Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Iloji bormi?

Maktabimizda kutubxona bor. Lekin biz kutubxona ishidan mamnun emasmiz. Nega desangiz, kutubxonachi opa kutubxonaga a’zo bo‘lsak ham o‘qimoqchi bo‘lgan kitobimizni uyga berib yubormaydilar.

– Shu yerda, kutubxonaning o‘quv zalida o‘tirib o‘qiyveringlar, – deydilar.

Endi berilib kitob o‘qiyotganimizda esa “bo‘ldi, tez topshiring, vaqt tugadi”, – deb kitobni yig‘ishtirib oladi. Bu esa maktab o‘quvchilarining kitobga bo‘lgan ishtiyoqini so‘ndirib qo‘ymoqda. Bizga shu borada yordam berishingizning iloji bormi?

 

Dilshod RAHMATULLAYEV,

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 13-maktab o‘quvchisi

 

 

Tahririyatdan

Albatta bor

Dilshodjon! Siz maktubingizda, kutubxona ahvolini yaxshi yoritmagansiz. Ehtimol, kutubxona kitob jamg‘armasi kam bo‘lishi, o‘quvchilar olgan kitobni qo‘lida bir haftadan so‘ng qaytarishlarini bilgani uchun kutubxonachi shu usulni qo‘llayotgandir. Chunki bu paytda kutubxonaning kitob javoni bo‘shab qoladi. Lekin nima bo‘lganda ham kutubxonachining bu harakatini biz ma’qullay olmaymiz. Biroq siz maktab o‘quvchilari, ota-onalar bu chorasizlikka chora topa olasiz. Ya’ni kutubxonaga imkoningiz darajasida badiiy kitoblar sovg‘a qilsangiz, kutubxona kitoblarga boyiydi. Siz esa xohlagan kitobingizni uyga olib ketib o‘qiydigan bo‘lasiz.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.