Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Nigoh

Tabarruk yosh muborak

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, II darajali “Soglom avlod uchun” ordeni sohibasi, taniqli adiba Yayra Saʼdullayeva shu kunlarda tabarruk 85 yoshlarini nishonlayaptilar. Oʻgʻil-qizlar, nabira va abiralar davrasida, ularning ardogʻida qutlugʻ yoshni qarshilayotgan Ustozga har qancha havas qilsak arziydi.

Chunki Yayra opa butun…

To‘liq...

Usmon Azim

Usmon Azim 1950-yil 13-avgustda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi Gaza qishlogʻida tugʻildi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)da tahsil oldi.

Oʻzbekiston radiosi adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh muharririyatida (1976–1988), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1988–1989), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida…

To‘liq...

Mening jajji doʻstlarim

Kichikligimdan oʻzim yoqtirgan qahramonlarning qiyofasini yaratish, ichki dunyosi va sarguzashtlarini aks ettirishni orzu qilardim. Badiiy adabiyotga qiziqishim ertaklardagi turli qahramonlarni yaqindan tanish imkonini berdi. Maktabimizda tashkil etilgan “Yosh qalamkashlar” toʻgaragiga qatnab, yozgan ertak va hikoyalarim bilan avval ilm…

To‘liq...

Doʻstimga aylangan asar

Kitob va asarlar insonga eng yaqin doʻst va maslahatgoʻy, deb eshitganman. Ammo bu gaplarga aslo ahamiyat bermasdim. Toʻgʻrirogʻi, ishonmasdim. Hozir tengdoshlarimga bir sirimni ochmoqchiman. Men juda erinchoq va dangasa edim. Ish qilgim kelmas, koʻp zerikardim. Ayniqsa, uyda bir oʻzim qolsam, xayolimni allaqanday qoʻrquv egallab olib, vahimaga…

To‘liq...

Shamchiroq

Ilk bor onam bilan kutubxonaga bordim. Kutubxona peshtoqidagi “Kitob – mening doʻstimsan” degan yozuvni koʻrib, “Kitob insonga qanday doʻst boʻlishi mumkin, axir, u jonsiz-ku?!” degan savol tugʻildi. Oʻsha kuni birinchi marta qoʻlimga uch jildli “Oʻzbek xalq ertaklari” kitobini oldim.

Ertaklarga qiziqib ketganimdan, birinchi jildni bir haftadayoq…

To‘liq...

“Qaldirgʻoch”ning quvnoq bagʻrida

“Istirohat”lik bolalar boshlanadigan yangi oʻquv yilida eng faol, eng aʼlochi oʻquvchilar safida boʻlishlari aniq. Chunki ular oʻzlari oʻqiydigan Uchtepa tumanidagi 236-maktabda tashkil qilingan “Qaldirgʻoch” sogʻlomlashtirish oromgohida mazza qilib dam olishdi. Yaxshi dam esa mehnatga hamdam.

Bolalar oromgohda jismonan chiniqish bilan birga…

To‘liq...

“Gulxan”ga mehmon keldi

Oʻquvchilarning ayni taʼtil kunlarida qoʻshni Qozogʻiston Respublikasining Almati shahridan bir guruh oʻquvchi yoshlar “Gulxan” bilan yaqindan tanishish maqsadida tahririyatimizga kelishdi. Ularga Qozogʻistondagi “Turkiy tildagi jurnallar jamgʻarmasi”ning xodimi, jurnalist Naziya Joʻyamergen qizi yoʻlboshchilik qildi. Oʻzbekistondagi bolalar…

To‘liq...

Taʼtil kunlarida

Yaqinda muzeyimizga oʻrta yoshlardagi bir ayol kirib keldi-da:

– Maktabda adabiyot oʻqituvchisi boʻlib ishlayman, taʼtilda Toshkentga kelgandim. Muzeyni bir koʻrib ketay, dedim. Iltimos, iloji boʻlsa, bir ekskursavod biriktirib bersangiz, koʻrganlarimni yaxshilab tushunib olardim, – dedi.

– Oʻquvchilaringizni ham olib kelganingizda ularga qiziqarli…

To‘liq...

Isteʼdodga beshik boʻlar Zominim

Shu yilning 3-iyul kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida Zominning xushmanzara va bahavo goʻshasi boʻlmish “Oʻriklisoy” oromgohida anʼanaviy Yosh ijodkorlar respublika seminari oʻz ishini boshladi.

Toshkent shahridan Zomin sari koʻrkam avtobuslarda yoʻl olgan mamlakatimizning atoqli adiblari va yosh…

To‘liq...

Shoyim Boʻtayev

Shoyim Boʻtayev 1959-yil 20-iyunda Tojikiston Respublikasining Oʻratepa tumanidagi Maydoncha qishlogʻida tugʻildi.

Leninobod (hozirgi Xoʻjand) davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan.

Mehnat faoliyatini “Guliston” jurnalida boshlagan adib, keyinchalik Respublika bolalar gazetasida boʻlim mudiri, “Choʻlpon” nashriyotida…

To‘liq...

Yoʻqolmas boylik

Bilim olish dunyodagi eng xosiyatli, eng tabarruk ishlardan biri. Chunki bilimli odam xor boʻlmaydi. Hayotda qoqilmaydi, har xil buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi tura oladi.

Odam umr boʻyi toʻplagan mol-dunyosidan bir kunda, bir zumda ajralib qolishi mumkin. Lekin egallagan bilimini hech kim tortib ololmaydi.

Olgan bilimlarimiz bizning yoʻqolmas…

To‘liq...

Togʻ tulkisi

Togʻoldi va togʻlarda hayot kechiruvchi tulkilar asosan tunda, qish faslida esa kunduzi ham faol boʻladi. Ayyorlik, tezlik, epchillik ularga xos. Har qanday tovushni, hatto yer ostidagi mayda sutemizuvchilarning shitirlashini ham eshitadi.

Tulki oilasi qurib qolgan daryo oʻzanlarida, tepalik va chakalakzor chekkalaridagi boshqa jonivorlar qazib…

To‘liq...

Uy vazifasi berilmaydigan maktablar

Aziz bolalar! Niderland qirolligi maktablaridagi taʼlim tizimining oʻziga xos jihatlarini bilasizmi?! Gollandiyada yashovchi bolalarning nega dunyodagi eng baxtli bolalar deb atalishini-chi? Bilmasangiz, mazkur sahifani diqqat bilan oʻqib chiqing. Barcha savollaringizga javobni esa koʻp yillardan buyon oilasi bilan Gollandiyada istiqomat…

To‘liq...

