Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Topishmoqmi yo tez aytish”

Bir-biridan qiziq ertak, hikoyalari, she’r va xandalari bilan sizga tanish bo‘lgan opangiz – Muhabbat HAMIDOVAning yaqindagina “O‘zbekiston” NMIUda “Topishmoqmi yo tez aytish” to‘plami nashrdan chiqdi.

000

Topqirligingiz va so‘z boyligingizni oshiruvchi ushbu mo‘jaz kitobchada jonivorlar, qushlar hamda sabzavotlar haqidagi ajoyib topishmoqlar-u, yod olishga oson tez aytishlar jamlangan. Siz ularni o‘qiy turib ona tabiatning mitti a’zolari – o‘yinqaroq hasharotlar, quvnoq jonivorlar bilan so‘zlashganday bo‘lasiz. Qalamini qo‘liga olganda o‘zi ham bola bo‘lib ijod qiladigan Muhabbat opangizning ushbu kitobchasi, ishonamizki, ko‘nglingizdan ham, kitob javoningizdan ham munosib o‘rin oladi.


 

* * *

Yoshi milliondan oshgan,

Tomoq dardida shoshgan.

Uzun mo‘ylov, qiltiriq,

Hech bo‘lmaydi to‘ydirib.

Yuguradi jonsarak,

Ochko‘z, surbet...

 

* * *

Qizil ko‘ylagi xol-xol,

Suygani gul va nihol.

Gul bargida jon saqlar,

Issiq kunlarni yoqlar.

Qo‘ng‘izlarning yulduzi,

Topdim, budir...

 

* * *

Suvda ham, quruqda ham,

Yashayverar muttaham.

Ingichka dum, so‘yloq tish

Doim keltirar tashvish.

Omborga tushgan o‘g‘ri

Donni xush ko‘rar, to‘g‘ri.

U haqda turfa mish-mish,

Kulrang, sovuq...

 

* * *

Suvda ham, quruqda ham,

Yashayverar muttaham.

Ingichka dum, so‘yloq tish

Doim keltirar tashvish.

Omborga tushgan o‘g‘ri

Donni xush ko‘rar, to‘g‘ri.

U haqda turfa mish-mish,

Kulrang, sovuq...

 

* * *

Ko‘lmak suvda ko‘z ochar,

Dumin ko‘z-ko‘zlab qochar.

Suzadi tinmay bir zum,

Ulg‘aygach u bo‘lar kim –

Baqami yoki baliq?

Hayron bo‘lar...

 

* * *

Ertakning qahramoni,

Polizimiz mehmoni.

Yo‘talni quvib solar,

Taomlardan joy olar.

Berar biroz taxir ta’m

Udir pahlavon...

 

* * *

Dukkakli dondir o‘zi,

Dalaning “puchuq qizi”.

Palovga beradi ta’m,

Totlidir bo‘tqasi ham.

Shoshilmasdan o‘ylab ayt

Bu donning nomi...

2016–2020 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.