Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

2019-yil 10-son

  • Ona tilimga

    Ming yillardan taralgan,

    Elim bilan yaralgan,

    Hurmat bilan qaralgan,

    Ey, mening jonu dilim,

    Qadrdon, ona tilim.

     

    Senda fikr, ibrat bor,

    Senda sehr, hikmat bor,

    Senda mehr, quvvat bor,

    Ey, mening jonu dilim,

    Qadrdon ona tilim.

     

    Vatanimning hidi bor,

    Bobolarim ruhi

    ...
  • Baralla yangrasin oʻzbek kalomi

    Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga 30 yil toʻldi. Mazkur sana munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida bu kunni mamlakatimizda keng nishonlash toʻgʻrisidagi Prezidentimiz Qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra yurtimizning barcha viloyat, tuman, shahar va qishloqlarida, taʼlim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda bu bayram puxta

    ...
  • “Orom” maktabining onasi

    Muallim – oʻquvchining qoʻlidan tutib yozishni, chizishni oʻrgatgan, tetapoya qilishimizga koʻmak bergan, butun borligʻini bolalar uchun sarflagan jasorat egasidir. Ana shunday sharafli nomga munosib ustozlardan biri, oʻzining ilm-maʼrifat va sanʼat borasidagi alohida tadbirlari bilan xalqimizning mehrini qozongan Gulnora Qoʻchqorovadir.

    U poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi mashhur

    ...
  • “Raqqos yaproqlar”

    Yaqinda tahririyatga koʻzlari quvonchdan porlagan chinozlik yosh ijodkor qizimiz Naima Anvarova kirib keldi. Qoʻlidagi yangi chop etilgan birinchi kitobini koʻrsatib,

    – Suyunchi bering, ustoz, kitobim chiqdi, – dedi. Juda xursand boʻlib ketdim. Kitobchani qoʻlimga olib Naimani tabrikladim. Xuddi oʻzimning kitobim chiqqandek sevindim. Kitob Oʻzbekiston Yozuvchilar

    ...
  • Bolalikdan uzoq bolakay

    Tarixda buyuklar koʻp boʻlgan. Ularning hayot yoʻli, amalga oshirgan olamshumul ishlari yillar oʻtsa-da oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydi. Sababi, ularning barchasi odamlar turmush tarzini yengillatish, baxtli hayot sari odimlash, umuman olganda, dunyoni oʻzgartirish uchun butun umrini oʻz sevgan mashgʻulotlariga sarf etgan.

    Tomas EDISON

    ...
  • Mehribon qoʻllar

    Qoʻlimda kitob bilan shaharning sershovqin koʻchalaridan shoshilib borarkanman, bolalik xotiralarim asta koʻz oldimda jonlanadi, sogʻinchdan entikaman...

    Tiniq ariq suvlarini loyqalatganlarimiz, saraton issigʻida behol yotgan olaparni holi-joniga qoʻymaganimiz, tasavvurimizda yangicha olam kashf etib, uni yumaloq gullar, uchburchak, toʻrtburchak uylar tasvirida chizib, “musavvirlik”

    ...
  • Qatʼiyatli Hamzaxon

    Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilarning taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining dars xonalari zamonaviy jihozlangan. Nafaqat maktabdagi, balki sogʻligi tufayli uyda yakka tartibda taʼlim oluvchi bolajonlar ham doimo ustozlar eʼtiborida.

    Ana shunday oʻquvchilardan biri Hamzaxon Asliddinov

    ...
  • Ona tilim

    Qadim Turkistonning shuhrati, shoni,

    Ajdodlardan meros nurli imkoni,

    Qodiriy, Choʻlponlar asriy armoni,

    Qalbimning toʻrida jo boʻlgan tilim,

    Seni ardoqlagay toabad elim.

     

    Navoiy faxr etib soʻzlagan tilim,

    Boburlar yetolmay, boʻzlagan tilim,

    Goho qismatingdan ezilar dilim,

    Qalbimning toʻrida jo boʻlgan

    ...
  • Shukrona

    Shukronam shu, toʻkin yurtda tugʻilganman,

    Tuprogʻi zar, oltin yurtda tugʻilganman.

    Oydin tunlar oy charaqlab, boshim silab,

    Quyosh tongni oʻpgan yurtda tugʻilganman.