Hamid Gʻulom

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Davlat mukofotlari laureati Hamid Gʻulom 1919-yil Toshkentda tugʻilgan.

Maktabni bitirgach, Oʻrta Osiyo industrial instituti (1935–1937) va Toshkent pedagogika institutida (1938–1941) oʻqidi.

1955–1956-yillarda Moskvadagi M. Gorkiy nomli Adabiyot instituti qoshida tashkil…

To‘liq...

Yosh kimyogarlar bellashuvi

Mana bir necha yildirki, yurtimizning oʻsmir yoshlari Xalqaro Mendeleyev Olimpiadasida ishtirok etib, qator medallarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar. Aprelning soʻnggi kunlarida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan 53-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ham ular oʻz salohiyatlarini koʻrsatib, mamlakatimizga 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta…

To‘liq...

Xayr, maktabim

25-may kuni respublikamizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida soʻnggi qoʻngʻiroq jaranglaydi. Bu qoʻngʻiroq ovozi ayniqsa, maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan oʻquvchilar qalbiga oʻzgacha hayajon soladi. Soʻz bitiruvchilarga:

 

Mayli, jaranglayver soʻnggi qoʻngʻiroq

Orzuim – bank sohasida ishlash. Buning uchun matematika fanini…

To‘liq...

Ota meros izidan

Chor atrofni turfa axborotlar, intelllektual texnologiyalar qamrab olgan bir davrda kunning issigʻiga qaramay, qoʻliga bolgʻa olib, choʻgʻda temirni toblab turli buyumlar yasayotgan yosh hunarmandlarimiz mahorati bu galgi maqolamizga mavzu boʻldi.

Shamsiddin va Qamariddin Kamolovlar Buxoro shahridagi 35-maktabda tahsil olishadi. Yigit kishi sogʻlom…

To‘liq...

“Gulxan”ning masʼul rassomi

Mirvosil koʻrinishidan toʻladan kelgan, xotirjam, kamgap odamga oʻxshardi. Lekin tabiatan oʻzgacha edi. Suhbatlashsangiz, nimalarnidir tashvishida yurganini sezib qolardingiz. Tashvishki, oila, uy-roʻzgʻor tashvishi emas, gazeta-jurnallarda chop etilayotgan rasmlar, bezaklar va ramkalarning beoʻxshovligi haqida boʻlardi. U ham rassom, ham…

To‘liq...

Jasoratning tirik timsoli

9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida II jahon urushi qatnashchisi Otaboy bobo Omonov ham bir guruh faxriylarimiz qatorida Gʻallaorol tumanidagi 45-maktab oʻquvchilarining aziz mehmoni boʻldi. Sobiq jangchi yoshlarga urush xotiralaridan soʻzlab berarkan ularni ona-Vatanni sevishga, qiyinchiliklarni mardona yengishga, jasur va qoʻrqmas boʻlishga…

To‘liq...

Bolalar koʻnglini topib aytilgan soʻz

“Quyun” qissasi ustoz gapiga kirmay shoʻxlik qilgan bolakayning quyun girdobida oʻzga sayyoraga kelib qolishi haqidagi qiziqarli syujet bilan boshlanadi. Oʻquvchi “oʻzga sayyorada bolakayni nimalar kutmoqda, u yoqda hayot qanday ekan?” kabi savollarga javob izlab qissani oʻqiy boshlaydi.

Sarguzasht – shunchaki koʻngil ochar oʻyin yoki tomosha emas,…

To‘liq...

Sakura soyasidagi suhbat

Aziz bolalar! Bilamiz har biringiz chet mamlakatlardagi tengdoshlaringiz hayoti, u yerdagi taʼlim tizimi, maktab, oʻquvchilarga qoʻyiladigan talablar, ularning burch va vazifalari haqida bilishni istaysiz. Ana shularni inobatga olib, jurnalning ushbu sonidan boshlab “Dunyo maktablari” ruknini tashkil qildik.

Ilk suhbatni noyob isteʼdodlar vatani…

To‘liq...

Farhod Musajon

Bolalarning sevimli yozuvchisi Farhod Musajon 1933-yil 19-dekabrda Toshkent shahrining O‘qchi mahallasida ziyoli oilada tug‘ildi.

Bo‘lg‘usi adib maktabni tugallab, hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti sharq fakultetining eron-afg‘on bo‘limiga o‘qishga kirdi. Uni bitirgach, “Sharq yulduzi”, “G‘uncha” jurnallarida, “O‘zbekiston madaniyati”…

To‘liq...

Obuna davom etadi

Yurtimiz bo‘ylab kitob ulashish aksiyasi davom etayotgan bir pallada, dadam – Qarshi davlat universitetining “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Alisher Mahmudov bilan u kishi o‘qigan Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 75-maktabga bordik. Dadam maktab o‘quvchilariga muvaffaqiyatga erishishda kitob, xususan badiiy adabiyotning o‘rni va…

To‘liq...

Teatr to‘garagida

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 265-maktabda “Kitob mening do‘stimsan” nomli teatrlashtirilgan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada ertak qahramonlari qiyofasida gavdalangan o‘quvchilar yaxshilik, ezgulikka undovchi badiiy asarlarni ko‘proq o‘qish kerak ekanligini sahna ko‘rinishlari orqali ko‘rsatib berishdi. Ayniqsa, maktabning “Boychechak”…

To‘liq...

“Gulxan” uchrashuvlari

Gulxanjon qadrdon do‘stlari, jurnalxonlar bilan tez-tez uchrashishni, dildan suhbatlashishni xush ko‘radi. Shu bois maktablarda o‘tkaziladigan tadbirlarga taklif qilinsa, qo‘liga fotoapparatini olib, hamkasb aka-opalari bilan yo‘lga tushadi.

Aprel oyi ham ana shunday uchrashuvlarga boy bo‘ldi.

 

Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi…

To‘liq...

Hikoya qanday yoziladi?

