Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Do‘stligimiz davom etadi

  • Rukn: Nigoh
  • 173 marta ko‘rilgan

“Gulxan” jurnali qo‘limga qalam tutgan, qalbimda adabiyotga, she’riyatga havas uyg‘otgan bolalik do‘stim. Ana shu do‘stlik ulg‘ayganimda, o‘qituvchilik kasbini egallaganimda ham davom etmoqda. Endi men “Gulxan”ni shogirdlarim bilan birgalikda o‘qiyapman. 3-sinfdaligida “Gulxan” bilan do‘stlashgan o‘quvchilarim bu yil 7-sinfda o‘qishyapti. “Gulxan” hamon ular bilan. Jurnal sahifalarida e’lon qilingan lavha, maqola qahramonlarini o‘zlariga ibrat deb bilishadi. Ijodkorlarimiz esa “Gulxan”da she’r, lavhalari, chizgan rasmlari bilan qatnashib turishadi.

O‘zim ham “Odobnoma”, “Sinfdan tashqari o‘qish”, erkin mavzulardagi diktant, bayon yozishda jurnal materiallaridan foydalanaman.

Bir so‘z bilan aytganda, bizning maktabda “Gulxan” o‘quvchining o‘rtog‘iga, o‘qituvchining maslahatchisi, beminnat dastyoriga aylangan.

Shu kunlarda gazeta-jurnallarga obunalar boshlangan. Men ota-onalar bilan maslahatlashib o‘quvchilarimni (o‘zim boshchiligimda, albatta) “Gulxan”ga obuna qilayapman.

Demak, sevimli jurnalimiz tabarruk 90 yoshini nishonlaydigan 2019-yilda ham u bilan do‘stligimiz davom etadi.

 

O‘tkir DAMINOV,

Qashqadaryo viloyati

Muborak tumanidagi 33-maktab

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.