Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

2021-yil 2-son

  • Bobur nidosi

    Toqatim toʻldi oqibat,

    Taxtni yov oldi oqibat,

    Oʻz yurtim qoldi oqibat,

    Afgʻon ketdim daryo kechib.

     

    Omad kelar-ketar ekan,

    Jon doʻsting ham sotar ekan,

    Ortingdan tosh otar ekan,

    Hayron ketdim daryo kechib.

     

    Ikki koʻzim elimdadir,

    Choʻgʻdek soʻzim tilimdadir.

    Dilim yonib, dilimda

    ...
  • Buyuk shoirning bolaligi

    Nafis majlislar

    Bolalar, siz buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy hayoti va faoliyati haqida yozilgan koʻplab badiiy asarlarni bilasiz. Ammo koʻpchiligingiz atoqli navoiyshunos olim, akademik Aziz Qayumovning tarixiy faktlarga asoslanib barchaga tushunarli, ommabop tilda yozgan “Alisher Navoiy” kitobini oʻqishga ulgurmaganingizni ham bilamiz. Ana shuning uchun

    ...
  • Alisher Navoiy hikmatlaridan

    Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,

    Emdikim ilm oʻldi, amal aylagil.

         ***

    Befoyda soʻzni koʻp aytma,

    Foydali soʻzni koʻp eshiturdin qaytma.

         * * *

    Chin soʻzni yolgʻonga chulgʻama,

    Chin ayta olur

    ...
  • Qobul va Bobur

    Taniqli yozuvchi, Bobur nomidagi xalqaro ilmiy ekspeditsiya aʼzosi, qator kitoblar muallifi Qamchibek Kenjaning buyuk ajdodlarimiz nomlari bilan bogʻliq tarixiy joylarni oʻrganish yuzasidan olib borilgan izlanishlarda ishtirok etganidan xabarimiz bor. Uning shu xususda yozgan, afgʻon xalqi va Afgʻonistonda yashovchi oʻzbeklarning yashash tarzlari, orzu-oʻylari, urf-odatlari toʻgʻrisida

    ...
  • “Mendirman Jaloliddin!”

    Shu kunlarda xalqimiz ajib bir koʻtarinki kayfiyatda. Goʻyo koʻpdan buyon intiq kutayotgan qadrdoni, jigargoʻshasi bilan diydorlashgandek. Ha, aslida ham shunday. Shoh va shoir, buyuk sarkarda bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni nishonlanayotgan 14-fevral kuni “Milliy” telekanali bu bayramni yana bir ajoyib shodlikka ulab yubordi.

    Yengilmas sarkarda, dovyurak inson,

    ...
  • Vatanparvarlik darsi

    Oila aʼzolari bir davraga jam boʻlib yuzlariga fotiha tortishsa, «Tinchlik xotirjamlik boʻlsin”, deb duo qiladilar. Bu hikmatli duo bir kunda necha bor takrorlanmasin, hamisha kishiga huzur bagʻishlaydi. Yaqinda afgʻon urushi qatnashchisi Qosimjon Soʻpiyev tashabbusi bilan «Vatanparvarlik darsi” dasturi ishlab chiqildi. Dastur «Gulxan” jurnali ijodkorlari bilan hamkorlikda ish boshladi. Ilk

    ...
  • “Gullar bahorga husn”

    Atirgul

    Oʻtgan yili bogʻimizga

    Oʻtqizdik koʻp atirgul.

    Koʻp oʻtmay ular bizga

    Hadya etdi asl gul.

     

    Loʻppi-loʻppi ochilgan

    Gullar bahorga husn.

    Boʻyi har yon sochilgan,

    Bezatgan bogʻning tusin.

     

    Goʻzal Mayni, bahorni,

    Qutlashar qushlar butkul.

    Sayrab oqshom,

    ...
  • Navoiyning nabiralari

    Tiriklikning bol, shiralari,

    Biri ulugʻ, kichik birlari,

    Faxr etib yurgaydir bari,

    Navoiyning nabiralari.

     

    Yarqiraydi tillo uzukdek,

    Shu uzukka qoʻyilgan koʻzdek.

    Biri Bobur, biri Ulugʻbek –

    Navoiyning nabiralari.

     

    Koʻrkam boʻy-u qaddi-qomatlar,

    Kulsa shunday kular omadlar.

    Chiqmasin

    ...
  • Ajdodlar va avlodlar oʻrtasidagi koʻprik

    Shunday insonlar borki, ular ajdodlar va avlodlar oʻrtasida ulkan koʻprik vazifasini oʻtaydi. Ular orttirgan bilim, tajriba, salohiyat va ilmiy tadqiqotlari bilan mutafakkir ajdodlarimizning maʼnaviy merosini xalqimiz xotirasida asrlar davomida yashab kelishida beminnat xizmat qilmoqda.

