Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sog‘inchli kunlar

Teatr va kino san’atining yorqin namoyondasi, san’at arbobi, betakror iste’dod sohibi, ajoyib inson, talabchan ustoz O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Zikir Muhammadjonov O‘zbek Milliy teatrida aktyor sifatida umrining oxiriga qadar samarali faoliyat ko‘rsatdi. “Jaloliddin Manguberdi”, “Mirzo Ulug‘bek”, “O‘tmishdan ertaklar”, “Kuzning birinchi kuni”, “Hamlet”, “Romeo va Juletta” singari mashhur sahna asarlaridagi bosh rollarni mahorat bilan ijro etgan. Kinodagi rollarini esa sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi.

Sevimli san’atkotimizning bolalik yillari, yoshligi, aktyorlikka qo‘yilgan ilk qadami haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni to‘plashda bizga yaqindan yordam bergani uchun u kishining o‘g‘li Omonulla Muhammadjonovga ijodiy jamoamiz hamda “Gulxan” muxlislari nomidan minnatdorligimizni bildiramiz.

Unutilmagan tanbeh

Men 1919-yilning avgustida Toshkentning mashhur Chorsu dahasidagi Ko‘nchilik mahallasida tavallud topganman. Bobom Ibrohim hoji ko‘nchi boylardan hisoblanib, boyligi ikki zavod qurish darajasiga yetgan. 1925-yil Hoji bobomning vafotidan so‘ng biz va shu qatorida qarindoshlarimiz ham iqtisodiy tomondan ancha qiynalib qoldik. Bizning oilamiz yetti jondan iborat edi.

Ko‘kcha dahasida yozgi bog‘imiz bo‘lib, u yerda yetishtirilgan hosillar, meva-chevalar ancha vaqtgacha yetar edi. Bundan tashqari, dadam ham mohir teri pishiruvchi bo‘lgan. Otam tayyorlagan charmlarini kosiblarga sotardi. Bundan olingan mablag‘ oilani tebratishga bemalol yetar edi. Qish kunlari u kishi shaharma-shahar yurib, savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullanar, savodli bo‘lganlari uchun qorilik ham qilar edilar. Avlodimizda o‘qimishli insonlar ko‘p bo‘lgani uchun ularning nazdida bolalarning bilim olishi shart va zarur edi. Biz tengi bolalar maktabga borishimiz lozim bo‘lgan davrda eski maktablar yopilib, yangi maktablar ochila boshlangandi. Bu 1927–1928-yillarga to‘g‘ri kelib, arab alifbosi o‘rniga lotin alifbosi joriy etilayotgan edi. Dadam arab alifbosini menga qunt bilan o‘qishni o‘rgatar va eski maktabga kirishimni xohlardilar. Ammo, zamon talabi yangi maktabga borishga majbur etardi...

Maktabimiz ikki qavatli binodan iborat bo‘lib, unda bolalar yettinchi sinfgacha o‘qitilardi. Biz kichik-kichik sinflarda alifboni o‘rganar edik. Mahallamizdagi deyarli hammaning bog‘-hovlilari bo‘lib, erta bahor ko‘chib ketar, kech kuzdagina shaharga qaytib kelishardi. O‘qishning davomati shu sababdan bahor va kuzda kamayib ketar edi. Ba’zi kunlari maktabga boraman deb, ko‘chalarda o‘yinqaroqlik qilgan kunlarim ham bo‘lgan. Shunday kunlarning birida ko‘cha bolalari bilan o‘ynab tursam, Rashid domla bexosdan qulog‘imni cho‘zib qoldilar. U kishiga boqdim-u uyalganimdan qo‘llaridan chiqib qochdim. Garchi qulog‘imning og‘rig‘i allaqachon esdan chiqqan bo‘lsa ham, ammo o‘qituvchimning barmoqlari tekkan qulog‘im u kishining tanbehini hech qachon unutmaganday tuyuladi.

