Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

2018-yil 8-son

  • Suv – aziz ne’mat

    Suv – tiriklik, suv – hayot,

    Uni asramoq kerak.

    Udir eng aziz ne’mat,

    Qadriga yetmoq kerak.

     

    Suv bilan yashil dalam,

    Suv bilan ko‘rkam olam.

    Suv mo‘l bo‘lsa yo‘qdir g‘am,

    Yo‘qdir qayg‘u, yo‘q alam.

     

    Suvdir tomirdagi qon,

    Suv-la tirik har bir jon.

    Suvdir zamin

    ...
  • Kitob o‘qib boyiganim qoladi

    “Gulxan” jurnalining aziz muxlislari. Eng avvalo, sizlarni yaqinlashib kelayotgan katta tantana – Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik to‘yi bilan barcha ijodiy jamoamiz nomidan samimiy qutlaymiz. Hamisha sog‘-salomat yuring, o‘qish, o‘rganish, intilishdan charchamang. Ota-onangiz, mehribon ustozlaringiz, eng asosiysi, bugun sizga katta g‘amxo‘rlik namunasini ko‘rsatayotgan mamlakatimizning

    ...
  • Ishonchni oqlagan qiz

    Aziz o‘quvchilar! Bolalar shoirasi Kavsar TURDIYEVAning qiziqarli, quvnoq ijodi bilan darslik kitoblar orqali yaxshi tanishsiz. “Katta oyi” badiiy filmi, “Irkitvoy va Kirketjon”, “Sumalak va ming tilak”, “Zumrad va Qimmat” nomli bir qator multfilmlar Kavsar opangiz ssenariysi asosida tayyorlangan. Bu ijodkor bir-biridan ajoyib kitoblari, she’rlari orqali ko‘nglingizdan

    ...
  • Insho yozish kuni

    Ism-familiyangizni to‘g‘ri yoza olasizmi? Ming afsuski, bu savolga barcha o‘quvchilar “ha” deb javob bera olmaydilar. Biz aynan shu savolga javob olish uchun respublikamiz maktablarida dars berayotgan bir nechta o‘qituvchi bilan bog‘landik. Ular “har bir sinfda o‘z ism-familiyasini yoza olmaydigan bitta-ikkita o‘quvchi doim topiladi”, deb javob berishdi. Bu juda achinarli holat. Nima uchun,

    ...
  • Ta’til tuhfalari

    Iqtidorli bolalar yozgi dam olish mavsumida ham o‘qib-izlanishni davom ettirishdi. Qator nufuzli bellashuvlar, san’at, sport musobaqalarida, xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, O‘zbekiston farzandlari nimalarga qodirligini dunyoga namoyon etishdi.

     

    * * *

    Qoraqalpog‘iston respublikasi Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi davlat

    ...
  • “Oh, naqadar go‘zalsan...”

    Favvora

    Favvora, hoy favvora,

    Orzusiga yetgan suv.

    Kelib katta shaharga,

    Ko‘kka parvoz etgan suv.

     

    Zarrin quyosh nurida

    Kamalakdek tovlanding.

    Hammaning ko‘z o‘ngida

    Tovus kabi sollanding.

     

    Tenglasholmas toshqin soy

    Shijoatda, g‘ayratda.

    Shu sababmi,

    ...
  • Mehr mamlakatida

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, xuddi hozirgi kunlarning birida shinamgina bir uyda aka-uka Erali va Sherali ismli bolalar yashar ekan. Bu ikki og‘a-ini juda sho‘x va to‘polonchi ekan. Fikr-u xayoli doimo o‘yinda bo‘larkan. Tong sahardan onasi amallab ularni uyg‘otar, aka-ukalar yuzlarini chala-chulpa yuvib, dasturxon boshida ham bir-birini turtkilab kavshanar ekan. Kiyinayotganda esa hamisha

    ...
  • Ikki to‘lqin

    Donald Bister

     

    Bir dengizda ikkita to‘lqin yasharkan. Birining nomi Katta to‘lqin, ikkinchisi Kichik to‘lqin ekan. Ular juda inoq bo‘lib, doim birga suzib yurisharkan.

