Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

Muharrir suhbati

  • Har bahorda

    Bu yil qish fasli o‘z taxtini yengilgina – ortiqcha qahr-u g‘azab va injiqliklarsiz bahorga bo‘shatib berdi. Lekin biz har faslni o‘z xislati va fazilati bilan qabul qilishga o‘rganganmiz. Shuning uchun fevralning so‘nggi kunigacha qorga, qishga bo‘lgan tashna dillarimiz intiqlikdan tolmadi, qor yog‘ib berishini, yog‘ganda ham atrofni oq ko‘rpasiga o‘rab yog‘ishini kutdik. Nailoj, tabiatga

    ...
  • Oftob porlagan uyda

    Tibbiyot ilmining dahosi, buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning mashhur gapini tez-tez yodga olaman: “Quyosh kirmagan uyga kasallik kiradi”. Ya’ni, biz yashayotgan uyimizning eshik va derazalarini tez-tez ochib, uning havosini tozalab, yangilab turmasak, yorug‘lik va quyosh nuridan unumli foydalanmasak, xonadagi kichik bakteriyalar jonlanib ko‘payadi va shu uyda yashovchilarning sog‘lig‘iga

    ...
  • Manguga muhrlanganlar yodi

    Uzoq emas, yaqin 20-25 yil avval ota-onalarimiz, yoshi ulug‘ keksalarimiz qo‘llarini duoga ochib yuzlariga fotiha tortishganda, “Biz ko‘rgan urushni, ochlik, yo‘qchilik, qahatchilik kunlarini sizlar ko‘rmanglar. Yaratganning o‘zi balo-qazolardan asrasin”, deyishardi. Hozir esa ular “Tinchlik va xotirjamligimizga ko‘z tegmasin, hech kimdan kam bo‘lmaylik, farzandlarimizning kamolini ko‘raylik,

    ...
  • Yo‘li uzun manzillar

    Aziz mushtariylar, “Sog‘lom ona va bola yili”dagi eng katta ta’til kunlarini boshlab yuborganingiz bilan tabriklayman. Bilasizmi, ikki son oralig‘ida sizga aytadigan gaplarim ko‘payib, o‘rtoqlashmoqchi bo‘lgan fikrlarim yig‘ilib qoladi, sizlarni sog‘inib ketaman. U oydan bu oygacha qayerlarga bordik, kimlar bilan

    ...
  • Tinchlik va xavfsizigimiz yo‘lida

    Xalqimiz azal-azaldan himmati va mehmondo‘stligi bilan nom chiqargan. Uyiga mehmon kelsa izzat-hurmatini joyiga qo‘yishga odatlangan. Shu yilning 23-24-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent sammitiga kelgan mehmonlar ham mezbon xalqimizning bu boradagi tantiligiga tan berishdi.

    Qadrli jurnalxonlar, jahon afkor ommasi

    ...
  • Istiqlol shukuhi

    Shu kunlarda ona Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yini nishonlash arafasida turibmiz. Biz Vatan so‘zini hamisha Ona so‘zi bilan birga ifodalaganmiz. Sababi, Vatanimizni doimo onamizdek muqaddas va aziz deb bilamiz. Hamisha onamiz uchun qiyosi yo‘q ta’rifni izlaymiz, uni dunyodagi jamiki chiroyli so‘zlar bilan ulug‘lasak-da, kamlik

    ...
  • G‘oyalarga sodiqmiz

    Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik to‘yini nishonlayotgan kunlarimizda xalqimiz boshiga og‘ir musibat tushdi. Tayanchimiz, ishonchimiz, suyangan tog‘imiz, ma’naviy madadkorimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etdi. Kutilmagan qayg‘uli xabar bir zumda

    ...
  • Maktublarda ustozlar madhi

    Aziz jurnalxonlar, siz bilan yaqindagina O‘qituvchi va murabbiylar kunini bayram qildik. Ayni kunlarda esa O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sanani nishonlayapmiz. Shu munosabat bilan respublikamiz o‘quv maskanlarida an’anaga aylanib qolgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatimizda qanday muhim sanani o‘tkazmaylik, har safar bu ulug‘

    ...
  • Kuzgi uchrashuvlar

    Mana, kuz faslining so‘nggi oyida siz jurnalxonlar bilan yana uchrashib turibmiz. Shu kunlarda barcha ta’lim maskanlarida respublika gazeta va jurnallariga obuna qilish ishlari avj olgan. Bizning ijodiy jamoamiz ham targ‘ibot ishlarini amalga oshirish hamda shu bahona muxlislarimiz bilan yuzma-yuz suhbatlashish maqsadida Xalq ta’limining viloyat va tuman bo‘limlariga, u yerdagi maktablarga