Yaqinda tahririyatga Toshkent viloyati Zangiota tumanidan bir qiz kirib keldi. “Hikoya yozgandim, “Gulxan”da chiqarsa bo‘ladimi?” deb so‘radi. U sinfdagi bir voqeani qog‘ozga tushiribdi. Bu quruq bayondangina iborat, oddiy va jo‘n yozilgan qoralamani hikoya deb bo‘lmas edi. “Gulxan”ga obuna bo‘lganmisan?” deb so‘radim undan.

– Yo‘q, – dedi u hayron…

To‘liq...

Zaharli tutunlar ortida

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida tamaki mahsulotlarini chekish illati avj olayotgani haqida ko‘p eshitamiz.

Bu masala yuzasidan ota-onalar majlislari, sinf yig‘ilishlari tez-tez o‘tkazilishiga qaramay, hanuzgacha oramizda kelajagi va sog‘lig‘iga befarq tengdoshlarimiz uchrab turibdi.

Shifokorlarning aytishicha, sigaret chekkanda o‘pkaga tutun bilan…

To‘liq...

Aql – odamning oltin toji

Inson o‘z umrini mazmunli va ma’murchilik bilan o‘tkazishi uchun avvalo, o‘zini o‘rab turgan borliqni bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo‘lishi darkor. Xalqimiz ko‘plab maqollarida aqlni va aql egalarini yuksak darajada madh etadi, ularning hayotdagi yutuqlarini ko‘rsatadi. Aqlsizlik, nodonlik, farosatsizlikni qoralaydi.

“Aqldan ortiq boylik…

To‘liq...

Sharqning buyuk adibi

XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk romannavis adib, matonatli inson Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Bu yil yozuvchi tavalludiga 125 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan adibning hayoti va ijodiga doir bir qancha kitoblarni yana qayta o‘qib-o‘rganib chiqdik. Buyuk ijodkorlarning ustoz mahoratiga…

To‘liq...

Xayrli ishning xayri

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan, har kim o‘zi o‘qigan maktabiga kitob sovg‘a qilish xayriya marafonida bizning maktabimiz faol qatnashmoqda. Aprel “Kitobxonlar oyligi”, deb e’lon qilindi. Bu ezgu harakat sharofati bilan kutubxonamiz turli kitoblar bilan boyibgina qolmay, o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehri, qiziqishi ham sezilarli…

To‘liq...

Alpomish yurtga qaytdi

yoxud Surxon elidagi katta bayram haqida

 

“Baxshilar nafaqat xalq o‘tmishining aks-sadosi, ayni paytda bugungi kunning ham jarangdor ovozidir”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan

 

Keng maydondagi supradek quloch…

To‘liq...

Halima Xudoyberdiyeva

O‘zbek adabiyoti, she’riyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan hassos shoira Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dehqon oilasida dunyoga keldi. O‘rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universitetiga kirib o‘qidi. 1975–1977-yillarda Moskvadagi oliy adabiyot institutida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini Yoshlar…

To‘liq...

Yaqinlaringizga guldasta tuting

Poytaxtimizning T. Shevchenko nomli ko‘chasidan o‘tayotib zamonaviy ko‘rinishdagi oynavand do‘konda noan’anaviy dastalangan gullarga ko‘zim tushdi. Guldastani go‘yo o‘zga sayyoradan kelgan sehrgar yasaganga o‘xshar edi. Yaqindan tikilib qaradim. “Rostdan ham tabiiy gullarmi yoki sun’iymi?” deb savol berdim o‘zimga. Bu savollar meni “Infinity” deb…

To‘liq...

Do‘stlik g‘olib

Odatda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari “Kimning sinfi kuchli?”, “Kim zo‘r?” deb tortishishadi. Afsuski bunday tortishuvlar ba’zan janjallashishgacha yetib boradi.

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 193-maktab bolalari bu muammoni hal qilishning juda antiqa, juda zavqli yo‘lini topishibdi. Bu qanaqa usul ekan, deysizmi?

Mard maydonda sinaladi,…

To‘liq...

Prezident maktabida o‘qiyman

Yurtimizda ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar, “Temurbeklar maktabi”, buyuk shoiralarimiz nomidagi Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyat olib bormoqdaki, u yerdagi iqtidorli, qobiliyatli, bilimga chanqoq o‘quvchi-yoshlar yuksak marralarni zabt…

To‘liq...

O‘lmas Umarbekov

Shunday iste’dod egalari borki, tengdoshlari va zamondoshlarining hurmat-e’tiborini qozonish baxtiga muyassar bo‘ladilar. Buning ustiga o‘z zamondosh ustozlari e’zozidan bahra topadilar. Ijoddagi bunday holat faqat o‘sha iste’dodning baxtigina bo‘lib qolmay, balki u mansub bo‘lgan adabiyotning ham omadi, ravnaqidan bir dalolatdir.

Ana shunday…

To‘liq...

Vaqtimiz – baxtimiz

“Dangasalik kasallikmi?” maqolasini o‘qib

Do‘stlarim ichida Ilhombek kabi dangasalik kasaliga uchraganlari ham talaygina. Uy vazifalarini bizdan osongina ko‘chirib, yaxshi baho olishni istagan o‘quvchilar vaqtida dars qilmaslik dangasalik, o‘z-o‘zini aldash ekanligini bilisharmikin, deb o‘ylab qolaman. Men ham maktabga borgan kezlarimda dars…

To‘liq...

“Gulxan” uchrashuvlari

Fevral oyi tahririyatimiz uchun uchrashuvlarga boy bo‘ldi.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 12-maktab, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 169-maktab, Olmazor tumanidagi 326-maktab o‘quvchilari bilan “Kitob – ma’naviyat quyoshi”, “G‘azal mulkining sultoni”, “Kitob – ulug‘ qadriyat” mavzusida o‘tkazilgan suhbatlarda bolalar inson hayotida…

To‘liq...

Toshdagi tarix

Yaqinda o‘quvchilarimni viloyatimiz tabiati, tarixi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida G‘allaorol tumani hududida joylashgan G‘o‘bdin qishlog‘i va Qo‘ytosh qo‘rg‘oniga sayohatga olib chiqdim. Nurota tizma tog‘lari oralig‘ida joylashgan bu qishloqlar o‘ziga xos tarixga egaligi bilan ko‘pchilik e’tiborini tortgani bejiz emas ekan. Chunki biz ham…

To‘liq...

Diqqat, diqqat!

