Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil sonlari

Nishona

  • Xo‘rozim

    Har tong sahar uyg‘otib

    Qichqiradi xo‘rozim.

    Unga “Bas qil” degani

    Chiqmay qolar ovozim.

     

    Yaxshiyamki aqli bor,

    Tinch uxlaydi tunlari.

    Quyosh chiqmay askardek

    Rost turadi bo‘ylari.

     

    Parizoda

    ...
  • Qishlog‘im

    Qishlog‘im – qalb ardog‘im,

    Sho‘x boladay quvnadim.

    Ko‘rkingga oshiq ko‘klam,

    Farzandlaring mard, o‘ktam.

     

    Poyingni o‘par daryo,

    Senga mehrim bir dunyo.

    Saxovatli Hotamsan,

    Menga mo‘jaz Vatansan.

     

    Manzura

    ...
  • Ko‘zimning gavhari

    Vatan! Temurning izi bor tuproqlaringda,

    Jannatning isi bor gul-bog‘laringda.

    Chechakman har qadam so‘qmoqlaringda,

    Mehr bor so‘ragan so‘roqlaringda.

     

    Vatan! Sen o‘zing ko‘k dala, ko‘m-ko‘k poyamsan,

    Har ishda suyangan ulkan qoyamsan.

    Yo‘limda

    ...
  • Sho‘x ukam

    Jajji ukam Isroil,

    Hali juda kichkina.

    Bir yoshdan sal oshdi-yu,

    Qitmirgina, sho‘xgina.

     

    Sho‘rlik kitob-daftarim,

    Berkitib ovvoraman.

    Uyma-uy qochib yurib,

    Darsim arang qilaman.

     

    Sochim qattiq tortsa ham

    Sabr qilib turaman.

    Ne qilsa-da

    ...
  • Do‘stlik

    Har kuningda senga safardosh

    Do‘st umring chirog‘idir u.

    Mudom hamdam bo‘lolsang agar,

    Yoningga hech yo‘lamas qayg‘u.

     

    Quyosh yerga intilar har choq,

    Nuri do‘stlik mehriday toza.

    Umringning har lahzasin bezat,

    Do‘stligingni qilgin

    ...
  • O‘zbekistonim

    Bir niholman, sen quyoshim,

    Har giyohing chin sirdoshim.

    Qalbimdagi gul-chamanim.

    O‘zbekiston – hur Vatanim.

     

    Dilga xush bugun to‘ylaring,

    Noming-la yangrar kuylaring.

    Bo‘ylari buncha ko‘rkamim,

    O‘zbekiston – hur

    ...
  • Tush

    Men mudom havasdaman

    Ko‘kda uchgan qushlarga.

    Qushdek parvoz etganim

    Kirib chiqar tushlarga.

     

    Mahkam quchsam bulutni

    Yog‘a boshlar yomg‘irjon.

    Samodan “duv-duv” etib,

    To‘kilar oppoq marjon.

     

    Shamshodbek

    ...
  • Xona gullari

    Tokchada turar gullar,

    Ranglari turfadir, boq.

    Xonaga berib jilo,

    Qizil, pushti, sariq, oq.

     

    Kuzatadi atrofni

    Derazadan jilmayib.

    Chiroy ochib, barq urib

    Ochiladi iymanib.

     

    Sarvinoz OMONOVA,

    Surxondaryo viloyati Sho‘rchi

    ...
  • Ulug‘ va’da

    Tahririyatimizga sochlari qorday oppoq, hassa tutgan keksa bir onaxon nabirasini yetaklab keldilar. Ko‘zyoshlari yuzini yuvib, Yurtboshimiz haqlariga uzundan-uzoq duo qildilar. “Nabiram bir necha kundan beri buvi, iltimos, Islom bobomni xotirlab yozgan she’rimni “Gulxan” ga olib boraylik, deya holi-jonimga qo‘ymadi. Ma’qul ko‘rsangiz shu

    ...
  • She’riyat

    Kayfiyatim chog‘lovchi,

    Ezgulikka chorlovchi,

    Quyosh bo‘lib porlovchi,

    Sensan, she’riyat.

     

    Uvaysiydir ko‘z yoshing,

    Usmon Nosir bardoshing,

    Zulfiya ko‘z-u qoshing,

    Hursan, she’riyat.

     

    Shoirlar sening yuzing,

    Yoritguvchi

    ...
  • “Bolari”

    Gullarga razm soling,

    Naqadar go‘zal ular.

    Iforlari kirgan dil

    Yayrab, quvonchga to‘lar.

     

    Orzum ham gulday yashnar,

    Ochilar chaman-chaman.

