Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan” – doim men bilan

  • Rukn: Nigoh
  • 417 marta ko‘rilgan

“Gulxan” – mening qadrdon do‘stim! Sevimli nashrimga har yili sinfimizda birinchilardan bo‘lib obuna bo‘laman. Jurnal sahifalarida yoritilayotgan tengdoshlarimning muvaffaqiyatlarini o‘qib xursand bo‘laman. Men ham shu bolalar safidan o‘rin olishni, ularga o‘xshab ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishni orzu qilaman. Shuning ushun ham tinmay o‘qib, izlanaman. Ayniqsa, ota-onam yuzini yorug‘ qilish, ularning faxri, g‘ururi bo‘lish – mening eng katta maqsadimdir. Bu yo‘lda ilk qadamni qo‘ydim. Men hozir 18-bolalar BMSM tayyorlov kurslarida an’anaviy xonandalik sinfida o‘qiyapman. Ustozim menga mashhur san’atkorlarimizning “Sohibqiron”, “Dutorim”, “Surating”, “Fig‘onkim” kabi qo‘shiqlarini, ularning ijro mahoratini qunt bilan o‘rgatyaptilar. Ustozning aytishicha, bu mashg‘ulotlar ovozimni sayqallantirar ekan.

Shu bilan birga rassomlik san’atiga ham qiziqaman. Bo‘sh vaqtlarimizda qog‘ozdan daraxtlar, odamlar maketlarini yasayman. Qo‘limdagi siz ko‘rib turgan chinor daraxtini ham o‘zim yasadim. Kelajakdagi orzuim qo‘shiqchilik san’atiga hissa qo‘sha oladigan xushovoz hofiz bo‘lish, mustaqil yurtimga, jamiyatga foydam tegadigan inson bo‘lib yetishish. Darvoqe, men “Gulxan”ning 2018–yil nashriga ham obuna bo‘lishga ulgurdim. Demak, do‘stligimiz kelgusi yilda ham davom etadi.

 

Dilshodbek RAHMATULLAYEV,

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani

13-maktab 9-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.