“Gulxan”ga do‘st bo‘lganlar, ijod zavqin tuyganlar, eshitmadim, demanglar, bu yil “Gulxan” jurnali to‘qson yoshga to‘ladi!

Shu munosabat bilan maxsus son chiqarish harakatidamiz. “Gulxan” jurnali, tahririyat va xodimlari bilan hayotingizda yuz bergan qiziqarli voqealar, xotiralar, noyob suratlar bo‘lsa, biz bilan o‘rtoqlashing. Maxsus sonning…

To‘liq...

Eslashni istamagan xotiralarim

Tinchlik naqadar ulkan ne’mat ekanligini buvi va bobolaringizdan ko‘p marta eshitgansiz. Televizor esa deyarli har kuni notinch mamlakatlardan xabar berib turibdi. Bundan qirq yil muqaddam urush o‘chog‘iga aylantirilgan davlatlardan biri bizga qo‘shni bo‘lgan Afg‘oniston edi. 1979–1989-yillarda tinchgina yashayotgan mamlakat hududi jahannamga…

To‘liq...

Gulistonning porloq maskani

O‘quvchilik davrining o‘z gashti bor. Ayniqsa, bugungi zamonga mos, yangi texnik asbob-uskunalar bilan jihozlangan maktablarda bilim olishni aytmaysizmi? Mamlakatimizda o‘quvchi va o‘qituvchilari turli tanlov, musobaqa, fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktablar soni ortib bormoqda. Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi 11-maktab ana shunday…

To‘liq...

Bolalik kunlarimda

Aziz jurnalxonlar! Ba’zan kichkintoy uka va singillaringiz ertak aytib bering, deb xarxasha qilib qoladilarmi? Xursand bo‘ling, mushkulingiz oson bo‘ldi, xarxashaga javob topildi. Qanday qilib deysizmi? Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Bolalik kunlarimda” deb nomlangan loyiha asosida…

To‘liq...

Kelajakni kemirayotgan og‘u

“Kutilmaganda partadoshim Botirning rangi kokimtir tusga kirib, havo yetmay tipirchilab yiqildi. Barchamiz qo‘rquvdan karaxt bo‘lib qoldik. Ustoz chaqirgan hamshira birinchi yordamni ko‘rsatayotganda “Tez yordam” mashinasi yetib keldi. Bu paytda Botir hushini butunlay yo‘qotgan edi. Shifoxonada ma’lum bo‘lishicha, sinfdoshim allaqanday ta’qiqlangan…

To‘liq...

Mirkarim Osim

Tarixiy mavzudagi asarlari bilan mashhur bo‘lgan Mirkarim Osim 1907-yili Toshkentda ziyoli oilasida dunyoga kelgan. 1917–1920-yillarda boshlang‘ich maktabda, 1921–1924-yillarda esa Narimonov nomidagi ta’lim va tarbiya texnikumida tahsil ko‘rgan.

1926–1930-yillarda Moskva Davlat pedagogika institutining tarix-iqtisod fakultetida o‘qigan. Mirkarim…

To‘liq...

“Kiber santa” yoki kiber qaroqchisi haqida

Keyingi vaqtlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda spam (yolg‘on xabar) lar ko‘p uchramoqda. Buni barchangiz o‘z hayotingizda kuzatganligingiz ham bor gap. Sizni yanada hushyor va aql bilan ish tutishingiz uchun tahririyatimiz elektron pochtasiga kelib tushgan bir maktubni havola qilmoqdamiz. Zero, Munisaning bu “sarguzashtlari” sizni ham bir kuni…

To‘liq...

Epchillar, chaqqonlar davrasida

Nima bo‘ldi-yu, muhim ish bilan yo‘lda ketayotib harbiy liboslari o‘zlariga yarashgan o‘quvchilarni uchratib qoldim. Ular Yashnobod tumanidagi 153-maktabda o‘qishar ekan. Bolalarga ergashib maktab binosiga kirdim.

“Gulxan” jurnalidan ekanimni bilgan maktab direktori Sabohat opa Sultonova darhol harbiy kursant kiyimidagi bolalar davrasiga boshladi.…

To‘liq...

Vatanim – onam

Besh yoshimda biz besh farzand – opalarim – Rohatoy, Ra’no, akalarim Samandar, Saidbek va meni Andijon shahridagi Bolalar shaharchasiga olib kelishdi. Biz uyatdan, o‘kinchdan juda ezilgan edik.

Bu yerlarga kelishimizga ota-onamiz aybdor. Ular yomon odamlarning gapiga kirib, yo‘ldan adashishdi, kechirilmas gunoh qilishdi. Ulardan, hatto biz…

To‘liq...

Diqqat, tanlov!

Dono va zukko bolajonlar! Eshitmadim, demanglar, tanlovga kech qolmanglar. O‘zingizdagi iqtidor va mahoratni namoyon qilishingiz uchun “Gulxan” jurnali ajoyib imkoniyat yaratdi. Bu qanday imkoniyat deysizmi?!

Gulxanjon tinib-tinchimas muxlislari uchun “Yosh jurnalist” tanlovini e’lon qildi. Tanlovda faol qatnashib, tengqurlaringizdan yuqoriroq…

To‘liq...

Muxbir safarda yoxud mehr uchrashuvlaridan lavhalar

Jurnal mushtariylari bilan uchrashish, ularning o‘y-xayollari, xohish-istaklari bilan yaqindan tanishish biz ijodkorlarga doimo ilhom bag‘ishlaydi, qanot bo‘ladi. Kelgusi faoliyatimizni yanada kengaytirish barobarida, tahririyat va o‘quvchi o‘rtasida o‘zgacha iliqlik paydo bo‘ladi. Aytishadi-ku, mehr ko‘zda, deb.

O‘tgan kuz oylarining so‘nggi, qish…

To‘liq...

Ustozim, ota qadrdonim

Taniqli bolalar shoiri Tursunboy Adashboyev tavalludining 80 yilligiga

 

O‘zbek va qirg‘iz xalqlarining ulkan shoiri, benazir inson Tursunboy Adashboyevning qo‘lini tutib, unga o‘ttiz yil shogird bo‘lganimdan, oz bo‘lsa-da bolalar she’riyati saboqlarini o‘rganganimdan quvonib yashayman. Agar uztoz hayot bo‘lganlarida bu yil 80 yoshlik…

To‘liq...

