ...
  • Shoxdor

    Ko‘klam keldi deguncha barcha qoramollarni, ya’ni podalarni tog‘ning yuqoriroq qismiga haydardik. O‘tloq, dara-kamarlarni, sayhonliklarni egallardik. Ko‘pincha ularni o‘sha yerlarda qoldirib, o‘zimiz Mirzaqo‘rg‘onga qaytib kelardik. Bir-ikki kundan so‘ng yana xabar olardik. Men sakkiz yoshga kirgan bo‘lsam-da, hali maktabda o‘qimasdim. Otamga ergashib go‘yoki cho‘liqlik qilardim. Bir gal otam

    ...
  • Tengdoshimga maktub

    Otam harbiy bo‘lgani uchun turar joyimizni tez-tez o‘zgartirishimiz, ko‘chishimizga to‘g‘ri keladi. Har safar yangi maktab, yangi sinfdoshlar bilan do‘stlashish, borgan joyimizga moslashish biroz qiyin kechadi. Hozir 8-sinfda o‘qiyapman. Bu yil yana maktabimni o‘zgartirdik. Yangi maktab sari yo‘l olarkanman, kuchli hayajondan yuragim dukillab urardi. Sinfdoshlarim ko‘ngli ochiqlik bilan qabul

    ...
  • Aql farishtasi

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, atrofi dengizlar bilan o‘ralgan bir mamlakat bo‘lgan ekan. Orol atrofidagi 99 ta qoya xuddi hushyor soqchilardek uni kuchli to‘fonlar xurujidan himoya qilar ekan. Oroldagilar sholikorlik, baliqchilik, ovchilik qilishar ekan. Mana shu orolda lapashanggina Ali ismli bola ham yashar ekan. Uning atrofdagilar bilan unchalik ham ishi yo‘q, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib

    ...
  • Noyob qanotlar

    Ko‘klamda yam-yashil dalalar-u yastanib yotgan kengliklarning manzarasi ham ajib tarovatga ega bo‘ladi. Endigina bo‘y cho‘za boshlagan qamishlar oralab mollarini o‘tlatib yurgan Diyorbek o‘zini qayrag‘och tagiga oldi. Hali to‘la barg yozib ulgurmagan qayrag‘ochning atrofidagi to‘p-to‘p yulg‘unlar chala uyquda. Shunda Diyorbekning qulog‘iga notanish qushning qichqiriqqa o‘xshash g‘alati

    ...
  • Uch sovg‘a

    E. B. Vlasova

    Salliy kollejda tahsil oladi. Biroq uning ham boshqa tengqurlari kabi puli ko‘p emasdi. U o‘qiydigan kollej uyidan uzoq shaharda bo‘lganligi uchun ham tejab sarf-xarajat qilishiga to‘g‘ri kelardi. Shunday bo‘lsa-da, Salliy onasining yaqinlashib kelayotgan tug‘ilgan kuniga nima sovg‘a qilish haqida o‘ylayotgandi. Uning

    ...
  • Eng muhimi ishonch

    O‘tgan kunimizdan munosib xulosa chiqarish uchun tarixni mukammal bilishimiz zarurligini bugun barchamiz yaxshi bilamiz. Shu ma’noda yoshlarni o‘tmish voqealaridan xabardor qilish, ajdodlarimiz qoldirib ketgan katta moddiy va ma’naviy merosni o‘rganishda maktablarimizda o‘tilayotgan tarix fanining ahamiyati katta.

    Men pedagogik faoliyatim davomida ana shu mezonlarga ko‘proq urg‘u

    ...
  • Guldan yaralgan boshqotirma

    TOPSHIRIQ: Shaklga quyida ta’riflari bayon etilgan “Gul” bilan boshlanuvchi so‘zlarni topib yozib topshiriqni hal eting. 1. “Alisher Navoiy” dramasida ustoz san’atkor Sora Eshonto‘rayeva gavdalantirgan qahramon. 2. Abxaziya xalq

    ...
  • “Gulxan”da xanda (2017-yil 4-son)

    ***

    O‘qituvchi:

    – Muzeydan qanday taassurot oldingiz?

    O‘quvchi:

    – Eshik oldida o‘tirgan ayolning jahli juda yomon ekan. Xayriyat, u maktabda ishlamaydi. Agar ishlaganida hamma o‘quvchilarni oyoq uchida yurishga o‘rgatgan bo‘lar edi.

     

    ***

    – Agar sehrgarni uchratsang nimani so‘ragan bo‘lar

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.