Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Chinni guldasta

  • Rukn: Nigoh
  • 244 marta ko‘rilgan

Singan, darz ketgan idishlardan foydalanmaslik haqida ota-onamiz ko‘p bor ta’kidlashgan. Buning o‘ziga xos sabablari bor. Bu haqida keyinroq gaplashamiz. Lekin singan idishlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Chunki ulardan ajoyib dekorativ buyum yasash mumkin. Bunday buyumlarni xonadagi javonga, dars tayyorlaydigan stolingizning bir chetiga qo‘ysangiz, oila a’zolaringizga xush kayfiyat bag‘ishlab turadi. Yaqinlaringiz uchun ham chiroyli sovg‘a bo‘lishi tabiiy.

Buning uchun kichik likopcha, chinni stakan, sanchqi, kuchli qotiruvchi yelim (pistolet kley), turli sun’iy gullar kerak bo‘ladi.

  1. Dastlab sanchqini ehtiyotkorlik bilan biroz bukib, kerakli shaklga keltirib olamiz. Iloji bo‘lsa, yaroqsiz sanchqilardan foydalanish kerak.

Eslatib o‘tamiz, sanchqining o‘rniga qalinroq simni bukib foydalansangiz ham bo‘ladi.

  1. Sanchqining egilgan qismini likopchaga va ikkinchi tomonini stakanga yaxshilab ehtiyotkorlik bilan yelimlab, mustahkamlaymiz.
  2. Ana endi likopchadan stakan orasigacha bo‘lgan masofaga sun’iy gullarni didingizga moslab, bezatib chiqamiz.

Yana bir eslatma: yelim gullar o‘rniga yelim meva-sabzavotlardan ham foydalansak bo‘ladi.

 

Hilola HAMDAMOVA tayyorladi.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.