Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

2021-yil 3-son

  • Ona tilagi

    Bahor gullarini olamga sochdi,

    Kurtaklar koʻzida tuydim farogʻat.

    Nabiram ustini avaylab yopdim,

    Shirin tushlarini qoʻrir saodat.

     

    Yopilgan non boʻyi tutar havoni,

    Kaptarlar don choʻqib, kezar xotirjam.

    Tinchlik nasimi xush esgan maʼvoda,

    Koʻzimga bolamday termular olam.

     

    Oʻzbek saratonin

    ...
  • Nafosat fasli

    Bahor – nafosat fasli. Tevarak-atrof gullarga, ajib bir chiroyga burkansa, qizlar va ayollar koʻnglida esa goʻzal tuygʻular, koʻtarinki kayfiyat joʻsh ura boshlaydi. Sababi, bahorning ilk kunida benazir shoira Zulfiyaxonimning tavallud kuni keng nishonlansa, undan soʻng 8-mart – xotin-qizlar bayrami, Navroʻz ayyomlari koʻnglimizga oʻzgacha kayfiyat beradi. Ayniqsa, mazkur bayramlar arafasida

    ...
  • Hikmatga toʻla umr

    Abdulla Oripov Navroʻzda tugʻilgan. Adabiyot maydoniga ham Navroʻzday kirib kelgan! Navroʻzni bilasiz – yil boshi, yangilanish fasli. Abdulla Oripov Vatanimizning eng oliy mukofoti – “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoniga birinchilardan boʻlib sazovor boʻlgan. Shoirning elga tanilishiga “Gulxan” jurnali ham katta hissa qoʻshgan. Uning “Qishlogʻimni kuylayman” deb ataluvchi bir dasta sheʼri ilk

    ...
  • Yosh dasturchi

    Izzatilla Otajonov sinf rahbari Marhabo opa Qurbonovaning oʻng qoʻli. Marhabo opa juda kuyinchak rahbar. Har bir oʻquvchisining uyiga borib sharoiti bilan tanishadi, ota-onalar bilan suhbatlashadi. Ularga qaysi jihatdan koʻproq eʼtibor berish kerakligini maslahatlashadi. Ana shu hamkorlik tufayli u Izzatillaning ham nimalarga qiziqishini yaxshi bilib oldi. Izzatilla oilada toʻngʻich farzand

    ...
  • “Chopsa oʻzar shamoldan...”

    Ildam bola

    Ildam bola, tishi kemshik,

    Kattalarday aqlli.

    Tagidagi qari eshak

    Qistatadi jahlini.

    Oʻzi-ku xoʻp ildam, daydi,

    Chopsa oʻzar shamoldan.

    Ammo eshagi yurmaydi,

    Boshi qotgan bu holdan.

    Kuyinmagil, hoy bolakay,

    Oʻzni urib, shoshqinib,

    Sen chalganda sayroqi nay –

    Toshar

    ...
  • “Kitobga doʻst boʻlarman”

    Navroʻz qoʻshigʻi

    Boychechaklar bosh koʻtarib

    Qish qahrini sindirdilar.

    Buvijonlar yeng shimarib

    Bugʻdoy koʻki undirdilar.

     

    Sumalaklar qaynar, ana,

    Bu ham elga rizq-u roʻz.

    Har goʻshada toʻy-tantana

    Bu – bizning Navroʻz, Navroʻz.

     

    Uzoq yoʻldan togʻlar

    ...
  • Burgutlar uchadigan qoya

    Shunday kunlar boʻladiki, bir umr xotirangda muhrlanib qoladi. Bundan 11 yil avval vohamizda boʻlib oʻtgan adabiyot kunlarini hali-hanuz toʻlqinlanib eslayman. Chunki oʻshanda men Oʻzbekiston Qahramoni, sevimli shoirimiz Abdulla Oripov bilan yuzma-yuz oʻtirib suhbatlashish, uning adabiyotimiz, zabardast ijodkorlarimiz haqidagi samimiy dil soʻzlarini tinglash baxtiga muyassar

    ...
  • Zukko Murodjon

    – Oyijon, bugun ota-onalar majlisi, borasiz-a, – oila aʼzolari dasturxon atrofida jamuljam oʻtirishganida eslatdi Murodjon.