Pyesada aks etgan hayot

Kuz va bahorda dala hovlida bo‘lganimizda, tog‘amnikida istiqomat qilib, o‘qishimni uzluksiz davom ettirdim. Tog‘am bolalarning o‘qishiga e’tibor berardilar. U kishi nog‘orani nihoyatda mohirlik bilan chala olardi. Bir kuni menga nog‘ora cho‘plarini tutqazib, “Qani, tak-taka-tum, deb takrorlayver”, dedilar. Men ko‘pdan u kishini kuzatganim uchun xuddi aytganlariday chalaverdim.

Bir kuni tog‘am meni teatrga olib tushdilar. Esimda, teatrga kechasi yosh bolalar qo‘yilmas edi. Ammo tog‘am tomoshabinlar orasidan epchillik bilan meni choponlarining etagiga o‘rab, olib kirib ketganlarini nazoratchi ham sezmay qolgandi. Voqealar esimda saqlangan emas, asarning nomini ham bilmayman, ammo bir voqea yodimda qolgan. Sahnada bir odamning ko‘ksiga pichoq urishdi va u odam halok bo‘ldi. Tomosha tugagach, eshikka chiqib turgan edik, haligi ko‘ksidan pichoq yegan aktyor xoxolab kulib o‘tsa bo‘ladimi. Men uning nimaga kulganini bilmayman-u, ammo o‘lgan odam qanday tirildi deb, ancha vaqt o‘ylab yurganman.

Onam Turdiniso aya ham nihoyatda zavqli ayol edilar. Katta patnisni chertib, allaqanday laparlarni kuylab, bizni o‘yinga tushirishni yoqtirardilar... Xullas, san’atga bo‘lgan muhabbatim asta-sekin ildiz otishi shundanmikan, deb o‘ylab qolaman.

Maktabda drama to‘garagiga qatnashgan edim. O‘sha yillari bolalar o‘rtasida uchraydigan qiyinchiliklar aks etgan bir pardalik pyesa tayyorlagan edik. Men asar qahramoni Tolmas rolini ijro etdim. Tolmas qiynalganidan maktabni tashlab, o‘g‘rilik yo‘liga kirib ketadi. Bu voqea o‘sha zamon uchun juda dolzarb bo‘lganligi sababli asarni boshqa maktablarga ham borib ko‘rsatgan edik. Xuddi shu pyesada bayon etilganidek, bolalar hayoti ham kundan-kunga og‘irlashib borardi... Odamlar nonni talon (zabor) asosida olishardi. Talonda ko‘rsatilgan miqdordagi non faqat ishlagan kishilarning bolalariga berilar edi. Oilamizga beriladigan nonni har kuni do‘kondan men olib kelar edim. Bunday do‘konlar har mahallada bittadan bo‘lib, odamlar nonni oldinroq olish uchun kechasi chiqib, navbatda turardilar. Men ham bir kuni nonni birinchi olish niyatida yarim tunda yo‘lga otlandim. Do‘kon oldiga kelib o‘tiribman-da, uxlab qolibman. Uyg‘onib, bundoq qarasam, ro‘mol uchiga tugilgan talon ham, pul ham yo‘q, kimdir kesib ketibdi. Uyga qanday kiraman dedim-da, tog‘amnikiga qochib ketdim. Ertasiga dadam borib olib keldilar. Endi rosa kaltak yesam kerak, deb qo‘rqqan edim. Chunki, butun oila men tufayli och qolgan edi-da! Ammo dadam indamadilar. Faqat, “Bunday qiyinchilik yillari odam epchil bo‘lmasa bo‘lmaydi”, deganlari yodimda qolgan. Bu ham yetmagandek, kolxoz tuzish, “quloq” qilish boshlangandi. Deyarli har kuni kimningdir uyini tintuv qilishar, turli bahonalar bilan uyidagi ro‘zg‘or buyumlarigacha olib ketishardi. Soliq ko‘payib ketganligidan dala-bog‘imizni topshirdik. Ota-onam o‘sha yillari nima qilib bo‘lsa ham bolalarim bilan qishdan eson-omon chiqib olaylik, deb tinim bilishmasdi. Ochlikdan shishib o‘layotganlar nihoyatda ko‘p edi. Ota-onamizning shunchalik harakatlariga qaramay, bizning ham och qolgan kunlarimiz bo‘lar edi. Tut pishig‘iga yetib olaylik deb, otamiz og‘izlaridagi bir necha tilla tishni, onamiz o‘z onalari tomonidan hadya etilgan uzuk va sochlaridagi kumush tangalarni do‘konga topshirib, bir qopga yaqin un keltirishdi. Nihoyat, tut pishig‘iga yetib oldik. Ammo bu kunlarga yetib kelmaganlar son-sanoqsiz edi...