    O‘zbekistonim gulzor –

    Bolariday uchaman.

     

    Bikajon SHARIPOVA,

    Xorazm viloyati

    ...
  • O‘zbekiston

    Bog‘laring jannat misoli,

    Boshingda nur sochar quyosh.

    Maqsading – farzand kamoli,

    Bag‘ringda baxtli keksa-yosh.

     

    Sen uchun yashayman, Vatan,

    Senga fido bu jonu-tan.

    Xalqim duo qilgay dildan,

    Gullab-yashna, O‘zbekiston!

     

    Xosiyat

    ...
  • Dangasa

    Uyqu bosar ko‘zini,

    Bormaydi ishga qo‘li.

    Hatto uzoq tuyular,

    Ertalab maktab yo‘li.

     

    Dangasaning holi tang,

    Zo‘rg‘a yuzin ho‘llaydi.

    Qo‘l yuvmasdan qornini

    To‘yg‘izishni o‘ylaydi.

     

    Muhabbat

    ...
  • Ukajonim

    Kichkintoy ukajonim

    Mitti qadam tashladi.

    Endi chiqdi tishlari,

    Gapirishni boshladi.

     

    Tim qoradir sochlari,

    Ko‘zlari naq ko‘zmunchoq.

    Qiliqlari yarashar,

    U bizlarga ovunchoq.

     

    Aziza PARDAYEVA,

    Toshkent shahar Sergeli

    ...
  • Bobomga

    Oppoq orzularga to‘lgan yuragim,

    Qo‘limni uzatsam yetgudek samo.

    Nurli manzillarim, nurli hayotim,

    Bari siz bor uchun, aslida, bobo!

     

    Buyuk maqsadlarga narvon yasaysiz,

    Shu sabab kaftimda ko‘rinar dunyo.

    Siz bergan hikmatdan boshim tik bugun,

    Yo‘llarim yoritar har bitta

    ...
  • Usta

    Mening ukam bo‘lmoqchi

    Bobomday mohir usta.

    Zo‘r binolar qurmoqchi,

    Rejalar tuzar puxta.

     

    Ulkan maqsad ko‘zlaydi,

    Bilimga chanqoq ukam.

    Orzularingga yetgin,

    Sendan umidim ulkan!

     

    Mumtozbegim SAYFIDDINOVA,

    Andijon viloyati

    ...
  • Javohirlar

    Yetaklagan g‘azal mulkiga

    Mirzo Bobur Navoiydan so‘ng.

    Turkiy tilning asl tojini

    Kiygan Bobur Navoiydan so‘ng.

     

    “Boburnoma” – jahonga mashhur,

    O‘girishgan turli tillarga.

    Buyuk bobom dono va mag‘rur,

    Asos solgan

    ...
  • Izhor

    Bag‘ringda gul-maysalar

    Chiroyingga husndir.

    Chempionlar, zukkolar

    Toleyingga ustundir.

     

    Baxtli, hur, to‘kis hayot –

    Yuksalish dargohisan.

    Ona O‘zbekistonim,

    Qalbim qiblagohisan!

     

    Mohidil G‘OFUROVA,

    Toshkent

    ...
  • Kashtachi qiz

    Nafisani barchamiz

    Chevar qiz, deb ataymiz.

    Havas qilib, kashtasiga

    Biz ham munchoq qadaymiz.

     

    Igna tutgan qo‘llarida

    Chaman, bog‘lar yasaydi.

    Hamma qizlar Nafisaday

    Hunarga do‘st bo‘lsaydi.

     

    Gulnihol

    ...
  • Shuningdek… (2016-yil, 9-son)

    Shuningdek, sahifamizga Buxoro viloyati Shofirkon tumani 1-maktab 9-sinf o‘quvchisi Nosir Baqoyev,Xorazm viloyati Hazorasp tumani 43-maktab o‘quvchisi Sabohat Matjonova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 13-IMI 8-sinf o‘quvchisi Jahongir Rajapboyev, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa

    ...
  • Yurt ishqi

    Bizning yuragimiz yurt ishqi-la band,

    Tog‘lar yiqilmasin, ko‘chmasin qoya.

    Biz kim, Sohibqiron naslimiz axir,

    O‘ziga tortolmas bizga yot g‘oya.

     

    Biz shunday qudratli, biz shunday zo‘rmiz,

    Hatto ismimizdan taniydi jahon.