Yangi yil tilaklari

Qadrli bolalar, bayramni, ayniqsa, Yangi yil bayramini hech kim sizlarchalik sog‘inib, hayajon bilan kutmaydi. Chunki Yangi yil – mo‘jizalar bayrami. Siz Yangi yil qahramonlari – Qorbobo va Qorqizdan o‘zingiz anchadan buyon kutib yurgan sovg‘alarni olasiz. To‘g‘risi, sovg‘a olish judayam yoqimli. Bu yilgi Yangi yil o‘zbekistonlik bolalar uchun…

To‘liq...

Maqsud Shayxzoda

O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda 1908-yil 25-oktyabrda Ozarbayjonning Oqtosh shahrida tavallud topdi. Boshlang‘ich va o‘rta ma’lumotni Oqtoshda olgach, Boku Oliy pedagogika institutida sirtdan o‘qidi va 1925-yildan boshlab Derkend shahrida…

To‘liq...

Yuz bilan yuzlashgan nashr

“Xalq ta’limi” o‘z so‘zi, o‘z muxlisiga ega bo‘lgan bobo jurnal. “Gulxan”ning qadrdon akasi, maslahatgo‘y ustozi. Xalqimizda hovli olma, qo‘shni ol, degan dono maqol bor. Bu maqolning naqadar serhikmatligini “Gulxan” jurnali yaxshi biladi. Nega desangiz, biz mashhur Turon ko‘chasidagi 41-uyda naq 34 yil “Xalq ta’limi” jurnali bilan yonma-yon…

To‘liq...

Ketmon chopti

Uzoqdan eski qo‘rg‘onning mustahkam devorlarini eslatuvchi Ketmonchopti tog‘ining cho‘qqilari Surxon vohasidagi eng baland cho‘qqilardan sanaladi. Qo‘rg‘on bo‘lganda ham salobatli va buyuk qo‘rg‘on. Janubiy-g‘arbda Darbanddaryo, shimoliy-sharqda Xo‘ja Gurgurota tog‘i orasida 23 kilometrga cho‘zilgan bu devorsimon, har joyida soqchilar minorasidek…

To‘liq...

Muz bola

Tahririyatimizga kunora o‘z ijod namunalari bilan o‘quvchilar kelib turishadi. Uzoq viloyat, tuman, shaharlardan farzandi yoki nabirasini yetaklab kelgan ota-ona yoki keksalarimizni ko‘rib quvonib ketamiz. Chunki ertangi kun uchun tashlanayotgan bu kabi har qadam kelajagimizning mustahkam poydevori bo‘lmoqda.

Yoshlarning ijodi bilan tanishar…

To‘liq...

Gulxan uchrashuvlari

Aziz o‘quvchilar! Sahifadagi fotosuratlarni ko‘rib havasingiz kelyaptimi? Agar “Gulxan”ning doimiy muxlisiga aylansangiz, jurnal ijodkorlari sizning ham maktabingizga albatta, borishadi.

“Boshlang‘ich ta’lim fan oyligi” hamda “Matbuot kunlari” munosabati bilan Toshkent shahridagi bir nechta maktablarda o‘quvchilar bilan ijodiy uchrashuvlarda bo‘lib…

To‘liq...

Pirimqul Qodirov saboqlari

Atoqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovdan adabiyotimiz uchun katta ma’naviy meros qoldi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti dotsenti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Meros komissiyasi mas’ul kotibi, taniqli jurnalist To‘lqin Eshbek ustozning quyma fikrlarini batafsilroq o‘rganish maqsadida bir qator…

To‘liq...

Shuhrat

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri shoir, nosir, dramaturg Shuhrat(G‘ulom Alimov) 1918-yil 19-aprelda Toshkentda tug‘ildi. U eski va yangi maktablarda tahsil olgach, Transport texnikumida o‘qishni davom ettirdi. Shu yerda shoir Yunus Latif boshchilik qilayotgan to‘garakka a’zo bo‘ldi va she’rlar yoza…

To‘liq...

Chinni guldasta

Singan, darz ketgan idishlardan foydalanmaslik haqida ota-onamiz ko‘p bor ta’kidlashgan. Buning o‘ziga xos sabablari bor. Bu haqida keyinroq gaplashamiz. Lekin singan idishlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Chunki ulardan ajoyib dekorativ buyum yasash mumkin. Bunday buyumlarni xonadagi javonga, dars tayyorlaydigan stolingizning bir chetiga…

To‘liq...

Innovatsiya – u qanday yangilik

2018-yil mamlakatimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganiga ham deyarli bir yil bo‘ldi. Bu fursat mobaynida lug‘atimizda yangilik bo‘lgan “innovatsiya” so‘zining ma’nosini bilib oldingizmi?

Internetda bu so‘zga “yangilik”, “ixtiro” deb ta’rif berilyapti. U bozor iqtisodiyoti…

To‘liq...

Har bolaga bir “Gulxan”

Men o‘quvchilarimizning ma’naviy dunyosini boyitayotgan, ularni barkamollik sari yetaklayotgan “Gulxan” jurnalining har bir sonini orziqib kutaman. Chunki jurnal sahifalarida o‘qituvchining ish jarayonida qo‘l keladigan ko‘plab mavzular yoritiladi. Ayniqsa, darslikka kirgan shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar hamda…

To‘liq...

Do‘stligimiz davom etadi

“Gulxan” jurnali qo‘limga qalam tutgan, qalbimda adabiyotga, she’riyatga havas uyg‘otgan bolalik do‘stim. Ana shu do‘stlik ulg‘ayganimda, o‘qituvchilik kasbini egallaganimda ham davom etmoqda. Endi men “Gulxan”ni shogirdlarim bilan birgalikda o‘qiyapman. 3-sinfdaligida “Gulxan” bilan do‘stlashgan o‘quvchilarim bu yil 7-sinfda o‘qishyapti. “Gulxan”…

To‘liq...

“Bir hovuch dur topdim”

Yaqinda poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 262-maktabda o‘tkaziladigan “Kitobxon o‘qituvchi” ko‘rik-tanloviga taklif etishdi. Maktab tadbirlarida sahnada faqat o‘quvchilarni ko‘rib yurganimiz uchun u yerda ustozlarni ko‘rib hayratlandim. Tuman Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan shu yilning sentyabr-dekabr oylarida maktablarda “Men shu aziz Vatan…

To‘liq...