    – Yana-mi?! Ustozing hadeb majlis qilaverar ekan-da, – norozi ohangda dedi Sevara opa.

    – Avvalgi chorak yakunidagi majlisga ham hech kim bormagan.

    – Dadang boradi.

    – E, yoʻq, oʻzing boraver, meni vaqtim yoʻq, koʻryapsan-ku erta-yu kech

    ...
  • Shirin soʻzim – rizq-u roʻzim

    Avtobus liq toʻla odam. Bekatda oldi eshikdan bir qariya-yu tuguncha koʻtargan kampir chiqdi. Ikki-uch bekat yurmay yoʻlovchilar ularni avtobusning oʻrtasigacha surib olib borib qoʻyishdi.

    – Oʻgʻlim, – dedi tik turgan qariya bir kishilik oʻrindiqda oʻtirgan oʻsmirga yuzlanib, – mana bu 80 dan oshgan buving ozgina qiynalib qoldi chogʻi, senga qiyin boʻlmasa qoʻlidagi tugunchani

    ...
  • Sobirjon fermer

    Sobirjon qoʻshni Rahima xolalarnikiga kirdi-yu, hayron qoldi. Katakdagi besh-oltita tovuq tinmay qaqagʻlardi.

    – Ha tinmagurlar-a, – dedi Rahima xola. – Tuxum berganlari yaxshiku-ya, lekin odamni tindirmaydi-da.

    – Qancha tuxum beradi xola? – qiziqsindi Sobirjon.

    Rahima xola unga jilmayib qaradi:

    – Qancha mehr bersang, qancha don bersang, shuncha koʻp tuxum

    ...
  • Kitob – eng yaqin doʻstim

    Shu kunlarda muhtaram Prezidentimizning Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashining majlisida belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabida kitob haftaligi doirasida “Kitob – eng yaxshi doʻst” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda viloyat va tuman

    ...
  • Orzu

    Yosh qalbim nurafshon hislarga oshyon,

    Yasharman hayotdan zavq olib shodon.

    Nazmiy samo uzra aylabon parvoz,

    Misralar bitarman baxtimdan chunon.

     

    Joʻsh urar dilimda soʻngsiz orzular,

    Bir lahza tinch qoʻymas rangin tuygʻular.

    Ulugʻvor maqsadlar mudom hamrohim,

    Irodam bukolmas alam-qaygʻular.

     

    Istagim:

    ...
  • Boychechak

    Oppoq chechak, oy chechak,

    Goʻzallikka boy chechak.

    Yer bagʻrida uyalib,

    Kulib turgan boychechak.

     

    Nelar soʻzlaysan aytgin,

    Shabbodaga shivirlab.

    Qushlar ham senga har kun,

    Salom aytar chugʻurlab.

     

    Buncha moʻjaz, nafissan,

    Yarashibsan qirlarga.

    Betakror, ajib hissan,

    Shodlik

    ...
  • Suvning degani

    Hovuchingda turmayman,

    Zilol, biroq berangman.

    Toʻfon boʻlib toshaman,

    Dengizlardan oshaman.

     

    Isrof qilma bekorga,

    Avayla har tomchimni!

    Toshlar otma anhorga

    Buzib hadeb tinchimni!

     

    Oqay toza va tiniq,

    Qonib ichgin, yuzing yuv!

    Qaynatib ich, ich iliq,

    Dard keltirar, muzdek

    ...
  • Qulupnayga oʻxshaydi

    Kumush ajoyib qizcha,

    Gapga chechan va quvnoq.

    Goʻyo chiroyli gʻuncha,

    Qiqirlab kular har choq.

     

    Gapga tutdim bir kuni:

    “Sevgan mevang qaysi?” – deb.

    Javobin aytdi asta,

    Qulupnaydan bitta yeb:

     

    – Opajon, sizga aytsam,

    Barcha meva yoqar xoʻp.

    Lekin eng xush koʻrganim –

    Qulupnayni

    ...
  • Zerikkan quyon

    Oʻz inida bir Quyon,

    Alanglab u-yon, bu-yon.

    Kunin koʻrar beozor,

    Garchi ini biroz tor.

     

    Bir kun Quyon zerikdi,

    Uyidan asta chiqdi.

