Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Farzandimga kitob sovg‘a qilaman”

Maktabimizda har yili 2-aprel – “Xalqaro bolalar kitobi kuni” arafasida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi o‘tkaziladi.

Bolalarimizni kitobxon bo‘lishida maktabimiz joylashgan Beshqo‘rg‘on mahallasi oqsoqoli Qo‘zivoy aka Ortiqovning xizmatlari katta. Chunki u kishi tez-tez maktabimizda bo‘lib, kutubxonachi Latifa opa Ergasheva bilan birgalikda bolalarga ko‘proq qaysi janrdagi kitoblar, qaysi ijodkorlarning asarlari yoqishi haqida so‘raydilar. Bu yilgi tadbirimizda ham oqsoqol bobo maktab kutubxonasiga 90000 so‘mlik badiiy adabiyot so‘vg‘a qildilar.

Bayramga bag‘ishlangan tadbirda o‘quvchilar kitob, uning inson hayotidagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar aytishdi. Badiiy asarlardan sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Ota-onalar ham farzandlarini kitobxon bo‘lishi uchun qanday ishlarni amalga oshirayotganlari haqida gapirib berishdi.

Shu kuni ota-onalar “Kitob olami” savdo majmuasi tashkil qilgan yarmarkadan bolalari uchun 1109 ta kitob xarid qilishdi. Maktab o‘quvchilari esa kutubxona fondini yana 115 dona badiiy kitob bilan boyitdi.

 

S. XOLIQOVA,

Toshkentdagi 270-maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.