    Mangu yashagaymiz xalqimiz uchun,

    Dunyoda tengi

    ...
  • Mehribonim ustozim

    Ertalab onam sochlarimni silab, “Turaqol, qizim, bugun ustozlar kuni, birinchi o‘qituvchingni tabriklagani boramiz”, – dedilar. Sevinib ketdim. Birinchi ustozim Zulfiya opa Mahamedovani esladim. 270-maktabning 1-sinfiga ilk qadam qo‘yib, sinf xonaga kirganimda, yozuv taxtasi tepasida Islom Karimov bobomizning kulib turgan suratlariga ko‘zim tushgandi.

    ...
  • E’tirof

    Tun o‘z o‘rnini kunga berar ekan, kunning ilk darakchisi oftob zaminga kulib boqadi.

    – Bu dunyoda yaxshi, qalbi toza, bag‘rikeng insonlar bor – ular hayotni mudom yoritib turguvchi ezgu kasb egalari – muallimlardir, – der ekan zavqlanib.

    Oftob chehrasidagi bu mehr va ishonchni ko‘rganimda, beixtiyor ko‘z oldimda

    ...
  • Qiqirlab suv oqmoqda

    Mehnatkashlar tanlovi

     

    Bog‘ga chiqdim hayronman,

    Ayni bahor faslida.

    Eng ishyoqmas, dangasa

    Men ekanman aslida.

    Don-dun tashir chumoli,

    Ari bol yig‘ar viz-viz.

    Binafshaga chiqvolib

    Suratga olar qo‘ng‘iz.

    Qo‘shiq

    ...
  • Uztoz

    Yomonlik ko‘rmaydi ustoz ko‘zlari,

    Chunki yaxshilikka yetaklar bizni.

    Bilimga chorlaydi munis so‘zlari,

    Anglatar dunyoni, anglatar o‘zni.

     

    Ustoz shamchiroqdir, tilagi nurli,

    Yog‘duga belangay u kirgan xona.

    Yonib, o‘zgalarning yo‘lin yoritgay,

    Mehnat,

    ...
  • Havas

    Ulkan niyatlarni

    Qalbimga tuyib,

    Ustoz bo‘lmoqchiman

    Onamday suyuk.

     

    Shogirdlar ardoqlab,

    Hurmat qiladi.

    Volidam ularni

    Farzand biladi.

     

    Duolar ichida

    Yashaydi onam.

    Mehribon muallim

    Bo‘layin men

    ...
  • She’rim

    She’rim, sen samoning bag‘riga singib

    Yuksak orzularga tomon yo‘l yarat.

    Quyoshning qo‘lidan ohista tutib,

    Baxtning iforini zaminga tarat.

     

    Ixlosmand dillarga saodat tila,

    Zamin yarasiga o‘zing qo‘y malham.

    Yaxshisi, ummon bo‘l, tashnani qondir,

    Kamalak

    ...
  • Kuz ilhomi

    Oltin fasl ziynati

    Kuz ilhomin baxsh etar.

    Daraxtlarning barglari

    Oltin bo‘lib naqsh etar.

     

    Ishkomdagi uzumlar

    Bol simirib pishadi.

    Anjir bilan bahslashib,

    So‘ng savatga tushadi.

     

    Yoqut olma, xurmolar

    Oltin fasl

    ...
  • Turpning deganlari

    Men yam-yashil turpman,

    Savatchada turibman.

    Kel, tanishib olaylik,

    O‘rtoq bo‘lib qolaylik.

    Meni shifobaxsh derlar,

    Palovga qo‘shib yerlar.

    Shamollaganda o‘pkang

    Asalga qo‘shib yesang.

    Sharbatim shifo bo‘lar.

    Yo‘tal ham to‘xtab

    ...
  • “Qo‘zichog‘im”

    Onam meni erkalab,

    “Qo‘zichog‘im” deydilar.

    Qo‘zichoqlar ma’rashib,

    O‘t-o‘lanlar yeydilar...

     

    Savol bersam shu haqda

    Onam kulib boqadi.

    Lek baribir ularning

    Erkalashi yoqadi.

     

    O‘rol

    ...
  • Vatan

    Osmonda baxt qushlaring uchar,

    Oy kechasi tushlaring quchar,

    Olam senga keng eshik ochar,

    Oltinga teng tuprog‘im, Vatan!

     

    Sening sodiq o‘g‘loning o‘zim,

    Yov yo‘lolmas qo‘rg‘oning o‘zim,

    Faqat baxtdan porlasin ko‘zim

    G‘am ko‘rmasin

    ...
  • Azizim ustoz!

    Qalbingizda gullar ochilgan qiyg‘os,

    Qancha ta’zim qilsak, bo‘lar shuncha oz.