    Kichik to‘lqin juda ochiqko‘ngil ekan, baliqlar, shamol va boshqa to‘lqinlar bilan birga o‘ynarkan. Katta to‘lqin esa shiddatli va

    ...
  • O‘zbekning mard o‘g‘loni

    Qurbonboy melisaning kenjatoyi mukofot olibdi. Kecha televizorda aytdi, muallim.

    – Qanday yaxshi, yuringlar bir tabriklab kelamiz.

    30-iyun tongida Ohangaron shahrida yoyilgan quvonchli xushxabar kun bo‘yi odamlar og‘zidan tushmadi. Sovrindorni tanigan ham, tanimagan ham azbaroyi xursandligidan “Bolalarimizga ham shu yigitchaning yo‘lini bersin, ota-onasiga

    ...
  • Yuksak imkoniyatlar eshigi

    Bu galgi xizmat safari poyezdimiz ko‘hna va afsonaviy Xorazm viloyatida to‘xtadi. Urganchning mahobatli amfiteatrlari, zamonaviy sport saroylari-yu so‘lim bog‘lari oralab Yoshlar markazini topdim. “Ta’til mavsumi bo‘lsa, hamma oromgohga dam olishga ketgandir!” deb o‘yladim. Ammo markaz foyesiga kirishim bilan dasta-dasta chizgan rasmlari, she’r kitoblarini qo‘ltiqlab olib to‘garak eshigidan

    ...
  • Qishloqda

    Umida to‘rtinchi sinfni bitirdi. Yozgi ta’til boshlanganida u qishloqqa, xolasinikiga keldi. Kattalar shunday kelishishgan edi, qizcha toza havodan bahramand bo‘ladi, bir yo‘la xolasining o‘g‘ilchasiga qaraydi.

    Pochchasining hovlisi, tomorqasi unchalik katta emas, ko‘zga ko‘rinadigan bir tup bo‘ychan olmurut daraxti bor. Qolgan uch-to‘rt tup ko‘chatlar hali hosilga

    ...
  • “Munchoq”

    Ehtimol siz “Munchoq kim ekan?” deb o‘ylayotgandirsiz-a?.. Yo‘q, bizning Munchoq qirq kokilli, sho‘x-shodon, qora qosh qizaloq emas, u oddiygina... qo‘zichoq! “Nega bo‘lmasa uning laqabi Munchoq?” deysizmi? Unda eshiting. Qo‘yxonamizning deyarli barcha qo‘ylari qishning izg‘irin sovug‘ida qo‘zilab, faqatgina Yulduzcha laqabli qo‘y bamaylixotir yuraverdi. Uning qo‘zichog‘ini kuta-kuta kattalar

    ...
  • Beqiyos diyor

    Ta’rifini sira aytmang til uchida,

    Oftob chiqib, oftob botar yurt ichida.

    Bir-biriga yarashgan tog‘-bog‘lari bor,

    Kapalaklar o‘ynar gulning kulgichida.

     

    Jannat isi shu tuproqdan taraladi,

    Momojonim allasidan yaraladi.

    Bu go‘shani shundaygina sevib bo‘lmas,

    Zahmat chekib, mehr berib

    ...
  • Xurram o‘lka qizi

    Men baxtiyor avlodman,

    Dilimda quvonch bisyor.

    Jo‘shib qo‘shiq kuylayman,

    Sevinchim tilda ash’or.

     

    G‘am nima? Alam nima?

    Armon nimadir o‘zi?!

    Axir baxtli avlodman,

    Xurram o‘lkaning qizi.

     

    Risliqoy ISOQOVA,

    Namangan shahar 21-maktab 7-sinf

  • “Bilmadim, ustoz”

    Ustoz dedi: – Ikromjon,

    Qani o‘rningdan turgin.

    Yetti o‘lchab, bir kesib,

    Savolga javob bergin.

     

    Imtihonlar boshlanib,

    Uyquga to‘ymasa ko‘z.

    O‘quvchilar orasida

    “Urf” bo‘ladi qaysi so‘z?