G‘ozlar qaytgan kun

Bir kuni opam yuksak tog‘ tizmalarida joylashgan qishlog‘imiz Qiziltomdagi Zarli dalasidan to‘rtta tuxum olib keldi. Ular tovuq tuxumidan kattaroq, sap-sariq po‘chog‘idagi kichik-kichik nuqtalar zardek tovlanar edi. Opam bu tuxumlarni Zarlidagi ostidan suv qaynab chiquvchi ko‘l yonidagi uyadan olgan ekan. Bu yulduzchali sariq tuxumlarni nima qilish…

To‘liq...

Pirimqul Qodirov

O‘zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri yozuvchi Pirimqul Qodirov 1928-yil 25-oktyabrda Tojikiston Respublikasining O‘ratepa tumanidagi Kengko‘l qishlog‘ida tavallud topdi.

1951-yili Toshkent Davlat dorilfununini tugatib, Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi jahon adabiyoti institutining aspiranturasiga o‘qishga kirdi. “Abdulla Qahhorning urushdan…

To‘liq...

Adarko‘l sohillarida

Respublikamizning Jizzax viloyati hududida joylashgan Aydarko‘l ko‘plab suv havzalaridan iborat bo‘lib, tabiati mo‘tadil. Bu yerda erta tongdan qushlarning shovqin-suroni jaranglaydi. Ayniqsa, saqoqushlar ovozi olis-olislarga sado beradi. Biz sohil bo‘ylab borarkanmiz, suv qushlari boshimiz uzra charx uradi. Qushlarning ko‘pligi va turli-tumanligi…

To‘liq...

Xushxabar

Salom, sevimli jurnalimiz “Gulxan”!

Biz sening har bir soningni intizorlik bilan kutamiz. Sahifalaringdagi bir-biridan qiziqarli ertak, hikoyalarni maroq bilan o‘qiymiz. Tengdoshlarimiz ijodlari bilan tanishib, o‘zimizga yoqqan she’rlarni yod olamiz. Ba’zi iste’dodli sinfdoshlarimiz esa ulardan ruhlanib, ibrat olib she’r, hikoya yozishni,…

To‘liq...

Birinchi o‘qituvchim...

“Mehribon ustoz, bag‘rikeng inson, farishtamonand ayol...” Bu so‘zlarni tilga olganimda, ko‘z o‘ngimda birinchi ustozimning samimiy chehrasi gavdalanadi. O‘ylab ko‘rsam, birinchi o‘qituvchim haqida juda oz narsa bilar ekanman. Bilganlarim ham mana shu soddagina tavsif-u, unga nisbatan qalbimda yillar osha ulg‘aygan, o‘z shaklini, rangini…

To‘liq...

Ertaning bugungi aksi: fikrlang va ega bo‘ling

Aytaylik, siz matematika faniga qiziqasiz. Turli formula-yu murakkab matematik masalalarga yechim topish sizni unchalik ham xavotirga solmaydi. Maktabda a’lochi, matematika fani bo‘yicha o‘tkaziladigan turli tanlov va olimpiadalarda doimo yetakchisiz. Bir so‘z bilan aytganda, maktabingiz va ota-onangiz faxri, g‘ururisiz. Ammo...

Ammo nima…

To‘liq...

Baxmallik bilimdonlar

Baxmaldagi 26-maktabga bormoqchi edim. Shu maktab o‘quvchilaridan juda ko‘p rasmlar keladi, – dedim g‘allaorollik faxriy o‘qituvchi Abdulla aka Saidovga.

– Biologlar maktabigami, – jilmaydi Abdulla aka, keyin qo‘shib qo‘ydi, – maktab joylashgan Mullabuloq qishlog‘i tabiatning eng so‘lim go‘shalaridan. Bunday go‘zallikni ko‘rgach, rasm…

To‘liq...

Mehnatdan baxt topib

Ustozlik juda yuksak maqom. Unga erishish uchun juda ko‘p ter to‘kiladi, bor mahorati, bilimini hech ayamasdan, og‘rinmasdan shogirdiga o‘rgatadi. Odatda, biz ko‘proq mehribon o‘qituvchilarimizga shunday chiroyli kalom bilan murojaat qilamiz. Chunki, o‘qituvchi dunyoga hayrat bilan qarab, har bir voqelikdan mo‘jiza izlayotgan kichik insonni o‘z…

To‘liq...

Odil Yoqubov

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti sohibi, mohir tarjimon, munaqqid va publitsist Odil Yoqubov 1926-yil Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahrida tug‘ilgan.

1951–1956-yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetida o‘qidi. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida boshlagan yosh adib bir…

To‘liq...

Yangi o‘quv yiliga yangi bino

Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 70-maktabning O‘zbekqo‘rg‘on qishlog‘idagi filialida bo‘lib o‘tgan Birinchi qo‘ng‘iroq bayrami nafaqat o‘quvchilar, balki ota-onalar uchun ham katta shodiyonaga aylandi. Gap shundaki, uzoq yillardan buyon o‘zbekqo‘rg‘onlik bolalar eski, o‘quv jihozlari yetishmaydigan, moslashtirilgan, omonat binoda 4-sinfni…

To‘liq...

Viloyatda birinchi

– Javohir o‘rtoq, shuncha o‘ylanib qayoqqa boryapsan? – so‘radi Shahzod hech qayoqqa qaramay shoshilib ketayotgan o‘rtog‘ining yo‘lini to‘sib.

– Kechirasan, ko‘rmabman, qayoqqa bo‘lardi, ingliz tilidan repetitorga-da. O‘zing nega xotirjam turibsan, bormaysanmi?

– Men endi repetitorga bormayman.

– Nega? – hayron qoldi Javohir.

– Ukam ikkalamiz yangi…

To‘liq...

Yangi maktab quchog‘ida

Surayyo barvaqt uyg‘onib, yangi maktab formasini kiydi. Yengilgina nonushta qilib olgach, kecha oyisi olib kelgan katta guldastani ko‘tarib maktab sari yo‘l oldi. Yangi sinfdosh, o‘zga ustozlarga ko‘nikish uni biroz hayajonga solsa-da, u endi yangi qad rostlagan, barcha sharoitlarga ega maktabda o‘qiydi. Maktab darvozasidan kirganida ko‘tarinki…

To‘liq...

Maktablarda shaxmat darsi: xabaringiz bormi?

