Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitob bilan do‘stlashib

Gulxanjon! Senga shuni faxr bilan aytishim mumkinki, maktabimiz o‘quvchilarining barchasi kitobxon. Qachon kutubxonaga kirsam, u yer bolalar bilan gavjum bo‘ladi. Chunki kutubxona mudirasi Ro‘zibibi opa Fayziyeva bolalar bilan doim muloqotda.

40 yillik tajribaga ega bo‘lgan kutubxonachimiz bolalarni kitobga qiziqtirish yo‘llarini juda yaxshi biladi. Kutubxonaga kelgan yangi kitoblar haqida darrov o‘quvchilarni xabardor qiladi. Kitob taqdimoti o‘tkazib, o‘quvchilarni yangi kitoblarning qisqacha mazmuni, muallifi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi. O‘z navbatida o‘quvchilar ham o‘zlari o‘qigan kitob voqealarini gapirib berishadi

Eng faol kitobxonlardan kutubxona qoshida to‘garak tashkil qilingan. Ular G‘afur G‘ulomning “Shum bola”, Erkin Vohidovning “Tabassum” asarlaridan, “Alpomish” dostonidan parchalar sahnalashtirib, maktab tadbirlarida namoyish etishdi.

Bunday tadbirlarga ota-onalar ham taklif qilinadi. Farzandlarining yetuk insonlar bo‘lib yetishishida kitobning o‘rni beqiyosligini tushungan ota-onalar kutubxonaga ko‘plab badiiy asarlar sovg‘a qilishmoqda.

Mohigul RASULOVA,

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 27-maktab o‘qituvchisi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.