    Ushbu sahifamiz orqali sizlarni filologiya fanlari nomzodi, “Naqshbandiya” jurnali

    ...
  • Bir asrning ikki dahosi

    Ajdodlar merosini oʻrganish, ularni xotirlash tafakkurimizga cheksiz ruhiy ozuqa beradi. Ularning ijodini anglagan, oʻgitlariga amal qilgan yoshlar maʼnan boy boʻladilar, kamolotga yetishadilar. Hech mubolagʻasiz aytish mumkinki, gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy, uning zamondoshi temuriyzoda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimiz tavallud topgan fevral oyi yoshlarimizning

    ...
  • Oʻzbekiston

    Bepoyon dalalar, musaffo osmon!

    Quyosh erkalatib, uygʻotar har tong.

    Eng buyuk shoirlar qilganlar doston,

    Goʻzalligin koʻrib, hayron qolar ong.

    Shiroq, Manguberdi, Toʻmaris kabi

    Ajdodlar haqida soʻzlaymiz burro.

    Tugadi tarixning ayanchli bobi

    Oʻtmishlarda qoldi zulmkor shoʻro.

     

    Baxt qushi doimo senga boʻlar

    ...
  • Yoshlik

    Ortda qoldi kunlar va yillar,

    Ortda qoldi kecha-kunduzlar.

    Ortda qoldi eh, beboshligim,

    Ortda qoldi shoʻx, bolaligim.

     

    Erkalanib shoshib yurardim,

    Tashvish bilmay toshib yurardim.

    Ne boʻlsa ham magʻrur turardim,

    Ortda qoldi shoʻx bolaligim.

     

    Sevinch SULTONOVA,

    Toshkent shahar

    ...
  • Quyoncham

    Biram qulogʻing uzun,

    Nega buncha oppoqsan?!

    Dikirlaysan tun-u kun

    Asli oʻzi qoʻrqoqsan.

     

    Bor-yoʻgʻi ikki tishing,

    Sabzi yeb, hech toʻymaysan.

    Atrof bilan yoʻq ishing,

    Lekin sira oʻsmaysan.

     

    Firdavs SANAQULOV,

    Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi

    “Ziyo-zukko”

    ...
  • Sheʼriyat sultoni

    Sheʼriyat sultoni Navoiy bobom,

    Jahon ahli sizni qilar ehtirom.

    Har bir misrangizda hikmat-u maʼno

    Nazm osmonida porloq quyoshsiz.

     

    Tarixlarda qoldi oʻchmas izingiz,

    Oʻsha iz qalbimda olovdek yondi.

    Tafakkurga toʻla har bir soʻzingiz,

    Siz tufayli dilda ijod uygʻondi.

     

    Mendan soʻrasalar: “Bu dunyoda

    ...
  • Til bilgan el bilar

    Dunyodagi eng goʻzal, jozibador tillardan biri bu – fransuz tili. Biz – Yunusoboddagi fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari, ustozlarimiz Zumrad Sattorova va Zuhra Nurmatovadan juda minnatdormiz. Ular fransuz tili darslarini qiziqarli uslubda oʻtib, qalbimizda bu tilga nisbatan muhabbat uygʻotishdi, jozibali til olamiga olib kirdilar. Natijada, har yili tuman, shahar fan

    ...
  • Qadriyatlar qad rostlasa

    Bugun har bir maktab oʻquvchisining qoʻlidagi qimmatbaho telefonga koʻzingiz tushadi. Bir oʻylab koʻring-chi, bir dona shunday telefonning puliga qancha kitob sotib olish mumkin. Qolaversa, oʻz uyida shaxsiy kutubxonasini tashkil etsa boʻladi-ku. Bolaligimdan buvijonimdan ertaklar eshitib katta boʻlganman. Taʼtil paytlarida buvijonim yonida hammamiz qaldirgʻoch bolasidek tizilib oʻtirardik.

    ...
  • Shippak

    Firdavs aslida yomon bola emas. Biroq sal dangasaroq yoki uyquchiroq. Darsga doim kech qoladi. U hozir ikkinchi sinfda oʻqiydi. Ammo hanuzgacha biror marta ertalab uyqudan oʻzi uygʻonmagan. Har kuni ertalab oyisi xonasiga kirib:

    – Firdavs, boʻlaqol oʻgʻlim, tong otdi, maktabingga kech qolma, – deydi. Firdavs esa:

    – Xoʻp, hozir, – deydi-yu, aqalli boshidagi koʻrpani ochmaydi.

    ...
  • Aqlli sichqoncha

    Yaqin oʻtgan zamonda, bilmam qaysi tomonda, ahil bir xonadonda kompyuter bilan sichqoncha juda inoq yashashar ekan. Ammo qahramonimiz boshqalarga oʻxshamagani uchun baʼzan xafa boʻlib qolarkan.

    – Nega men boshqa sichqonchalarga oʻxshamayman, Kompyuterjon? Men ham mazza qilib sakrashni, shiringina pishloqni yeyishni xohlayman.