     

    Osmon yashnar togʻlarining viqoridan,

    Inju sochar qoʻynidagi muz-qoridan.

    Koʻnglim yayrar chamanlarning iforidan,

    Binafshalar kulgan yurtda

    ...
  • Bugʻdoyzor

    Poyonsiz qir-adirda

    Tovlanadi bugʻdoyzor.

    Uning shovullashida

    Toʻkinlik qoʻshigʻi bor.

    Bugʻdoyzor kezarkanman

    Yuragimda bir nido:

    Boshoqlar chayqalganday

    Toʻlgʻonmasin bu dunyo!

     

    Abdusamat YUSUPOV,

    Toshkent viloyati Zangiota tumani,

    faxriy muallim

  • Kulgi boʻldim

    Yoʻl boʻyida tovlanib

    Oʻsar qamish qir osha.

    Ogʻiz koʻzga aylanib

    Boʻldim kulgi – tomosha.

     

    Boʻgʻim-boʻgʻim tanalar

    Chilvirdan uy quribdi.

    Toʻsin uyin qoʻriqlab,

    Oyoqqa chil uribdi.

     

    Taʼqib qilgan qamishboy,

    Yiqdi mohir “halol” deb.

    Oʻh, gursillab yer oʻpdim,

    Koʻz gavdaga malol

    ...
  • Matematik masalalar sheʼrda

    Negmurod Guliyev Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi 57-maktabda uzoq yillar matematika fanidan oʻquvchilarga saboq berdi. Badiiy ijod bilan ham muntazam shugʻullanib kelmoqda. U “Shuhrat medali sohibi, qator kitoblar muallifi. Quyida shoirning matematik masalalarni sheʼriy yoʻl bilan ifodalab yozgan ijodidan namunalar bermoqdamiz.

    ...
  • Topqir qiz

    Shunday dugonam borligidan faxrlanib yuraman. Dildorani aytaman-da, oʻta ziyrak, aqlli, hushyor qiz. Gapimning isboti uchun ingliz tili darsida boʻlgan bir voqeani soʻzlab beraman.

    Mavzu – “Ingliz tilida boʻlishsiz gap”, edi. Ustozimiz joriy nazoratdan soʻng oʻquvchilarning diqqatini jamlash maqsadida qiziqarli oʻyin oʻtkazdi. Goʻyo bizlarni “uygʻotdi”.

    Oʻsha oʻyinda ayniqsa,

    ...
  • “Yulduzlardan tizib koʻzmunchoq...”

    Tadbirkor ayiqpolvon

    Ayiqpolvon tadbirkor

    Boʻlishni xohlab qoldi.

    Doʻkon ochdi va unga

    Turfa shirinlik soldi.

     

    Oʻtirardi gerdayib,

    “Savdosi boʻldi qanday?” –

    Deganlarga javobim

    Eshiting, mana bunday:

     

    Bir hafta oʻtmay ayiq,

    Puliga kuygan emish.

    Chunki bor

    ...
  • Avtobusda yurishni bilasizmi?

    Bilaman, koʻpchiligingiz maktabga avtobusda qatnaysiz. Ayrimlaringiz vaqtingizni tejash uchun avtobusning qatnash grafigi, intervalini yodlab ham olgansiz.

    Lekin biror marta avtobusda, umuman, jamoat transportida yurishning ham qonun-qoidalari borligi, har bir yoʻlovchi unga amal qilishi kerakligi haqida oʻylab koʻrganmisiz? Balki sarlavhani oʻqib, iye, avtobusda yurishni

    ...
  • Javohirlar sandigʻi

    Bir tomchi suv chumoliga daryo koʻrinar

    Ozgina ish ham koʻp va ogʻir tuyulib, peshonasini tirishtiradigan, boʻyin tovlaydigan ishyoqmas, dangasalarga qarata shu maqolni aytib ularni mazax qilishadi.

     

    Birikkan kuch – kuch, birikmagan kuch – puch

    Inson yakka oʻzi, jamiyatdan ajralgan holda yashay olmaydi. Xalqimiz oʻzining

    ...
  • Xalqaro kitob bayramida

    Gulxanjon Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan sahifalarni tayyorlab oʻtirgandi, qadrdon doʻsti, “Yosh kitobxon” respublika koʻrik-tanlovining sovrindori Dilnavoz Najimova qoʻngʻiroq qilib qoldi:

    – Gulxanjon, tadbir boshlanay deyapti-yu, qayerda yuribsan?