     

    Ikrom engagin qashlab,

    “Bilmadim, ustoz”, dedi.

    Ammo shu savolga xo‘p

    Bu to‘g‘ri javob

    ...
  • Botir askarlar

    Biz botir askarmiz,

    Vatanni asrarmiz.

    Tinchlikning jangchisi.

    Do‘stlikning jarchisi.

    Qurollar yo‘q bo‘lsin

    Ko‘ngillar to‘q bo‘lsin.

     

    Nusratulloh ABDUXOLIQOV,

    Toshkent shahar Uchtepa tumani 297-maktab 6-sinf

  • Teshavoyning lofi

    Kechasi bilan shamol,

    Ekinni qildi payhon.

    Hamma boqar bezovta:

    “Oxiri bo‘lar yomon”.

     

    Olmalarning jahlini,

    Chiqaribdi shamol xo‘p.

    Qip-qizilin uzibdi,

    Tushiribdi to‘p-to‘p-to‘p.

     

    Shamol tingach Teshavoy,

    Qahramon bo‘lib qopti:

    Tong mahali shamolni

    Zap ushlab, qopga

    ...
  • Baxtli oila

    Oilada to‘rt kishimiz

    Dadam, oyim, men, akam.

    Bizlar juda baxtlimiz,

    Inoq yashaymiz har dam.

     

    Bizning ahil oiladek

    Barcha yurtlar tinch bo‘lsin.

    Hamisha birdamlikda

    Baxtli hayot kechirsin.

     

    Shahnoza ABDUQODIROVA,

    Toshkent shahar Yashnobod tumani 244-maktab 7-sinf

  • Gulzorda

    Gullar ichra sayr etganimda

    Bexos bir gul uzilib ketdi.

    Gulning qizil yaproqlaridan

    Mening ko‘nglim buzilib ketdi.

     

    Nega bunday bo‘ldi o‘zi, ayt?

    Bunda kimning aybi bor tag‘in?

    Agar mening gunohim bo‘lsa,

    Bunyod etay vatan gulbog‘in.

     

    Muazzam VALIYEVA,

    Andijon viloyati Baliqchi

    ...
  • Zahmatkash dehqon

    Zahmatkash dehqon,

    Bo‘lsangiz omon,

    Paxta, bug‘doy, don,

    Yetilar chunon.

     

    Oltindan qimmat –

    Qadringiz baland.

    To‘kdingiz himmat,

    Sizga ming rahmat.

     

    Bibixojar TUROPOVA,

    Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 54-maktab 8-sinf

  • Kapalak umri

    Guldan gulga qo‘nib kapalak,

    Shivirlaydi bir ezgu tilak.

    Uning so‘zin eshitmoq uchun

    Quloq tutar atrof-tevarak.

     

    Orzu-tilaklarin aytish-chun

    Gullar ochilishin kutadi.

    So‘ngra har bir chechakka asta

    Uzoq umr tilab o‘tadi.

     

    Hayotining har soniyasin

    Ezgulikka bag‘ishlar faqat.

    O‘zi bir kun

    ...
  • Xurmoning ko‘z yoshlari

    Ko‘zyoshlari tomchilab,

    Yig‘lar kichkina Xumor:

    – Qani endi onamni

    ko‘rolsam – deya, – bir bor.

     

    – Onang kelar tushdan so‘ng,

    Behuda ezma bag‘ir.

    Senga ko‘ylak olish-chun

    Bozorga ketgan axir!

     

    Shahrizoda ABDURAHMONOVA,

    Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 35-maktab 8-sinf

  • Suyukli vatan

    Ona siymosidan yaralgan vatan,

    Har bir toshing oltin, har biri ma’dan,

    Men seni ko‘p suygum axir hammadan,

    Vatan, onajonim, jannatmakonim.

     

    Bulbul, qumrilari sayrar butoqdan,

    Allomalar chiqar har bir qishloqdan,

    Mehr isi kelar gul-u yantoqdan,

    Vatan, mening shonim, mening gulshanim.