O‘tmish sahifalariga ko‘z yugurtirsak, shaxmat buyuk bobolarimiz hayotida muhim o‘rin tutganligiga amin bo‘lamiz. Zero, aql charxiga mengzalgan shatranj (shaxmat) ularning nafaqat shuurini boyitgan, balki ko‘plab muhorabalarda asosiy dastur bo‘lib xizmat qilgan.

Tarixchi Ibn Arabshoh o‘zining “Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur” (Temur tarixida…

To‘liq...

Birinchi qo‘ng‘iroq kuni

Respublikamizdagi barcha maktablarda o‘zgacha quvonch, o‘zgacha g‘urur bilan o‘tdi. Xalq ta’limi vazirligining vazirlik va idora rahbarlariga qilgan murojaatiga binoan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan, yuqori lavozimlarda ishlaydigan insonlar Birinchi qo‘ng‘iroq bayramini bir paytlar o‘zlari o‘qigan maktablarda kutib olishdi.

Bayram Toshkent…

To‘liq...

Kavsar Turdiyeva

Bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva 1958-yil 6-avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug‘ildi.

1975-yili Chilonzor tumanidagi 201-maktabni oltin medal bilan tugatdi va ToshDU (Hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi. So‘ng Leningrad (Hozirgi Sankt-Peterburg) davlat universitetida o‘qishni davom…

To‘liq...

Chiroy ochayotgan Manas

Qirq besh kun ichida butunlay yangi qiyofaga kirgan Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘ini bugun qishloq deyishga til bormaydi. Barcha bino va uylar yangicha ko‘rinishga ega bo‘lgan.

Go‘yo yangi qurilgan maktablardek ko‘rk sochib turgan hududdagi 5-umumta’lim maktabi aslida 1966-yil qurilgan. Xolbo‘ta Mingjigitov rahbarlik qilayotgan…

To‘liq...

O‘zbekning mard o‘g‘loni

Qurbonboy melisaning kenjatoyi mukofot olibdi. Kecha televizorda aytdi, muallim.

– Qanday yaxshi, yuringlar bir tabriklab kelamiz.

30-iyun tongida Ohangaron shahrida yoyilgan quvonchli xushxabar kun bo‘yi odamlar og‘zidan tushmadi. Sovrindorni tanigan ham, tanimagan ham azbaroyi xursandligidan “Bolalarimizga ham shu yigitchaning yo‘lini bersin,…

To‘liq...

Insho yozish kuni

Ism-familiyangizni to‘g‘ri yoza olasizmi? Ming afsuski, bu savolga barcha o‘quvchilar “ha” deb javob bera olmaydilar. Biz aynan shu savolga javob olish uchun respublikamiz maktablarida dars berayotgan bir nechta o‘qituvchi bilan bog‘landik. Ular “har bir sinfda o‘z ism-familiyasini yoza olmaydigan bitta-ikkita o‘quvchi doim topiladi”, deb javob…

To‘liq...

Chiqarsang yaxshi hordiq

– Dadajon, ta’tilda oromgohga boramanmi? – so‘radi Soliha so‘nggi qo‘ng‘iroqning ertasiga.

– Borasan, lekin keyinroq, hozir iloji yo‘q, – dedi dadasi uzrli ohangda.

– Mayli dadajon, maktabimizda sport sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etilibdi. Direktorimiz In’om aka Xudoyberdiyev, kim oromgohda dam olmoqchi bo‘lsa, ota-onasidan so‘rab kelsin,…

To‘liq...

Ikki kundalik

Yaqinda qiziq voqea yuz berdi. Uni hikoya qilishdan oldin aytib o‘tayki, bu kabi g‘aroyib hodisalar faqat ertaklarda yoxud fantast yozuvchilarning romanlarida uchraydi deb yurardim. Adashibman... Xullas, ta’tilning farahbaxsh oqshomlaridan biri hovlimizdagi keksa tol tagida, ariq bo‘yida xayol surib o‘tirsam, suvda bir qora narsa suzib kela…

To‘liq...

Oqtosh bag‘rida

Ta’til boshlanishi bilan aksariyat bolalar so‘lim maskanlar, oromgohlar bag‘riga oshiqadi. Men bolalarning ta’tildagi hayotlari bilan tanishish uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli Oqtosh bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tomon yo‘lga chiqdim.


 

Oromgohimiz…

To‘liq...

Qo‘rquv mendan “qo‘rqadi”

Bugun negadir xonangizda yolg‘iz uxlashga qo‘rqyapsiz. G‘ira-shira qorong‘ilik ichida nimalardir yurganday, burchakda bekinib turganday tuyulyapti. Siz uni topish uchun atrofga olazarak qaraysiz. Chunki kecha do‘stlaringiz bilan ajinalar, yalmog‘izlar, mitti odamchalar haqida “miriqib” suhbatlashdingiz. Endi esa to‘qigan cho‘pchaklaringizdan…

To‘liq...

Akademik shoir uy-muzeyida

Muqaddam ona tili va adabiyot fanini yaxshi ko‘radi. Ayniqsa, erkin insho, bayon yozish, she’rni ifodali o‘qish uning sevimli mashg‘uloti. Mana, qo‘ng‘iroq chalindi, dars boshlandi. Adabiyot muallimi Laylo opa Rahimova 9-may – Xotira va qadrlash kuni yaqinlashib kelayotganini hamda 10-may kuni atoqli adib G‘afur G‘ulomning 115 yillik yubileyi…

To‘liq...

Gulxanjonning chin do‘sti

– Gulxanjon, do‘stlaring ko‘p bo‘lsa kerak-a, – so‘radim tahririyatga kelgan xatlarni berilib o‘qiyotgan Gulxanjonga havas bilan qarab.

– Albatta, respublikamizdagi barcha muxlis bolalar mening do‘stlarim, – g‘ururlandi Gulxanjon.

– Yaxshi, lekin uzoq yillar yelkadosh bo‘lgan qadrdonlaring orasida, demoqchi edim.

– Ular ham anchagina. Masalan, Siz,…

To‘liq...

Armonsiz umr

Mustaqillik e’lon qilingan kunning ertasiga Safar Barno bilan uchrashib qoldik. Kechasi bilan uxlamaganligi ko‘zlaridan bilinib turardi.

– Eshitdingizmi, shoir? – dedi u yuzlari kulib.