    – Chunki sen aqlli sichqonchasan! – debdi kompyuter

    ...
  • Yushka

    Andrey Platonov

    Qadrli oʻquvchilar, minglab tomoshabinlar qalbidan joy olgan “Finist sarlochin” filmini qayta-qayta tomosha qilgansiz. Ana shu ajoyib asar muallifi rus adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli yozuvchi va shoir, dramaturg Andrey Platonov boʻladi. Adib 1899-yilda Voronej shahrida temiryoʻlchi oilasida tugʻilgan. U oʻn bir farzandning toʻngʻichi

    ...
  • Bir qoʻngʻiroq izidan

    Yaqinda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 31-maktabdan qoʻngʻiroq boʻlib qoldi:

    – Men boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Charos Eshbekovaman. Darsda 3-sinf oʻqish kitobidan sizning “Notinch mamlakatlarda” deb nomlangan sheʼringizni oʻtayotgan edik. Ochiq dars tashkil qilyapmiz. Unda tumandagi 60 ta maktabdan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari qatnashadi. Sizni maktabga, ana

    ...
  • Navoiy yodi

    Biz maktablarda oʻtkaziladigan tadbirlarda tez-tez ishtirok etamiz. Ibrat olsa arziydigan tadbirlarni jurnal sahifalarida yoritishga, respublika bolalariga maʼlum qilishga harakat qilamiz. Ammo hamma badiiy keshalar ham qiziqarli, zavqli oʻtavermaydi. Sababi, yuzaki tayyorgarlik bilan oʻtkazilgan bayram tomoshabinni oʻziga jalb qila olmaydi. Shunday paytlarda ketgan vaqtimizga achinib,

    ...
  • Benjamin Franklinning 13 qoidasi

    Dunyoda shunday insonlar yashab oʻtganki, ularning hayotiy tajribalari, merosi barcha uchun ibrat maktabi boʻla oladi. Ana shunday buyuk shaxslardan biri Amerikaning birinchi prezidenti, faylasuf, olim va ixtirochi Benjamin Franklindir. U 1706-yilda Amerikaning Massachutes shtatida dunyoga kelgan. Otasi Jozef Franklinning sovun va sham ishlab chiqaruvchi sexi boʻlgan. Yosh Benjamin mustaqil

    ...
  • Limon – tanaga darmon

    Sovuq kunlarda shamollab qolsangiz, birinchi yordamni limon beradi. Ayniqsa, shakar va limon aralashmasidan tayyorlangan choy juda xushxoʻr va mazali tuyuladi. Uni ichganingizda butun tanangiz yayraydi, tetiklashadi. Limonli choy immunitetimizga turli virus hamda kasalliklar bilan kurashishga yordam beradi. Qolaversa, dori-darmon sanoatida ham limondan unumli

    ...
  • Karting – jozibali sport

    Odatda katta-yu kichik birday mashina haydashga qiziqadi. Garchi avtomobil haydash nasib qilmasa-da avtopoygalarni miriqib, hayajon ammo, biroz hadik bilan tomosha qilishadi. Urganchlik qizaloq Angel Lutsenko ham avtopoyga ishqibozi. Dadasi bilan televizor qarshisida oʻtirvolib avtomusobaqalarni tomosha qilishni xush koʻradi.

    Shunday kunlarning birida u kutilmaganda

    ...
  • “Time is very slow...”

    Hello, my dear friends? How are you? I will introduce you a girl who translates a lot of poems of Shakespeare. This is one of them in this page. Another author has tried to translate her poems into English. Read and value yourself. Have a nice reading!

     

    William Shakespeare

    * * *

    Time is very

    ...
  • To my mother

    The love canʼt abandon from me,

    There isnʼt any reason to cancel.

    I want to write poems for you,

    However, I didnʼt find a pencil.

     

    I donʼt want to offend your heart,

    I only asked one of the chance.

    Unfortunately, the chance is a lot.

    To my soul didnʼt visit ardour...

     

    When I whole decided to

    ...
  • Tovuq goʻshtli salatlar

    Kerakli mahsulotlar: 200 gramm piyoz, 7 dona tuxum, 500 gramm tovuq filesi, taʼbga koʻra mayonez va tuz.

    Tayyorlanishi: Tovuq filesini 20 daqiqa suvda qaynatib oling. Goʻsht sovugandan keyin mayda qilib toʻgʻrang. Piyozni mayda toʻgʻrab, qaynagan suvga 10 daqiqa solib qoʻying. Keyin suvni toʻkib, sovuq suvda

    ...
  • “Shoh va shoir” boshqotirmasi

    CHAYNVORD

    1. Boburning qomusiy asari. 2. Shoir tavallud topgan shahar. 3. Adabiy janr. 4. Sheʼriy janrda yozilgan risola nomi. 5.Bobur onasining ismi. 6. Shoh va shoir qadamjolarini oʻrgangan boburshunos, “Asrlarni boʻylagan Bobur” asari mualliflaridan biri.

    ...
  • Sharof Boshbekov

    Yaqindagina 70 yoshni nishonlagan ijodkor Sharof Boshbekov 1951-yilning 4-yanvarida Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan. Sanʼat instituti musiqali aktyorlik boʻlimida tahsil oldi. Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida, Sirdaryo viloyati teatrida aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983–1985), Oʻzbekiston Milliy davlat akademik drama

    ...

2016–2020 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.