    Gulxanjon shunda bugun “Oʻzekspomarkaz”da ka-a-atta bayram – “Tashkent Book Fest – 2019” Xalqaro kitob

    ...
  • Topishmoqlar

    Qumdan yaralar oʻzi,

    Deraza, eshik koʻzi.

    Rangi yoʻq, yuzi silliq,

    Uyni tutadi issiq.

     

    ***

    Bir ajoyib oq uycha,

    Ichida qavat tokcha.

    Boʻlsa hamki issiq, yoz,

    Uychani ichi ayoz.

     

    ***

    Ikki yaproq jonu tan,

    Unga chamanzor Vatan.

    Gulzorda gul oralab,

    Gulga qoʻnar

    ...
  • Oltin kuz

    Koʻzlar begonamas, yillar begona,

    Xazonlar toʻkilgan yoʻllar begona.

    Tarovating koʻrib uzolmadim koʻz,

    Men seni sogʻindim qadrdonim, kuz.

     

    Giyohlar, daraxtlar sendan olgan rang,

    Yulduzlar porlagan, bir bora qarang.

    Chiroying oldida lolu hayron koʻz,

    Men seni sogʻindim musavvirim, kuz.

     

    Sen kelsang,

    ...
  • Maʼrifat

    Jaholatni maʼrifat

    Yengmogʻligi haqiqat.

    Maʼrifatni yoqlashib dildan

    Allomalar koʻrsatgan ibrat.

     

    Maʼrifatning yoʻli oydin yoʻl,

    Jaholatga berma aslo qoʻl!

    Bani inson – oliy xilqatsan

    Qadringni bil, maʼrifatli boʻl!

     

    Dilnoza SAIDOVA,

    Toshkent shahar Bektemir

    ...
  • Gullarimga

    Binafsha, lola gullar,

    Parvarish qilsak gullar.

    Atirlar sochib xushboʻy,

    Yuksaklarga choʻzar boʻy.

     

    Ilhomjon XOLMIRZAYEV,

    Namangan shahri

  • Quyoshning tabassumi

    Quyosh tabassumidan

    Qir-adir yashnab ketdi.

    U nurli yaktagini

    Togʻlarga tashlab ketdi.

     

    Kamalakrang koʻylagin,

    Kiyib oldi gʻunchalar.

    Uygʻondi butun borliq,

    Oyim yopdi kulchalar.

     

    Jildiraydi jilgʻalar,

    Boqqa burib yoʻllarin.

    Daraxtlar duo qilar,

    Koʻkka choʻzib

    ...
  • Taʼrif shart emas

    Muallim barchaga berdi bir savol,

    Tahlil qilib koʻring ushbu zamonni.

    – Rustamov, qani tur, surmasdan xayol,

    Xoʻsh, nechun sevasan Oʻzbekistonni?

     

    Oʻrnidan turdi-yu, oʻylanib qoldi

    Soʻng asta fikrini aytdi Davronbek.

    “Saodatnoma”ni qoʻliga oldi,

    Shovqindan ovozi eshitilmas lek.

     

    Ustoz der: Jim turing,

    ...
  • Maktabimga maktubim

    Har narsaga qiziqib,

    Oʻrganmoqni xohlaymiz.

    Ustozimiz ishonchin

    Biz, albatta, oqlaymiz.

     

    Qadrdon, jon maktabim,

    Bilimga kon maktabim.

    Zukkolarni buyuk qilgan

    Baxtga narvon maktabim!

     

    Mahliyo QOʻRABOYEVA,

    Samarqand shahridagi

    64-maktab 7-sinf

  • Ustozimga

    Sizga boʻlsin yuksak hurmat, ehtirom,

    Har bitta soʻzingiz foydali kalom.

    Bilim bu – baxt demak, bilim bu – orom,

    Ustoz, bayramingiz muborak boʻlsin.

     

    Siz – mening zehnimni aylagan oʻtkir,

    Soʻzingiz purmaʼno, soʻzingiz bir sir,

    Shogirdga otadan ulugʻ boʻlgan pir,

    Ustoz, bayramingiz muborak

    ...
  • Tabiat taʼrifi

    Erkinjon erkalanib,

    Savol soʻrar: – bobojon,

    Nima oʻzi tabiat?

    Ayta qolingiz shu on.

