Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mulohaza uchun mavzu

Intizom ildizlari

Finlandiya maktablari jahon ta’lim tizimi reytingida yetakchilik qiladi. Sayyoramizda eng ko‘p kitob mutolaa qiluvchilar ham fin bolalaridir. U yerda bir fan ziyoniga ikkinchi fan chuqurlashtirib o‘tilmas ekan. Masalan, tasviriy san’at yoki musiqa xuddi matematika singari kerakli va muhim fan hisoblanadi. O‘quvchilarning tarbiyasi va bilimi havas…

To‘liq...

Uyquchi – ikkichi

Orangizda uyquni yaxshi ko‘radigan, darsga kechikib, ustozidan dakki eshitadigan, nonushtasiz, darsliklarini chala-chulpa papkaga joylab, ust-boshiga ham qaramasdan maktabga keladigan o‘quvchilar uchrab turadi.

Xo‘sh, erta turish uchun nima qilish kerak, deb o‘ylaysiz? Buning yo‘li oson. Birgina oddiy misol yordamida buni tasniflashga harakat…

To‘liq...

Otasining uyalishini istamagan bola

Tanaffusga qo‘ng‘iroq chalindi. Barcha o‘quvchilar guv etib maktab oshxonasiga, ayrimlar esa hovliga qarab yugurishdi. Bir gala o‘g‘il bolalar esa maktab darvozasi ro‘parasida to‘planib olishdi.

– Sen mendan kichkinasan, demak men nima desam shuni qilishing kerak, – gerdaydi 10-sinf o‘quvchisi Mohir.

– Katta bo‘lsang nima qilay? Nega seni…

To‘liq...

Ularga ishondik

Ko‘p qavatli uylar orasidan o‘tib ketayotgandim. Garajlar yonida maktab formasidagi 5-10 o‘quvchiga ko‘zim tushdi. Ularning turishlari bejo. O‘rtada, kichikroq bo‘yli bolani ikkitasi qo‘lidan ushlab olibdi. Bittasi unga qattiq-qattiq gapiryapti. Men to ularning yoniga yetib borgunimcha, uning yelkasiga musht tushirib qoldi.

– Hoy, bola, nega…

To‘liq...

Odobingiz ko‘zgusi

Avtobusda borar ekanman, navbatdagi bekatdan chiqqan o‘quvchilar diqqatimni tortdi. Buyurtma asosida tiktirilgan bo‘lsa kerak, barchalarining egnida bir xil rangdagi o‘quvchilar formasi. O‘g‘il bolalar oq ko‘ylak, qora shimda, qizlar oq kofta ustidan nimchali yubka kiyishgan. Dastlab ularga havas bilan boqdim, keyin esa negadir kayfiyatim tushib…

To‘liq...

Puch soatlar

Esimda, bog‘chada vaqtimizni faqat o‘yinchoqlar o‘ynab o‘tkazganmiz. O‘shanda tezroq bo‘yimiz cho‘zilishini, maktabga borishni orzu qilganmiz. Ammo o‘quvchilik formasini kiygach esa darsga kechikib, o‘qituvchidan dakki eshitib, ba’zilarimizning kundaligimizdan “2”, “3”lar joy ola boshlagach, har qanday orzu, istak uchun mehnat qilish, intilish…

To‘liq...

Rostini aytsam...

Yozgi ta’tilda mazza qilib dam olayotgan Sherzod bir kun avval kechki ovqat paytida dadasining aytgan gaplarini o‘rtoqlariga tezroq yetkazgisi keldi. Nonushta qildi-yu, ko‘chaga chiqib ketdi. Mahalla bog‘chasi ro‘parasidagi katta tut tagidagi yog‘och o‘rindiqqa o‘tirganicha barcha o‘rtoqlariga telefon qildi. Ularni har doimgi yig‘ilishadigan…

To‘liq...

Kim bo‘lsam ekan?