    Hayot yo‘llarimni yoritgan oftob,

    Suyugim, buyugim, azizim ustoz!

     

    Otam, onam kabi etarman e’zoz,

    Mehnat, fidoyilik kasbingizga xos.

    Ilm dunyosining eshigin ochgan

    Suyugim, buyugim, azizim

    ...
  • Ochko‘z sichqon

    Bir sichqoncha bor edi,

    G‘oyat baxtiyor edi.

    Nima ko‘rsa kemirar,

    Kundan-kunga semirar.

    Bir mahal ochdi qorni

    Sekin omborga bordi.

    Qopni teshdi uringach

    Quvondi don ko‘ringach.

    Qorni qappaydi rosa,

    Yorilardi sal qolsa.

    Vazni oshib kuniga,

    Sig‘may

    ...
  • Va’da

    Biz o‘zbek yoshlari, so‘z naqqoshlari,

    Bu qadim o‘lkaning tillaqoshlari.

    Ilm-kashfiyotning chin yo‘ldoshlari

    Vatan, sen deb urgan yurak bo‘lamiz,

    Yorug‘ ertang uchun tirgak bo‘lamiz.

     

    Mehrdan nur to‘shab ko‘chalaringga,

    Shabnamdek qo‘namiz

    ...
  • Ona tili

    Jozibangdan lol dilim,

    Mehr bulog‘im – bilim.

    Qarshingda ta’zim qildim,

    Ey, mening ona tilim!

     

    Sen bilan rangin dunyo,

    Shevalar irmoq, daryo,

    Sen bir ummonsan go‘yo,

    Tengsiz, yagona tilim!

     

    E’zoza

    ...
  • Onamga gullar

    Bog‘imizdan atirgullar

    Uzib sizga tutgayman.

    Har kun ishdan kelishingiz

    Intiq bo‘lib kutgayman.

     

    Onajonim, siz baxtimiz,

    Tolemizga egamiz.

    Hayotingiz yo‘llariga

    Bizga deb, gul ekasiz.

     

    Ozodbek HAYITMURODOV,

    Jizzax tumani

    ...
  • Kuz o‘ylari

    Qatra

    Kuz – barglar turfa rangga kiradigan fasl. Hayrat bilan atrofdagi daraxtlarga razm solaman. Olovrang yaproqlar birin-ketin uzilib yerning kaftiga qo‘nmoqda. Go‘yo ular o‘z joyiga endi qaytmaydigandek. Shox-u novdalar boshqa barg chiqarmaydigandek.

    Kuz fasli boshlanishi bilan o‘quvchilar maktabga oshiqadilar. Shular qatori men ham aziz dargohga

    ...
  • O‘zbekiston bayrog‘i

    Yuksaklarda samoga bo‘ylab,

    Hilpiraydi Vatan bayrog‘i.

    Ranglarida bir dunyo ma’no,

    Tinchligimiz ramzi, mayog‘i.

     

    Bir oymomo, o‘n ikki yulduz –

    Yig‘ilishgan, bari jamuljam.

    Oymomo bu – poytaxt degani,

    Yulduzlari yashar xotirjam.

     

    O‘rinboy O‘RINBOYEV,

    Xorazm viloyati Xonqa tumani

    ...
  • Kuz

    Bog‘ yengidan tortib qo‘ydi kuz,

    Daraxt shoxin tebratar shamol.

    Osmon yig‘lar kecha-yu kunduz,

    Saxiy zamin tutar dastro‘mol.

     

    Chaqmoq chaqsa, bulut ortiga

    Qo‘rqqanidan berkinadi oy.

    Soqchi bo‘lib uning yonida

    Jasur bulut ko‘rsatar chiroy.

     

    Madinabonu HABIBULLAYEVA,

    Andijon viloyati

    ...
  • Kitobim

    Kitobim jon kitobim,

    Yonimdagi oftobim.

    Sendan bilim olaman,

    Kitobsevar bolaman.

     

    Biz o‘g‘il-qiz bolalar,

    Bog‘dagi gul-lolalar.

    Kitobni do‘st tutganmiz,

    Dur-u gavhar yutganmiz.

     

     

    Odina OLIMJONOVA,

    Toshkent shahri Bektemir tumani 289-maktab 7-sinf

  • Oilamiz inoq

    Mening oilam quvnoq,

    Yashaymiz shod va inoq.

    Bir-birovga hurmatda,

    Vatan uchun xizmatda.

     

    Yaqinlar mehri daryo

    Orzular bo‘yi samo.

    Baxt kuyi yangrar elda,

    Vatan ishqi bor dilda.