     

    – Bolajonim, bolajon,

    Tabiat bu – onadir.

    Goʻyo ulkan boyliklar

    Toʻplangan bir xonadir.

     

    Kimdir unga otsa tosh,

    Bizga ham botar tigʻday.

    Tabiat – onamizni

    Asraylik

    ...
  • Obod boʻlsin Vatanim

    Mening asl niyatim,

    Sodiq boʻlish Vatanga.

    Lozimdir aʼlo oʻqish

    Va hurmat har bir fanga.

     

    Yurtimga kerakligim,

    Doim mening oʻyimda.

    Vatanim obod boʻlsa,

    Toʻkinlik bor uyimda.

     

    Mushtariyxon RASULOVA,

    Muhammad Yusuf nomidagi

    ijod maktabi, 7-sinf

  • Vaqt

    Vaqt nimaga oʻxshaydi?

    Vaqt oʻxshaydi shamolga.

    U bir joyda turmas hech,

    Tizgin bilmas xayolday.

     

    Shamol vaqtni sarf etsak,

    Eng-eng toʻgʻri yoʻllarga.

    Xotirjamlik degan qush

    Qoʻnar bizning dillarga.

     

    Rayhona MUSTAFOQULOVA,

    Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani

    16-maktab

    ...
  • Kitob

    Kitob hamroh, doʻst erur,

    Kitob-oftob, kitob-nur.

    Ichi toʻla maʼnolar,

    U xazina, inju-dur.

     

    Bergani uchun bilim,

    Bulbulday sayrar tilim.

    Yuksaklarga eltadi,

    U bergan har bir ilm.

     

    Zilolaxon GʻOFURJONOVA,

    Andijon viloyati Baliqchi tumani

    9-maktab 3-sinf

  • Jonli shlyapa

    Nikolay Nosov

     

    Shlyapa ilgakda osigʻliq turar, uning tagida mushukcha Vaska mudrardi. Vovka va Vadik stol ustidagi rasmlarni boʻyash bilan band. Shu payt orqada nimadir “shap” etib yerga tushdi. Ular ortga oʻgirilib shlyapani ilgak ostida koʻrishdi.

    Vovka ilgak yoniga keldi. Shlyapani koʻtarib, tagida nima bor

    ...
  • “Gulxan” uchrashuvlari

    Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 86-63-235-maktablarda 21-oktabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda maktab oʻquvchilari tomonidan ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlar aytildi, oʻzbek tilining goʻzalligini oʻzida mujassam qilgan qoʻshiqlar yangradi. Oʻquvchilar Alisher Navoiy gʻazallaridan yod olib sahna

    ...
  • AQSH maktablari

    Eng muhim tayanch

    Amerikada davlatning eng muhim tayanch nuqtasi taʼlim tizimi hisoblanadi.

    AQSH taʼlim tizimi maktabgacha taʼlim, oʻrta va oliy taʼlim bosqichlariga boʻlinadi va u federal, davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan nazorat qilinadi, moliyalashtiriladi. Amerika boʻyicha faoliyat yuritayotgan 120 ming maktabning 30 foizini xususiy maktablar tashkil

    ...
  • Nodir qaysar

    Nodir – oilada kenja oʻgʻil. Shu damgacha kenjatoy – erkatoy hisoblab kelyapti oʻzini. Tunov kuni bozorga tushib, qoʻyarda qoʻymay onanga yangi koʻylak oldirdi. Koʻylak soʻnggi urfda, yangi chiqqan matodan jimjimador qilib tikilgan edi. Maktabga kiyib borganda, unga nafaqat bolalar, hatto qizlar ham suqlanib qarashdi, ularning havasi kelganidan oʻzi ham zavqlandi. Uyiga kelib, shu haqda

    ...
  • Bolalikdagi yorqin xotira

    Oʻshanda men besh-olti yoshlarda edim.

    Bir kuni otam gʻishtga oʻxshash, qogʻozga oʻrogʻliq nimadir qoʻltiqlab keldi. Gʻalati, oʻyinchoq boʻlsa kerak, – deya ikki akam va men qotib turardik. Otam qoʻllarini yuvib kelib, asta qogʻozning iplarini yechdi. Bu rus adibi Nikolay Nosovning “Bilmasvoy va uning sarguzashtlari” nomli qalin, muqovasida ajoyib suratlar tasvirlangan chiroyli,

    ...
  • Hello my dear friend “Gulxan”! How are you?