Nargiza 8-sinfda o‘qiyapti. Bugun adabiyot darsida ustozi “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida insho yozishni topshirdi. Ustoz aytgan mavzu Nargizani o‘ylantirib qo‘ydi. Chunki u shu choqqacha bu haqida o‘ylab ko‘rmagan edi. To‘rt yil avval dadasi, kasbimning davomchisi, shifokor bo‘lasan, deb akasini kerakli fanlardan qo‘shimcha mashg‘ulotlarga borishini…

To‘liq...

Non va tarix

yoxud o‘tmishdan saboq, bugundan shukrona

 

Maktab darvozasidan otilib chiqqan to‘rt-besh nafar o‘quvchining barchasini qo‘lida yegulik. Qay biri xot-dog, qay biri shirinli-gu yana biri qandaydir tezpishar “ovqat”ga chug‘urlashgancha og‘iz solishmoqda. Diqqat bilan quloq tutsam hammasi bir bo‘lib sheriklaridan birining qo‘lidagi tushligini muhokama…

To‘liq...

“Xatar”dan kelgan xatlar

Jurnalimizning o‘tgan sonida “Siniy kit – elektron ofat” sarlavhali maqolada bu xavfli o‘yin haqida ma’lumotga ega bo‘lgan edingiz. Galdagi maqolamizda o‘yin guruhlariga a’zo bo‘lishning fojiali oqibatlari va undan himoyalanish choralari haqida to‘xtalamiz.

 

Yaqinda Dog‘istonning Maxachqal’a shahrida 15 yoshli o‘spirin har kuni birga o‘ynab,…

To‘liq...

“Siniy kit” – elektron ofat!

Kompyuterni, uyali telefonni bilmaydigan bola bo‘lmasa kerak! Ular tufayli paydo bo‘lgan va tilimizga “qapishib” qolayotgan so‘zlarni-chi? Yaxshi ma’nodagi so‘zlar bo‘lsa jon-jon deb o‘rganamiz, lekin...

Yaqin-yaqindan bir so‘z quloqqa chalinadigan bo‘lib qoldi – “Ko‘k kit” (Siniy kit). Bu nima yoki qanday so‘z? Lug‘atda yozilishicha, bu – ko‘k kit…

To‘liq...

Iloji bormi?

Maktabimizda kutubxona bor. Lekin biz kutubxona ishidan mamnun emasmiz. Nega desangiz, kutubxonachi opa kutubxonaga a’zo bo‘lsak ham o‘qimoqchi bo‘lgan kitobimizni uyga berib yubormaydilar.

– Shu yerda, kutubxonaning o‘quv zalida o‘tirib o‘qiyveringlar, – deydilar.

Endi berilib kitob o‘qiyotganimizda esa “bo‘ldi, tez topshiring, vaqt tugadi”, – deb…

To‘liq...

Partadosh qanday tanlanadi?

Qadrli o‘quvchilar! Ko‘pchiligingiz maktabda eng yaqin do‘stingiz bilan partada yonma-yon o‘tirasiz. Partadosh sinfdoshingiz bir kungina maktabga kelmay qolsa, dars jarayonida o‘zingizni ancha noqulay his qilasiz. Ammo ba’zida o‘qituvchilaringiz sinfdagi vaziyatdan, o‘quvchilarning fe’l-atvoridan kelib chiqib joylaringizni tez-tez almashtirib…

To‘liq...

Boshni toshlardan asrab

“Ommaviy madaniyat” nima, bilasizmi? Eshitgansiz-u, ammo tushunchaga ega bo‘lmasangiz kerak. U sovuq havo oqimi singari sarhad bilmay eshiklarimizdan, derazalarimizdan, chegaralarimizdan kirib kelmoqda. Ehtimol, bu mavzu kattalar olamiga tegishli, bizga aloqasi yo‘q, deb o‘ylarsiz. Afsuski, bu “epidemiya” boshqalardan ko‘ra tezroq yoshlar qatlamiga…

To‘liq...

Pul sarflashni bilasizmi?

Ota-ona farzandiga nega pul beradi-yu, o‘quvchi uni nimalarga sarflaydi?

