Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

2019-yil 9-son

  • Kurtak yozayotgan ilhomlar

    Mustaqillikning 28 yillik bayrami arafasida tahririyatimizga yosh ijodkor opa-singillar – Fotima va Zuhra Inogʻomovalarning dadasi qoʻngʻiroq qilib “Ustoz, qizlarimni tabriklasangiz boʻladi. Ular imtihonlardan oʻtib Toshkent shahrida ochilgan Abdulla Qodiriy ijod maktabiga qabul qilinishdi”, – dedi sevinib. Xushxabarni eshitib barchamiz xursand boʻldik. Chunki bu qizlar boshlangʻich sinfda

    ...
  • Har bir inson noyobdir

    Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, adabiyotshunos olim, taniqli tarjimon Ibrohim Gʻofurovning bolalik xotiralarini tinglar ekansiz, teran mushohadali soʻz zargarini kamolga yetkazgan azim Toshkentning koʻhna manzaralari koʻz oldingizda jonlanadi. Yupungina kiyingan kichkina Ibrohim bilan qadimiy Shoshning tor koʻchalari, gavjum bozor va guzarlarida, soʻlim bogʻlarida

    ...
  • Turfa fikrlar bahsi

    Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning iqtidorini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, ular qalbida adabiyotga, sheʼriyatga, tasviriy sanʼatga mehr uygʻotish orqali maʼnaviy dunyosini milliy va umuminsoniy gʻoyalar bilan boyitish, shuningdek bebaho neʼmat – Mustaqilligimiz qadrini yanada yuksaltirish bugun oʻzini shu vatan rivojiga daxldor deb bilgan har bir

    ...
  • Mukofot muborak, ustozlar

    Mustaqilligimizning 28 yillik tantanalari arafasida bolalarning suyukli ijodkori, Gulxanjonning erka bobosi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning adabiyotimiz oldidagi mashaqqatli va samarali mehnatlari inobatga olinib Hukumatimiz tomonidan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, chinakam bolajon adiba, ham oʻzbek tilida, ham rus tilida bolalar uchun hormay-tolmay ijod

    ...
  • Sherlok Xolms va Mark Tven

    Bilasizmi, Sherlok. Bir jumboq bor edi. Xabaringiz bor, men sugʻurta kompaniyasida ishlayman. Yaqinda bizning doimiy mijozlarimizdan biri janob Jorj oʻzining bir qimmatli qogʻozini sugʻurtaladi. Bu qogʻoz yozuvchi Mark Tvenning tugʻilganligi haqidagi guvohnoma edi. Mana uning nusxasi, koʻring, – deb qogʻozni Sherlokka uzatdi Fit.

    Sherlok guvohnomani oldi-da, asosiy

    ...
  • Ziyo ulashgan festival

    Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan Respublikamiz boʻylab “Maʼnaviyat festivali” oʻtkazildi. Shu munosabat bilan 19-21-sentabr kunlari qadimiy va navqiron poytaxtimiz Toshkentda

    ...
  • “Koʻz nurim-quvvatimsan”

    Soʻz boshi salom

    Salom, Assalom,

    Eng sirli kalom,

    Oʻtinchim sendan,

    Yodda tut, bolam.

     

    Salom, Assalom

    Oʻrnini alam

    Egallashiga

    Yoʻl berma, bolam!

     

    Soʻz boshi salom,

    Esda tut mudom.

    Odamiylikka

    Yoʻl ochar, bolam.

     

    Salom,

    ...
  • “Shivirlab qoʻshiq aytgan bogʻlarga qarang”

    Ikki boʻri

    Ikki boʻri olishar,

    Dalada goʻsht talashib.

    Hakamlik qilar tulki,

    Quvlik shumligi oshib.

     

    – Qani, qani, – dedi u,

    Kim chiqar ekan gʻolib?

    Gʻolib kelgan pahlavon,

    Ketadi goʻshtni olib.

     

    Oxiri ikki boʻri,

    Yiqildi holdan toyib.

    Tulki-chi olib

    ...
  • Qargʻachaning oʻziga ota-ona izlagani haqida

    Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekanda, toʻq ekan, ulkan oʻrmonda Olaqargʻayevlar oilasi yashar ekan. Ular oʻn yil kutibdi, yigirma yil kutibdi, nihoyat, farzandli boʻlishibdi. Yolgʻiz farzandining ismini Qoratosh atabdilar. Bu ismni unga boshi toshdek qattiq, joni mustahkam boʻlsin, uzoq umr koʻrsin degan niyatda qoʻyibdilar.

