Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Vatan qadri

Tong. Tog‘ ortidan erinibgina bosh ko‘ta­rayotgan quyoshning zarrin nurlari butun  borliqqa tarqala boshladi. Shunday damlarda kishilar  qalbidan ajoyib  hislar o‘tadi. Buni  so‘z bilan ta’riflash  qiyin. Mehriniso ham hozir ana shunday ismsiz  tuyg‘ularni  ko‘nglidan  kechirardi. U ta’tilda bo‘lgani uchun bugun  dadasi  bilan  Sankt-Peterburgga  jo‘nab  ketishi  kerak. Shu sababli hayajon va quvonchdan yuragi hapriqardi.

Ular  samolyotga chiqishdi. Mehrinisoning nimasidir uyda qolib  ketayotgandek tuyuldi. Qizcha samolyot illiminatoridan tashqariga qaradi. Pastda suzib ketayotgan momiq bulutlar ham ko‘nglidagi g‘ashlikni tarqatmadi...  Mana uch kundir-ki, ular Neva bo‘yidagi azim shahardalar. To‘satdan Mehrinisoning  tobi  qochdi.

 –  Hayronman,  nima bo‘ldi-a senga? Nimadan  bunchalik  ezilyapsan?

–     Dadajon, iltimos dadajon, tezroq qishloqqa  qaytaylik. Uyimizni  sog‘indim!      

Endigina 13 yoshni qarshilagan  qizning bu  gap­laridan ota  allanechuk bo‘lib ketdi. Ishbilarmon  ota  qizining  Vatanga  shu darajada ichikib,  og‘rib  qolishini kutmagan edi.

Dunyoda shunday  tuy­­g‘u borki, ular dengiz tubidagi  javohirlar  yanglig‘  yuraklarda  maxfiy  yashaydi. Bu shubhasiz, Vatanga  mu­habbat  tuyg‘usidir . Inson har  doim  mana  shunday  iliq  tuyg‘ular  bilan  yashashi kerak! Xuddi  Mehrinisodek.

Aziz  do‘stim!  Ishonamanki,  sizning  qal­bingiz  ham  shunday  muqaddas  tuyg‘ularga  to‘la: sevgi, sog‘inch, hurmat va  albatta  Vatanga  muhabbat  tuyg‘usi!

Unutmang, ona yerdan oyoq uzilsa ham ko‘ngil uzilmaydi.

Zarnigor Sanoyeva,

Navoiy shahri 11-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.