Maktabimizda oxirgi soatdan oldin bir burda qora non va bir stakan olma choy berishardi. Choy tanqis bo‘lganidan olma qoqini choy qilib damlanardi. Men o‘zimga berilgan nonni partaga qo‘ydim-da, stakanimni choy tarqatayotgan ayolning choynagiga ro‘para qilib qo‘ygunimcha, nonini yeb bo‘lgan bir bola menikini ham yeb qo‘yibdi. Indamadim-u, lekin o‘zim och qoldim.

O‘sha yillari yuqumli kasalliklar ko‘p tarqalgandi. Ayniqsa, qora bezgak kirmagan xonadon yo‘q edi. Oilamizda hammamiz bu kasallikka chalingandik. Bu kasallik shunday yomonki, shaqillatib tutganda, ustingga bir necha ko‘rpa tashlaganingda ham labing labingga tegmay qaltirayverasan. Hammaning bezgagi bir vaqtda kechga tomon tutganidan hech kim bir-biriga yordam bera olmas edi. Ayanchlisi, o‘sha yillari qizamiqdan ko‘p bolalar nobud bo‘lgandi. Men ham bolaligimda shu kasallikka chalinganman. O‘zimni bilmay ancha yotdim. Ko‘zimni ochsam, qorong‘i uyimizda oyim va dadam hadeb gultojixo‘roz suvini ichirishga tutinayotgan ekan...

Ko‘p o‘tmay ko‘cha-ko‘yda izg‘ib yurgan bolalar internatlarga jalb etildi. U davrlarda internatlarga faqat yetimlar emas, qiynalib qolgan oilalardagi bolalar ham qabul qilinardi. Xolamizning o‘g‘li Abdulhay Karimov ana shunday internatlarning biriga mudir edi. U meni internatga olib ketib, o‘z tarbiyasiga oldi.

Internatda tengqurlarim bilan birga o‘qish, birga yashash, birga dars tayyorlash o‘qishimga ham, tarbiyamga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Tarbiyachilar va o‘qituvchilar turli hunarlarga o‘rgatishar, bolalarni har tomonlama yetuk, sog‘lom bo‘lib o‘sishiga alohida e’tibor berishar edi. Vaqt shunday taqsimlangan ediki, biror daqiqa bo‘sh qolishning imkoni yo‘q, bo‘lganda ham bolalar, albatta, sport o‘yinlari, turli to‘garak mashg‘ulotlari bilan band bo‘lardi. Endi biz kelajakka intilish orzusi bilan yashab, bir-birimizdan qolib ketmaslik uchun harakat qilardik. O‘sha yillarda oliy bilim yurtlariga kiruvchilar kamayganidanmi, yo ishchi-dehqon bolalarini jalb qilish uchunmi, ishchilar fakulteti ochilgan edi. Bu fakultetlarda uch yil o‘qitilib, oliygohga sinovsiz o‘tkazish mo‘ljallangan, unga har xil ma’lumotga ega talabalar kirishi mumkin edi.

Negaligini bilmayman-u, o‘rta maktablardan ham talabalar yig‘ish boshlangan edi. Bundan xabar topgan internat ma’muriyati beshinchi va oltinchi sinfni tugatganlarni o‘sha ishchilar fakultetiga joylashtirishdi. Men SAGU deb atalgan, ya’ni O‘rta Osiyo Davlat universiteti qoshidagi ishchilar fakultetiga kirdim.