    Olaqargʻa xola oʻz bolasi Qoratoshni “Mening qora atlasim”,

    ...
  • Men sevgan asar

    Odamning ich-ichidan sevgan, yoqtirgan bir asari, hikoyasi, ertagi boʻladi. Menga negadir tarixiy mavzudagi asarlar yoqadi. Balki bu mening dunyo taraqqiyotiga yuksak xissa qoʻshgan ajdodlarim hayotiga, yurtimiz oʻtmishiga boʻlgan qiziqishim tufaylidir. Ana shunday asarlardan biri shox va shoir temuriy sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi “Yulduzli tunlar” romani. Oʻzbekiston xalq

    ...
  • Kim aybdor?

    Oʻquvchilardan birining onasi maktab rahbarining xonasiga kirib shikoyat qilibdi:

    – Fizika oʻqituvchisi oʻgʻlimga “2” baho qoʻyibdi. Oʻzi yaxshi dars oʻtmaydi-da, yana “2” qoʻyadi. Mening oʻgʻlim bitiruvchi, oʻqituvchiga ayting, “2”sini tuzatib qoʻysin.

    Fizika oʻqituvchisini yaxshi bilgan, uning tajribasiga ishongan rahbar haligi onaga qarab bosiqlik bilan:

    – Hozir

    ...
  • Popoka

    Anisia Miranda,

    Kuba yozuvchisi

     

    Sinfimiz guruh boshligʻi bizga yangi oʻrtoq kelishini aytdi. Bizga uning qanday bola va qayerdan kelganligini bilish qiziq edi.

    Biz uni oqshomda koʻrdik. U bir yosh ayol bilan xayrlashdi va dadil qadam tashlab boqqa kirdi. Uning yelkasida

    ...
  • Kuz xayollari

    Qoʻl uzatsam egildi osmon,

    Choʻkib ketdi gʻamlar koʻzimga.

    Tillarang kuz shafaqni bezar,

    Bir iliq nur tushar yuzimga.

     

    Yashirinib chiqadi quyosh,

    Yoʻlaklarda barglar xazoni.

    Ustimizdan bosib olguday

    Koʻkda suzar bulut karvoni.

     

    Chor-atrofni qamrab oldi kuz,

    Xazonrezgi damlar

    ...
  • Mushoira

    “Mushoira etadi davom”

    Oʻrik yana gullagan chogʻda.

    Qalbni qalbga berar ikkovlon

    Sayr etgancha bexazon bogʻda.

     

    Qadamiga bahor poyandoz,

    Bosh egadi giyoh-u daraxt.

    Ustoz Hamid Zulfiyasiga

    Har satrida ulashadi baxt.

     

    Shoira ham intilar olgʻa,

    Hurmat qilib aziz yorini.

    Sadoqat-u ibosi

    ...
  • Buvijon

    Buvijonim, mehribonim,

    Mening jon-u jahonim

    Roʻzgʻorimiz sarishtasi,

    Uyimizning farishtasi.

     

    Soʻzlaringizda sehr bor,

    Koʻzlaringizda mehr bor.

    Duolar qilasiz doim,

    Uzoq yashang siz iloyim.

     

    Diyora SAYDULLAYEVA,

    Toshkent shahar Yashnobod tumani

    244-maktab 8-sinf

  • Oshno boʻling kitobga

    Kitob doʻstdir, bilsangiz,

    Quchoq ochar, kelsangiz.

    Oʻzni hurmat qilsangiz,

    Oshno boʻling kitobga,

    Tashna boʻling kitobga!

     

    Tengi yoʻq zeb-u ziynat,

    Maslahatgoʻy beminnat,

    Topay, desangiz hikmat,

    Oshno boʻling kitobga,

    Tashna boʻling kitobga!

     

    Yovni toʻsay, desangiz,

    Tigʻday

    ...
  • Yomgʻir

    Yomgʻir tomchilaydi, yoqimli biram,

    Kimgadir xush yoqar kimlardur mahzun.

    Bu hol qanday sirni anglatar bilmam,

    Yomgʻir yogʻayotir, tun esa uzun.

     

    Tomchilar shoshilmay yerni quchadi,

    Balki bu tomchilar osmon elchisi.

    Yer osmon dardini balki tinglaydi,

    Darmon topolmayin yigʻlar kechasi.

     

    Zilola

    ...
  • Quyosh

    Olam chirogʻi Quyosh,

    Bilasizmi necha yosh?

    U porlar koinotda

    Eng kuchga toʻlgan yoshda.

     

    U Yerimiz otasi –

    Oymomaning bobosi.

