Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mazza qildim

  • Rukn: Nigoh
  • 642 marta ko‘rilgan

Oh... Bu yil yoz menga kutilmagan ta’tilni tuhfa etdi. Eng avvalo, shuni aytmoqchimanki, ta’til maroqli boshlandi. Toshkent viloyatidagi so‘lim maskanlardan birida yozgi oromgoh ochilibdi. Bu joy Xumson degan qishloq bo‘lib, “Asaka bank” tomonidan tashkil topgan. Unda biz bolalar uchun hamma sharoit muhayyo. Sog‘lomlashtirish bo‘yicha qulayliklar, suzish va cho‘milish havzalari deysizmi, sportning barcha turi bilan shug‘ullanish uchun maydonchalar, asosiysi, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun hamshira opalar hozir-u nozir.

Eng qizig‘i, hafta kunlari alohida nomlanadi. Kun mavzusi bo‘yicha eng yaxshi o‘qituvchilar yangicha bilimlar beradi. Qiziqarli badiiy kitoblar bilan to‘ldirilgan kutubxona xizmatimizda. Bu yerda “yosh kitobxon” loyihasi muntazam yo‘lga qo‘yilibdi. Xorijiy tillar, musiqa, rasm va yana bir qancha to‘garaklar tengdoshlarim orasida og‘izga tushib ketdi. Bolalarning aksariyatiga ko‘proq futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi shaxmat-shashka va badiiy gimnastika kabi sportning eng muhim turlari bilan shug‘ullanish juda yoqib tushdi. Yana bu go‘shaning besh mahal bir-biridan mazali ovqatlari, sarxil mevalari bolalarning og‘zida qoladigan bo‘ldi. Poytaxtdan kelib biz bilan uchrashuvlar o‘tkazgan taniqli san’atkor va shoirlar bilan muloqot olam-olam taassurotlar qoldirdi. Xullas, oromgohda orttirgan yangi dugonalarim bilan mazza qildim.

 

Ruxshona SHOMAXSUDOVA,

Toshkent shahar Shayxontohur tumani

110-maktab 6-sinf

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.