Shu savol bilan o‘quvchilar olamiga sayohat qildik. Bu iqtisodiy masalada ayrim o‘quvchilar sarflaydigan transport yo‘l haqlarini hisobga olmadik.

Ustoz, Nargizaning ikkita xatosi bo‘lsa ham “5” qo‘yibsiz, menga esa “4”.

Qizcha yozma ish daftarini topshirdi-da, yig‘lagudek…

To‘liq...

Senga ishonaman

Salom, “Gulxanjon”!

Sening har bir yangi soningni orziqib kutaman. Sahifalaringda tengdoshlarim erishayotgan muvaffaqiyatlarni o‘qib, ularga havasim keladi. Bu yil maktabni imtiyozli tamomladim va hozirda o‘zim orzu qilgan akademik litseyda o‘qishni davom ettiryapman. Senga o‘z yutuqlarim haqida yozmoqchiman.…

To‘liq...

Ularni o‘quvchi deb bo‘ladimi?

Saida o‘quv yili boshlanganidan quvonib, kitob-daftarini taxt qilish harakatiga tushdi. U bu yil 7-sinfga ko‘chdi. “Qanday yaxshi, katta sinflar qatoriga kirib qoldim, endi yanada yaxshi o‘qishim kerak”, – ahd qildi u. Ro‘yxat asosida maktab kutubxonasidan barcha darslik kitoblarni oldi. Uyga kelgach,…

To‘liq...

Mehnatga “rahmat”

Malika aslida telefonda gaplashishni unchalik xush ko‘rmaydi. Undagi o‘yinlarga ham ko‘p qiziqmaydi. Ammo qachon qarama, qulog‘ida naushnik – qo‘shiq eshitgani-eshitgan. Qo‘yib bersang, kun bo‘yi qulog‘idan uzmaydi. Kimdir u-bu narsa so‘rasa ham, eshik qo‘ng‘irog‘i…

To‘liq...

“Temir dugona” qismati

Durdona bu yil bahorda o‘n uch yoshga to‘ldi. Ota-onasi uning tinimsiz xarxashalaridan so‘ng tug‘ilgan kunida opalarinikiga o‘xshagan katta ekranli (sensorli) telefon sovg‘a qilishdi. Opalarining katta ekranli telefoniga havasi kelgan Durdona “menga ham olib berasizlar”, deb turib olgan edi-da.

Tug‘ilgan kunining ertasiga maktabga oshiqdi, chunki…

To‘liq...

Ukamga xatlar

“Oltin tarvuzcha”

Ukajon, esingdami, sen hali bog‘chaga boradigan paytlaring, o‘qishni bilmaganing uchun ertak kitobingni “o‘qib bering” deb, ketimdan yuraverarding. To yangi ertakni eshitmaguningcha holi-jonimga qo‘ymasding.

Usti zangori tusli “Oltin tarvuz” nomli kitobchang hanuz ko‘z oldimda. Harflarni o‘rganib olgach esa, maktabga boraman deb,…

To‘liq...

Eng oliy burch

XXI asr axborot, globallashuv, yuksak texnologiyalar zamoni. Agarda biz ogoh va hushyor bo‘lmasak, qudratli axborot oqimidan ham, globallashuv jarayonlaridan ham, yuksak texnologiyalardan ham kattaroq xatarlar sodir bo‘lishi mumkin ekan.

Prezidentimiz 1996-yildayoq “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va…

To‘liq...

Maktab sahnasi repertuari – u qanday bo‘lishi kerak?

Bilamizki, har qanday bayram yoki biror sanaga bag‘ishlangan tadbir badiiy qismsiz o‘tmaydi. Ana shunday musiqiy chiqishlarni tomosha qilib, qalbingiz zavqqa to‘ladi. O‘quvchilarda, ommaning aksariyat qismida musiqa madaniyati va tarbiyasi haqida yangicha qarash va tasavvur paydo bo‘lmoqda. O‘sib kelayotgan siz kabi navqiron yoshlarni sadoqat,…

To‘liq...

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.