     

    Jadidchi bobolar,

    ...
  • Shuningdek...(2018-yil 8-son)

    Shuningdek, sahifamizga Sirdaryo viloyati Guliston shahar 2-maktab 4-sinf o‘quvchisi Subhidam Abdulhamidova, Jizzax shahar 8-maktab o‘quvchisi Fazilat Nosirova, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 66-maktab 7-sinf o‘quvchisi Marjona Mamatova, Samarqand viloyati Payariq tumani 13-maktab 5-sinf o‘quvchisi Doston Abdurashidov,

    ...
  • Iste’dodlar maskani

    Tahririyatimizga kelayotgan maktublar orqali yurtimiznining barcha viloyat, tuman va qishloqlaridagi o‘quvchilar hayoti, iqtidorli bolalarning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida muntazam xabardor bo‘lib turamiz. Yaqinda ana shunday bilimli, zukko tengdoshlaringiz haqida xabar topdim-u, ular bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi 10-maktab sari yo‘l

    ...
  • Sehrli nimcha

    Bor ekan-da, yo‘q ekan. Dilshodjon degan bolaning sehrli nimchasi bo‘lib, uni kiyib, qanaqa buyruq bersa, bajaraverar ekan.

    Muzqaymoq, xilma-xil shirinliklarni gapirmay qo‘ya qolay, Dilshodjon bularni yeyaverib zerikib, nimchadan kattaroq narsalarni ham so‘raydigan bo‘libdi. Axiyri internet qahvaxonadagi tekin o‘yinlar ham joniga tegibdi.

    – Sendan jon deb qo‘l kompyutermi,

    ...
  • Yigirma yillik orzu

    1998-yil. Erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida hamyurtimiz Dilshod Mansurov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Dunyo sporti sahnasida yana bir chempion paydo bo‘ldi.

    Oradan yigirma yil o‘tdi. Bu vaqt oralig‘ida dunyoning bir qator mamlakatlarida kurash bo‘yicha ko‘plab turnirlar, chempionatlar o‘tkazildi. Bizning polvonlar har safar so‘nggi bahslarda imkoniyatni

    ...
  • Chiroy ochayotgan Manas

    Qirq besh kun ichida butunlay yangi qiyofaga kirgan Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘ini bugun qishloq deyishga til bormaydi. Barcha bino va uylar yangicha ko‘rinishga ega bo‘lgan.

    Go‘yo yangi qurilgan maktablardek ko‘rk sochib turgan hududdagi 5-umumta’lim maktabi aslida 1966-yil qurilgan. Xolbo‘ta Mingjigitov rahbarlik qilayotgan bu maskanda bugungi kunda 636 nafar

    ...
  • Изучаем русский язык (2018-yil 8-son)

    8 mart

  • Greedy fox

    One of the days holiday was held in the house of Bear. All off the animals were invited to this party. There was a Fox among animals too. There was a rule that it would not be let eat anything before noon. Holiday began in the morning. The party was enjoyable. Fox was hungry, but it could not eat anything because there were not meals on the tables. Bear’s kitchen was locked. Fox could not

    ...
  • School rules

    Hello, my friends? Have not you tired of summer holiday? It is time to go to the school. Don’t you forget school rules? There are many rules in our school:

    – We must wear uniform in our school.

    – We must not run in our school.

    – We must go to the school on time without being late.

    – We must not chew a gym.

     

    Sa’dullaev

    ...
  • Our puppies

    By evalcon stein

    Little ears as soft as silk,

    Little teeth as white as milk,

    Little noses cool and pink,

    Little eyes that blink and blink,

    Little bodies round and fat,

    Little hearts that pit-a-pat,

    Surely prettier puppies never

    Were before nor can be ever.

