Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bolalik kunlarimda

  • Rukn: Nigoh
  • 74 marta ko‘rilgan

Aziz jurnalxonlar! Ba’zan kichkintoy uka va singillaringiz ertak aytib bering, deb xarxasha qilib qoladilarmi? Xursand bo‘ling, mushkulingiz oson bo‘ldi, xarxashaga javob topildi. Qanday qilib deysizmi? Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Bolalik kunlarimda” deb nomlangan loyiha asosida o‘zbek xalq ertaklaridan iborat audio disklarni yaratdi. Sahifadagi suratda aks etgan disklar o‘zbek va rus tillarida loyiha ta’sischilari tomonidan sotuvga chiqariladi. Ertak qahramonlariga xalqimizning taniqli aktyorlari ovoz berishgan. Bu ezgu ishning ajoyib jihati shundaki, audio ertaklar har uch kunda belgilangan vaqtda telegram kanali orqali tinglovchilarga bepul uzatib boriladi.

Yana bir quvonarli tomoni – bu ovozli ertaklar kelgusida tinglovchilarga ingliz tilida ham tayyorlanadi. Ana shunda siz va ukalaringiz rus tili va ingliz tillarini ham yaxshi o‘rganib ulg‘ayasiz.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.