Talabalik yillari

Kursimizda har xil yoshdagi talabalar bo‘lib, o‘qituvchilar biz bilan birga o‘qiyotgan ishchilarga nisbatan talabni qattiqroq qo‘ygan edi. Shuning uchun yaxshi o‘qib, o‘zimizdan yoshi kattalarga ko‘maklashishni unutmasdik. Nihoyat, uchinchi kursga o‘tib oldik. Men ishchilar fakultetini bitirgach, shu universitetning biologiya fakultetiga kirishga ariza berdim. Lekin san’atga bo‘lgan muhabbatim ko‘nglimni bir chekkasida yashab kelardi. Hali internat yonidagi maktabda o‘qiyotganimda biz bilan Beshyog‘ochdagi hozirgi Respublika rassomlik kolleji o‘rnida balet maktabi bo‘lib, o‘sha maktabning talabalari ham biz bilan o‘qir edi. Men ana o‘shanda, keyinchalik mashhur rejissor bo‘lgan Toshxo‘ja Xo‘jayev bilan tanishgan edim.

Bizning do‘stligimiz o‘quvchilik yillari boshlangan. Bir kuni u bilan ko‘chada uchrashib qoldik. Toshxo‘ja teatrda ishlayotgani, Moskvada bo‘ladigan o‘zbek adabiyoti va san’ati o‘n kunligiga tayyorgarlikka qatnashayotganini aytganida yuragimdagi cho‘g‘ alangalanib, unga ergashib teatrga qarab yo‘l oldim. Toshxo‘ja meni yashirin yo‘l bilan teatrga olib kirib, tomoshabinlar zalining bir chekkasiga o‘tqazib qo‘ydi-da, o‘zi repetitsiya uchun sahnaga chiqib ketdi. Men bir burchakda o‘tirib, ko‘pdan orzu qilgan mashhur san’atkorlarni yaqindan ko‘rishga muyassar bo‘ldim. Shu-shu bo‘ldi-yu, teatrdagi spektakllarni har kuni ko‘radigan bo‘ldim. Keyin Toshxo‘ja Xo‘jayev meni teatrning bosh ma’muri Shukur Yodgorov bilan tanishtirib qo‘ydi. Endi mening qarorim qat’iy edi.

Yanglishmasam, 1938-yil may oylarida bo‘lsa kerak, gazetada e’lon bosildi. Undagi ma’lumotga qaraganda, “Hamza” teatriga yordamchi aktyorlar qabul qilinishi aytilgan edi. Men birinchilardan bo‘lib ariza topshirdim. O‘ylab-o‘ylab, deyarli har kuni mahallamizdagi choyxonada osh tayyorlab, bir o‘zi zavq bilan yeydigan kishini ko‘rsatmoqchi bo‘ldim. Uning oshni damlab qo‘yib, o‘ziga alohida dasturxon yozib, choyni damlab, sovib qolmasin deb, ko‘rpacha tagiga qo‘yishi, laganni yuvib qayta-qayta sochiqqa artishi, oshni suzib, dasturxon ustiga mayda qadam bilan yurib kelib, yeng shimarib “oling, oling” deganday osh yeyishigacha hamma harakatlarini kuzatib, o‘zimcha takrorlab yurardim. Ana o‘shani etyud qilib ko‘rsatishga qaror qildim. Teatrga kirmoqchi bo‘lgan yoshlar bilan belgilangan kuni o‘sha soatda yetib keldim. Sinovda o‘ylab yurgan etyudimni ko‘rsatdim. Shundan so‘ng boshqa narsa so‘rashmadi, bizni sinayotganlarning hammasi o‘rnilaridan turishdi. Mannon Uyg‘ur bizga qarab, “Javobini ertaga aytamiz”, dedi-da birinchi bo‘lib yo‘lga tushdi. Shunda Obid Jalilov mening yelkamga qoqib, “Sen bizni oshga bo‘lgan ishtahamizni ochib yubording”, dedi.

Ertasiga Mannon Uyg‘ur hammamizni xonasiga to‘pladi. Qabul qilinganlarni tabrikladilar. Keyin, mening qo‘limga yana bir qog‘oz tutqazib, Lohutiy nomidagi teatr texnikumiga borib o‘qiysan, dedilar. Men sinovdan o‘tganlar ichida eng yoshi edim...

Zahro HASANOVA tayyorladi.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.