    Do you know what I am doing? Nowadays I am reading English books. I try to write some fairy tales in English too and of course I am helping my mother with doing certain house chores. Apart from that, I am going courses on English and Russian. I very wanted to inform you about my teachers and congratulate them on teacherʼs day via my letter. My English language teacherʼs name is Ahtamov Aziz.

    ...
  • Happy teachers day!

    You are not only our teacher. You are our friend, philosopher and guide all moldest into person. We will always be grateful for your support!

    The way you teach,

    The knowledge you share,

    The care you take,

    The love you shower,

    Makes you the worldʼs the best teacher!

  • Number one teacher

    Kenn Nesbit

     

    A teacher should have a special place

    In every childʼs heart,

    Because in this game of life,

    They help them get their start.

     

    I just want thank you, (name)

    For all thinks youʼve done,

    Youʼre a very special teacher,

    And to me youʼre number

    ...
  • Ota duosi

    Oʻtgan yaxshi kunlarni eslash kishiga doimo oʻzgacha ruh bagʻishlaydi, yurakka katta madad beradi. Bu xotira ayniqsa, yurt sharafi, el dovrugʻi masalasida boʻlsa. Oʻzbekiston, deya hayqirib maydonga tushgan sportchi bormi, oʻz bilimini dunyoga namoyish etayotgan yosh matematigimiz bormi yoki bir necha bor jahon shaxmat ustalarini “mot” qilgan yosh grossmeysterlarimiz bormi – hammasi bizniki,

    ...
  • Ham shifo, ham taom

    Kuz fasli kelishi bilanoq dalalarimizda vitaminlar gʻarq pishadi. Ushbu sahifani vitaminlarga boy va mazali boʻlgan qovoqvoyga bagʻishlaymiz. Polizimiz pahlavoni darmondorilarning koni boʻlib, yuzlab kasalliklarga davodir. Kaliy, temir, kalsiy, magniyga boy boʻlgani uchun asablarni tinchlantiradi, uyqusizlik, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, kuchli va yogʻli ovqatlarning hazm

    ...
  • Qovoq yostiq

    “Qovoq sayli”miz davom etadi. Endi sizlar bilan turli matolardan qovoq yostiqcha yasaymiz.

    Bu juda ham oson, koʻp mehnat talab qilinmaydi. Bu yostiqchada siz ignalaringizni saqlashingiz mumkin.

     

    Kerakli asboblar

    Rangli matolar (sariq, olov rang, qizgʻish, yashil), qalin oʻram ip, qaychi, igna, sitefon, ip yoki

    ...
  • “Ustozga taʼzim” boshqotirmasi

    KROSSVORD Zanjir holida: 1. Birinchi oʻzbek professori, yozuvchi, olim. 2. Gerodot asos solgan fan. 3. Algebra fani asoschisi, oʻrta asr olimi. 4. Bilim olish. 5. Oʻzbek adabiyotining atoqli olimi. 8. Yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar yozib qoldirgan

    ...
  • О чём следовало спросить?

    Мама Гульшоды включила ноутбук и переговорила с мужем, который находился в рабочей командировке за границей, а затем позвала детей: “Если у вас есть что сказать отцу, бегите!”

    – Конечно же, есть! – прибежала первой Гульшода.

    Мама нажала на кнопку и та застрекотала: – Папочка, привезите мне из Кореи самое красивое платье.

    То, что мама вдруг обернулась в её сторону, она

    ...
  • Загадки

    Та, что съела колобок,

    Убежала наутёк,

    Очень хитрая сестрица,

    А зовут её... .

     

    Это вовсе не косой,

    Он обманутый лисой.

    Но в еде он знает толк

    Очень хищный, серый... .

     

    У него еды не густо:

    Лишь морковка и капуста,

    Не становится на ролик,

    А сидит лишь в клетке...

    ...
  • Togʻay Murod

    Togʻay Murod 1948-yil Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent davlat Universitetining (hozirgi OʻzMU) Jurnalistika fakultetida (1967–1971), Moskvadagi Adabiyot institutida (1985–1987) tahsil oldi. Respublika radiosi (1972–1975), “Oʻzbekiston fizkulturachisi” gazetasi (1976–1978), “Fan va turmush” jurnallarida (1982–1984) xizmat qildi.

    1976-yili

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.