    Oʻylab qoldi shu mahal:

    “Qayga boray bemahal?!

     

    Agar ayyor Tulkioy,

    Pisib kelsa hoyna-hoy,

    Qochishga yoʻq xilvat joy,

    Tutar vaqtni bermay

    ...
  • Orzularim

    Sheʼriyat osmonining

    Boʻlsam yorugʻ Zuhrosi.

    Sheʼrlar yozgim keladi,

    Men nazmning shaydosi!

     

    Jajjigina yulduzman,

    Choʻlpondek boʻlsam deyman,

    Toki urar yuragim,

    Demak, bir yoniq soʻzman.

     

    Shahzoda ZARIPOVA,

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Toʻrtkoʻl tumanidagi

    ...
  • Quyoshim

    Bahra olib nuringdan,

    Baxtga choʻmildi boshim.

    Yoʻllarimni yoritgan,

    Sen koʻkdagi quyoshim.

     

    Onam desam onamdek,

    Hokisorsan, samimiy.

    Otam desam otamdek,

    Qatʼiyatli murabbiy.

     

    Muhabbating taftidan,

    Qolmas dilda gʻuborim.

    Gullayvergin, yashnayver,

    Mening ona

    ...
  • Yana bodom gulladi

    Yana bogʻimizda bodom gulladi,

    Yana shoʻx bulbullar qoʻshiq kuyladi,

    Quyosh bobo koʻkdan asta moʻralab,

    Ona tabiatni nurga chulgʻadi.

     

    Salom, ona zamin, tabarruk diyor,

    Koʻklamni sogʻingan bobo dehqonim.

    Mana iliq kunlar, baraka bisyor,

    Bahorni sogʻingan aziz insonim.

     

    Koʻklam qaldirgʻochdan salom

    ...
  • Dono bolajon

    Osmonga chiqdi quyosh,

    Shu vaqt yogʻdi yomgʻir ham.

    Bir zumda yuzim, sochim,

    Koʻylakcham ham jiqqa nam.

    Samoda paydo boʻldi

    Kamalak turfa xil rang,

    Goʻyo koʻkka in qurgan

    Kapalaklar bir qarang.

    Endi sizga bir savol:

    Necha xil rang osmonda?!

    Yoʻl chizgan

    ...
  • Oʻzgarish

    Avvallari boʻlar-boʻlmasga xarxasha qiladigan Sodiqjon bogʻchaning katta guruhiga oʻtdi-yu, oʻzgardi-qoldi. Yurish-turishida ham, gap-soʻzida ham bosiq, muloyim bolaga aylandi. Uydagi hamma ishda – hovlilarni supurib-sidirishda, idish-tovoqlarni yuvib qoʻyishda oyisining yaqin yordamchisi boʻldi. Kecha boʻlsa qilgan ishi bilan hatto dadasini ham quvontirib yubordi. Bu kichkina bola kattalarni

    ...
  • Bahs

    – Yigʻishtir, multfilmingni! “Sevimli”ga ol. “Qora yurak” seriali boshlandi.

    – E-e, biroz shoshmang, ona. Qiziq yeriga keldi.

    – Hali gapimni ikki qiladigan boʻldingmi, quloqsiz. Buyoqqa kel, yonimga kel dedim, senga. Tilingni kalta qilib qoʻyay. Bor, kitoblaringni oʻqi. Multfilmdan foyda yoʻq.

    Ana nasihat-u mana “ibrat”. Baʼzi ota-onalarga qoyil qolaman-da! Multfilmdan

    ...
  • Kelajakdan xavotirdaman

    Men Namangan viloyatining Chust tumani Ogʻasaroy qishlogʻidagi 28-maktabda 34 yil oʻqituvchi boʻlib ishladim. Shu vaqt mobaynida qanchadan qancha oʻquvchilarni oʻqitdim, ularning hayotda toʻgʻri yoʻlni topishlari uchun bor kuchim, mehrim va yillar davomida yigʻgan tajribamni sarfladim.

    Shukrki, koʻpgina oʻquvchilarim, ular qatorida barcha farzandlarim ham oliy maʼlumotli

    ...
  • Yushka

    Davomi. Boshlanishi bu yerda: Yushka.