     

    Prepared by:

    ...
  • Qirqqiz

    Boysunning Ketmonchopti tog‘i haqidagi rivoyatlarning biri – mard, jasur qirqta qiz haqida. Unda aytilishicha, qadim zamonda yov bostirib keladi. Qurol ko‘tarishga qodir barcha erkaklar himoyaga otlanadi. Shaharda faqat qariyalar, yosh bolalar, qizlar qoladi. Shunda qizlardan jasuri atrofiga qirqta qizni to‘plab, shahar boshlig‘i huzuriga borib, shunday deydi:

    – Dushman askarlari

    ...
  • Siz ham sinab ko‘ring

    Aziz tengdoshim! Bugun bot-bot quloqqa chalinayotgan innovatsiya atamasi haqida kengroq tushunchaga ega bo‘lishni, undan siz ham foydalanishni istaysizmi? To‘g‘ri, uning ma’no-mazmuni ancha keng. Ammo hayotimizdagi kichik bir holatga innovatsion yondashib, uni o‘zimizda sinab ko‘rishimiz, aytaylik, hatto biror yutuqqa-da erishishimiz mumkin. Qanday, deysizmi?

    Men sizlarga hayotimda

    ...
  • Ta’tildagi tabassum

    000

  • Nonushtaga quymoq

    Kerakli masalliqlar: 1 piyola sut, 1 piyola suv, 1 dona tuxum, 1 osh qoshiq shakar, bir chimdim tuz, yarim osh qoshiq quruq xamirturush, keragicha un, 1-2 qoshiq qand upasi.

    Tayyorlanishi:idishga tuxumni chaqib, ustiga shakar, tuz, xamirturush, sut va suvni solib aralashtiramiz. Oz-ozdan elangan un qo‘shib qorishtiramiz. Ataladan quyuqroq xamir hosil

    ...
  • Mevali pirog

    Kerakli mahsulotlar: 2 dona tuxum, 1 piyola shakar, 1 piyola qatiq, 5 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, yarim choy qoshiq ichimlik sodasi, keragicha un, 10 dona o‘rik. (Siz istagan mevangizdan tayyorlashingiz mumkin).

    Tayyorlanishi: tuxum, shakar, qatiq, ichimlik sodasi, o‘simlik yog‘i – barchasini tog‘orachaga solib aralashtiramiz. So‘ngra unni oz-ozdan

    ...
  • Baqlajonli “yelpig‘ich” salati

    Kerakli mahsulotlar: 1 dona baqlajon, 1 dona pomidor, 30 gramm pishloq, yarim piyola smetana, ozgina ukrop, 1 dona sarimsoqpiyoz, bir chimdim tuz.

    Tayyorlanishi: baqlajonni dum qismiga qarab oxirigacha qirqmasdan 6-7 bo‘lakka bo‘lib olamiz. Qismlarni sekin-asta yoyib chiqsak, xuddi yelpig‘ichga o‘xshab qoladi. Uni 15 daqiqa tuzli suvga solib qo‘yamiz.

    ...
  • Jo‘xorili sho‘rva

    Kerakli mahsulotlar: 100 gramm go‘sht, 4 dona piyoz, 3 dona pomidor, 3 dona bulg‘or qalampiri, 1 dona qizil sabzi, 3 dona kartoshka, 5 dona jo‘xori, 2 qoshiq o‘simlik yog‘i, tuz, suv.

    Tayyorlanishi: qozonga yog‘ni solamiz. Piyozni parrak shaklida, qolgan mahsulotlarni esa katta-katta kubik qilib to‘g‘rab olamiz. Piyoz bilan go‘sht qovurilgach pomidor,

    ...
  • “Ona diyor madhi” kriptografiyasi

    Avval quyida ta’riflari bayon etilib, raqamlarda ifodalangan o‘zbek ma’rifatparvar shoiri Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi haqidagi kalit so‘zlarni toping.

    1. Ijod sohibi tavallud topgan shahar – 10,9, 22,16,13,4, 10.
    2. Maktab darsligi sifatida yozgan nodir asari nomidan: “Turkiy 7,5, 12,2, 8,10,9, 4 yoxud axloq”.
    3. Abdulla Avloniyning ikki jildlik tanlangan
    ...
  • Kavsar Turdiyeva

    Bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva 1958-yil 6-avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug‘ildi.

    1975-yili Chilonzor tumanidagi 201-maktabni oltin medal bilan tugatdi va ToshDU (Hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi. So‘ng Leningrad (Hozirgi Sankt-Peterburg) davlat universitetida o‘qishni davom ettirdi (1981).

    Kavsar Turdiyeva

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.