Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Diqqat, tanlov!

  • Rukn: Nigoh
  • 102 marta ko‘rilgan

Dono va zukko bolajonlar! Eshitmadim, demanglar, tanlovga kech qolmanglar. O‘zingizdagi iqtidor va mahoratni namoyon qilishingiz uchun “Gulxan” jurnali ajoyib imkoniyat yaratdi. Bu qanday imkoniyat deysizmi?!

Gulxanjon tinib-tinchimas muxlislari uchun “Yosh jurnalist” tanlovini e’lon qildi. Tanlovda faol qatnashib, tengqurlaringizdan yuqoriroq pog‘onani egallashni istaysizmi? Unda tanlov shartlari bilan tanishing! Shartlar juda oddiy.

  1. “Do‘stingizga aylangan asar”.
  2. “Tabiatning bir bo‘lagimiz”.
  3. “Kelajak – mening tasavvurimda” – mavzularidan birini tanlab, kuzatish va mulohazalaringiz asosida maqola, lavha, badia yozib tahririyatimizga yuboring. Eng yaxshi ijod namunalari jurnalda e’lon qilib boriladi. Tanlov 2019-yil noyabriga qadar davom etadi. G‘oliblar yil so‘ngida e’lon qilinadi.

Aziz o‘quvchilar! Tanlovimizda faol ishtirok etib, sirli sovg‘alarimizga ega bo‘lishga, iqtidorli tengdoshlaringiz bilan bellashishga shoshiling!

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.