Men unga quchoq ochib “Hurlik muborak!” dedim. Bir-birimizni samimiy qutladik. U she’r o‘qiy ketdi.

Ha, tun bo‘yi she’r yozib chiqqan ekan. She’rlari shu kuniyoq…

To‘liq...

Ekobog‘ – vaqtingiz o‘tar chog‘

Ekobog‘ – vaqtingiz o‘tar chog‘

Tabiat go‘zal, ayniqsa, bahorda. Maysalarning intiq nigohi quyoshni izlab ko‘kka o‘rmalasa, qushlarning yangi “xirgoyi”lari borliqni raqsga chorlaydi. Hayvonot, nabotot, odamzod, jamiki tiriklik bu rang-barang o‘zgarishlardan yangi ruh oladi, umrining yangi pallasini boshlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yer-u osmon o‘rtasi ham jisman, ham ruhan…

To‘liq...

O‘smirlik – o‘zlikni tanish

O‘smir do‘stim, Sizni ko‘p muammolar qiynaydi. Ko‘plab savollaringizga javob topolmay, uzoq xayol surib qolasiz. Buni bizga yo‘llayotgan maktublaringizdan bilib olmoqdamiz. Izlanishga, fikrlashga chorlovchi savollaringizdan quvonsak, ayrim o‘ylamay yozilgan savol va murojaatlaringizdan salgina ranjiymiz ham. Buning sabablarini bilish, o‘rganish…

To‘liq...

Tuproq bilan tillashing

Bahor kelib hovli, tomorqa, dala ishlari qizg‘in tus oldi. Ota-onalaringiz, bobolaringiz bajarayotgan ekin-tikin yumushlarini diqqat bilan kuzatsangiz, yer bilan, tuproq bilan muomala qilishning sirlarini bilib olasiz. “Yer – xazina, suv – gavhar”, deydi xalqimiz. Dehqonlarimiz bu maqolni dillariga jo qilib olishgan. Darhaqiqat, inson hayoti, uning…

To‘liq...

Qo‘yqushoq

Boysundagi Ketmonchopti tog‘ining sharqiy qismida Qo‘yqushoq deb ataladigan yona bor. Havo ochiq kunda uni Boysun shahri markazidan ham ko‘rish mumkin. Qo‘yqushoq deyilishiga sabab, tog‘ yon bag‘ridagi toshlarga e’tibor berib qaralsa, xuddi bir suruv qo‘y yaylovda o‘tlayotganga o‘xshaydi.

Qo‘yqushoq haqida xalq orasida turli rivoyatlar yuradi.…

To‘liq...

Bu go‘zal olamda

She’riyat olami – go‘zal olam. Jurnalxonlarimiz orasida bu olamning eshigidan hayajon bilan mo‘ralayotgan, umid bilan qo‘liga qalam olgan havasmand bolalar juda ko‘p. Ular tahririyatga tez-tez xat yozib, she’riy mashqlarini yuborib turishadi. Ushbu sahifada O‘zbekiston xalq shoiri Oydin HojiyevaningTo‘rt tanhokitobida o‘z ustozi, she’riyatimiz…

To‘liq...

Chempionlik sururi

Futbolga ozgina bo‘lsa-da mehri tug‘ilgan o‘smir borki, shu yilning 9-27-yanvar kunlari Xitoy yashil maydonlarida o‘tkazilgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini katta hayajon bilan tomosha qildi. Quvnadi, hayajonga tushdi, kerak bo‘lsa, futbolchilarimizga qo‘shilib ming to‘siqlardan birga o‘tdi. Bir so‘z bilan…

To‘liq...

Moziyga sayohat

Bugun juda xursandman. Chunki ertaga ustozimiz boshchiligida sinfdoshlarimiz bilan afsonaviy, qadimiy Samarqand shahriga sayohatga boramiz. Qachon tong otar ekan, deb dam-badam soatga qarayman. Koshki, ko‘zga uyqu kelsa. Toshkentdan tashqariga chiqmaganim uchun yuragim hayajondan toshadi. Nihoyat tong otdi. Hammamiz maktab hovlisida kutib turgan…

To‘liq...

Toshga bitilgan "Boburiynoma"

Jannatmakon Zahiriddin Muhammad hazratlari buyuk faoliyat kishisi bo‘lgan.

...Chindan ham haqiqiy hukmdorlik “viloyat olmoqlik” bilangina emas, balki “viloyat saqlamoqlik” bilan belgilanadi. Buyuk davlat arboblariga mos mazkur sifatlarga ega bo‘lganliklari vajhidan ham boburiy bobolarimiz qariyb 350 yil mobaynida hozirgi Hindiston, Pokiston,…

To‘liq...

Sirli sovg‘a

– Bolalar, qaranglar, Sohib o‘zining gavdasini o‘zi ko‘tarolmayapti! Vah-hah-ha!

Shodiyorning zaharli qahqahasi Sohibjonga juda og‘ir botdi. Turnikdan tusha solib, bu masxarabozning yoqasidan olmoqchi bo‘ldi. Lekin shu tobda boshqa bir bola ham shunday xoxolab kuldiki, Sohibjon qattiq mulzam bo‘lib qoldi. Chunki u – eng yaqin o‘rtog‘i Akrom edi.

Jismoniy…

To‘liq...

Umr yo‘li

Davlat va jamoat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga

 

Raim FARHODIY

 

(dostondan parcha)

 

...Bola edi aqli ziyrak,

Kitob oldi qo‘liga.

Atrofdagi o‘rtoqlarin

Yetakladi yo‘liga.

Urush yillari og‘ir,

U ham intildi jangga.

Garchi bola esa-da,

Qalqon bo‘ldi Vatanga.

Xalq och edi, oziq yo‘q,

Baxtiga suv bor edi.

Yegani o‘t-u…

To‘liq...

Yoshlik bolalikdan boshlanadi

Kirib kelgan yangi 2018-yil hududi keng, aholisi 32 milliondan oshib borayotgan mamlakatimizda har jihatdan oldingi yillarga o‘xshamasligi bilan keskin farq qiladi. Yil boshidanoq, bog‘cha yoshidagi bolajonlardan tortib, to keksa bobo-buvilargacha yangi bir kuch-g‘ayrat, yangi safarbarlik bilan oyoqqa turdilar. Mamlakatimizda kechayotgan ulkan…

To‘liq...

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.