    ...
  • Sarhisob

    Ayni shu kunlarda ota-onalaringiz, aka-opalaringiz va saylash huquqiga ega barcha fuqarolarimiz O‘zbekiston Respublikasi Pre­zidenti saylovi kunida faol qatnashib, farovon kelajak uchun ovoz berdik. Tadbirkorlar va ish­bilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzod etib ko‘r­satilgan Shavkat Miromonovich Mir­ziyoyev 15 million 906 ming 724 ovoz bilan mamlakatimiz

    ...
  • Vaqtning baxtga aylangani

    Aziz muxlislar, yana bir yilni ortda qoldirib, yangi orzu, yangi reja va yangi nom bilan 2017-yilni qarshi oldik. Ijod ahli “Har bir yangi yil – insonga berilgan yana bir imkoniyat”, deb ta’kidlaydi. Durustroq o‘ylab ko‘rilsa, bu juda topib aytilgan gap. Aytaylik, siz o‘tgan yili sport musobaqasida qatnashib, 3-o‘rinni oldingiz. 2017-yilda sizga yana bir imkoniyat berilyapti, 1–o‘rinni

    ...
  • Navoiy bo‘stonida

    Har safar o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiri, g‘azal mulkining sultoni asarlarini, buyuk daho haqida yozilgan kitoblarni varaqlaganimda, xayolan o‘tmishga sayohat qilgandek bo‘laman. Navoiy bobomizning millatimiz, o‘zbek mumtoz adabiyoti, tariximiz oldidagi benazir xizmatlarini xayolimdan o‘tkazaman. U haqida suratga olingan badiiy filmning ayrim lavhalari ko‘z oldimda jonlanadi.

    ...
  • Yaxshilikni sog‘ingan dillar

    Uzoq vaqt qish uyqusida mudrab yotgan ona tabiat bahor quyoshining iliq taftini quchoq ochib qarshi oldi. Nafaqat tabiat, balki ko‘klamni, oftob nurlarini, yashillikni sog‘ingan elimiz bu yilgi bahorni o‘zgacha intiqlik bilan kutdi. Bag‘riga nur yugurib ko‘zini ochgan zamin astagina yashillikka burkanib atrofga ajib, go‘zal manzaraning suratini chiza boshladi. Bahor fasli yurtimizga

    ...
  • Handaqlarda yozilgan xatlar

    Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz ahlini, ayniqsa, faxriylarimiz qalbini to‘lqinlantirib yubordi. Tahririyatda bu katta e’tibor va rag‘bat haqida o‘ylab o‘tirar ekanman, eshik taqillab keksa otaxon ko‘rindi. Salom berib

    ...
  • Ravon yo‘llar ostonasida

    Jurnalimizning aziz muxlislari! Siz bolajon xalqning erka va baxtli farzandlarisiz. Oila, mahalla, maktabda, turli to‘garak va boshqa hordiq chiqarish maskanlaridagi barcha qulay imkoniyatlar sizlar uchun, sizning kelajagingiz uchun.

    Yurtimizda har bir kun bolalar kunidek tuyuladi menga. Balki hamisha sizning davrangizda yurganim, sizlarni jon dildan yaxshi ko‘rganim uchundir. Nima

    ...
  • Tarixiy voqea

    Yurtimizning barcha bolalari yozgi ta’til kunlarini maroq bilan o‘tkazayotgan bir paytda Toshkentdagi katta Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda mamlakatimizning turli viloyat kengashlaridan saylangan delegatlar ishtirok etishdi. Shuningdek, unga Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat

    ...
  • Yangilanish sari

    Orombaxsh yozgi ta’tilning so‘nggi kunlarini o‘tkazib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishni ham boshlab yubordingiz. Maktab, ustoz va sinfdoshlaringizni sog‘indingizmi? Ishoning, ular ham sizni juda sog‘inishgan. To‘g‘ri-da, hayhotdek maktab huvillab turibdi. 1-sinfga qabul uchun farzandlarining hujjatlarini olib kelayotgan ona-bolalarni aytmaganda, maktab binosida osudalik. Hechqisi