    Hammasi boʻlib uning

    Bordir sakkiz bolasi.

     

    Yupiter eng kattasi,

    Merkuriy kichkintoyi.

    Ularning orasida

    Yerimiz

    ...
  • Tilingni avayla

    Yaxshi soʻz, yomon soʻz ham

    Tildan chiqadi, bilsang.

    Tilingdan “tayoq” yeysan

    Betgachoparlik qilsang.

     

    Ranjitmagil hech kimni,

    Birovga berma ozor.

    Ehtiyot qilgin tilni,

    Boʻlmagin mehrga zor.

     

    Chumoliga ham ozor

    Yetkazmoq asli gunoh.

    Qadrli doʻst, tengdoshim,

    Bundan boʻlaylik

    ...
  • Mehmon

    Koʻp quvonib ketamiz

    Uyga kelganda mehmon.

    Noz-neʼmatlar qoʻyamiz,

    Yozib oppoq dasturxon.

     

    “Mehmon atoyi Xudo”

    Deyishar ota-onam.

    Mening koʻnglim yayraydi,

    Qarindoshlar boʻlsa jam.

     

    Gulbonu ABDUJAMILOVA,

    Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 49-maktab 11-sinf

  • Ertaklar

    Aqlimizni charxlaydi,

    Hayratlarga boshlaydi,

    Koʻzimizni yoshlaydi

    Onam aytgan ertaklar.

     

    Yaxshilikka yor boʻlar,

    Yovuzliklar xor boʻlar,

    Adolat gʻolib boʻlar

    Onam aytgan ertakda.

     

    Ezgulikni oʻrgatar,

    Yomonlikni yoʻqotar,

    Dilda mehr uygʻotar,

    Onam aytgan

    ...
  • Maktabim, jon maktabim

    Ilmga konim oʻzing,

    Nurli jahonim oʻzing,

    Yorugʻ ayvonim oʻzing,

    Maktabim, jon maktabim.

     

    Senda oʻqib tolmayman,

    Gʻoliblardan qolmayman.

    Ustozlarim umidi,

    Ishonchini oqlayman.

     

    Gullola OʻTKIROVA,

    Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani

    4-maktab 6-sinf

  • Mening ikki onam bor

    Bizning jiydazor bogʻimiz bor. Dadamning aytishlaricha, bu yerlar bir vaqtlar xilvat joy boʻlib odamlar hatto oʻtishga hadiksirar ekan. Bu tashlandiq yerni bobomning bobosi oʻzlashtirishga jazm qilibdi. U kishi jiyda gulini juda yaxshi koʻrgan ekan. Shu sabab ham bu yerga jiyda nihollarini ekibdi. Har yili jiyda gullaganda bogʻni aylanar ekanmiz dadam gʻurur bilan: “Bu bizning tariximiz,

    ...
  • Besh bosqichli taʼlim

    Qadrli muxlislar! Jurnalimizning “Dunyo maktablari” ruknida berib borilayotgan maqolalar orqali siz Yaponiya, Niderlandiya va Germaniya davlatlaridagi maktablar va ularning taʼlim tizimi, tartibi haqida maʼlumot olgan edingiz. Bugun esa Janubiy Koreya maktablari faoliyati bilan tanishasiz.

    Koreys moʻjizasinig omillaridan biri mehnatsevar aholisi boʻlsa, yana

    ...
  • Zovboshi

    Biz yozgi taʼtilni Ergashning dadasi choʻponlik qiladigan Zovboshida oʻtkazdik. (Zov – tik qoya, baland jarlik yoki chuqur dara degani). Men togʻda koʻp daralarni kezganman, lekin Zovboshidek oʻziga xos ajib manzarali joyni hech qayerda koʻrganim yoʻq.

    Ovulda hayot erta tongdan boshlanadi. Kimdir echki, qoʻy, sigirlarni sogʻib, ularni podaga qoʻshadi, kimdir buloqdan suv keltiradi,

    ...
  • Серый это грэй

    У Гульшоды и Акбаршоха задание по английскому: выучить все цвета. Но почему-то английский они учат не с особой охотой и получают при этом неважные оценки. Поэтому мама на сей раз весь контроль возложила на дядю Шамшода – знатока английского.

    Но для Гульшоды и Акбаршоха ока­залось более интересным событие, проис­ходящее возле дома. Спросите, по­чему? Да потому, что прямо

    ...
  • The flower school

    Rabindranth Tagore

     

    When storm-clouds rumble in the sky and June showers come down.