     

    – Ha, ular seni yurakdan yaxshi koʻrib, oʻz hisob-kitoblari boʻyicha doʻpposlaydilar, – dedi Dasha.

    – Bu toʻgʻri. Ular meni koʻchada yurishga ham qoʻymaydilar, menga ozor beradilar, shikast yetkazadilar.

    – E-e, Yushka,

    ...
  • Oz-oz oʻrganib dono boʻlur

    1. Koʻchaga chiqishdan avval ust-boshingni tartibga solishni unutma.

    2. Tanishingni koʻrganda birinchi boʻlib salom ber.

    3. Oʻzingdan katta bilan soʻrashganda birinchi boʻlib qoʻl choʻzma, ular qoʻl uzatguncha kutib tur.

    4. Roʻparangdan yoshi katta kishi yoki qiz bola kelayotgan boʻlsa, oʻzingni chetga

    ...
  • Short inspirational quotes

    Hi my dears! Happy spring! I love book quotes a little too much! Here are some of my favorite short inspirational quotes from books. What does “short” mean? I went back and forth and finally decided to defer to the wisdom of a little blue bird and limited this list to quotes shorter than an old-school tweet.

     

    “Those who donʼt believe in magic will never find

    ...
  • Sumalak

    Biz yoshlar bu taomni qanday tayyorlashni bilmasdik. Lekin, moʻjizali taomning xushtaʼmligi ogʻzimizda qolgan. Har yili bir marta boʻlsa ham sumalak yegimiz keladi.

    Ezgu niyat bilan sumalak tayyorlashni sinfdoshlarimiz bilan kelishib oldik. Bahorning iliq kunlaridan birida onalarimiz boshchiligida bugʻdoy ivitib, ulkan dasturxon uztiga yozdik. Tezroq nish urishi uchun har kuni ustidan

    ...
  • Yangrar Navroʻz yallasi

    Bahor toza havosi,

    Qadim shoʻxchang navosi.

    Togʻlarida jaranglar,

    Uning aks-u sadosi.

     

    Yangrar Navroʻz yallasi,

    Avji bahor pallasi.

    Zerikkan qishdan juda

    Chorlar dehqon dalasi.

     

    Sogʻintirgan koʻklam bu,

    Qarang, buncha koʻrkam u.

    Navroʻz bilan qutlaydi,

    Qanday goʻzal bayram

    ...
  • “Sizga mehrim boʻlakcha...”

    Bayroq

    Oʻn ikkita yulduzi,

    Yarim oyi mujassam.

    Undagi bor ranglarda,

    Ulkan maʼno boʻlgan jam.

     

    Qizil rang tomirimda,

    Oqayotgan qonimdir.

    Yurt bayrogʻi gʻururim,

    Iftixorim, shonimdir.

     

    Moviy rang osmonimdir,

    Yashil qir-u dalalar.

    Oq bu poklik

    ...
  • Qizil lavlagi moʻjizalari

    Koʻpchiligingiz qizil lavlagini unchalik xush koʻrmaysiz. Lekin bahorning ilk kunlarida undan tayyorlangan salatlarni koʻproq isteʼmol qilsangiz, horgʻinlik va ishtahasizlikdan qiynalmaysiz. Chunki bu ildizmevada tanangiz uchun nihoyatda foydali vitaminlar bor.

    Lavlagi tarkibida temir, natriy, magniy, kalsiy, fosfor va A, V va S guruhlariga kiruvchi vitaminlar mavjud.

    Ortiqcha

    ...
  • “Xalq va vatan kuychisi” boshqotirmasi

    KRIPTOGRAMMA Kalit soʻzlar: 1.1983–1985-yillarda shoir bosh muharrirlik qilgan sevimli jurnalimiz – “7,14,8, 18,1, 4”.

    2. Abdulla Oripov ustoz deb bilgan atoqli shoir, akademik – 10,15,2, 17,16.

    3. Shoir onasining ismi – 12,14,3, 9,5, 18,10,8.

    4.

    ...
  • Sharifa Salimova

    Sharifa Salimova 1951-yil 30-dekabrda Toshkent viloyatining Parkent tumanida tavallud topdi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1969–1974). Mehnat faoliyatini Oʻzbekiston teleradiokomitetida boshladi (1974–1987). “Saodat” jurnali, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida (1989–1994) xizmat qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.