    ...
  • Qo‘shaloq bayramlar shukuhi

    Jurnalimizning qadrli muxlislari! Avvalo barchangizni mamlakatimiz Mustaqilligining 26 yillik to‘yi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi – “Bilimlar kuni” bilan chin dildan qutlaymiz. 2017–2018-o‘quv yilida yangi yutuq va marralarni zabt etish hammangizga nasib etsin. Biz esa siz erishgan yutuq va muvaffaqiyatlarni jurnalimiz sahifalarida fotosuratlaringiz bilan yoritib borishga ulgurolmay

    ...
  • Tezkor davr talablari

    Yurtimizda katta o‘zgarish va yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Har kuni bir muhim yangilik, har kuni yangi qaror va farmonlar e’lon qilinmoqda. Bularning hammasi ona diyorimizning gullab-yashnashi, siz bolalarning yorug‘ kelajagingiz yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlardir.

    1-oktabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar bayramini katta tantana bilan nishonladik. Shu munosabat bilan

    ...
  • Biz sog‘ingan kunlar

    Aziz muxlislar! Yangi o‘quv yilining ikkinchi choragidagi darslarni yaxshi o‘zlashtiryapsizmi? Mana ko‘z ochib yumguncha maktablarda kelgusi – 2018-yil uchun obuna ishlari boshlanib ketdi. Siz-chi, siz qaysi bolalar nashriga obuna bo‘layapsiz?

    Biz – tahririyat xodimlari ham odatdagidek obuna mavsumida o‘quvchilarimizdan bir xabar olaylik, yangi yildagi rejalarimiz bilan

    ...
  • Farovon yashash kafolati

    Har yili jurnalning dekabr sonini tayyorlar ekanmiz, Yangi yil ostonasida turganimizni his etamiz. O‘zimizga yil boshida rejalashtirgan ishlarimizning barchasiga ulgurdikmi, jurnal eng avvalo, bolalarga, ularning ota-onalari, ustozlariga ma’qul bo‘ldimi, ular kelgusi yilda ham “Gulxan”ni yaxshi ko‘rib o‘qisharmikan, deb savol beramiz: Zero 2017-yilda ham ijodiy jamoamiz siz aziz muxlislar

    ...
  • Kitobxonlar safi ortdimi?

    Qadrli muxlislar! Keyingi yillarda mamlakatimizda mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish uchun ko‘pgina xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘quv maskanlarida kitob bilan bog‘liq tanlovlar, tadbirlar tashkillashtirilmoqda. Taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bularning bari siz bolalarning, yoshlarning kelajagingiz uchun qilinayotgan sa’y harakatlar.

    ...
  • Bir dona chinnigul

    8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni erta tongdan hovliga chiqib bahor nafasi kelib turgan toza havodan to‘yib-to‘yib sipqordim. So‘ng atrofni kuzatdim. Bahoriy gullarimning deyarli barchasi endigina quloq chiqarib yashnab turibdi, lekin hali g‘uncha ochmagan. Nonushtadan so‘ng bayram kayfiyati bilan yangi ochilgan gul ko‘chatlaridan olib kelish uchun gul bozoriga yo‘l oldim. Beruniy dahasidan

    ...
  • Chin muxlisga to‘rt savol

    Aziz o‘quvchilar, 2017–2018-o‘quv yilining so‘nggi choragini o‘qiyapsiz. O‘qishlar, uy vazifalari, turli to‘garaklardagi mashg‘ulotlar charchatib qo‘ymadimi? Siz charchash nimaligini bilmaydigan bolalarsiz. Biz sizlarga ishonamiz. “Gulxan”ning har bir sonini qunt bilan o‘qib borayotganlar hech qachon dangasalik qilmaydilar.

    Bugun siz muxlislarga bir kichik topshiriq bermoqchimiz.

    ...
  • Xotiralar yaqin kelganda

    Ertalab marshrut taksida ishga kelayotib bir-birlarini 9-May bayrami bilan qutlayotgan ikki keksa kishining suhbatiga guvoh bo‘ldim:

    – Assalomu alaykum, onaxon, – dedi taxminan oltmish yoshni qoralagan qo‘lida katta qora papkasi bor (ko‘rinishidan oliygohda dars bersa kerak, deb o‘yladim) kishi. Onaxon alik olib so‘rashdi.

    – Siz – oyoqda yurgan tarixsiz. Umringiz uzoq bo‘lsin,

    ...
  • Yozning qaynoq kunlarida

    Mana, barchangiz intiq kutgan ta’til kunlari ham boshlandi. 2017–2018-o‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlab oldingiz. Buyog‘iga rejalar qanday bo‘lmoqda? Yozning uzun va qaynoq kunlarini sermazmun o‘tishi uchun nimalar bilan mashg‘ulsiz?