    The moist east wind comes marching over the heath to blow its bagpipes among the bamboos. Then crowds of flowers come out of a sudden, from nobody knows where, and dance upon the grass in wild glee. Mother, I really think the flowers go to school underground. They

    ...
  • Out of this world

    John Cullien

     

    Being a teacher is fun because when youʼre sitting at your desk, kids will act as though thereʼs a sound proof force field around you. The false confidence that they wonʼt be heard leads to entertaining moments, like this exchange in which two Grade 11 boys in a science class were discussing their futures.

    “You know what I wanna be

    ...
  • Piyozvoy nega xomush?

    Oshxonada savlat toʻkib turgan javon ichida yotaverib zerikkan sabzavotlar oʻzaro gurungga kirishibdi.

    Suhbatni bir tomoni oftob koʻrmay sargʻayib pishgan Pomidor boshlabdi:

    – Shakl jihatdan kamina ham meva, ham sabzavotga oʻtaveraman. Ayniqsa, shu xonadonning chaqqon qizi Munisa meni juda ham yaxshi koʻradi, – dedi va qoʻshib qoʻydi, – goh “oltin olma”, goh pomidorim –

    ...
  • Sentabr quvonchlari

    Samarqand davlat universiteti qoshida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab ochildi.

    2019–2020 oʻquv yilida maktabning 7-sinfiga fizika-matematika yoʻnalishi boʻyicha 60 nafar, kimyo-biologiya yoʻnalishi boʻyicha 60 nafar oʻquvchi tanlov asosida qabul qilindi.

     

    * * *

    Yangi oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida Prezident

    ...
  • Xushxabar

    Belarus poytaxti Minsk shahrida 8,10 va 12 yoshli bolalar oʻrtasida shaxmatning rapid va blits yoʻnalishlari boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Bellashuvda Samarqand shahridagi 42-maktabning 4-sinf oʻquvchisi Afruza Hamdamovablits yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

    Afruzaning hamshahri 8 yoshli Ruqiya Olimova esa rapid

    ...
  • Fazilat kutubxonasi ish boshladi

    Xabaringiz bor, Boʻka tumanidagi 27-maktab oʻquvchisi Fazilat Yoqubovaning “Besh tashabbus” sheʼri Prezidentimizga manzur boʻlgan edi. Oʻshanda Davlatimiz rahbari kitobsevar bu qizchaga oʻz uyida kutubxona ochib berishni aytgandilar. Mustaqillik bayrami arafasida Xoʻjaqoʻrgʻon mahallasining “Shodlik” koʻchasi haqiqiy shodlikka toʻldi. Fazilat yashaydigan xonadonda barpo etilgan ikki qavatli

    ...
  • Birinchi qoʻngʻiroq zavqi

    Respublikamizdagi barcha maktablarda boʻlgani kabi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 236-maktabda ham “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida Mustaqilligimizning 28 yilligi hamda “Bilimlar kuni” tantanali nishonlandi. Bayramni maktab direktori M. Yaminova ochib berdi. Bayramga tashrif buyurgan faxriy ustozlar, mahalla faollari hamda ota-onalar soʻzga chiqib Oʻzbekiston

    ...
  • Ilk qadamda – ikkinchi

    yoxud chim ustida xokkey oʻynashni bilasizmi?

     

    Biz odatda mashhur sportchilar-u ularning hayratomuz yutuqlari haqida toʻlqinlanib gapirishni xush koʻramiz. Tilga oladigan sport turlarimiz ham chegaralangan: oʻzimiz bilgan oʻsha boks, kurash, futbol va shaxmat. Ammo bugungi kunda dunyoda shunday sport maydonlari paydo boʻlmoqdaki, bu bahslarning

    ...
  • “Qardosh diyor” boshqotirmasi

    Aylanma krossvord. Shaklda belgilangan xonadan soat mili yoʻnalishida: 1. Poytaxt shahar. 2. Qozogʻiston va Jizzax viloyatida joylashgan suv ombori. 3. Atoqli adib, akademik, “Abay yoʻli” epopeyasi muallifi. 4. Markaziy Osiyodagi choʻl. 5. Oʻtmishda “Ona shahar” taʼrifi berilgan Chimkent

    ...
  • Ibrohim Gʻafurov

    Noyob isteʼdodi va samarali ijodi bilan jamiyatimizning maʼnaviy va ijtimoiy ravnaqiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan atoqli maʼrifatparvar adib, yirik olim, faol jamoat arbobi Ibrohim Gʻafurov 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻilgan.

    1956–1961-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) ning filologiya fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini

    ...

2016–2020 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.