     

    Ibrat BOBONAZAROV,

    Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 7-maktab 6-sinf

  • Tulkioy

    Bo‘g‘irsoqni yeb qo‘yib

    Qorni to‘ygan tulkioy,

    Yotar to‘rda yonboshlab,

    Uxlamoqchi, hoynahoy.

     

    Tuzar puxta rejalar,

    Ov haqida o‘ylaydi.

    Lek yo‘lolmas qishloqqa,

    Olapar bor, qo‘ymaydi.

     

    Habiba TEMIROVA,

    Toshkent shahri 282-maktab 9-sinf

  • Orzular

    Qaniydi orzular amalga oshsa,

    Dunyo ko‘rinardi ko‘zlarga beg‘am.

    Qalblarda qolmasdi qayg‘u va alam,

    Orzular dengizday ko‘pirsa, toshsa.

     

    Ushalmas orzular misoli uchqun,

    Barcha uchqundan o‘t chiqishi gumon.

    Intilib yashaydi har qaysi inson,

    Orzular amalga oshmog‘i uchun.

     

    Sevara

    ...
  • Beqiyos o‘lkam

    Yon atrofi daryo, ko‘llar,

    Uzun-uzun so‘qmoq yo‘llar.

    Chamanlarga zeb beradi,

    Kamalakdek rangli gullar.

     

    Tog‘laridan har saharda

    Chiqar kulib boboquyosh.

    Uning zarrin nurlaridan

    Bulut cho‘chib, to‘kolmas yosh.

     

    Odamlari mehmonnavoz,

    Qalbi daryo, shirinso‘zdir.

    Dushmanlarga tog‘day

    ...
  • Ustozga so‘zim

    Ilmlar dunyosidan

    Dur-u gavhar terasiz.

    Va ularni misqollab

    Shogirdlarga berasiz.

     

    Zakovatga bog‘bonsiz,

    Mehringiz cheksiz ummon.

    Siz borki, ma’rifatga

    Chulg‘anar yorug‘ jahon

     

    Arshillo ESONBOYEV,

    Namangan viloyati Pop tumani 34-maktab 7-sinf

  • Choynak-piyola

    – Buncha semiz bo‘lmasang,

    O‘xshab go‘yo qovoqqa.

    Yo bo‘lmasa qanoti

    Chipor ona tovuqqa...

     

    Qattiq ranjidi Choynak,

    Tumshug‘in burib oldi.

    Shundan so‘ng Piyolaoy

    Bir kunga ishsiz qoldi.

     

    Feruza SANAQULOVA,

    Jizzax shahri 11-maktab 5-sinf

  • To‘kin kuz

    Kirib keldi kuz

    Tez hosilni uz.

    Sabzini kovla,

    Tayyordir o‘ra.

    Kutmoqda uni

    Palovxonto‘ra.

    Qovoqni bo‘lar

    Omborga solsa.

    Onam tayyorlar

    Qish bo‘yi somsa.

    Yong‘oqni qoqib,

    Qoplarga solgin.

    Har kuni tongda

    Bitta yeb olgin.

    To‘kin kuzimiz –

    Yorug‘

    ...
  • Istak

    Tikuvchi bo‘lmoqchiman,

    Shu orzudir yo‘ldoshim.

    Kelajakda mening ham

    Porlab turar quyoshim.

     

    Guldan naqshlar solingan

    Ko‘ylaklarim chiroyli.

    Uni kiygan qizlarning

    Husni go‘zal, ham oyli.

     

    Muxlisa NURIDDINOVA,

    Toshkent shahri

    268-maktab o‘quvchisi

  • Shukrona

    Aziz O‘zbekiston – ona Vatanim,

    Osmoning musaffo, bog‘laring chaman.

    Tuprog‘ing avaylab ko‘zga to‘tiyo,

    Yashaydi bag‘ringda barcha tinch-omon.

     

    Bobolardan meros obidalaring

    Tarixingdan berib turadi darak.

    Sarhading qo‘riqlar mard o‘g‘lonlaring,

    Barcha yaxshiliklar husningga bezak.

     

    Inoyat

    ...
  • Tanlovlarda tanilib

    Izzatilla kichkinaligida doira chalayotgan dadasini havas bilan kuzatarkan, mitti barmoqlari havoda beixtiyor ijro harakatlarini bajarardi. Unga sovg‘a qilishgan o‘yinchoq doira, pianinolarini chalib o‘zicha “konsertlar” o‘tkazardi. Farzandining xatti-harakatlaridan quvongan Alisher aka Izzatillada musiqaga ishtiyoq borligini sezib, uni Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.