    Keling, yaxshisi siz o‘ylab olguncha, men jurnalxonlarimizni “Gulxan”ning avvalgi sonida aytishga ulgurolmay qolgan quyidagi qiziqarli xabarlar bilan,

    ...
  • Yurt istiqboli uchun

    Qadrli o‘quvchilar, xabaringiz bor yaqinda O‘zbekiston respublikasi Prezidentining mamlakatimizning fidoyi va mard o‘g‘lonlarini munosib rag‘batlantirish to‘g‘risida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash qarori e’lon qilindi. Bu mukofot kimlarga beriladi?

    U yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, halol va

    ...
  • Kitob o‘qib boyiganim qoladi

    “Gulxan” jurnalining aziz muxlislari. Eng avvalo, sizlarni yaqinlashib kelayotgan katta tantana – Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik to‘yi bilan barcha ijodiy jamoamiz nomidan samimiy qutlaymiz. Hamisha sog‘-salomat yuring, o‘qish, o‘rganish, intilishdan charchamang. Ota-onangiz, mehribon ustozlaringiz, eng asosiysi, bugun sizga katta g‘amxo‘rlik namunasini ko‘rsatayotgan mamlakatimizning

    ...
  • Yuksalishga qanot bergan kuch

    Shu kunlarda mamlakatimizning har bir go‘shasida Mustaqilligimizning 27 yillik bayrami keng nishonlanmoqda. “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostidagi bu qutlug‘ bayram barchaga yuqori kayfiyat, ko‘tarinki ruh bag‘ishlamoqda.

    Har yili ulug‘ ayyom arafasida yangi bunyod etilgan bog‘cha, maktab, turar-joy binolari, uzoqni yaqin qiluvchi ko‘priklar va boshqa

    ...
  • Tilimizning jonli nafasi

    Mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganiga 29 yil bo‘ldi. Yurtimiz katta taraqqiyot yo‘liga chiqib oldi. Xalqimizning yashash tarzi kun sari o‘zgarmoqda. Har kunimiz yangiliklarga boy, biroz bee’tibor bo‘lsak, hayotdan ortda qolib ketamiz. Ona tilimizning lug‘at kitobi yangi so‘zlar bilan boyimoqda. Dunyoning ko‘plab mintaqalari bilan bog‘lanayotgan xalqaro aloqalar bois

    ...
  • Nega?..

    Tahririyatga ishga kelayotib avtobus bekatida pista chaqib o‘tirgan o‘quvchilarga ko‘zim tushdi. Ularning oyog‘i osti atrofdagilarning “havasni keltiradigan” darajada ivirsib bo‘lgan edi. 12-14 yoshlardagi uchta o‘quvchi bolaning ust-boshi binoyidek, yonida papkasi, qo‘lida esa qadoqlangan qog‘oz paketdagi pista. Ular pista po‘chog‘ini yerga tashlab atrofni to‘zitayotganlari xayoliga ham

    ...
  • Yil mazmuni

    Jurnalning har bir sonini ziyraklik bilan o‘qib borayotgan muxlislar! Mana siz bilan 2018-yilning so‘nggi – 12-sonida uchrashib tu­ribmiz. Nazarimda, “Gulxan”ning barcha ijodkorlari, jamoatchi mualliflari bilan ham­korlikda yil davomida siz jurnalxonlar bilan til topishishga harakat qildik. Sizdan kelgan har bir xat, har bir telefon qo‘ng‘irog‘i, internet orqali yuborilgan ijod

    ...
  • Ixtiyoriy obunaga yo‘l

    “Gulxan” jurnalini o‘qib ulg‘aygan aziz ustozlar, ota-onalar va jurnalning qadrli o‘quvchilari! Xabaringiz bor, 2019-yil uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Majburiy obuna”ga chek qo‘yildi. Bu bilan maktablarga kirib borayotgan uzundan-uzoq ro‘yxatlar barham topdi. Ya’ni, maktablar uchun zarur bo‘lgan gazeta-jurnallarga ustozlar va ota-onalardan yig‘ilgan pullar yengil-yelpi,

    ...
  • Bahorim, xush kelibsan

    Quchog‘ini gul-u chechaklarga to‘l­di­rib Navro‘zi olam kirib keldi. Tabiat qisqa fursatda o‘zining sokin, o‘ychan libosini o‘z­gar­tirib, turfa ranglarga burkandi.

    Bahorning ilk kunlarida hovlimizdan ko‘­­chaga chiqqim kelmay qoladi. Chunki bahor kelishi bilan erta ochiladigan binafsha, chuchmoma, nargis kabi ko‘p yillik gullarim ifori butun hovlini tutib

    ...
  • Imkoniyatlar eshigi

    Yaqinda Prezidentimiz rahbar­ligida “Yosh­­lar bilan ishlashni samarli tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqtirish bo‘yicha beshta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan masalalar qizg‘in muhokama qilindi va quyidagi tashabbuslar

    ...
  • Mangu xotiralar

    Shu kunlarda koʻpmillatli xalqimiz Ikkinchi jahon urushida erishilgan Gʻalabaning 74 yilligini nishonlamoqda. Besh yil davom etgan mashʼum urushda bir yarim milliondan ziyod Oʻzbekiston fuqarosi qatnashgan ekan. Ularning yarim milliondan ortigʻi halok boʻlgan. 133 ming nafarga yaqini bedarak yoʻqolgan. 60 mingdan ortiq vatandoshimiz esa urushdan nogiron boʻlib qaytgan.

    Prezidentimiz

    ...
  • Obodlik koʻngildan boshlansa

    Yurtimiz rahbarining Toshkent viloyati Boʻka tumaniga tashrifidan axborot vositalari orqali xabar topgach, koʻnglimizda tezroq borib shu obod manzillarni oʻz koʻzimiz bilan koʻrib kelish istagi tugʻildi. Har doimgidek boʻlim boshligʻi, jonkuyar jurnalist opamiz Muhabbat Hamidova bilan Boʻkaga qarab yoʻl oldik.

    Shamoldek yelib ketayotgan yengil mashinada borar ekanmiz katta yoʻllarning

    ...
  • Olimpiyaning “tug ilgan kuni”

    Olimpiya nimaligini, unda qanday sport turlari boʻyicha bahs yuritilishini barchangiz yaxshi bilasiz. Shiddatli bahslariga boy bu sport bayrami haqidagi bir-biridan qiziq maʼlumotlarni ham istalgancha keltirish mumkin. Eng ahamiyatlisi esa dunyo miqyosida Xalqaro Olimpiya kunining taʼsis eʼtilganidir. Yaʼni 1894-yilning 23-iyun sanasida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ)ga asos solingach,

    ...
  • Fursatni gʻanimat bilganlar

    Aziz oʻquvchilar, yozgi taʼtilning uzun kunlari nihoyasiga yetay deb qoldi. Kim taʼtilni qanday oʻtkazdi? Ushbu sahifa orqali dam olish kunlarining qadriga yetgan va yetmagan bolalar haqida hikoya qilmoqchimiz.

    Maʼlumki, vaqt inson hayotida eng qimmatli neʼmat sanaladi. Koʻpni koʻrgan keksalarimiz purmaʼno rivoyatlar, hikmatli soʻzlarida vaqtning har bir daqiqasidan unumli

    ...
  • Kurtak yozayotgan ilhomlar

    Mustaqillikning 28 yillik bayrami arafasida tahririyatimizga yosh ijodkor opa-singillar – Fotima va Zuhra Inogʻomovalarning dadasi qoʻngʻiroq qilib “Ustoz, qizlarimni tabriklasangiz boʻladi. Ular imtihonlardan oʻtib Toshkent shahrida ochilgan Abdulla Qodiriy ijod maktabiga qabul qilinishdi”, – dedi sevinib. Xushxabarni eshitib barchamiz xursand boʻldik. Chunki bu qizlar boshlangʻich sinfda

    ...
  • Baralla yangrasin oʻzbek kalomi

    Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga 30 yil toʻldi. Mazkur sana munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida bu kunni mamlakatimizda keng nishonlash toʻgʻrisidagi Prezidentimiz Qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra yurtimizning barcha viloyat, tuman, shahar va qishloqlarida, taʼlim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda bu bayram puxta

    ...
  • Jurnalxonlar bilan yuzma-yuz

    Bir oy davomida Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan “Matbuot kunlari” yakuniga yetay deb qoldi. XTV muassisligidagi barcha gazeta va jurnallarning bosh muharrirlari ishtirok etayotgan uchrashuvlar koʻtarinki kayfiyatda, qiziqarli va samimiy oʻtmoqda. Unda hududlardagi taʼlim muassasalarining oʻqituvchi, kutubxonachi va maʼnaviyat ishlari

    ...
  • Gʻalvir suvdan koʻtarilganda

    “Gulxan”ning qadrli muxlislari! Siz bilan 2019-yilning soʻnggi – dekabr soni orqali uchrashib turibmiz. Yil davomida tayyorlagan jurnallarimizni varaqlar ekanman, ijodiy jamoamizdan, hamkor mualliflarimizdan juda minnatdor boʻldim. Chunki “Gulxan”ning har bir yangi sonini tayyorlash nihoyatda zahmat talab qiladi. Jurnal sahifasida bitta yaxshi hikoya yoki ertakni chop etish uchun oʻnlab

    ...
  • Moziyga qaytib

    Moziyga qaytib ish koʻrish xayrli, deydilar. Boshlanayotgan Yangi yilda “Gulxan”ning tabarruk 90 yoshini nishonlar ekanmiz, jurnalimiz tarixiga, u bosib oʻtgan yoʻlga imkon qadar nazar tashladik. Maqsadimiz, jurnalxonlar safiga qoʻshilgan yangi muxlislarimizga “Gulxan” haqida kengroq maʼlumot berish. Uning uzoq yillik toʻplamlarini varaqlab, turli yillarda eʼlon qilingan eng yaxshi maqola,

    ...
  • Yangi dovonlar sari

    Joriy yilning 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi eʼlon qilindi. Bu Murojaatnoma Yangi Oʻzbekistonni shakllantirishga qaratilganboʻlib, xalqimizni ezgu tashabbuslar atrofida birlashtirish, barchaning vatanparvarlik kayfiyatini yuqori darajaga

    ...
  • Bayramlarga boy fasl

    Ko‘klamni sog‘ingan dillarga quyoshning iliq nurlarini ulashib, o‘lkamizga bahor fasli tashrif buyurdi. U har yili quchog‘ini gul-u chechaklarga to‘ldirib, qo‘shaloq-qo‘shaloq  bayramlarning qo‘lidan tutgancha  keladi.  Bu yil  ham har yilgidek, eng  avvalo, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tug‘ilgan kunni nishonlash bilan bahorga peshvoz chiqdik. Zulfiya

    ...
  • Birgamiz – kuchlimiz

    Assalomu alaykum, “Gulxan”ning aziz muxlislari. Bir muddat tanaffusdan so‘ng siz bilan yana jurnal orqali uchrashib turibmiz. Butun dunyoga tarqalib,  minglab odam­larning hayotdan ko‘z yumishiga sababchi bo‘lgan koronavirus tufayli jurnalning 3-4-sonlari biroz kechikib qo‘lingizga tegdi. Lekin aslo xavotir olmang, biz ijodkorlar mamlakatimizda e’lon qilingan karantindan so‘ng

    ...
  • Sinovli kunlarda

    Yurtimizda kechayotgan karantin kunlari katta-yu kichik uchun sinovli davr boʻldi. Kimdir bu kunlarni juda mazmunli va serunum oʻtkazmoqda. Kimdir oltindan qimmat vaqtini besamar sarflamoqda. “Gulxan” ijodkorlari esa siz aziz muxlislar qoʻliga qiziqarli va mazmunli jurnal tutish maqsadida tinimsiz izlanmoqdalar.

    Yaqinda tahririyatimizga Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidan bir

    ...
  • Birlashgan oʻzar

    Aziz oʻquvchilar, bu yil yozgi taʼtil kunlari har doimgidek serzavq va taassurotlarga boy oʻtmadi. Ayniqsa, aholi zich yashaydigan poytaxtda karantin munosabati bilan uyda qolgan bolalar biroz zerikib qolishganidan xabarim bor. Ha, oromgohlar ishlamadi, suv havzalari, toʻgaraklar huvillab qoldi. Hatto sayrgohlarga chiqish, hayvonot bogʻi va boshqa dam olish maskanlariga borish ham taʼqiqlab

    ...
  • Taʼtildagi takliflar

    Hormanglar, bolalar! Taʼtil yaxshi oʻtyaptimi? Bilamiz, yaxshi bolalar soy va anhorda choʻmilib, bepoyon yaylovlarda, qoʻy-qoʻzi, echki-uloqlarni quvalab, tomorqasida yoki fermer dadasining dalasida mehnatda chiniqib, dov-daraxtlar, sabzavotlar bilan “tillashib”, aniqrogʻi dehqonchilik, bogʻdorchilik sohasida, mahoratini oshirib, sport bilan doʻstlashib dam olyapti. Karantin sabab “Barkamol

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.